• VIII BOB. M O L-M ULK SU G ‘URTASI 8.1. Umumiy sug‘urta tarmogining mol-mulklarni sug‘urtalashga oid klasslari
  • Mavzuni takrorlash uchun savollar



    bet45/124
    Sana20.06.2024
    Hajmi
    #264653
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   124
    Bog'liq
    Sugurta ishi 2014 X.M. Shennayev o`quv q


    Mavzuni takrorlash uchun savollar
    ...• —
    ____________________________ _
    1. Shaxsiy sug'urtaning kelib chiqish tarixini aytib bering.
    2. Shaxsiy sug‘urtaning mohiyatini tushuntirib bering.
    3. Shaxsiy sug'urtaiîing majburiy shakli haqida gapirib bering.
    4. Shaxsiy sug'urtaning qanday turlari mayjud?
    5. Hayot sug'urtasining obyekti haqida gapirib bering.
    6. Davlat majburiy shaxsiy sug'urtasining mohiyatini tushuntirib 
    bering.
    7. Majburiy davlat sug‘urtasi bo'yicha sug'urta xizmati qaysi sug'urta 
    kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi?
    8. Chet elga ketayotgan shaxslarni sug'urtalash tartibi haqida gapirib 
    bering.
    9. Fuqarolarni baxtsiz hodisadan sug'urta qilish qoidalarini aytib 
    bering.
    10. Shaxsiy sug'urta shartnomalarining o'ziga xos jihatlarini tushuntirib 
    bering.
    108


    VIII BOB. 
    M O L-M ULK SU G ‘URTASI
    8.1. Umumiy sug‘urta tarmogining mol-mulklarni
    sug‘urtalashga oid klasslari
    Yuridik shaxslarning mol-mulMni sug‘uri;alash sug‘urta tash­
    kilotlari tomonidan «Sug'urta faoliyati klassifikatori»ga muvofiq, 
    umumiy sug‘urta tarmog‘ining 8-klassi — «Mol-mulkni olovdan 
    va tabiiy ofatlardan sug‘uri;a qilish»da qayd etilgan shartlarda
    ya’ni yong‘in, portlash, bo'ron, dovul, jala, ko‘chki, tuproqniag 
    cho‘kishi, yemirihsh, yerosti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila, 
    yadro energiyasi ta ’siri natijasida mol-mulk yo'qotilganda yoki 
    shikastlanganda sug'urta qoplamasi to'lanishini ta’minlovchi su- 
    g'urtaning turlari asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, mazkur 
    klassifikatoming 9-klassi ham mol-muUdarni sug'urta qüishga oid 
    bo'hb, u «Mol-mulkni zarardan sug'urta qihsh» deb ataladi. 9-klass- 
    ning mazmuni 8-klassda ko'rsatilmagan do'l, qalin qor yog'ishi 
    yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o'g'irlik qilish va boshqa 
    voqealar natijasida mol-mulk yo'qotüganda yoki shikastlanganda 
    sug'urta qoplamasi to'lanishini ta ’minlovchi sug'urtaning jami 
    turlaridan iborat.
    Shuni alohida ta ’kidlash joizki, yuridik shaxslarning mol- 
    mulkini sug'uita qilish huquqiga O'zbekiston Respubhkasi Mo­
    liya vazirligi tomonidan 8- va 9-klasslar bo'yieha litsenziya olgan 
    barcha sug'urta tashkilotlari haqlidir.
    Yuridik shaxslarning m ol-m ulkini sug'urta qilish sug'ur- 
    talovchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
    Sug'urta shartnomasi — tomonlaming aniq yuridik va mohya­
    viy munosabatlarini belgilab beruvchi hujjatdir. Shartnomada 
    franshiza qo'llanilishi mumkin. Franshiza — yuridik shaxslar ko'r- 
    gan zararning muayyan qisini bo'hb, sug'urta hodisasi yuz ber­
    ganda sug'urta tashkiloti ana shu qism doirasida javobgar bo'l- 
    maydi va u to'lanishi kerak bo'lgan sug'urta qoplamasidan chegirib 
    tashlanadi.
    109


    Sug'urtalovchi jmridik shaxslarga tegishli mol-muLdami yon- 
    g‘in, zilzila, toshqin, suv bosishi, ko‘chki, bo'ron, yer cho‘kishi, 
    ichki sanitariya texnikasi tizimlari buzUishi natijasida to‘liq yoki 
    qisman nobud bo'lganda sug'urta qoplamasini, sug'urtalanuvchi 
    bo'lgan yuridik shaxslar esa sug'urta mukofotini o'z vaqtida 
    to'lash va shartnomaning boshqa shartlarini bajarish majburiyatini 
    o'z zimmasiga oladi. Mana shu qayd etilgan holatlar sug'urta tash­
    kiloti va yuridik shaxslar o'rtasida mol-mulkni sug'urtalash b o '­
    yicha tuzilgan shartnomaning predmetini tashkil etadi.
    Suturtalovchining majburiyatlari sug'urta mukofoti sug'ur­
    talovchining hisob-kitob raqamiga kelib tushgan paytdan e’tiboran 
    kuchga kiradi. So'ng sug'urta polisi sug'urtalanuvchiga shart­
    nomada ko'rsatilgan muddat ichida beriladi.

    Download
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   124