9.5. Auditorning kasbiy javobgarligini sug^urtalash bo‘yicha
sug‘urta tariflarini aniqlash va sug‘urta da’volarining ko‘iib
chiqilishi
Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti miqdori su-
g‘urta summasi miqdoridan kelib chiqqan holda sug'urtachining
tarif stavkasi bo‘yicha hisoblanadi. Sug'urta tariflari statistika ma’-
159
lumotlari, sug'urta bozori konyukturasi, tavakkalchUik darajasi,
sug‘urtalanuvchi faoliyati turini sug‘urta qilish muddati, tanlan
gan tavakkalchilik va tavakkalchihk darajasiga ta’sir qiluvchi bosh
qa holatlar hisobga ohngan holda belgilanadi.
Sug'urta mukofoti auditorhk xizmatlami amalga oshirishga
doir rejalashtirilayotgan aylanma mablag‘ asosida belgilanadi. Su-
g‘urta shartnomasining amal qilish muddati yoki shartnomada
belgilangan boshqa davming tugashi bilan odatda sug‘urta puli va
sug‘urta mukofoti miqdori sug‘urtalanuvehi faoliyatining natijalari
hisobga ohngan holda qayta hisoblanadi.
Sug'urta mukofotini to ‘lash tartibi tomonlar kelishuvi bo‘yi-
cha belgilanadi: bir yo‘la yoki qisman sug'urtachining hisobraqa-
miga naqd pulsiz olkazish yo‘li bilan. Sug‘urta mukofoti sug‘ur-
talanuvchi tomonidan sug‘urta shartnomasida kelisWlgan muddat
ichida shartnoma imzolangan kundan boshlab to‘lanadi. Sug‘urta
mukofoti to ‘Mq to‘lanmagan holatda sug'urta puli sug‘urta to ‘lo-
vining tolangan qismiga mutanosib ravishda kamayadi.
Shartnomani bir yildan kam muddatga tuzilganda sug'urta
mukofoti yillik sug‘urta mukofoti summasidan foiz hisobida ajra-
tiladi. Sug‘urta shartnomasiga to liq bir oy amal qilinmagan
holatda ham sug‘urta mukofoti to‘Uq to ‘lanadi. Shartnomani bir
yildan ortiq muddatga tuzishda sug‘urta tolovi imtiyozU tarif stav-
kalari bo'yicha hisoblanadi.
Sug‘urta mukofoti to liq to‘lanmagan holatda sug‘urta polisida
sug'urtalanuvchi tomonidan haqiqatdan ham tolaiïgan sug‘urta
mukofoti va unga tegishli sug'urta puli ko‘rsatiladi.
Sug'urtalanuvchi sug'urtachiga yozma ravishda sug‘urta shart
nomasiga amal qilish muddati ichida tavakkalchilik darajasidagi
o‘zgarishlar haqida xabar qilishi shart. Agarda tavakkalchilik dara-
jasining oshishi sug‘urta mukofoti miqdorini oshirish zaruratini
yuzaga keltirganda sug'urtachi sug‘urtalanuvchiga qo'shimcha
sug'urta mukofoti uchun hisob bilan birga sug‘urta shartnomasiga
kiritilgan tegishli qo‘shimchalami ham jo ‘natadi. Sug‘urtalanuvchi
160
ci()‘shimcha sug‘urta mukofotini to ‘lashi va mukofot uchun hi-
sobni hamda shartnomaga qo'shimcha matnini oigan kundan bosh-
liib sug'urta shartnomasida kelishilgan muddat ichida qo‘shim-
chani imzolashi yoki sug‘urta shartnomasini buzishni talab qilishi
mumkin.
Agarda sug'urtalanuvchi ko‘rsatilgan xatti-harakatlami bajar
masa, sug'urtachi sug'urta shartnomasini bekor qUishni va shart
nomani bekor qilish orqali yetkazilgan zararni qoplashni talab
qihsh huquqiga ega.
Sug'urta shartnomasini amal qilish davri tugagandan keyin va
u bo'yicha sug'urta holati sodir etilmasa, sug'urtalanuvchiga shart
noma bo'yicha to'langan sug'urta mukofotining bir qismi qayta-
riladi.
Sug'urtalovchining javobgarligi uning hisobraqamiga sug'urta
mukofoti kelib tushgan kundan boshlanadi, sug'urta to'lovini to ‘-
lash bo'yicha sug'urtachi javobgarligining kuchga kirishi odatda
sug'urta pohsi bilan tasdiqlanadi. Sug'urta pohsi sug'urtalanuv
chiga sug'urta mukofotini sug'urtachining hisobraqamiga sug'urta
shartnomasida kehshilgan muddat ichida kehb tushgan kundan
boshlab beriladi.
Sug'urta holati sodir etilganda yoki uning boshlanishiga sabab
bo'luvchi holatlarda, shuningdek, uchinchi shaxsdan e’tirozlar
kelib tushganda sug'urtalanuvchi sug'urta holati sabablari, uning
bnrishi va oqibatlarini aniqlash uchun kerakli choralarni, zarar-
ning oldini olish yoki kamaytirish, zarar yetkazilgan shaxslar
hayoti va mulkini saqlashga oid barcha imkoni bor va maqsadga
muvofiq choralarni ko'rishi, qisqa muddat ichida sug'urta qiluv-
chiga ushbu holatning sodir etilgani haqida xabar berishi va unga
ushbu ishga taalluqh barcha hujjatlami yuborishi, sug'urta qiluv-
chiga uning oqibatlari, sudda ishni ko'rish va ushbu ishga taalluqU
boshqa faktlar haqida ma’lumot berishi, agarda sug'urtalanuvchi
sug'urta holati bo'yicha sug'urtachi va sug'urtalanuvchining
manfaatlarini sudda hamda suddan tashqari tartibda himoya qilish
161
uchun o‘z advokatini yoki boshqa vakolath shaxsni tayinlash kerak
deb hisoblasa, unga bu borada imkoni boricha yordam berishi,
zarami tolamasligi, sug'urta holati bo‘yicha sug‘urtalanuvchiga
bñdirilgan talablami qisman yoki to ‘liq tan olmasligi, bunday
talablami bartaraf etish bo‘yicha sug‘urta qiluvchining roziligisiz
hech qanday majburiyatlami qabul qilmasügi, sug'urtalanuvchi
imkoni boricha sug‘urta qiluvchining zarar yetkazilgan mulkni
ko‘zdan kechirish va yetkazilgan zarar miqdorini belgilashda
ishtirok etishini ta’minlashi, sug‘urta holatida yetkazilgan zarar
uchun javobgar bolgan uchinchi shaxsga nisbatan teskari talab
lami ta’minlashga oid barcha choralami ko‘rishi, agarda sug‘urta-
lanuvchida zarami muntazam tolashni to‘xtatishi yoki uning miq
dorini qisqartirish imkoni paydo bolganda, bu haqida sug‘ur-
tachiga xabar berishi va bunday tolovlam i to‘xtatish yoki ular-
ning miqdorini kamaytirish bo‘yicha barcha choralami ko‘rishi
shart.
Sug‘urtachi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanuvchi-
ning sug‘urta holati sababü yuzaga kelgan mulkiy yo‘qotishlari-
ning o‘rnini toldiradi. Agarda shartnomaga amal qilish davrida
ahamiyatga ega bolgan sug‘urta holati sug‘urta qiüsh boshlan-
gunga qadar ahamiyatga ega bolgan yoki ta ’sir qilishni boshlagan
sabablarga ko‘ra sodir etilsa, zarar sug‘urtalanuvchiga shartnomani
tuzish paytida ushbu sug‘urta holatining boshlanishiga sabab
b o lg an sabablar haqida unga m a’lum bolm aganda tolan ish i
lozim.
Agar sug‘urta tolovi sug‘urta summasi miqdorida tolangan
bo‘ka, sug'urta polisiga amal qilish tolov tolangan paytdan bosh-
lab bekor qüinadi. Sug‘urta puü miqdorida to‘üq tolanm agan su-
g‘urta tolo v i tolanadigan sug'urta polisi o‘z kuchini unga amal
qihsh muddati oxirigacha sug‘urta summasi va tolangan summa
o'rtasida farq miqdorida saqlab qolinadi.
Sug'urta to lo v i sug‘urtachi tomonidan sug‘urta shartnoma
sida belgilangan muddat ichida sug‘urtalanuvchidan sodir etilgan
162
sug'urta holati to ‘g‘risidagi barcha kerakli hujjatlar olingandan
keyin tolanadi. Sug‘urta tolovi sug‘urtalanuvchining isbotlangan
javobgarhgi miqdorida sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urta
pulidan ortiq bolm agan holda tolanadi.
Sug‘urtachining hisobraqamldan sug‘urtalanuvchining hisob-
raqamiga pul o‘tkazilgan kun sug‘urta tolovi tolangan kun hisob
lanadi.
Sug'urtachi agarda sug‘urtalanuvchi sug‘urta shartnomasi
shartlarini tegishh ravishda bajarmasa, sug‘urta tolovi miqdorini
kamaytirish huquqiga ega.
Sug‘urtalanuvchi sug‘urta shartnomasiga amal qilish bekor
qilinganidan so‘ng sug‘urtachiga sug'urta shartnomasiga amal
qilish davrida undan sug‘urta holati to ‘g‘risida e’tiroz bildiril-
gandagina sug‘urta tolovini ohshi mumkin.
Sug‘urtachi, agarda sug'urtalanuvchi ataylab soxta m a’lumot
lar taqdim etgan va ular asosida sug‘urta shartnomasi tuzilgan
bolsa, zarar sug'urtalanuvchi aybi bilan yetkazilmagan bo'lsa, zarar
sug‘urtalanuvchi yoki korxonaning bevosita g‘arazli niyati oqiba
tida yetkazilgan bolsa, sug‘urtalanuvchi tekshiruvlarni qonunda
belgilangan muddatdan tashqari muddatda amalga oshiigan bo‘Isa
(htsenziyani chaqirib ohsh, htsenziyaga amal qhish muddatining
tugashi), auditorhk tekshiruviga malaka shahodatnomalariga ega
bo‘hnagan va auditorlaming kasbiy reyestriga kiritilmagan shaxslar
jalb qilingan bolsa, sug‘urtalanuvchi tomonidan imzolangan va
belgilangan tartibda muhr bilan tasdiqlangan auditorhk xulosasi
boim asa, sug‘urtalanuvchi sug‘urtachiga sug‘urta shartnomasida
ko'zda tutilgan xatti-harakatlarni amalga oshirishga rozi boim asa
yoki boshqacha y o l bilan to ‘sqinlik qilsa, sug'urtalanuvchi o‘z
vaqtida sug‘urtachiga sug‘urta holatining sodir etilgani to ‘g‘risida
xabar bermagan bolsa, sug‘urta tolovini tolashni rad etish huqu
qiga ega.
Sug‘urta holati tufayh yetkazilgan zarar hajmi sug'urtalanuv-
chiga sug‘urta holati bo‘yicha yetkazilgan zarar hajmidan kehb
163
chiqqan holda aniqlanadi. Zarar hajmi maxsus tayinlangan davlat
organi yoki sudning jarima yoki boshqa moddiy sanksiyalar qiy
matidan yoxud sud tomonidan qondirilgan da’vo talablaridan keUb
chiqqan holda qaror chiqarilganda, e’tirozlar uchinchi shaxsga
yetkazilgan zarar qiymatidan kelib chiqan holda ixtiyoriy qondiril-
ganda aniqlanadi.
Qoplanayotgan zarar summasiga sug'urta holatida zaraming
oldini olish yoki kamaytirish uchun maqsadga muvofiq sarf-xara
jatlar ham kiritilishi mumkin, biroq to ‘lovlaming umumiy qiymati
sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta pulidan oshmasligi kerak.
Sug'urta to'lovini to'lagan sug'urtachiga to'langan mablag'
doirasida sug'urta to'lovini oigan sug'urtalanuvchi boshqa shaxsga
yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsga nisbatan ega bo'lgan
talablami talab qihsh huquqi o'tadi. Sug'urtalanuvchi sug'urta
chiga o'zidagi barcha hujjatlar va dahllami berishi hamda ushbu
huquqni amalga oshirish uchun kerakli barcha rasmiy ishlami
bajarishi kerak. Agar qayd etilgan shaxslar yetkazilgan zarar uchun
javobgar shaxsga nisbatan talab qilish huquqidan voz kechsa yoki
ushbu huquqni ulaming aybi bilan (hujjatlami taqdim etmaslik va
hokazolar) amalga oshirishning iloji bo'lmasa, sug'urtachi su-
g'urt:a to'lovlarini to'lashdan ozod etiladi. Agarda ushbu to'lovlar
to'langan bo'lsa, qayd etilgan shaxslar sug'urtachiga ohngan mab-
lag'lam i uni oigan kundan boshlab qonunchihkda belgilangan
foizlar bilan qaytarishi shart.
Sug'urtalanuvchi sug'urtachiga O'zbekiston Respublikasi qo-
nunchihgi tomonidan belgilangan da’vo muddati ichida qonun
yoki sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta to'lovini to'lashdan
bosh tortish uchun asos bo'lgan holatlar aniqlanganda, to'langan
pulni qaytarishga majbur.
Agarda sug'urta holati sodir etilgan paytda sug'urtachi to
monidan sug'urtalangan obyekt bo'yicha sug'urtalashning boshqa
shartlariga amal qihngan bo'lsa, sug'urta to'lovi sug'urta mab-
lag'lariga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlanadi va ushbu
164
mablag‘lar uchun auditor javobgarhgi har bir sug'urta qiluvchi
tom onidan sug‘urtalangan, har bir sug‘urta qiluvchi esa o ‘z
ulushiga to ‘g‘ri keladigan zararning bir qismini tolaydi, xolos.
Sug‘urtalanuvchi yoki uchinchi shaxsning sug‘urta holati
sodir etilishiga qaratilgan g‘arazh xatti-harakatlari, sug‘urtalanuv-
chi yoki uchinchi shaxs tomonidan sug‘urta holati bilan bevosita
aloqada bolgan jinoyatning atayin sodir etilishi, sug‘urtalanuv-
chining sug'urtachiga ataylab sug‘urta obyekti bo‘yicha soxta
ma’lumotlami berishi, sug‘urtalanuvchi tomonidan zarami yet-
kazishda aybdor bolgan shaxsdan uiüng undirilishi, sug‘urta-
lanuvchi tomonidan sug‘urtachiga tuzilgan sug‘urta shartnomasi
bo‘yicha tavakkalchilik darajasining oshganligi to ‘g‘risida m alum
qilirmiasligi va qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa holatlar
sug‘urtachining sug‘urta to‘lovini to ‘lashdan bosh tortishiga asos
hisoblanadi. Sug‘urta shartnomasi shartlarida sug'urta to ‘lovini
to ‘lashdan bosh tortish uchun qo‘shimcha asoslar ham ko‘zda
tutilgan.
?
Download |