Qayta $ug‘urtalashiiing turlarí va shakllari



bet58/124
Sana20.06.2024
Hajmi
#264653
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   124
Bog'liq
Sugurta ishi 2014 X.M. Shennayev o`quv q

10.2. Qayta $ug‘urtalashiiing turlarí va shakllari
Qayta sug'urtalash munosabatlarining klassik tarkibini quyi­
dagi ko‘rinishda ko‘z oldimizga keltirishimiz mumkin:
— qayta sug‘urtalash shakli;
fakultativ;
• obligator;
— qayta sug‘urta turi;
• nisbiy;
• nonisbiy.
«Qayta sug‘urta shakli» tushunchasi sug‘urtachi va qayta 
sug'urtachi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni, sug‘urtaning alohida 
turi b o ‘yicha tuzilgan shartnom a asosida berilgan va qabul 
qilingan risklami, tomonlarning o‘zaro huquq va majburiyatlarini 
anglatsa, «qayta sug‘urta turi» tushunchasi sug‘urtachilarning 
majburiyatlar yuzasidan o‘zaro hisob-kitob olib borish texnika- 
sining o ‘ziga xos xususiyatlarini, qayta sug‘urta uchun berilgan 
risk ulushlarini, qaj^a sug'urta mukofotini to ‘lash qoidalarini, 
shartnoma bo‘yicha yuzaga kelgan sug‘urta hodisasi zararlarini 
qayta sug‘urtachi tomonidan qoplash tartiblarini belgilaydi.
Yuqorida keltirilgan qayta sug‘urta shakli tarkibiga qayta 
sug‘urtaning yangi shakli bo‘lgan — alternativ qayta sug‘urtani 
kiritmaslik berilgan ta’rifning to'liqsizügiga olib kelishi mumkin. 
Alternativ qayta sug‘urta shaklini kiritgan holda, qayta sug‘urta 
munosabatlarining hozirgi zamon tarkibini quyidagicha ko‘z oldi­
mizga keltirishimiz mumkin.
Qayta sug‘urta turi;
— klassik;
— moliyaviy qayta sug‘urta shakli;
— fakultativ;
— obügator qayta sug‘urtaning ko‘rinishi;
— nisbiy qayta sug‘urta;
— nonisbiy qayta sug‘urtaning kichik ko‘rinishi;
168


— kvotali-ekssedent summasi;
— ekssedent zarari — zararlilik ekssedenti.
Qayta sug‘urta munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini 
qayta sug‘urtalashda ishlatiluvchi maxsus atamalar ko‘rsatib beradi.
Maxsus atamalarning asosiylari quyidagilardan iborat.
Fakultativ qayta sug‘urta shartnomalarida sug‘urtachi va qayta 
sug‘urtachi har bir sug‘urta risklarini alohida holat sifatida ko‘rib 
chiqadilar, riskni qayta sug‘urtaga berish va qabul qihsh yuzasidan 
qarorlami alohida qabul qüadilar. To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtachi 
o‘zining sug‘urta shartnomalaridagi har bir riskni qaysi qayta su- 
g‘urtachiga qayta sug‘urta uchun berish to ‘g‘risidagi qaromi o‘zi 
qabul qiladi. 0 ‘z navbatida, qayta sug‘urtachi ham, riskni qayta 
sug‘urta qilish to ‘g‘risidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtachining tak- 
hfini tahhl qilib, uni qayta sug‘urtaga qabul qilish-qilmashkhaqi­
dagi qarorini mustaqil qabul qiladi. Albatta, qayta sug'urtachi o‘zi 
qayta sug‘urtaga qabul qilayotgan riskni baholashda, riskning qan­
day qismini qayta sug‘urtalash lozimhgiga, qanday miqdorda qayta 
sug‘urta sig‘imi bilan ta’minlash zarurhgiga va qanday shartnomalar 
(qayta sug‘urta turi, qayta sug‘urta mukofoti, alohida shartlari) 
qayta sug‘urtalanishi lozimligiga e’tibor qaratadi. Fakultativ qayta 
sug‘urta tomonlar kelishuvini belgilovchi qayta sug‘urtaning mus­
taqil shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtachining fakultativ qayta sug‘urta- 
lash to ‘g‘risidagi taklifida qayta sug‘urtachiga riskni to‘g‘ri baho­
lash uchun zarur bolgan risk to ‘g‘risidagi barcha m a’lumot bo‘- 
hshi zarur. Odatda, to ‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtachi tomonidan qayta 
sug'urtachiga berilgan m a’lumotda quyidagi axborotlar boladi:
— sug‘urtachining nomi va manzih;
— sug‘urta turi;
— qayta sug‘urta turlari: nisbiy va nonisbiy;
— riskning joylashgan joyi (mamlakat, manzih);
— manfaatdor shaxs;
— sug‘urta shartlari, sug‘urtalangan xavf (muhimlaridan qaysi-
169


lari to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urt;a shartnomasiga kiritilgan, qaysilari 
shartnoma tarkibiga kiritilmagan, yoki shartnomaning standart 
shartlarining o'zgarishi sanab o'tihshi zarur);
— jami sug'urta summasi (sug'urtalash valutasida maksimal 
mumkin bo'lgan zarar summasi, mukofot foizi);
— sug'urtachi franshizasi;
— qayta sug'urta mukofoti, qayta sug'urta komissiyasi va 
boshqa xarajatlar;
— fakultativ qayta sug'urtaning boshlanish va tugash sanasi;
— taklif qihngan qayta sug'urta ulushi;
— zararlarning oldini ohsh imkoniyatlari va chora-tadbirlari;
— syurver hisobotini taqdim qilish imkoniyatlari;
— qayta sug'urtaga berilayotgan sug'urta manfaati, sug'urta 
obyekti to'g'risidagi to'g'ridan-to'g'ri sug'urta shartnomalarining 
statistikasi (imkoniyat doirasida, kamida oxirgi 5 yil mobaynida);
— amaldagi boshqa qayta sug'urta shartnomalari bilan birlash- 
tirish imkoniyatlari, qayta sug'urtalanayotgan fakultativ risklarga 
tatbiq qUinmoqchi bo'lgan qayta sug'urta qoplamasi ko'rsatihshi 
lozim;
— sug'urtachining to'g'ridan-to'g'ri sug'urta shartnomasi b o '­
yicha shaxsiy chegirimning ulushi va miqdori;
— to'g'ridan-to'g'ri sug'urtachining nomi va agar bo'lsa, ham- 
sug'urtachilarni ko'rsatish.
Turli xil sug'urta tarmoqlari o'ziga xos xususiyatlarga ega. 
Shuning uchun yuqorida keltirilgan m a’lumotlar yig'indisi esa 
misol tariqasida keltirildi.
Qayta sug'urtachilar yuqorida keltirilgan m a’lumotlar yig'in- 
disidan qayta sug'urta shartnomasini tuzishda, taklif sifatida 
foydalanishi mumkin. Qayta sug'urtachi ohngan ma’lumotlarni 
tahlil qilib, o'rgangandan keyin, qanday ulushda (qat’iy belgi­
langan miqdorda yoki foizda) fakultativ qayta sug'urtaga olishi 
to'g'risida to'g'ridan-to'g'ri sug'urtachiga xabar qiladi. Bunday 
takliflar va taklifni qabul qilish (aksept) qayta sug'urta shartno-
170


masí shakllari uchun belgüangan amaldagi qonunchilik talablariga 
mos kelishi lozim. Yozishmalar faks orqali jo‘natüishi lozim, qayta 
sug‘urtachi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtachining qayta sug‘urta ulushi 
to‘g‘risidagi va shu kabi boshqa takliflariga rozi bolgan shartlarda, 
olgan taklifga imzo qo‘ygan holda m alum otni qayta jo ‘natadi.
Qayta sug‘urtachi tomonidan riskni qayta sug'urtaga qabul 
qilish to‘g‘risidagi taklifni rad etish telefon, teleks, faks — tez xabar 
berish vositalari bilan ma’lum qilinishi mumkin. Qayta sug‘ur- 
tachi taklifga rozi bolmagan hollarda uni qanoatlantiruvchi qayta 
sug‘urta shartlarini taklif qilib, m a’lumot almashishi mumkin. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug'urtachi tomonidan yuborilgan qayta sug‘ur- 
talashga berishi to‘g‘risidagi taklifga qayta sug‘urtachining javob 
bermasligi taküf qabul qüinganhgini büdirmaydi.
Fakultativ qayta sug‘urta shartnomasi qayta sug‘urtachi tomo- 
nidan rozihk tóldirilgan daqiqadan kuchga kiradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
sug‘urta shartnomasining shartlariga muhim o‘zgarishlar (sug‘ur- 
ta summasi, mukofot stavkasi, sug‘urtalangan xavflar hajmiXkirit- 
ish faqat qayta sug‘urtachi ruxsat bergan hollarda ruxsat beriladi.
Talab qilingan ma’lumotlar nuqtayi nazaridan, fakultativ qayta 
sug‘urta to ‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtalashga o‘xshashi mumkin. Yirik 
professional qayta sug‘urta kompaniyalarida fakultativ qayta 
sug‘urta bo‘limlari bolib, bu bolim da turU tarmoq mutaxassislari 
bolgan xodimlar taklif qilingan risklami baholaydilar.
Fakultativ qayta sug‘urtada qayta sug‘urtachining vazifasi 
to ‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtachining mohyaviy imkoniyatlarini ken- 
ga>tirish bilan cheklarmiaydi. U ko‘p hollarda to ‘g‘ridan-to‘g‘ri 
sug‘urtachiga risk kolam ini baholashda, sug'urta shartnomasi
O s
shartlarini aniqlashda, zararning oldini olish chora-tadbirlarini 
belgilashda, maslahatga muhtoj bolganda yordam ko‘rsatadi. Su- 
g‘urtachi va qayta sug‘urtachi birgalikda, risk joylashgan joyda — 
miUiy hududda yoki chet elda nazorat ishlarini birga olib boradi.
Obligator qayta sug‘urtalash shartnomasiga asosan sug‘urtachi 
qayta sug'urtachiga kelishilgan hududda aniq belgilangan risklar
171


bo'yicha tuzilgan barcha to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug'urta shartnomalari 
qayta sug'urtaga beriladi (baxtsiz hodisaga qarshi 0 ‘zbekiston 
Respublikasida imzolangan sug'urta shartnomalari yoki yong'inga 
qarshi Rossiyada qilingan mol-mulk sug'urtalari). To'ridan-to'g'ri 
sug'urtachi tomonidan kehshilgan shartlarda tuzilgan barcha su­
g'urta shartnomalarini qayta sug'urtachi so'zsiz qayta sug'urtaga 
qabul qilishi shart. To'g'ridan-to‘g‘ri sug'urtachi qayta sug'urtachi 
bilan kehshilgan holda, o'z sohasini yaxshi biluvchi anderray- 
terlami jalb qilish, sug'urta shartnomalarini, sug'urta mukofotini, 
qayta sug'urtalash rejalashtirilgan sug'urta shartnomasini bosh- 
qarish chora-tadbirlarini belgüash bo'yicha qarorlar qabul qilish 
huquqiga ega. Agar sedent (sug'urta kompaniyasi) qayta sug'ur­
tachi manfaatlariga zarar keltiruvchi harakatlarni amalga oshirsa, 
qayta sug'urtachi sug'urtachining ushbu qarorini qo'Uab-quwatla- 
máydi. Shunday qilib, qayta sug'urtachining to'g‘ridan-to‘g'ri su­
g'urtachi faoliyatini kuzatish majburiyati sug'urtachining o'zining 
biznesini boshqarish huquqlari bilan yaqindan bog'langan.
Obligatorh qayta sug'urtalash xalqaro amaliyotda ikki xil 
ma’noni bildiradi:
1) qayta sug'urtalashning majburiy shakli. Ayrim mamlakatlar 
qonunchiligiga ko'ra, ushbu mamlakat hududida faoliyat ko'rea- 
tayotgan barcha sug'urta kompaniyalari qabul qilgan risklarining 
bir qismini majburiy ravishda qayta sug'urtalash kompaniyasiga 
beradi. Bu chora qayta sug'urtalash orqah chet elga valuta chiqib 
ketishining oldini oladi;
2) sug'urta kompaniyasi (sedent) m a’lum bir sug'urta turi 
bo'yicha riskni qayta sug'urtalovchiga berishini va o‘z navbatida, 
qayta sug‘urtalovchi, riskni qabul qilishni nazarda tutuvchi qayta 
sug'urtalash shartnomasi — fakultativ-obhgator shartnomasi se­
dent qayta sug'urtalovchi bilan kehshgan toifadagi har qanday 
sug'urta riskini berishi, qayta sug'urtalovchi esa ulami qabul qi­
lishi shart ekanligi haqidagi qajta sug'urtalash shartnomasidir.
172


Obligator qayta sug‘urta shartnomalarining imzolanishida 
tomonlar yuzaga keluvchi zararlami yoki qayta sug‘urtalashga 
qabul qilingan risklami qayta sug‘urta qoplamasi bilan ta’minlash 
shartlarini kehshib olishlari lozim. Agar shartnoma «zararlar paydo 
bo‘lgan yU» shartida imzolansa, sug‘urta hodisasi ro‘y berganhgi 
to‘g‘risida ariza berilgan yoki berümaganhgidan qat’i nazar, yuzaga 
kelgan barcha zararlar bo‘yicha qayta sug‘urtachida qayta sug'urta 
to‘lovlami amalga oshirish majburiyatlari paydo bo‘ladi. Masalan, 
sug‘urta shartnomasi 2014-yilning 1-yanvarida, bir yil muddatga 
imzolangan. 2003-yibiing iyun oyida imzolangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
sug‘urta shartnomasi bo‘yicha 2014-yilning 3-yanvarida zarar 
yuzaga keldi. Qayta sug‘urtachida ushbu zararni qoplash yuzasi­
dan qayta sug‘urta majburiyati paydo boladi. Agar sug‘urta shart­
nomasi 2014-yilning 5-sentabrida imzolanib, ushbu shartnoma 
bo'yicha zarar 2015-yüning 15 yanvarida paydo bolsa, bunday 
zararlam i qoplash bo'yicha qayta sug‘urtachida hech qanday 
majburiyat paydo bolmaydi.
Agarda qayta sug‘urta shartnomasi «kalendar yili» shartlarida 
imzolansa, qayta sug‘urta shartnomasi amaldagi muddatda imzo­
langan barcha to ‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta shartnomasi bo‘yicha 
yuzaga kelgan zararlar, haqiqatda qaysi sanada ro‘y beiganligidan 
qat’i nazar qayta sug‘urtachi tomonidan qoplanib berilishi zamr.
Obligator qayta sug'urta shartnomalari, odatda, bir yil mud­
datga tuziladi. Agar obhgator nisbiy qayta sug‘urta shartnomasi­
ning tugash muddatiga 3 oy qolganda, tomonlar o‘zaro, bir-birini 
shartnoma tugaganligi to‘g‘risida ma’lum qilmasalar, shartnoma­
ning amal qilish muddati avtomatik ravishda keyingi kalendar yih 
uchun o‘z kuchini saqlab qoladi. Nonisbiy obhgator qayta sug'urta 
shartnomalari uchun yuqorida keltirilgan qoida tadbiq qihnmaydi. 
Nonisbiy obhgator qayta sug‘urta shartnomasining amal qilish 
muddatini keyingi kalendar yihga uzaytirishni tomonlar kehshib 
ohshlari lozim.
173


Obligator qayta sug‘urta shartnomasining amal qilish m ud­
datidan oldin tugatilishi faqat shartnomada belgilangan maxsus 
shartlar asosida amalga oshiriladi. Bunday maxsus shartlarga, 
odatda, quyidagilar kiradi:
- de-yure va de-fakto shartnomasini bajarish imkoniyati bo‘l- 
masa;
- bir tomonning o‘z qarzlarini bankrothk yoki likvidatsiya mu­
nosabati bilan yoki operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat be- 
mvchi vakolatning, Htsenziyaning qaytarib olinganligi bilan bog'liq 
bo‘lgan holda to‘lash imkoniyati yo‘qolsa;
- ikkinchi tomon barcha tolangan kapitalni toliqligicha yoki 
qisman yo‘qotsa;
- ikkinchi tomon boshqa yuridik shaxs bilan qo‘shilsa yoki 
ikkinchi tomon ustidan nazorat boshqa yuridik shaxs yoki davlat 
ixtiyo^riga o‘tsa;
- boshqa tomon ro‘yxatdan o'tgan davlatda e’lon qilingan yoki 
e’lon qilinmagan urush harakatlari olib borilsa, yoki qisman yoki 
to‘liqligicha boshqa davlat tomonidan bosib olinsa.
Nisbiy qayta sug‘urta (proportional reinsurance) - qayta su- 
g‘urta shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar miqdorini aniqlashning 
keng tarqalgan usulidir. Nisbiy qayta sug‘urta shartnomasini im- 
zolashda tomonlaming qayta sug‘urta mukofotini tolash, zararni 
qoplash majburiyatlari kelishilgan holda, nisbatda (foizda) belgi­
lanadi. U ikkiga - nisbiy kvotali qayta sug‘urta va ekssendent sum­
masi asosida qayta sug‘urtalash turlariga bo‘Unadi.

Download
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   124




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta $ug‘urtalashiiing turlarí va shakllari