Kasbiy javobgarlikning sug‘urtasi haqida tushimcha



bet54/124
Sana20.06.2024
Hajmi
#264653
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   124
Bog'liq
Sugurta ishi 2014 X.M. Shennayev o`quv q

9.3. Kasbiy javobgarlikning sug‘urtasi haqida tushimcha.
Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘artalasb bo‘yicba
sbartnoma tuzish
Kasbiy javobgarlikni sug'urtalash sug‘urtachining sug‘urta 
obyektiga keltirilgan zarami to‘liq yoki qisman qoplash miqdorida 
sug‘urta to ‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarni ko'zda tutuvchi su- 
g‘urta turlarini ifoda etadi.
Bunda jismoniy shaxsning mulkiy manfaatlari sug‘urta obyekti 
hisoblanadi. Ushbu obyektni sug‘urta qilish to‘g‘risida fuqarolik 
qonunchiligi tomonidan belgilangan tartibda jismoniy shaxsning 
uchinchi shaxs tomonidan sug‘urtalangan kasbiy faoliyatni amal­
ga oshirish munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash majbu- 
riyatlari bilan bog‘hq sug‘urta shartnomasi tuziladi. Kasbiy fao- 
Uyatga talablar va uni amalga oshirish tartibi tegishh qonunchilik 
hamda me’yoriy hujjatlar tomonidan belgilanadi.
Kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash kasbiy faoliyatni amalga 
oshirishda uchinchi shaxsga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan turli 
shaxslar toifalarining mulkiy manfaatlarini sug'urta qilish turlarini 
birlashtiradi. Ko‘pincha shifokorlar, notariuslar, baholovchilar
ekspertlar, qo‘riqchilar, advokatlar va boshqalarning kasbiy javob­
garligi sug‘urta qilinadi.
Kasbiy javobgarlikni sug‘urtalashda boshqa sug‘urta turlaridan 
farqli o'iaroq, sug'urta holatining boshlanishi tashqi omillarga 
(tabiiy ofatlar va kesin o‘zgarishlar, uchinchi shaxs harakatlari va 
hokazolar) emas, balki muayyan kasbiy faohyatni amalga oshi- 
radigan shaxs malakasiga bog'liq. Sug'urtachi sug'urta shartno­
masi tuzganidan so‘ng kasbiy faohyat büan shug‘uUanuvchi shaxs 
ehtiyotkorlik büan ish tutishi va kasbiy ko‘nikmalami namoyon 
etishi lozim.
Ko‘pchilik holatlarda sug‘urta holatming boshlanishi sudning 
mutaxassisning mijozga moddiy zarar yetkazganligi va uning miq­
dori uchun mulkiy javobgarligini belgilovchi qarori qonuhiy
151


kuchga kirgandan keyin tan olinadi. Bundan tashqari, sug‘urta- 
chining uchinchi shaxsga e’tirozlarni sudgacha hal etishda yet- 
kazgan zarari uchun javobgarligining belgilanishi ham faqat sug‘ur- 
tachi tomonidan yetkazilgan zarar aniq isbotlanganda sug‘urta 
holati sifatida tan olinishi mumkin. Bunda sug‘urta shartnomasida 
sug'urtachi javobgarligining paydo bo'hshi asosli ekanligini tan 
olish va zararni qoplash miqdorini aniqlash sug‘urtachi yoki 
vakolath vakil ishtirokida amalga oshirilishi kelishib olinadi.
Kasbiy javobgariikni sug‘urtalashning har bir turi ma’lum bir 
kasbning o‘ziga xos xususiyatlari bilan asoslangan o‘z xususiyat­
lariga ega. Har bir ma’lum kasbning o‘ziga xos xususiyatlari kasbiy 
javobgariikni sug‘urtalash shartnomasini tuzishda hisobga olinadi. 
Bu borada sug‘urtachining o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishga 
vijdonan, mulohaza büan va asosli yondoshuvi kasbiy javobgarlik- 
rü sug‘urtalashda umumiy tamoyü sanaladi. Aks holda, sug'ur­
tachi sug'urta qilish shartnomasi bo‘yicha o‘z javobgarligidan ozod 
etilishi mumkin.
Xorijiy amaliyotda kasbiy javobgariikni sug‘urtalashning ayrim 
turlari majburiy asosda amalga oshiriladi, ya’ni yuridik yoki 
jismorüy shaxslar (masalan, shifokorlar, rieltorlar, baholovchüar, 
notariiislar va boshqalar) kasbiy javobgariikni sug'urtalash polisisiz 
m a’lum bir kasbiy faoliyat büan shug'uUanish huquqiga ega emas.
Bu borada sug‘urtalanuvchi — kasbiy faoüyatrü amalga oshl- 
radigan yuridik yoki jismoniy shaxs, sug'urtachi - sug‘urta fao- 
Kyatini amalga oshirish uchun tashkil eülgan va belgilangan tar­
tibda ro‘yxatga olingan hamda korxonaning kasbiy javobgariikni 
sug‘urtalash huquqini beruvchi litsenziyaga ega yuridik shaxs su- 
g‘urta huquqiy munosabat subyekti hisoblanadi. Ushbu sug'urta 
subyektlari sug‘urta majburiyatlarining asosiy tomonlari, ya’ni 
sug‘urta shartnomasi tomonlaridir. Bundan tashqari, jabr ko'rgan 
shaxs (sug‘urta shartnomasi uning foydasiga tuzügan) ham kasbiy 
javobgariikni sug'urtalash subyektlari sirasiga kiradi. Odatda, jabr
152


ko‘rgan shaxs, agarda sug'urta shartnomasida boshqa narsa ko‘z- 
da tutilmagan bo‘lsa, yetkazilgan zarar miqdorida sug‘urta to ‘lovi 
olishga haqqi bor.
Kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash shartnomasini tuzishda jabr 
ko‘rganlar (foyda oluvchilar) sug‘urtalanuvchiga ham, sug‘ur- 
tachiga ham m a’lum qilinmaydi. Ushbu holatda sug‘urta shart­
nomasida bu shartnoma kimning foydasiga tuzüganligi aytilmagan 
yold u sug‘urta qñuvchi yoxud boshqa shaxs foydasiga tuzilgan 
bolsada, sug‘urta tolovi olish huquqiga foyda oluvchi faqatgina 
sug‘urta qiluvchi uning oldida javobgar bolgan shaxsgina (yoki 
uning merosxo‘ri) hisoblanadi.
Kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash shartnomasi shartlarida 
sug‘urtachining sug‘urtalanuvchi yoki uning xodimi vakolatiga 
nisbatan kafolatlari ko‘zda tutilmagan.
Sug‘urtachi uchinchi shaxsga sug‘urtalanuvchi tomonidan 
qonuniy va m e’yoriy hujjatlar buzilishi, sug‘urtalanuvchining 
atayin harakatlari natijasida zarar yetkazilsa sug'urtalanuvchi maj­
buriyatlari b o ‘yicha javobgar hisoblanmaydi. Sug'urtalanuv- 
chining harakatlaridagi niyatni isbotlash sug‘urtachi zimmeisiga 
yuklatñadi. Sug‘urtalanuvchining niyati sudning qonuniy kuchga 
kirgan qarori, hukmi bilan aniqlanadi. Agarda sug‘urtalanuvchiga 
nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bolsa, sug‘urta mukofoti to ‘g‘- 
risidagi masala sud qarori va hukmigacha to ‘xtatiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Notariat to ‘g‘risida»gi qonu- 
nining 20-moddasiga binoan, shaxsiy amaliyot bilan shug‘ulla- 
nuvchi notarius o‘z faoliyatini sug'urta qilish shartnomasini tu­
zishga majbur. Notarius o ‘z majburiyatlarini sug‘urta shartno­
masini tuzmasdan turib bajarish huquqiga ega emas.
Notariusning qonunchilik tom onidan belgilangan tartibda 
uchinchi shaxsga notarial faoliyatni amalga oshirishda yetkazilgan 
zaram i qoplashga doir majburiyatlari bilan mulk manfaatlari 
sug‘urta obyektlari hisoblanadi. 
!
153


Notariuslarning kasbiy javobgariikni sug‘urtalash shartnomasi 
shartlariga muvofiq, sug‘urta qiluvchi sug‘urtalanuvchi tomoni­
dan sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘uita mukofotini to '- 
laganidan keyin sug‘urtalanuvchiga sug‘urta shartnomasining 
amal qilish davrida ahamiyatga ega bo'lgan notarial harakatlami 
qonunga xilof ravishda amalga oshirgan (yoki kerakJi notarial 
harakatlami bajarmagan) sug'urta qiluvchi o‘z kasbiy majburiyat­
larini tegishli tarzda bajarmagani oqibatida yuzaga kelgan e’tirozlar 
bo‘yicha zarami qoplash majburiyatlarini qabul qiladi.
Sug‘urta qiluvchining zararni qoplash majburiyati notarius 
mijozlariga notarius tomonidan o'zining kasbiy majburiyatlarini 
amalga oshirishdagi e’tiborsiz harakatlari, xatolari yoki kerakh 
notarial xatti-harakatlarni bajarilmagani natijasida zarar yetkazil­
gan holatlarda paydo bo‘ladi. Sug‘urtachi, odatda, amaldagi qo- 
nunchilikka nomuvofiq tarzda amalga oshirilgan notarial harakat­
lar yoki sug‘urtalanuvchining g‘arazli niyatida kerakli notarial 
harakatlami bajarmaslik natijasida yetkazilgan zarami qoplamaydi. 
Notariusning g‘arazh niyati sudning qonuniy kuchga kirgan qarori 
va hukmi bilan aniqlanadi. Bunda sug‘urtalanuvchining harakat- 
larida g‘araz niyat borligini isbotlash sug‘urtachi zimmasiga yuk- 
lanadi.
Sug‘urta holati sug‘urtalanuvchining zararni qoplash maj­
buriyati belgilangan paytdan hoshlanadi. Odatda, sug'urta holati 
notariusga uchinchi shaxsga u tomonidan bajarilgan noqonuniy 
notarial harakatlar, xatolar yoki kerakli notarial harakatlami bajar- 
mashk oqibatida yetkazilgan zararni qoplashni yuklaydigan sud 
oiganining qarori kuchga kiigach boshlangan hisoblanadi. Sug‘ur- 
ta shartnomasida sug‘urta holatini belgilash va mijozning nota­
riusga zarami qoplash talabi bildirilgan e’tirozi asosli bo‘lganda, 
uni sug‘urta yo‘li bilan toMash majburiyati ko‘zda tutiladi. Su- 
g‘urta holatini aniqlash sug'urta shartnomasida aniq bayon etilishi 
shart.
Notariusning kasbiy javobgarhgini sug‘urtalash shartnomasi 
bo‘yicha eng kam sug'urta summasi 0 ‘zbekiston Respublikasining
154


«Notariat to ‘g‘risida»gi qonunining 20-moddasiga muvofiq begi- 
langan eng kam ish haqining yuz baravar miqdoridan kam bo‘l- 
masligi kerak.
Notariusning kasbiy javobgarhgini sug‘urtalash shartnomasi 
notariusning yozma arizasi asosida tuziladi. Arizada, odatda, 
notarius haqida, sug'urta xavfi darajasini aniqlash uchun muhim 
ahamiyatga ega m a’lumotlar, ya’ni kasbiy javobgarügi sug‘urta 
qüinayotgan shaxsning ismi sharifi, kasbi, kasbiy faoliyati bosh- 
langan sana, shaxsiy notarial amaliyot bilan shug‘uUanish huqu­
qini beruvchi litsenziyani oüsh sanasi va raqami, pochta manzih, 
telefon, faks, teleks ko‘rsatiladi. Ariza berish paytida notarius fao­
liyati sug‘urtalangani, awal tuzilgan sug‘urta shartnomasi to ‘xta- 
lishi nimaga bog‘liqligi, notariusning kasbiy faoliyatiga taalluqU 
xatolar, ehtiyotsizHk yoki kamchihklar bilan bog‘Hq e’tiroz bildi- 
rilgan m a’lumotlar ko‘rsatiladi.
Notariusning kasbiy javobgarhgini sug‘urtalash shartnomasi 
notarius kasbiy faoliyatini amalga oshirishda o‘z harakatlari uchun 
javob bergandagina shaxslar foydasiga tuzilagan hisoblanadi. Su- 
g‘urta shartnomasini tuzishda foyda oluvchilar sug‘urtalanuvchi 
yoki sug‘urtachiga ma’lum qilinmaydi. Shunday bo‘lsada, sug‘urta 
shartnomasida u kinming foydasiga tuzilgani aytilmagan bo‘lsa 
yoki shartnoma notarius yoxud boshqa shaxs foydasiga tuzilgan 
bo‘lsa ham sug‘urta to‘lovi olish huquqiga ega foyda oluvchi faqat- 
gina notarius uning oldida javobgar bo‘lgan shaxs bo‘Mshi mumkin.
Sug‘urta shartnomasi, odatda, brr yildan kam bo‘hnagan mud­
datga tuziladi. Sug‘urta shartnomasi, agarda shartnomada boshqa 
narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, sug'urtalanuvchi tomonidan su- 
g‘urta mukofotlari to ‘langanidan keyin kuchga kiradi.
Sug‘urta shartnomasining amal qilinishi shartnomada ko‘r- 
satilgan muddatda yoki sug‘urtalanuvchi tom onidan sug‘urta 
summasi to ‘üq tolangan yoxud sug'urtalanuvchi tomonidan su- 
g‘urta manfaatini yo‘qotgan holatda to‘xtatiladi. Sug‘urtalanuv- 
chining sug‘urta manfaatdorügi notarius vakolatini to ‘xtatganda
155


yo‘qotilgan sanaladi. Ushbu holatda sug'urtalanuvchi sug‘urta- 
chiga bu haqda yozma bildirishnoma va sug‘urta manfaatdorligi 
yo'qolganini tasdiqlovchi hujjatlami taqdim etadi. Shartnomaning 
sug‘urtalanuvchining sug‘urta manfaatdorligi yo‘qotganligi natija­
sida muddatidan oldin to'xtatilishi sug‘urtachi sug‘urtalanuvchiga 
sug‘urta mukofotini sug‘urta shartnomasining bekor qilinishining 
haqiqiy sanasidan unda ko'rsatUgan amal qilish sanasigacha qolgan 
muddatga mutanosib tarzda qaytaradi.
Odatda, sug‘urta shartnomasida sug‘urtalanuvchining quyida­
gi majburiyatlari ko‘zda tutiladi: sug‘urta holati sabablari, uning 
borishi va oqibatlarini aniqlash uchun barcha imkoni bor va maq- 
sadga muvofiq chora-tadbirlami qabul qilish; sug‘urtachini unga 
sug‘urta holati munosabati bilan bildirUayotgan barcha e’tirozlar 
haqida kechiktirmasdan (sug'urta shartnom asida kelishilgan 
muddatda) xabardor qilish; sug‘urtachiga sug‘urta holati sabablari, 
uning borishi va oqibatlari, yetkazilgan zarar xususiyatlari va miq­
dori haqida muhokama qilish imkonini beradigan barcha axborot- 
lar hamda hujjatlami taqdim etishi.
Sug‘urta shartnomasiga muvofiq, sug'urtachi unga sug‘urta- 
lanuvchi nomidan zarami undirish to ‘g‘risida talab qayd etilgan 
e’tirozlar bildirilgan holatda muzokaralar olib borishi va yetka­
zilgan zarami qoplash haqida bitim tuzish, sug‘urta holati holatlari 
va sabablarini yoki sug'urtalanuvchining roziligini kutmasdan 
zarar miqdorini aniqlash uchun choralar ko‘rish, shuningdek, sud 
va boshqa vakolatli organlarda sug‘urtalanuvchi nomidan hamda 
topshirig'i bo'yicha ish yuritish huquqiga ega.
Agarda notarius rozi bo‘lmasa yoki boshqa tarzda qayd etilgan 
harakatlami amalga oshirishga to‘sqinlik qilsa, sug‘urtachi sug‘ur- 
ta to'lovini tolashdan bosh tortishi mumkin.
Notariusning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash shartnomasida 
sug‘urta mukofotini to lash muddatlari aniqlanadi. Sug'urta mu­
kofotining miqdori sug‘urta shartnomasiga muvofiq belgilanadi va 
sug‘urta summasi miqdoriga bog‘hq boladi.
156



Download
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   124




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kasbiy javobgarlikning sug‘urtasi haqida tushimcha