Sug'urta d a ’volarini ko'rib chiqish tartibi



bet50/124
Sana20.06.2024
Hajmi
#264653
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124
Bog'liq
Sugurta ishi 2014 X.M. Shennayev o`quv q

Sug'urta d a ’volarini ko'rib chiqish tartibi.
O'zbekiston Respub­
likasi Fuqarohk kodeksining 951-moddasida sug'urta hodisasi yuz 
bergani to'g'risida sug'urtalovchini xabardor qihsh tartibi beriigan. 
Unda mulkiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta qildiruvchi 
sug'urta hodisasi yuz beigani o'ziga ma’lum bo'lganidan keyin bu
127


haqda darhol sug'urtalovchini yoki uning vakilini xabardor qüishi 
shart. Agar shartnomada xabar qilish muddati va (yoki) usuli 
nazarda tutilgan bo‘lsa, bu shartlashilgan muddatda va shartno­
mada ko'rsatilgan usulda qihnishi lozim. Agar naf oluvcM o‘zining 
foydasiga tuzügan shartnoma bo'yicha sug'urta tovoniga bo'lgan 
huquqdan foydalanish niyatida bo'lsa, ayni shunday majburiyat 
naf oluvchi zimmasida bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majbu- 
riyatning bajarihnasligi sug'urtalovchiga, agar sug'urtalovchi su­
g'urta hodisasi 
y\xz
berganini o'z vaqtida büganligi, yoxud bu haq­
da sug'urtalovchida ma’lumotlar yo'qligi uning sug'urta tovonini 
to'lash majburiyatiga ta’sir etmasîigi isbotlanmasa, sug'urta tovo­
nini to'lashni rad etish huquqini beradi.
Ushbu moddada nazarda tutügan qoidalar, agar sug'urtalangan 
shaxsning vafoti yoki uning sog'lig'iga zarar yetkazilishi sug'urta 
hodisasi bo'lsa, tegishli suratda shaxsiy sug'urta shartnomasiga 
nisbatan qo'Ilanüadi. Bunda sug'urtalovchini xabardor qihshning 
shartnomada belgilanadigan muddati yigirma kundan kam bo'hshi 
mumkin emas.
Kodeksning 955-moddasi sug'urta tovoni yoki sug'urta pulini 
to'lashni rad etish to'g'risida bo'hb, unda sug'urtalovchi mulkiy 
sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta qüdiruvchiga (naf oluv­
chiga) sug'urta tovonini yoki shaxsiy sug'urta shartnomasi b o '­
yicha sug'urta pulini to'lashni quyidagi hollarda rad etishga haqli, 
chunonchi;
— sug'urta shartnomasining amal qilishi sug'urta hodisasi 
yu z
bergunga qadar, shu jumladan, ushbu kodeksning 948- va 950- 
moddalarida ko'rsatilgan asoslar bo'yicha bekor qüinganda;
— sug'urta shartnomasi ushbu kodeksda yoki boshqa qonun­
larda nazarda tutilgan asoslar bo'yicha o'z-o'zidan haqiqiy bo'l- 
maganda;
— sug'urtalovchi ushbu kodeksning 951—954-moddalarida 
ko'rsatilgan asoslar bo'yicha sug'urta tovonini yoki sug'urta puli 
to'lashdan ozod qüinganda;
128


-
sug^urtalovchi ushbu kodeksda yoki boshqa qonunlarda 
nazarda tutilgan asoslar bo'yicha sug‘urta shartnomasini haqiqiy 
emas deb topish to‘g‘risida yoxud sug‘urta qildiruvchi (naf oluv­
chi) sug‘urta hodisasi holatlarini tekshirib ko‘rishga yoki yetka­
zilgan zarar miqdorini aniqlashga to‘sqinlik qügani tufayli sug‘urta 
shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atganida.
Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini 
to ‘lashni rad etish to ‘g‘risidagi qarori sug‘urta qildiruvchiga (naf 
oluvchiga) ular sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to ‘lashni 
so‘rab murojaat etganlaridan keyin o‘n besh kundan kechiktirmay 
xabar qilinishi va rad etish sabablarining asoslantirilgan dalil- 
isbotlarini o ‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Sug'urtalovchining sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to ‘- 
lashni rad etishiga qarshi unga nisbatan sudda da’vo qo‘zg‘atish 
yo‘li bilan e’tiroz büdiriUshi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik-protsessual kodeksi- 
ning 277-moddasida fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish holati 
ko‘rsatilgan. Fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atilgan hollarda sodir etilgan 
qilmish oqibatida shaxsga mulkiy ziyon yetkazilgan deb hisob- 
lansa, uni fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish to ‘g‘risida surish- 
tiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Qaroming yoki 
ajrimning nusxasi da’voni qo‘zg‘atgan shaxsga yoki uning vakiUga 
taqdim etiladi. Bunda fuqaroviy da’vogai^a ushbu kodeksning 57- 
moddasida tutilgan huquq va majburiyatlar, fuqaroviy da’vogar deb 
e’tirof etish rad qilingan shaxsga esa qaror ustidan shikoyat qilish 
tartibi tushuntiriladi.
Mazkur kodeksning 283-moddasida sudning fiiqaroviy da’voga 
oid hukmi va ajrimi hqida tushuntirñgan. Unda ayblov hukmini 
chiqarishda, shuningdek, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini 
qo‘llash yoki sodir etgan qilmishning xususiyatiga va o ‘zining 
ruhiy holatiga ko‘ra shaxs ijtimoiy xavfli bo‘lmagan hollarda bun­
day chorani qo‘llamashk haqida ajrim chiqarishda sud asoslaming 
isbotlanishi va da’vo hajmini e’tiborga olib, uni to'liq yoki qisman 
qanoatlantiradi yoxud uni qanoatlantirishni rad etadi.
129


Sud oqlov hukmini chiqarayotganda, shuningdek, tibbiy yo‘- 
sindagi majburlov choralarini qo'llash bo'yicha ishni tugatish ha­
qida ajrim chiqarayotganda fuqaroviy da’voni qondirishni quyidagi 
hoUarda rad etadi:
1) jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qihnish hodisasi yuz bermagan 
bo'lsa;
2) sudlanuvchining yoki tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini 
qo'llash masalasi hal etilayotgan shaxsning sodir etilgan jinoyatga 
yoki ijtimoiy xavfli qihnishga daxh yo'qligi aniqlangan bo'lsa;
3) sudlanuvchining yoki tibbiy yo'sindagi majburlov chorasmi 
qo'Uash masalasi hal etilayotgan shaxsning mulkiy ziyon keltirgan 
harakati zaruriy mudofaa chegarasidan chiqmagan holda sodir 
etilgan bo'lsa.
Sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan qihnish jinoyat deb topil- 
maganhgi sababh u oqlangan taqdhda, shuningdek, ushbu mod­
daning ikkinchi qismida ko'rsatilgan asoslardan boshqa asoslai^a 
ko'ra tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'Uash bo'yicha ish 
yuritish tugatilganda sud da’voning isbotlanish darajasi va hajmini 
e’tiboiga olib, uni to'liq yoki qisman qanoatlantiradi yoki qanoat- 
lantirishni rad etadi.
D a’voning hajmi jinoyat tavsifîga va aybdorga jazo chorasi 
tayinlashga ta’sir etmasa, fuqaroviy da’voni qanoatlantirishda sud 
da’vo talabi chegarasidan chiqishga haqlidir.
Jinoyat protsessida qo'zg'atilgan fuqaroviy da’vo qanoatlan- 
tirilmagan taqdirda da’vogar shu shaxsga va xuddi shu asoslar 
bo'yicha fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida da’vo qo'zg'atish 
huquqidan mahrum bo'ladi.
«Sug'urta faohyati to ‘g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi 
qonunining 20-moddasiga ko'ra, tugatilayotgan sug'urtalovchi 
kreditorlarining talablarini qanoatlantirish navbati bo'yicha quyi­
dagilar amalga oshiriladi, ya’ni tugatilayotgan sug'urtalovchi 
kreditorlarining talablari tugatishni amalga oshirish bilan bog'hq 
xarajatlar, shuningdek, tugatiladigan sug'urtalovchining asosiy 
vazifalarini ta ’minlash zaruratidan kelib chiqadigan xarajatlar 
to'langanidan so'ng quyidagi tartibda qanoatlantiriladi:
130


birinchi navbatda — hayotni sug‘urta qihsh sohasida majburiy 
sug‘urta shartnomalari bo'yicha sug'urta qildiruvchilaming talab- 
lari;
ikkinchi navbatda — sug'urta qildiruvchilaming boshqa maj­
buriy sug'urta shartnomalari bo'yicha talablari;
uchinchi navbatda — boshqa sug'urta qildimvchilarning (naf 
oluvchilaming) talablari;
to'rtinchi navbatda — budjetga, budjetdan tashqari fondlarga 
to'lovlami nazarda tutuvchi to'lov (ijro) hujjatlari bo'yicha talab­
lar. Ko'rsatilgan talablar to'liq qanoatlantirilgandan keyin ijtimoiy 
sug'urta bo'yicha talablar hamda jinoyat yoki ma’muriy huquq- 
buzarlik tufayh fuqarolaming mol-mulkiga yetkazilgan zararni 
qoplash bo'yicha talablari qanoatlantiriladi;
beshinchi navbatda — sug'urtalovchining boshqa kreditorlari 
talablari.
Hozirda milliy sug'urta bozorida faoliyat ko'rsatayotgan yetak- 
chi sug'urta kompaniyalaridan «O'zbekinvest» eksport-import 
miUiy sug'urta kompaniyasi va «Kafolat» davlat-aksiyadorlik su­
g'urta kompaniyalari tomonidan sug'urta to'lovlari amalga oshiril- 
moqda.
Baxtsiz hodisalardan sug'urtalash shartnomalari bo'yicha 
to'lov sug'urta qildimvchi bilan sug'urta shartnomasi tuzgan su­
g'urtalovchi tomonidan amalga oshiriladi.
Sug'urta hodisasi bo'yicha sug'urta tovonini ohsh uchun ariza 
bilan sug'urta qildimvchi sug'urta hodisasi yuz berganda sug'ur­
talovchiga sug'urta hodisasi yuz berganhgini tasdiqlovchi davolash 
muassasasining 195 (4)-shaklli m a’lumotnomasi bilan murojaat 
qilishi mumkin.
Sug'urta qildimvchining yumshoq to'qimalari, qulog'i, ko'zi, 
siydik, jinsiy a’zolari shikastlanganda sug'urtalovchi shikastlanish 
oqibatlarini aniqlash maqsadida uni tibbiy ko'rikdan o'tkazish 
uchun mutaxassis shifokor huzuriga yuborishi lozim.
Bundan tashqari, ariza bilan sug'urta pohsi, zamr hollarda 
rentgen sur’ati, tergov tashkilotlarining hujjatlari va boshqalar ilo­
va qihnadi.
131


Rentgen sur’atida sug‘urta qildiruvchining ismi, sharifi, yoshi, 
tekshirilgan sana va raqami ko‘rsatilgan yozuv bo‘lishi kerak.
Sug‘urta qildiruvchining ko‘rish yoki eshitish a’zolari jarohat 
olgan bo‘lsa, ko'rish va eshitish a ’zolarini jarohatdan oldingi va 
keyingi holati to ‘g‘risidagi m a’lumot tibbiy muassasadan olinadi.
Sug‘urta qildiruvchilardan biri vafot etganda sug‘urta tovoni 
vorislarga yoki manfaatdor(lar)ga tolanadi.
Sug‘urtalanganning vafoti tufayli manfaatdor shaxs ariza bilan 
biiga sug'urta polisini va Fuqorolik holatlari dalolatnomalarini yo­
zish bo‘limi tomonidan berilgan o‘Hm to ‘g‘risidagi guvohnomani 
notarial idoradan tasdiqlangan nusxasini beradi.
Vorislari esa ariza bilan birga sug‘urta polisini va Fuqorolik 
holatlari dalolatnomalarini yozish bo‘limi tomonidan berilgan 
o ‘lim to‘g‘risidagi guvohnomani notarial idoradan tasdiqlangan 
nusxasini hamda vorishk huquqi to ‘g‘risida notarial idora bergan 
guvohnomani beradi.
Sug‘urta tovoni oluvchining bankdagi omonatiga pul o‘tka- 
zish, bankka chek berish yoki aloqa vositasi orqali to‘lanadi.
Balog‘at yoshiga yetmaganlarga ulaming bankdagi omonatiga 
pul o‘tkazish yo‘h bilan to ‘lanadi va bu haqda vasiylik va homiy 
shaxsga yoki tashkilotlariga m a’lum qüinadi.
Sug‘urta hodisalari munosabati bilan ügari ma’lum miqdorda 
sug‘urta puli to‘langan bo‘lsa, bu pul to‘lanadigan sug‘urta tovo- 
nidan ushlab qolinadi.
Sug‘urta qüdimvchilardan biri qasddan oldirilsa yoki ataylab 
unga tan jarohati yetkazüsa va buning natijasida o‘Um yuz bersa, 
sug‘urta tovoni sug‘urta qüdimvchining vorislariga to‘lanadi,
Sug‘urta qildimvchidan sug‘urta tovoni to‘lash to ‘g‘risidagi 
arizani olgandan so‘ng to ‘lashga qaror qabul qüish uchun kerakli 
hujjatlami 3 kun ichida so‘rab olish lozim.
Sug‘urta hodisasi ro‘y bergan paytda sug‘urta shartnomasi 
kuchdaligini tasdiqlovchi hujjatlar hisob-kitob bo‘limidan olinadi.
Sug‘urta tovoni miqdorini aniqlovchi mas’ul shaxs hisob-kitob 
bo‘limidan baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash shartnomasi bo‘- 
yicha sug'urta mukofoti olinganligini tasdiqlovchi 159-shaklli
132


ma’lumoínomaning l-misxasini oladi. M a’lumotnomaga qo‘yil- 
gan raqam va berilgan sana ro‘yxatli topshiriqnomaning oxirgi 
ustunida ko‘rsatiladi.
Sug'urta shartnomasi bitta umumiy sug'urta polis bilan ras- 
miylashtirilgan bo'lsa, u holda sug'urta pohsi nusxasining orqa to­
monida sug'urta qildimvchining ismi, sharifi ko'rsatilgan qatordagi 
sug'urta pulining tagiga 159-shaklli ma’lumotnomaning raqami 
seriyasi va berilgan sanasi ko'rsatiladi.
Sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchiga sug'urta shartnomasi 
kuchga kirgunga qadar va sug'urta muddati tugagandan so'ng 
jarohat ohb murojaat qilsa, sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchidan 
hech qanday hujjatlar so'ramay 3 kun muddat ichida sug'urta 
tovonini to'lamaslik sabablarini to'liq tushuntirgan holda yozma 
ravishda rad javobini beradi.
Sug'urta qildiruvchidan sug'urta tovonini to'lab berish to 'g '­
risidagi ariza olingan kuniyoq «Sug'urta tovonini ro'yxatga olish 
kitobi»ga qayd qihnadi.
Sug'urta qildiruvchining (sug'urtalanganning) vafoti tufayli 
to'lanadigan hamda mehnat layoqatini yo'qotish (sog'liqqa z;arar 
yetishi) munosabati bilan to'lanadigan to'lovlar alohida turi b o '­
yicha «Sug'urta tovonini ro'yxatga olish kitobi»da ahibo tartibida 
yuritiladi.
Sug'urta qildimvchi sug'urta tovonini to'lab berish to'g'risidagi 
ariza bilan murojaat qilib, sug'urta polisini taqdim qilmasa, 
sug'urta shartnomasi aniq tuzilganligi tekshirilgandan so'ng tovon 
to'lab beriladi.
Sug'urta hodisasi tufayli to'lanadigan sug'urta tovoni «Sug'ur­
ta hodisasi munosabati büan sug'urta to'lovini ta’minlash» jadvah 
bo'yicha aniqlanadi.
Sug'urta tovonini sug'urtalovchi barcha kerakli hujjatlarni 
olgandan so'ng 3 kun ichida to'laydi. Sug'urtalovchining aybi 
bilan sug'urta tovonini to'lashda kechiktirilgan har bir kun uchun 
sug'urta qildiruvchiga to'lanishi kerak bo'lgan puldan 0,1 foiz 
miqdorida jarima (penya) to'lanadi, ammo uning miqdori to'lana­
digan sug'urta tovonining 10 foizidan oshmashgi lozim.
133


Sug'urta shartnomasi kuchda bo'lgan davrda sug'urta qil­
diruvchi oigan jarohati tufayh sug'urta hodisasi ro'y bergan kun­
dan bir yil ichida vafot etsa, manfaatdor shaxsga yoki vorislariga 
sug'urta tovoni to'lanadi. Awal biror-bir sug'urta tovoni to'langan 
bo'lsa, u holda u to'lanayotgan puldan ushlab qolinadi. Umumiy 
to'langan pul sug'urta pulidan oshmasligi kerak. Sug'urta shart­
nomasini tuzgan shaxsga nisbatan qasddan tan jarohati yetkazilsa 
va buning natijasida u vafot etsa, sug'urta tovoni sug'urta qildi­
ruvchining vorislariga to'lanadi. Sug'urta shartnomasi sug'urta­
lanuvchining yozma ariza-anketasi asosida tuziladi, unda tavak- 
kalchilik darajasi to'g'risida bir fikrga kelish uchun muhim aha­
miyatga ega bo'lgan barcha holatlar to'g'risidagi axborot mavjud 
bo'ladi va sug'urtalovchi tomonidan imzolanadigan sug'urta polisi 
bilan rasmiylashtiriladi. Sug'urtalanuvchi ariza-anketa bilan bir 
vaqtda tavakkalchihk darajasini baholash uchun zarur bo'lgan 
barcha hujjatlami taqdim etadi. Shartnoma tuzilgandan keyin 
unga kiritiladigan o'zgartirish va qo'shimchalar tomonlar imzo- 
lagan sug'urta shartnomasi va sug'urta polisining uzviy qismi 
bo'hb qoladigan qo'shimcha bitim lar bilan rasmiylashtiriladi. 
Sug'urtalanuvchi sug'urta uchun sug'urta to'lovini to'lashga maj­
bur. Sug'urta to'lovini to'lash boshlangungacha sug'urta shart­
nomasining sug'urtalovchinig majburiyatlariga oid qismi kuchga 
kirmaydi. Sug'urta to'lovi foizdagi to'lov stavkasini jami sug'urta 
summasiga ko'paytirgan holda hisoblab chiqariladi. Sug'urta 
to'lovi miqdori sug'urtalash muddatlarining davomiyligiga va 
tomonlaming ahdlashuvi bo'yicha sug'urta to'lovining umumiy 
miqdoriga bog'hq holda tabaqalashtiriladi.
Sug'urtalanuvchi sug'urtalovchini sug'urta summasi o'zgar- 
ganligi, shuningdek, tomonlar sug'urta to'g'risidagi shartnomani 
imzolashgandan keyin tavakkalchilikda bo'lgan o'zgarishlar to 'g '­
risida xabardor qihshi shart. Obyekt qiymatini 10 ziyod ko'pay- 
tiruvchi o'zgartirishlar sug'urtalovchiga sharnoma shartlarini 
qayta ko'rib chiqishni talab qilish huquqini beradi. Sug'urtalovchi 
sug'urta hodisalarining oldini ohshni ta ’minlovchi shart-sharoit-
134


lami yaratishga qaratilgan oldini ohsh tadbirlarini qurihsh tavak- 
kalchiliklarini sug‘urtalash uchun tushadigan mablag‘larning 
2 foizi doirasida mablag‘ bilan ta’milanishi mumkin.

Download
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sug'urta d a ’volarini ko'rib chiqish tartibi