• X BOB. QAYTA SU G ‘URTALASH 10.1. Qayta sug‘urtalash haqida tushimcha
  • Mavzuni takrorlash uchun savoUar



    bet57/124
    Sana20.06.2024
    Hajmi
    #264653
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124
    Bog'liq
    Sugurta ishi 2014 X.M. Shennayev o`quv q

    Mavzuni takrorlash uchun savoUar
    1. Javobgarlik sug‘urtasi haqida gapirib bering.
    2. Javobgarlik sug‘urtasi turlaritii aytib bering.
    3. Javobgarlik sug'urtasi obyekti haqida gapirib bering.
    4. Avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi ftiqa- 
    rolik javobgariigini sug‘urtalashning zarurligi nimada?
    5. Uchinchi shaxslar oldidagi fiiqarolik javobgarligini sug‘urtalashda 
    1-, 2-, 3-shaxslar to‘g‘risida ma’lumot bering.
    6. Kasbiy javobgarUkning sug‘urtasi haqida gapirib bering.
    7. Kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta shartnomasini 
    tuzish tartibini aytib bering.
    8. Notariuslaming kasbiy javobgarligini sug'urtalash to‘g‘risida gapirib 
    bering.
    9. Notariuslaming kasbiy javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta 
    tarifini aniqlash qanday amalga oshiriladi?
    165


    X BOB. 
    QAYTA SU G ‘URTALASH
    10.1. Qayta sug‘urtalash haqida tushimcha
    Qayta sug‘urtalash — sug'urtalashga riskni qabul qilish bilan 
    bog‘hq iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklami birlamchi joylash- 
    tirish); sug‘urtalovchi muvozanatlashgan sug‘urta portfehni yara- 
    tish va sug'urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta ’- 
    minlash maqsadida qabul qihb ohngan riskning bir qismini o‘zaro 
    kehshilgan holda boshqa sug'urtalovchiga berishi (riskni ikkilam- 
    chi joylEishtirish). Qayta sug'urtalash operatsiyalarini, asosan, 
    ixtisoslashgan qayta sug'urtalash kompaniyalari amalga oshiradi. 
    Qayta sixg‘urtalash aktiv (riskni berish) ya passiv (riskni qabul qihb 
    olish) ko‘rinishida bo‘ladi. Bundan tashqari, qayta sug‘urtalash 
    nisbiy va nonisbiy shaklda bo‘ladi.
    Ayrim holatlarda qayta sug‘urtalash operatsiyalari qayta su- 
    g'urtalovchi broker — ikkita tomon, ya’ni sug‘urta kompaniyasi va 
    qayta sug'urtalovchi kompaniyasi o‘rtasidagi vositachidir.
    Qayta sug'urta qilish shartnomalari, bir tomondan, sug‘urta 
    kompaniyalari o‘rtasida o'zaro tuzihshi yoki ikkinchi tomondan, 
    sug‘urta kompaniyasi va ixtisoslashgan qayta sug‘urta qilish kom­
    paniyasi o‘rtasida tuzihshi mumkin. Bu yerda shartnoma o‘zi nima 
    degan savol tug‘ilishi mumkin. O ‘zbekiston Respublikasining 
    Fuqarohk kodeksining 354-moddasida «Ikki yoki bir necha shaxs­
    ning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o'zgar- 
    tirish yoki bekor qiUsh haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi», 
    deb ko‘rsatilgan. Dastlab, sug‘urta kompaniyasi o‘zining mohyaviy 
    qobihyatini mustahkamlash maqsadida qabul qihb ohngan riskning 
    bir qismini boshqa sug‘urta kompaniyasida yoki ixtisoslashgan 
    qayta sug‘urta qilish kompaniyasida sug‘urtalash to ‘g‘risida qaror 
    qabul qiladi. Ushbu qaroming ijrosini ta’minlash maqsadida sug‘urta-
    166


    lovchi ixtisoslashgan sug'urta kompaniyasiga murojaat qiladi. Agar 
    qayta sug'urtalovchi kompaniya riskni qayta sug'urta qilishga 
    rozilik bildirsa, ular o'rtasida qayta sug‘urtalash shartnomasi tuzi­
    ladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimM, shartnoma shartlarida, unda 
    ishtirok etuvchi tomonlaming huquqlari va majburiyatlari, ohngan 
    majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan javobgariik, shaftnoma- 
    ning kuchga kirishi, amal qilish va bekor etihshi qoidalari mujas- 
    sam bo'lishi kerak. Shuningdek, shartnomada qayta sug'urta- 
    lash mukofoti miqdori va javobgarlik hajmi ko'rsatilishi zamr. 
    O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga ko'ra, 
    qayta sug'urta qilishda sug'urta tovonini yoki sug'urta puhni to'lash 
    uchun asosiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalanuvchi 
    oldida ushbu shartnoma bo'yicha sug'urta kompaniyasi javobgar 
    bo'lib qolaveradi. Biroq asosiy sug'urta shartnomasi bo'yicha 
    sug'urtalanuvchi hisoblangan sug'urta tashkiloti sug'urta hodisasi 
    yuz berishidan oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma 
    bo'yicha huquq va majburiyatlarining qayta sug'urta qilingan 
    qismi qayta sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urtalovchiga 
    o'tadi.
    Qayta sug'urta qihsh shartnomalari bir qator o'ziga xos belgi- 
    larga egaki, ular bo'yicha ushbu shartnomalar savdo va boshqa 
    turdagi shartnomalardan tubdan farq qiladi. Shuning uchun ham 
    qayta sug'urta qilish sohasini nazariy jihatdan qaysi sug'urta tar- 
    mog'iga kiritish yoxud uni mustaqil sug'urta sohasi sifatida qarash 
    ancha bahs-munozarani talab qiladi.
    Agar sug'urta hodisasi ro'y bersa, bu haqda sug'urta kompa­
    niyasi qayta sug'urtalovchi kompaniyaga darhol xabar qihshi ke­
    rak. O'z navbatida, qayta sug'urtalovchi kompaniya shartnomada 
    ko'zda tutilgan qoplamani to'lashi shart. Qayta sug'urta qilish 
    kompaniyasi shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini’to'la-to'kis 
    bajarsa, u holda shartnoma ijro etilgan hisoblanadi.
    167



    Download
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124