0 ‘z b e k ist 0n respublikasi olïy ya g ‘rta m âxsus ta’lim yazirligi




Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/95
Sana05.09.2024
Hajmi9,07 Mb.
#270327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   95
Bog'liq
Ekologik turizm

m e ’y o r d a
yashashiga tabiat 
to‘îiq sharoit yarata olmayotganligi yotadi. Bu holat tabiat va jamiyat 
o‘rtasida XX asrda shakllangan ekologik munosabatdir. Dastlab, 
Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida, ayniqsa Gerrnaniyaning 
Rur havzasida tabiiy muhitning keskin yomonlashuvi kishilar va 
organizmlar hayoti uchun xavf paydo bolishi sababi tabiat va 
jamiyat o‘rtasidagi ekologik munosabat shaklini yuzaga keltirdi
Nemis olimi Ernest Gekkel 1866-yilda ekologiya haqida 
birinchi bo‘lib fikr-mulohazalar bildirgan edi. Hozir esa dunyoviy 
muammolaming eng dolzarbi ham ekologik muammo boiib qoldi. 
Hozirgacha yer biosferasiga 2 ming xil kimyoviy birikmalar yoyildi. 
Dunyo sogliqni saqlash tashkilotining (VOZ) ma’lumotlariga 
ko‘ra inson foydalanayotgan 4 ming kimyoviy moddalar uning 
sogiigi uchun xavf tug‘dirmoqda. Dunyoda har yili 250 ming 
xi! yangi kimyoviy birikmalar sintez qilinadi. Shulardan 300 xili 
ishlab chiqarishda ishlatilmoqda.
Dunyo bo'yicha haryili 100 mJrd tonna ruda va minerai yoqilgilar 
qazib chiqarilmoqda. Keyingi 30 yilda insoniyatning butun tarixi 
davomiga qaraganda ko‘proq rangdor metallar qazib chiqarildi. 
Agar 18-asrgacha 19 xil ximiyaviy elementdan foydalanilgan 
boisa, hozirda bu son 100 dan oshib ketdi. Hoziigacha 2/3 qism 
olm onîar yo‘q qilingan. Oxirgi 2000 yil ichida 0,5 mlrd. gektar yer 
xarob qilindi. Keyingi 100 yilda dunyoda 67 min. ga o'rmon kesilib 
ketdi. Olimlarning hisobiga ko£ra, oliy tur o‘simliklammg 3 ming 
turi butunlay yo‘qotilish arafasida.
21


“Tabiâtni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro iitifoqi” 
ning (MSOP) ma’lumotlari bo‘yicha 1600 yildan hozirgacha 
qusMarning 94 turi va sut emizuvchilarning 63 îuri butunlay qirilib 
ketgan. Sayyoramizda bugunga kelib qushlarning 600 xiii, sui 
emizuvchilarning 120 xili abadiy yo‘qolish xavfida turibdi. inson 
faoliyati tufayli sayyoramizda 9 min km2 unumdor yerlar sahroga 
aylandi. Ya’ni har kuni 3 ming ga unumdor yer qishloq xo‘jaligida 
ishlab chiqarishdan chiqarilmoqda. Yer sharida 50 million ga yer 
umuman foydalanib bo'Imaydigan holatga kelgan.
Ifloslangan suvdan iste’mol qilish natijasida har yili dunyoda 5 
min kishi vafot etmoqda. Xuddi shunday suvlarni ichish natijasida 
sayyoramizda har yili 500 ming kishi og‘ir dardlarga chalinmoqda. 
Dunyo okeaniga har yili 10 ming tonna neft to‘kilmoqda. Sanoat 
korxonalari har yili 140 xildan ziyod zaharli gazlarni havoga 
chiqarmoqda. Insoniyatda uchrayotgan rak kasalligining 50%i ana 
shu gazlardan zaharlanish natijasida kelib chiqishi aniqlangan.
Keltirilgan manbalardan ma’lum bo‘ladiki, insoniyat yashash 
makoni bo‘lgan o‘z uyi atrofi muhitini buzib bormoqda. 
Insoniyatning yashash sharoiti darajasi tabiat bilan bogiiq ekan, 
insonning bu masalada tabiat bilan uzviy kelishmog'i zarurati 
asosiy masaladir. Hozirga kelib, tabiatda yuz berayotgan ijobiy 
va salbiy o‘zgarishlar turli sohalarda o‘rganilmoqda, lekin ular 
orasida tabiatni iqtisodiy-ekologik jihatdan, ekologik foydalanish 
jihatlaridan o‘rganish jiddiy ahamiyat kasb etadi.
Global ekologik muammolarning tobora ijtirnoiy- iqtisodiy 
inqiroz holatlarini hosil qilishi, jahon hamjamiyati oldiga 
sayyoramiz miqyosida keskin chora-tadbirlar dasturini ishlab 
chiqish va amaliyotga tatbiq qilish muammolarini kun tartibiga 
qo‘ydi. Insoniyatning bugungi hayoti va kelgusi avlodlar uchun 
sayyoramizda saqlanib qolgan tabiiy boyliklarni muhofaza qilishda 
ilg‘or fikrji olimlarning xulosalari bo‘yicha global inqirozdan 
chiqish yoilaridan eng muhimi — aholida ekologik bilim va 
madaniyatni shakllantirish deb bildi.
Turizm sohasidagi adabiyotlarning tahlili va yuqorida sanab
2 2


o'tilgan ko‘rsatkichlarni inobatga olib ilk bor ekoturizmning 
quyida 
keltirilgan bosqichlarini 
qoraqalpog‘istonlik 
olima 
G.A.Bekbulaiova ajratdi19:
ï. XX asrrmg 90-yi!larigacha boigan davr — ekoturizmning 
mahaîliy va milliy mustaqil turizm sohasi sifatida yuzaga kelish 
davri.
H. 1990—2000-yillar — turizmning regional miqyosda, ekotu­
rizmning turizm industriyasi sifatida rivojlangan davri.
III. 
2000-yildan keyingi bosqich — global miqyosda 
ekoturizmning rivojlanish davri.
I. Ekoturizmning mustaqil turizm sohasi sifatida yuzaga kelish 
davri. XVIII asrning oxiri - XIX asming boshlarida Yevropaning 
yaxlit qit’asiga ingliz turistlari mahaîliy aholining madaniyati, 
tarixini o ‘iganish bilan bir qatorda ajoyib tabiatini ko‘rib ketish 
uchun sayohat qilganlar. Chunki Alp tog'lari landshaftlari yoki 
Karpatning togli o‘rmonlari Angliyada uchramaganligi uchun 
ham turizmning asosiy obyekti sifatida qaralgan. Lekin ushbu 
turizm kompleks turistik marshrutlar bilan qo‘shib olib borilgan. 
inglizlarning tabiat qo‘yniga qilinadigan sayyohlikka qiziqishini 
inobatga olib shveysariyalik ishbiiarmonlar “ Grand-tur” tarkibida 
tabiiy turizm xizmatini tashkil etganlar va u tashkilotchilarga juda 
katta miqdorda moliyaviy foyda keltirgan. Shu davrda (1913-yillar) 
Shveysariyada davlatning alohida e’tibori bilan qo‘riqlanadigan 
tabiiy hududlar ajratildi. Qo‘riqxonalarga qilinadigan sayohat 
garchand ekoturizm deb nomlanmasa-da, ular «tabiatga 
yo‘na!tirilgan turizm” sifatida yuzaga kela boshladi.
Turizmning ekologik yo‘nalishi aslida XX asrning 70-yillaridan 
boshlangan. 1972-yilda Skandinaviya mamlakatlari fiiqarolari 
uchun kitlarni tomosha qilish va ulami o‘rganish maqsadida 
turistik marshrutlar uyushtirilgan. Ushbu turizmdan tushgan 
mablag‘ kitlarni muhofaza qilish uchun ishlatilgani ham ekoturistik 
marshrut sifatida e’tirof etilgan. Keyinchalik, bunday turistik
” Bekbulatova G.A. Turizm va rekreatsiya geografiyasi. Ma'ruzalar matni. Nukus, 2008,
i07-b.
23


marshrutlar Yevropaning boshqa mamlakatlari, Uzoq Sharq, 
Shimoliy Amerika davlatlarida ham uyushtirila boshlandi.
II. 

Download 9,07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   95




Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



0 ‘z b e k ist 0n respublikasi olïy ya g ‘rta m âxsus ta’lim yazirligi

Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish