0 ‘z b e k ist 0n respublikasi olïy ya g ‘rta m âxsus ta’lim yazirligi




Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/95
Sana05.09.2024
Hajmi9,07 Mb.
#270327
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95
Bog'liq
Ekologik turizm

Ekoturizmniiig regional miqyosda 
turäzm indusfriyasi 
sifatida rivojlangan davri 
- 1990-2000-yillami o ‘z ichiga oladi. 
90-yillarning boshlarida “Ekoturizm” xalqaro, mintaqaviy va 
milliy miqyosda rasmiy maqomga ega boMdi. Aynan shu yillari 
Yevropada Xalqaro ekoturizm ittifoqi ish boshladi.
Atrof-muhit muhofazasi sohasida eng muhim voqea 1992- 
yil 3—14-iyun kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 
bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Atrof-muhit 
va rivojlanish”ga doir konferensiyasida qabul qilingan “XXI asr 
kun tartibi”da ekoturizm ham barqaror rivojlanishning asosiy 
omiilaridan biri ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur hujjat undan 
keyingi davrlardagi xalqaro hayotda ekoturizm nuqtayi nazardan 
ekologik—ijtimoiy—iqtisodiy masalalar doirasida bir qator xalqaro 
normativ hujjatlar qabul qilinishiga sabab bo‘ldi:
• 1995-yildagi Atrof-muhit bo‘yicha YUNEP dasturi;
• 1995-yiida Lansarotda qabul qilingan “YUNESKOning 
barqaror turizm xartiyasi”;
• 1997-yilda Qsiyo-Tinch okean mintaqasi turizm va tabiat 
muhofazasi vazirliklarinihg “Turizmning barqaror rivojlanish 
deklaratsiyasi”;
• 1997-yilda «Biologik xilma-xillik va barqaror turizmga 
bag'ishlangan Berlin deklaratsiyasi”;
• 2000-yil YUNEP ekologik barqaror turizm prinsiplari va 
boshqa hujjatlar qabul qilindi.
XX asrning 90-yilIariga kelib, Yevropaning bir qator 
mamlakatlarida, jumladan sobiq Ittifoqda ham “Ekoturizm” 
atamasi tez-tez ishlatiladigan boiib qoldi. 
I.V.Zorin va 
V.A.Kvartalnovlaming ekoturizm atamasining talqini birmuncha 
ommalashdi. Bu Rossiyada 1996-yilda Butunjahon yowoyi 
tabiat fondi (WWF) Uzoq Sharqda tarkib topishi bilan bevosita 
bogiiqdir. WWF dasturining bir qismi alohida muhofaza etiladigan 
hududlarni ta’minlash bilan bogiandi.
24


Bizning mamlakatimizda 1996-yildan boshlab Djozif Mak- 
Nalti rahbarligida xalqaro ekspertlar guruhi “O'zbekiston 
Respublikasida turizmning barqaror rivojlanishi dasturi” bo£yicha 
tadqiqotlar olib bordi.
III. XXI asr — global miqyosda ekotnrizmning rivojianisls davri.
2001-yilda Rossiyada ekoturizm assotsiatsiyasi tashkil etildi. 
2002-yil BMTning atrof-muhit dasturi (YUNEP) va Butunjahon 
turistik tashkilotining (BTT) tashabbusi bilan “Xalqaro ekoturizm 
yili” deb e’lon qilindi. Ana shu tashkilotlar tashabbusi bilan 
ekoturizm yilida Kanada turistik komissiyasi hamda Kvebek 
shahrining 
turistik 
boshqarmasi 
homiyligida 
Butunjahon 
ekoiuristik Sammiti 2002-yil 19—22-may kunlari bo‘lib o£tdi.
Unda 3 32 mamlakatdan davlat, nodavlat va xususiy sektordan 
mingdan oshiq vakillar ishtirok etdilar. Kvebek Sammiti 
ekoturizmni global miqyosida aks ettiruvchi hamda yangi turistik 
yo‘nalishni tubdan yangi yo£sinda boshlash nuqtasi edi. U 2002- 
yil avgust-sentabr oylarida o£tkazilgan Butunjahon barqaror 
rivojianish Sammitidagi tegishli turistik yo‘nalishdagi asosiy 
taktik va strategik vazifalarni yaqin o‘n yillikkacha aniqlab berdi. 
Sammitda qabul qilingan Deklaratsiya BMTga jo'natildi.
Milliy, 
mintaqaviy 
va 
mahaliiy 
organlarga 
Kvebek 
Deklaratsiyasi orqali tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar 19 ta bo‘lib, 
ular deyarii ekoturizmning barcha jabhalarini o ‘z ichiga qamrab 
oladi. Deklaratsiyada Xususiy sektor namoyandalariga 14 ta 
banddan iborat bo‘lgan tavsiyanomalar taqdim etiladi. Ulaming 
aksariyati xususiy kompaniyalar, turoperatorlar yoki tashkilotlarni 
ekoturizmni tashkil etish, uni boshqarish hamda ekologik 
xavfsizlikni ta’minlash uchun yo£l-yo‘riq ko'rsatib o£tadi.
BMTning xaSqaro ekoturizm yilini e’lon qiüshi. Ekoturizmni 
rejasiz, tabiatning qonuniyatlarini hisobga olmasdan ommaviy 
rivojlantirishdagi yuqorida qayd qilingan holatlar insoniyatni 
xalqaro miqyosiarda tashvish va noroziiiklarga olib keldi. Natijada 
Butunjahon Turizm Tashkilotining (BTI') va “Yashii dunyo” 
ekologik tashkilotining samarali mehnatlari tufayli “XXI asrda
25


turizmning barqaror rivojianishi Konsepsiyasi” (Agenda 21 for 
travel and tourizm industry) ishlab chiqildi.
«Turizm va sayohatlarning industriyasi uchun XXI asr Kun 
tartibi» Konsepsiyasi “Har tomonlama harakatlar Dasturi”, 
“Atrof-muhit va rivojlanish” (UNCED) tashkilotining 182 
ta davlatlarning boshliqlari qatnashgan Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining xalqaro konferensiyasida 14-iyun 1992-yilda Rio- 
de-Janeyro shahrida qabul qilindi.
Insoniyat oldida turgan ekologik inqirozning oldini olish 
bo‘yicha qabul qilingan bu muhim hujjatni jahondagi davlatlar o‘z 
imkoniyatlari darajalarida ishlab chiqdilar va ekologik inqirozning 
oldini olishning eng maqbul usuliaridan bin ekoturizmni 
rivojlantirish degan xulosalarga to‘xtaldi. Natijada sayyoraning 
tabiiy rauhitini saqlab qolish va muhofaza qilishga bag‘ishlangan 
tadqiqotlar xalqaro miqyosda kuchayib bordi. Ushbu yo‘nalishda 
birgina 1999-yilda 400 dan ortiq iJmiy maqolalar xalqaro miqyosda 
tan olingan nashriyotlarda chop qilindi.
insoniyat oldidagi global ekologik muammolaming yechim- 
laridan eng maqbul yo‘llaridan bin ekoturizmni rivojlantirish 
ekanligini xulosa qilgan BMT 2002-yilni «Xalqaro ekoturizm» yili 
deb e’lon qildi. Hozirga kelib ekoturizm xalqaro harnjamiyafda 
sayyoramiz tabiatini saqlash va muhofaza qilishda kutilgan va 
kutilayotgan natijalami bermoqda. Shu o‘rinda O'zbekiston 
Respublikasining tabiatni muhofaza qilish, ekologiya va tabiatdan 
oqilona foydalanish ishlarida xalqaro hamkorligini keltirish lozim.
Butunjahon Turizm Tashkilotining (BTT). va “Yashil dunyo” 
ekologik tashkilotining samarali mehnatlari tufayii “XXI asrda 
turizmning barqaror rivojianishi Konsepsiyasi” (Agenda 21 for 
travel and tourizm industry), Turizm va sayohatlarning industriyasi 
uchun XXI asr Kun tartibi» Konsepsiyasining “Har tomonlama 
harakatlar Dasturi”, “Atrof-muhit va rivojlanish” (UNCED) dasturi 
qabul qilingandan keyin 0 ‘zbekiston Respublikasi tabiat muhoiazasi 
yo‘nalishida o'zining xalqaro hamkorlik strategiyasini ishlab chiqdi.
Q‘zbekiston Respublikasining tabiiy resurslardan foydalanish
26


va atrof-muhitni muhofaza qilishda xalqaro hamkorligi yildan- 
yilga faoüashib bormoqda. Bu hamkorlik mamlakatimizning 
milliy vazifalari va istiqbolda rivojlanish masalalari bilan 
hamohangdir. Hozirga kelib 0 ‘zbekiston Respublikasi biologik 
xilma-xillikni saqlash, iqlimning sayyoraviy o'zgafib borishining 
oldini olish, ozon qatlami buzilishining oldini olish, betakror 
tabiiy mintaqalarning ekologik muvozanatini saqlab qolish
tabiai resurslaridan zamonaviy texnologiyalar asosida foydalanish 
bo‘yicha xalqaro hamkorlikda faol qatnashmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi 1992-yildan boshlab BMTning teng 
huquqli a’zosi sifatida MDHning Xalqaro Ekologik Kengashi 
a’zosidir. Mamlakatimiz 1992-yilda BMTning Braziliya shahrida 
qabul qilingan “Atrof-muhit va rivojlanish” deklaratsiyasini, 
Turizm va sayohatlaming industriyasi uchun XXI asr Kun tartibi» 
dasturini qabul qildi va xalqaro miqyosda quwatladi.
Hozirga kelib 0 £zbekiston Respublikasi tabiat muhofazasi va 
tabiatdan foydalanishda 50 dan ziyod xalqaro shartnomalarda 
muvafFaqiyatli ishtirok etmoqda. Bizning davlatimiz atrof-muhit 
va tabiat muhofazasida tarixan muhim boigan quyidagi xalqaro 
hamkorliklaming tashabbuskori hisoblanadi:
• Ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha Vena konvensiyasi 
(1993-yil 18-may;
• Ozon qatlamini buzuvchi moddalar bo'yicha Monreal 
bayonnomasi (1993-yil 18-may);
• Ozon qatlamini buzuvchi Monreal bayonnomasiga London 
tuzatmasi (1993-yil 1-may);

Tabiiy muhitga zarar keltiruvchi har qanday harbiy va 
dushmanlik qiluvchi foydalanishni taqiq qiluvchi Konvensiya 
(1993-yil 26-may);
• BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Konvensiyasi (1993-yil 
20-iyun), Kiota bayonnomasi ( 1999-yil);
• Qurg'oqchilik va quig‘oqchi!ik davom etayotgan davlatlarda 
qurg'oqchilik bilan kurashish bo‘yicha Konvensiya (1995-yil 
31-avgust);
27


• Biologik xilma-xilük bo‘yicha Konvensiya (1996-yil 6-may);
• Xalqaro madaniy va tabiiy meroslarni saqlash bo‘yicha 
Konvensiya (1995-yil 22-dekabr);
• Butunlay yo‘qotilish xavfiga tushgan yowoyi flora va 
faunaning xalqaro savdosiga qarshi Konvensiya (1997-yil 1-iyul);
• Yowoyi qushlar migratssyasi va ularni muhofaza qilisb 
bo‘yicha Konvensiya (1998-yil 1-may) va boshq.
2.2. EkcSogik turizmnmg turlari
Ilmiy ekotorizm va tabiat tarixi ekoturizmi. 0 ‘tgan asrning 
80-yillarida ekoturizmni rivojlantirishni birinchilardan boiib 
boshlagan AQSH, Kanada va Yevropa davlatlari boidi. Bu 
davlatlar hali ekoturizmni ng ilmiy nazariyasi, tamoyillari, 
amaliyoti va turlari to ‘liq yaratilmaganligidan ekoturizmni o‘z 
davlatlarida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bo£yicha 
nomladilar20;
• Yumshoq turizm — Gemianiyada;
• Yumshoq turizm — Angliyada;
• Tog‘ turizmi — Fransiyada;
- Tabiat turizmi — Rossiyada, AQSHda;
• Yashil turizm, Sarguzasht turizmi — Italiyada;
• Qishloq turizmi-Yevropa davlatlarida;
• Ekologik turizm yoki ekoturizm — XX asr boshlaridan 
AQSH, Kanada va Yevropa davlatlarida, Avstraliya, Malayziya, 
Yaponiya va boshqa mamlakatlarda.
Keltirilgan maiumotlardan ko‘rinadiki, 1992-yildagi Rio- 
de-Janeyro konferensiyasida e’lon qilingan “Xalqaro ekoturizm 
yili”dan keyin turizm rivojlangan davlatlar ekoturizmni nomlash 
haqida yagona fikrga kelishgan. Shunday qilib, asrimizning 
boshlanishidan jahondagi ko‘pchilik davlatlar tabiat biäan 
bog‘liq turizmni ekologik turizm yoki ekoturizm deb nomlashga 
o‘tishdi. Ekoturizmning turlari haqida so‘z yuritilganda ilmiy 
adabiyotlardagi tasniflarni yaxshilab o rganib olishimiz lozim
20 Александрова АЛО. География туризма. КНОРУС. Москва, 2010. С. 592.
28


bo‘ladi. Hozirda ekoturizmni quyidagi 4 yo‘nalishdagi turlarga 
bo‘lishadi2):
1. ilmiy ekoturizm.
2. Tabiat tarixi ekoturizmi.
3. Tabiat qo‘riqxonalari va rezervatsiyalari ekoturizmi.
4. Sarguzasht ekoturizmi.
Ilmiy ekoturizm asosan tabiat qo'riqxonalarida, milliy 
parkiarda, biosfera qo'riqxonalarida, tabiat buyurtmaxonalarida 
amalga oshiriladi. O'zbekistonda ham shunday. Bizning tabiat 
qo‘rsqxoualarimizda 
ommaviy 
ekoturizmda 
foydalanishga 
hozirgacha ruxsat berilganicha yo‘q. Faqat ilmiy maqsadlarda 
foydalanish murnkin. Milliy bog‘larimizdan ommaviy ekoturizmda 
va rekreatsiyada foydalanish mumkin va foydalanilmoqda.
Hozirda Zomin milliy bog‘i va Chotqol-Ugom milliy bog‘idan 
ekoturistik maqsadlarda foydalanmoqdamiz. Ilmiy ekoturizmda 
turistlar yoki ilmiy xodimlar tabiat qo‘riqxonalarida, milliy 
parkiarda va alohida muhofazadagi hududlarda tabiatdagi 
jarayonlarni, hayvonot va o‘simliklar olamini kuzatadilar, ilmiy 
tajribalar qo‘yadilar va hokazolar.
Tabiat tarixi ekoturizmi ham deyarli tabiat qo‘riqxonalariga 
va milliy parkiarda amalga oshiriladi. Faqat ilmiy kuzatishlami, 
tabiat komponentlarining tarixi, kelib chiqishi, hayvon va 
o‘simliklar olamming tarixi, alohida turlarning areali, o‘zgarishi 
bo'yicha olib boriladi. Bunday kuzatishlarda maxsus ilmiy- 
ekspeditsiya marshrutlari tashkil qilinadi. Ekoturizmning bu turi 
Germaniyada juda ham ommaviylashgan. Shuning uchun ham 
bunday ekoturlami ekoturizmni rivojlantirishdagi nemis modeli 
deb ham atashadi.
Tabsai 
qo‘riqxo
0
aîariga 
va 
rezervatsiyalari 
ekotnrizmi. 
SargwzasM ekoturizmi. Jahonda ko‘plab ekoturistlar milliy 
parklarga, tabiat qo‘riqxonalariga va alohida rnuhofaza qilinadigan 
hududlarga sayohat qilishadi. Ular bu joylardagi o‘ziga xos boigan
21 
Zalatan A. and A. R. Gaston. Soft Ecotourism: the Substitution Effect. H ie Tourist 
Review, 4, 1996.
29


tabiiyjarayonlami, noyob biologik resurslami kuzatadilar, tomosha 
qiladilar. Masalan, Lotin Amerikasiga kelayotgan turistlarning 
60% i milliy parklar, qo‘riqxonalar va rezervatsiyalarga kelishadi. 
Bu ekoturistik tur Avstraiiyada juda ommaviylashganligi sababli 
ekoturizmni rivojlantirishdagi Avstraliya modeli deb ham atashadi.
Ekoturizmning bu turi tabiatda dam olish va harakatlanishda 
barcha faol sarguzasht turlarni o‘z tarkibiga oladi. Bu turlar 
quyidagilar hisoblanadi: alpinizm, qoyatoshiar ekoturizmi, 
muzlarda yurish va chiqish, spelioturizm, tog‘ va piyoda 
harakatlanish ekoturizmi, suv ekoturizmi, chang‘i va tog‘ chang‘i 
ekoturizmi, dayving. Bu turizm turlari yaqin vaqtlardan boshlab 
ommaviylasha boshladi va turizmda ekstremal turizm turlari deb 
ham atala boshlandi.
Turizmning turlarini tasniflashda qandaydir elementlar va 
mayda detallarga e ’tibor berishning hech zarurati yo‘q. Masalan, 
alpinizmni, spelioturizmni va tog‘ chang‘i turizmlarini sport 
turizmining turlariga kiritmasdan alpinizm turizmi, spelioturizm, 
tog£ chang‘i turizmi deb turizmdagi alohida-alohida yo‘nalishdagi 
turlar kabi belgilash mumkin. Masalan, ekoturizmning turlariga 
kiritilgan dayvingni (hech qanday yordamchi asbob-uskunasiz 
suvga sho‘ng‘ish) hozirda alohida dayving turizmi deyishmoqda. 
Shu o‘rinda qayd qilish lozimki, turizmdagi ko‘pchilik mutaxassislar 
alpinizm, qoyatoshlarga chiqish, spelioturizm, chang‘i va tog‘ 
chang‘i turizmini sport turizmining turlariga kiritishadi22. AQSHda 
bu turlarning barchasini tabiatga mo‘ljallangan tuiizm turlari deb 
tasniflashadi23.
Ekoturizmning turlari haqidagi fikr-mulohazalar turizm 
rivojlangan davlatlarda har xil hisoblanadi. AQSH va Kanadada 
ekoturizmning turlarini unchalik maydalashtirmaydi va aksincha 
ekoturizmning ta ’rifi bo‘yicha tabiatga qiiingan barcha sayohatlami 
ekoturizm talablarida amalga oshiradi. Shuning uchun ham bu
22 Храбовченко B.B. Экологический туризм. Финансы и статистика. Москва, 
2004. С. 172.
23 Zalatan A., Gastom A.R. Soft Ecotourism* the Substitution Effect// The Tourist 
Review. 1996, № 4.
30


davSatlar ichki va tashqi ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha lider
davlatiardir.
Turizm sohasida A. Yu. Aleksandrova ekoturizmning ikki 
turini tan oladi va boshqa olimlar tavsiflagan ekoturizm turiarini 
ekoturizmning turmarshrutlar bo‘yicha mavzuli turiari deb 
hisoblaydi24. Bizningcha, bu juda to‘g‘ri xulosa hisoblanadi.
Yuqorida keltirganimizdek, AYu.Aleksandrova ekoturizmning 
barcha turiarini jamlab asosan ikki asosiy tuiga guruhiaydi:
1. Kam o'zgartirilgan yoki buzilmagan, yowoyi sharoitdagi 
va alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar chegarasidagi 
ekoturizm.
2. Madaniy landshaftlar yoki madaniylashtirilgan kengliklar 
va alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar chegarasidan 
tashqaridagi ekoturizm.
Ekoturizmning turiarini tasniflash hozixgacha davom etmoqda. 
Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilib shunday xulosaga kelish mumkinki, 
ekoturizm tabiat bilan bogiiq turistik faoliyat bo'lganligi uchun 
uning turiarini turistik maqsadlar bo‘yicha, ekoturistik harakatlar 
bo'yicha ham aSohida-alohida turlarga ajratish mumkin. Masalan:
• yowoyi yoki madaniylashgan tabiatni ekologik o‘quv 
maqsadlarida kuzatish va o‘rganish ekoturlari;
• tabiat bag‘rida hissiy estetik maqsadlarda dam olish ekoturlari;
• tabiiy omillardan foydalanib sog'lomlashtirish ekoturlari;
• sarguzasht va sport maqsadlaridagi ekoturiar.
Ekoturistik qiziqish obyektlari bo£yicha ham ekoturizmni
turlarga bo'lish mumkin. Bu holatlarda turistik obyektning nomi 
ekoturistik maqsadni anglatadi. Masalan:
• botanik, zoologik, tabiiy geografik, geologik va shunga 
o ‘xshash yo‘nalishlardagi ekoturiar;
• ekologik-etnografik va ekologik-madaniy ekoturiar;
• agro-ekologik ekoturiar.
Ekoturizm kuchli rivojlangan Yevropa davlatlarida ko‘p hollarda 
qishloq turizmini agroturizm deb ham nomlashadi. Qishloq turizmi
24 Александрова A.IO. География туризма. Москва, КноРУС, 2010. С. 592.
31


kuchli rivojlangan Fransiya, Germaniya, Italiya, Angiiya va Avstriyada 
agroturizmni qishloq turizmi bilan birga qo£shib rivojSantiradi. 
Ba’zida agroturizmni ekoturizmga qo‘shishadi. Har hoida bunday 
tasniflash ulaming ixtiyoridagi masala. Bizningcha, agroturizm bilan 
qishloq turizmi turizm sohasidagi alohida-alohida yo‘nalishdagi 
turlar hisoblanadi. Bu haqda alohida mavzuda to£xtalamiz.
Xuiosa qilganimizda, ekoturizmning turlarini iasniflashda 
biz o'zimizga qulay bo‘lgan tasniflarni ishlab chiqishimiz lozim 
yoki xorijiy davlatîaridagidek maydalashmasdan, tabiat bag‘riga 
har qanday maqsadlardagi turistik faoliyatni ekoturizm deb 
belgilashimiz to‘g‘ri bo£ladi. Shuning uchun ham aholi o'rtasida 
ekoturizmning maqsadi va vazifalarini tushuntirish, targ‘ib qilish 
ishlarini jadal ravishda boshlashimiz lozim.
Tayancfa so‘z va iboralan “yashil dunyo”, global inqiroz, XXI 
asr kun tartibi, konvensiya, model, agro-ekologik, sarguzasht 
turizmi, etnografiya.
Mavzuni o‘zIashtirish bo‘yscha test savollari:
1. Ekoturizmning kelib chiqishi sababterini beîgilang.
A. Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o£zaro munosabatlaming 
muvozanatdaligi.
B. Turizmning ommaviy va tartibsiz holatlarda rivojlanishi.
D. Mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sishi.
E. Tabiat va jamiyat o£rtasidagi munosabatlaming keskinlashuvi, 
global ekologik inqirozlarning halokatli rivojlanishi. Tabiiy 
muhitni va tabiat resurslarini muhofaza qilish va saqiab qoiishda 
ekoturizmni rivojlantirish.
2. Ekoturizmning ytuœaga kelish va shaldlanish davrsni ansqlang.
A. XX asming o£rtaiari.
B. XX asming oxiri.
D. XXI asming boshlanishi.
E. XX asming so£nggi choragi.
3. Global ekologik inqirozdan cbiqislining eng maqbui yo‘Ilarini 
aniqlang.
32


A. ínsoniyatning bugungi hayoti va kelgusi avlodlar uchun 
sayyoramizda saqlanib qolgan tabiiy boyliklarni muhofaza qilishda 
ilg‘or fikrli oiimlaming xulosalari bo‘yicha global inqirozdan 
chiqish yoilaridan eng muhimi — abolida ekologik bilim va 
madaniyatni shakllantirish.
B. Tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlami o‘rganib borish.
D. Turizmni rivojlantirish.
E. Ekologik dasturlar ishlab chiqish.
4. BMT qachon «xalqaro ekoturizm» yilini 
e’km 
qildi?
A.2002-yilda.
B.1994-yiida.
D.2004-yilda.
E.1998-yilda.
5. Ekotiirizmning turi nechta?
A. 10 ta.
B. 6 ta.
D. 4 ta.
E. 8 ta.

Download 9,07 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95




Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



0 ‘z b e k ist 0n respublikasi olïy ya g ‘rta m âxsus ta’lim yazirligi

Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish