0 ‘z b e k ist 0n respublikasi olïy ya g ‘rta m âxsus ta’lim yazirligi




Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/95
Sana05.09.2024
Hajmi9,07 Mb.
#270327
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95
Bog'liq
Ekologik turizm

va madanlyatnsng shakllanishi
Insonda 
ekologik 
bilim 
va 
ekologik 
madaniyatning 
shakillanishida 
tabiat 
qonunlarining 
mohiyatini 
anglash, 
insonning o‘zi ham tabiatning biologik turi ekanligini tushunib 
olishidir. Tabiat vayron qilinganda ham yashayveradi. Masalan, 
o ‘rmonlar kesilib ketsa, havo, suv zaharlansa, ifloslansa, 
hayvonot dunyosi qirilib ketsa va h.k.lar, lekin inson tabiatsiz 
yashay oimaydi.
Insonda insoniy faoliyatlaraing kamol topishida tabiatning 
tarbiyaviy ahamivati deyilganda, sof tabiatning kishilarda 
olijanobSik, xushfe’llik, bag‘rikenglik, vatanparvarlik, ulug‘vorlik, 
muloyimlik kabi axloqiy xislatlami uyg‘otishi va shakllantirishi 
xususiyatlari tushuniladi. Tabiat qo'ynida tez-tez boiib turish 
insoniy fazilatlaming kamol topishiga yordam beradi. Ekoturizm 
muxlislarining eng ulug‘ xislatlari ham, ulami tabiat bag‘riga 
chorlagan xususiyat ham, aslida ana shundan iboratdir. Inson o‘z 
uyi bo'lgan tabiatga qancha ko‘p zarar yetkazar ekan, uning o‘zi 
ham ma’naviy jihatdan qashshoqlashib boradi.
47


Tabiatni asrab qolishdek og‘ir muammoni yechishda insonni 
ekologik savodxon, ekologik madaniyatli qilib tarbiyalashda ham 
ekoturizmning ahamiyati beqiyosdir. Ekoturizmning ta’rifini 
keltirishda xalqaro ekologik tashkilotlar, Butunjahon turizm 
tashkiloti qayd qilgan muhim orniini hisobga oladi va tabiatni 
asrab qolishda ekoturizmni rivojlantirishni eng muhim omillardan 
biri deb hisoblaydi.
Ekologik savodxonlik va ekologik madaniyatning asosi 
ekologik ong hisoblanadi. Ekologik ong tabiatni asrab-avaylashda, 
unga ongli munosabatda bo'lishida, resurslaridan me’yorida 
foydalanishda, tabiat inqirozining oldini olishda eng zaruri, 
atrof-muhitni doimo toza saqlashda namoyon bo‘ladi. Insonda 
ekologik bilim va ekologik madaniyatni shakllantirishda quyidagi 
tamoyillar ma’nosini o‘rganish, tushunish va amaliyotda qo‘llash 
tushuniladi:
1. Tabiatni “Ona yer” deb ardoqlash.
2. Bizga ma’lum bolgan “Olamda” birorta ham Yer 
sayyorasining tabiatiga o‘xshash tabiat va hayot shaklining 
mavjudligi aniqlanmaganligi.
3. 
Tabiatning iqtisodiy ahamiyati deyilganda, 
undagi 
resurslardan moddiy manba sifatida foydalanishni tushunish.
4. Tabiatning ilmiy ahamiyati deyilganda insonning barcha 
bilimlari negizida tabiatning jarayonlari asos bo‘lishi.
5. Tabiatning sog‘lomlashtirish ahamiyati deganda sof 
tabiat boyliklarining va shifo beruvchi tabiiy modda hamda 
jarayonlarining inson salomatligiga ijobiy ta’sir etishi.
6. Tabiatning tarbiyaviy ahamiyati deganda sof, haqiqiy 
tabiatning kishilarda olijanoblik, xushfe’llik, vatanparvarlik, 
UlugVorlik, muloyimlik kabi axloqiy xususiyatiarini uyg‘otish va 
shakllantirish xususiyatlari tushuniladi.
7. Tabiatning estetik ahamiyati deyilganda, insondagi barcha 
go‘zallik, mukammaliik, musiqa, tasviriy san’at, kuy-navo hislari 
va ularga bo‘lgan ehtiyojlar tushuniladi.
8. Tabiat-inson-jamiyat yaxlit bir — yagona tizimdir.
48


Qayd qiîingan tamoyillardan ekoturizmni rivojlantirishda 
foydalanish maqsadli bo‘ladi va muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ekologik tarbiyalanrnagan kishi tabiatdan uzoqlashib, hissiz bo'lib 
qoladi. Bunday insonlar gullaming chiroyliligini his qilmasdan o‘z 
uyiga yasama gullami keltiradi, tabiatdagi qushlaming sayrashini 
his qiîmasdan o‘z uyini qushlaming portreti bilan toldirishdan 
qanoatlanishadi. Shu tariqa u tabiatdan uzoqlashib ma’naviyjihatdan 
qashshoqlashib boradi. Eng muhimi, insoniyatning ekologik ongi 
dunyo tabiatini muhofaza qilishdagi chora-tadbirlarini muntazam 
amalga oshirishda asosiy ijrochi omil hisoblanadi.
Hayotda ham, har qanday ishlab chiqarish sohasida ham ekologik 
biiim va ekologik madaniyatning shakllanishi mamlakatimizda 
ekoturizmni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Ekologik bilim va ekologik madaniyatni shakllantirishni quyidagi 
tizimda amalga oshirishda tavsiya qiiioadi30:
1. Ekoiogik taiim — sayyoramiz tabiiy boylikîari va yaqin fazoga 
efolivotkorona munosabatda bolishi, insoniyatning tabiatdagi 
ekologik jarayonlar bilan uzviy bog‘liqligini chuqur anglash ruhida 
tarbiyalash va boshlangich o‘qitish.
2. Ekologik madaniyat — hozirgi va kelajak avlod hayotida 
ekologik muammolar juda muhim ahamiyatga ega ekanligini 
anglagan davlatlar va jahon madaniyatining rivojlanish bosqichi 
va îarkibiy qismi.
3. Ekologik targ‘ibot — tabiiy boyliklarni maksima] holaîda 
saqlab qolishni ta’minlovchi faktlar, qarashlar va g‘oyalarni 
ommaviy axborot vositalari (gazeta, radio, TV, jurnal, ma’mzalar, 
internet) orqali yig‘ish va keng chegaralarda tarqatish.
4. Ekologik o‘quv — kishilarda ekologik dunyoqarashni 
shakllanüradigan va tabiatda insonlarning tutgan o'rni haqidagi 
bilimlar bilan qurollantiradigan, tabiiy tizimlaraing ijtimoiy- 
iqtisodiy rivojlanishidagi har bir insonning baxti saodatidagi 
ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan ekoiogik tarbiya, ia’lim, 
m aium ot va targ‘ibot majmui.
“ Nigmatov A. N. Ekoiogiya huquqi sxemalar va tushunchalarda. - Toshkent, 1999,147-b.
49


Ekologik huquq, ekologik savodxonlik va ekologik bilim har 
bir ishlab chiqarish yoki ta’lim sohasiga mosiashíi rilmaydi balki, 
insonning komil inson bo‘lib yetishiga da’vaí qiladi. Ekoturizmning 
o‘mini belgilashda asoslandiki, insoniyat oldidagi ekologik 
inqirozni to‘xtatish va bartaraf qilishning eng samarali yo‘li 
umuminsoniyatda ekologik huquq, ekologik tarbiya va ekologik 
bilimni shakllantirishdir. Ekoturizmda ekologik tarbiya, ekologik 
bilim va madaniyaíni shakllantirishda biriochi navbatda ekologik 
boshqaruv íizimini ishlab chiqish zarur bo‘ladi. Ekologik boshqaruv 
tizimi turizmning sohalari, tarmoqlari bo‘yicha har xil yo'nalishlarda 
boiishi murnkin. Lekin “Ekologiya” fanining predmeti bu fanning 
yangi tarmoqlari yo£nalishlari yuzaga kelganida ham o'zgaraiasdan 
qolishi ma’lum, o‘zgarish mumkin ham emas.
Ta’kidlash lozimki, ekologik tarbiya, ekologik bilim va 
ekologik madaniyal ishlab chiqarish sohalariga qarab o‘zgaxmaydi, 
balki ekologik bilimli, ekologik madaniyatli kishi o‘z bilimlari 
yordamida o‘zi ishlayotgan solían? ekologiyalashtiradi. Shu 
o ‘rinda ham mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlantirish 
maqsadli, istiqbolli yo‘nalish boiib qolishi insonni tarbiyalashda 
muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ekoturizmda ham, ishlab 
chiqañshning ’ barcha sohalarida ham inson ekologik bilim, 
ekologik madaniyatni o‘rganish uchun ekologik huquq asoslarini 
mukammal bilishi lozim boiadi.
Turizmda ekologik huquq asoslarini bilishning majburiyligi 
shundaki, ekoturizm faoliyatidagilar asosan “kelib-ketuvchilar” 
bolganligidan 
turist 
yoki 
ekoturist 
íabiatimizda 
yoki 
qo1riqxonalarda, betakror landshaftlarda bo'lganida va o'simliklar 
olami ancha kambag‘al bo‘lganida ham tabiatni toptagani uchun 
jazolánishini bilishi kerak. Ekologiya huquqi esa jamiyat (kishilar) 
va tabiat o'rtasidagi o‘zaro ta’sir doirasi ekologik harakatlarini 
tartibga solishning huquqiy tamoyillari va me’yorlarini o‘rganuvchi 
ta’limot yoki fan sohasi hisoblanadi. Shuning uchun ham 
ekologiya huquqining maqsadi — hozirgi va kelajak avlod uchun 
tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
50


doirasidagi jamiyatnmg ekologik munosabatlarini huquqiy tartibga 
solish hisoblanadi.
Ekoturizmning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi о‘mini 
belgilashda yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlar, tadqiqotlar 
natijasida quyidagi umumlashgan xulosalar kelib chiqadi. 
Ya’ni ekoturizm rivojlanishida ekoturizm faoliyatining ijtimoiy 
hayotidagi o‘rni quyidagicha izohlanadi:
1. Turistlar bilimini, madaniyatini, ma’naviyatini umum- 
madaniy, tabiiy ilmiy, ekologik bilim va ekologik xavfsizlik 
bilimlari bilan tabiatning o‘zida boyitish va shakllantirish.
2. “Shahardagi” stress-charchoq holatdan chiqish va ehtiros, 
hissiyotlami tiklash, soglomlashtirish.
3. Turistlarda noianish xalqlarning milliy yashash tarziga, 
milliy urf-odatlariga, marosimlariga, vataniga do'stona mehr- 
oqibatlarini shakllantirish31.
Tayaach so‘z va iboralan texnik daraja, ekologik rekreatsiya
intellektual daraja, ekologik ong, ekologik madaniyat, stress hoiat.
Mavzuni o‘zlasMirish bo‘yicha savol va topshfriqlar:
1. Tabiaini asrab qolishda ekoiurizmm rivojlantirish eng muhim 
omillardan biri ekanligi haqida prezentatsiyali ma’ruza tayyorlang.
2. Ekologik bilim va ekologik madaniyatni shakllantirish 
tizimini tushuntirib bering.
3. Ekoturizm xaiqlar o'riasida do‘stona hamdo'stlik aloqalarini 
yuzaga keltiradi” mavzusida ma’raza tayyorlang.
4. Ekoturizm tabiat va tabiiy resurslardan foydaianishning 
yangi texnologiyalarini jalb qiladi” mavzusida ma’ruza tayyorlang.
5. 
Shahardagi 
“stress-charchoq” 
holatdan chiqish va 
ehtiros, hissiyotlami tiklash, soglomlashtirishda ekoturizmning 
ahamiyatini tushuntiring.
6. Ekoturizmning iqtisodiy ahamiyatini belgilang.
7. Ekoturizmning ijtimoiy ahamiyatini belgilang.
" Храбовченко B.B. Экологический туризм. - Москва: “Финансы и статистика”, 
2003. С. 172.
51


S-maraa. EKOLOGIK TURIZMNING RESURSLARI: 
MÍLLIY PARKLAR, BIOSFERA VA TABIAT 
QO‘MIQXONALARI, TABIAT BUYURTMÁXONALARI VA 
TABIAT YOBGORLIKLA1I
Reja:
5.1. Dunyoda ekoturizmning resurslari. Milliy parklaming 
tashkil qilinishi.
5.2. Tabiat qo'riqxonalari, íabiaí buyurtmaxonalari va íabiat 
yodgorliklari.

Download 9,07 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95




Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



0 ‘z b e k ist 0n respublikasi olïy ya g ‘rta m âxsus ta’lim yazirligi

Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish