Tabiiy sharoiti. A sosan tekisliklardan iborat, m azkur
tekislik ikkiga bo‘linadi: A m udaryo deltasi va U styurt
platosi. Bundan tashqari yassi tog'liklar ham bor (Sulton
Uvays tog‘i), iqlimi keskin kontinental, yog‘in miqdori
200 mm. Ichki suvlari A m udaryo va undan chiqarilgan
kanallardan ham da Orol dengizi va Tuyam o'yin suv
omboridan iborat. Foydali qazilmalardan tem ir rudasi
(Tiben buloq), tuz, gaz (Shoxpaxta va Quvonsh), qurilish
m ateriallari bor.
Aholisi. Asosan o‘zbeklar va qoraqalpoqlar yashaydi.
Xorazm da aholi zich, Q oraqalpog'istonda siyrak joy
lashgan. Shahar aholisi Q oraqalpog'istonda 48,5%, X o
razmda 24,9 % (1996-y).
Xo'jaligi. Asosiy qism ini qishloq xo'jaligi tash
kil qiladi. Sanoat korxonalarining asosiy qismi Q ora
qalpog'istonda joylashgan.
Sanoati. Yengil sanoat: paxta tozalash zavodlari
(Urganch, Xo'jayli, Xonqa, To'rtko'l, Beruniy, M ang'it),
Xiva gilam to'qish fabrikasi, N ukus to'qim achilik
kombinati.
Oziq-ovqat sanoati: sholi oqlash fabrikalari,
moy zavodlari (Xo'jayli, Q o'ng'irot, Chimboy, B eruniy
va boshqalar), Urganchdagi moy zavodi respublikadagi
eng yirik moy zavodlaridan biri hisoblanadi. Go'sht
kombinati (Xo'jayli), un kom binatlari (Beruniy, Q o'n
g'irot, Chimboy, To'rtko'l), m ashinasozlik sanoati remont
korxonalardan iborat (Nukus, Urganch, Taxiatosh,
Q o'ng'irot, Xo'jayli). X o'jaylida kema tuzatish korxonasi
bor. Energetika sanoati Taxiatosh IES va Tuyam o'yin
271
GES idan iborat. Q urilish xomashyosi sanoati. Temir-
beton konstruksiyalari zavodlari (Nukus, Urganch,
Taxiatosh, Do‘stlik), g ‘isht zavodlari (Beruniy, Xo‘jayli).
Qishloq xo‘jaligi. Asosiy tarm og‘i paxtachilik,
sholichlik va chorvachilik, qoramolchilik yaxshi rivoj
langan. Tuyachilik va qorako'lchilik ham rivojlangan.
D arrandachilik (nutriya, ondatra, norka, qora tulki)
xo'jaligi tashkil qilingan.