2.
Iqlim mintaqalari.
M aterikda ekvatorial iqlim
m intaqasidan tashqari boshqa iqlim m intaqalari shakl
langan. M aterikning shimoliy qirg'oqlari, K anada to'plam
orollari va Grenlandiya oroli
Arktika iqlim mintaqasida
joylashgan. Qish qattiq va uzoq davom etadi, yoz qisqa
va sovuq bo'ladi. Qishda eng past harorat Grenlandiyada
(-4 4 , -50 °) kuzatiladi. Iqlimi qishda ham , yozda ham
qattiq bo'lgan orollari muz bilan qoplanib yotadi.
M intaqaning sharqiy qism ida 300— 400 mm, g'arbida
esa 50— 100 mm yog'in yog'adi. Yil bo'yi A rktika havo
m assalari hukmron.
Subarktika iqlim mintaqasi
qutb doirasi bilan 60°
shim oliy kenglik (g'arbda) orasidagi joylarni o'z ichiga
oladi. Unga
Lavrentiya qirlari, Makkenzi vodiysi, Yukon
vodiysi, Baffin
ого/ги/ng janubiy qirg'oqlari kiradi. Yozda
m o'tadil havo m assalari, qishda A rktika havo massalari
hukm ron. Yanvarning o'rtacha harorati -2 5 , -30°C ,
iyulniki +5°C (+7°C), yog'inlar sharqdan g'arbga qarab
600 m m dan 300 m m ga kamayadi.
Mo'tadil iqlim mintaqa
40°sh.k. bilan 60°sh.k.
oralig'idagi m aterikning katta qism ini o'z ichiga oladi:
bu m intaqaga M arkaziy tekislik, Labrador yarim oroli,
Gudzon qo'ltig'ining janubiy sohillari, Buyuk tekisliklar
va qoyali tog'larning m arkaziy va shimoliy qismlari,
AQSh va Kanada Kordilyerasi kiradi. Yil bo'yi m o'tadil
136
havo m assalari va g'arbiy shamollar massasi hukmron.
Qish sovuq, qorli, yoz iliq, yom g'irli. Qishda shim olda
-15, -20°C, janubda 0, -2°C , yozda +18, +20°C bo'ladi.
Subtropik iqlim mintaqasi
40°sh.k. dan M eksika
qo'ltig'igacha cho'zilgan. Bu yerda ham iqlim turlicha.
M intaqaning sharqiy qism ining iqlimi yozda issiq va
sernam , qishda esa iliq va sernam bo'ladi. G'arbiy
qism ida O 'rta dengiz subtropik iqlimi shakllangan,
qish iliq (+6°, +8°C), nam (400— 450 mm), Koliforniya
sovuq oqimi ta’sirida m o'tadil issiq (+20°C). Missisipi
pasttekisligida doimiy nam iqlim shakllangan. Atlantika
va M eksika qo'ltig'idan nam havo massalari yog'in olib
keladi. Qish iliq +5°, +10°C, ammo shimoldan sovuq
havo m assalari kirib kelganda harorat 0°C ga pasayishi
mumkin.
Tropik
iqlim
mintaqasiga
Florida
yarimoroli,
M eksika yassi tog'ligi, M arkaziy A m erika va u yerdagi
orollar, Koliforniya yarim oroli kiradi. Yil bo'yi issiq.
M aterikning sharqiy qirg'og'ida va orollarda Atlantika
okeanidan esadigan shamollar ko'p yog'in keltiradi. Yozda
Koliforniya yarim orolida quruq tropik iqlim shakllangan,
m azkur iqlim uchun tum an va shudringlar xos.
Subekvatorial iqlim
m intaqasi m aterikning eng
janubiy qism ida shakllangan, yozda ekvatorial, qishda
tropik havo m assalari hukmron. Yil bo'yi harorat yuqori
(+25°C) va seryom g'ir (1500— 2000 mm), tog'larning
g'arbiy yonbag'irlarida ekvatorial m ussonlar tufayli
yog'inlar ko'p.
137
|