20.2. Iqlimi 1. Iqlim omillari: m aterikning shim oldan janubga
katta masofaga cho'zilganligi iqlim ning xilm a-xilligini
keltirib chiqargan. M aterikning nisbatan torligi okeanlar
ta’sirini kuchaytirib yuborgan. Tog'larining meridional
134
ravishda yo‘nalganligi, tekisliklarning shimolga va
janubga ochiqligi arktika havo massalarining janubga,
tropik havo massalarining shimolga uzoq masofaga
kirib borishiga imkon beradi. Sovuq Gudzon qo‘ltig‘i
va iliq Meksika qo‘ltig‘ining nisbatan bir-biriga yaqin
joylashganligi turli xil xususiyatlarga ega bo'lgan havo
massalari almashinishini tezlashtiradi. Kordilyera to g '
lari Tinch okeanidan kelayotgan g'arbiy havo massalari
ta’sirini kamaytiradi. M azkur havo massalari Kordilyera
yonbag'irlari bo'ylab ko'tarilib materikning m o'tadil
kengliklardagi g'arbiy qirg'oqlarida ko'p yog'in yog'i-
shiga sabab bo'ladi. Atmosfera sirkulatsiyasida shimoli-
sharqiy passatlar, m o'tadil mintaqaning g'arbiy shamollari
va qutbiy kengliklardan esadigan shimoli-sharqiy sha-
mollar muhim o'rin tutadi. B a’zida kuchli Tomada
shamoli esadi. Q irg'oqlar iqlimiga iliq (Shimoliy Tinch
okean va Golfstrim) va sovuq (Labrador va Kalifomiya)
oqimlar ta ’sir qiladi.
Qishda m ateriklarning katta qismi qor bilan qoplanadi
va harorat past bo'ladi. M anfiy haroratlar m ateriklarning
shimoliy qismida hukmron bo'ladi, 50° sh.k. shimolda
qish ayniqsa qattiq bo'ladi. Qishda m ateriklarning
janubida harorat musbat bo'ladi.
Yozda m aterikning katta qismida musbat harorat
bo'ladi: shim olda +5°, janubda +30°.
Kanadaning shim oli-g'arbiy va g'arbiy qirg'oqlari
(3000 m m gacha), shuningdek janubi-sharqiy va janubiy
qism lariga yog'in ko'p yog'adi (1500— 2000 mm). M ate-
135
rikning janubi-g'arbiga, shim oliga va K ardilyeradagi tog1
oralig’i botiqlariga yog'in kam yog'adi.