qismi, Hind daryosining quyilish qismi kiradi. Yil bo‘yi
tropik havo m assalari hukm ron, ular quruq va issiq.
Yoz jaziram a (iyulning o'rtacha harorati +30°, +35°C),
qishda iliq (yanvarning o'rtacha harorati +18, +24°C),
tekisliklarda yog'in miqdori 200 mm, ayrim joylarda 50
mm dan kam.
Subtropik iqlim mintaqasi A tlantika okeanidan
Tinch okeangacha cho'zilgan. M azkur iqlim mintaqasiga
Pireney, A pennin, Bolqon, Kichik Osiyo yarim orollari,
Kavkaz, Eron tog'ligi, Qoraqum, Pomir, Taklamakon
cho'li, Tibet, B uyuk Xitoy tekisligi, Yapon orollarining
janubiy qismi kiradi. Yozda tropik havo massalari,
qishda m o'tadil havo m assalari hukmron. M azkur iqlim
m intaqasida quyidagi iqlim turlari shakllangan: a) O 'rta
dengiz iqlimi Pireney, Apennin, Bolqon, Arabiston
yarim orolining O 'rta dengiz sohilida shakllangan.
Qish yumshoq, o'rtacha harorati musbat, vechestaniya
qishda ham davom etadi, yom g'irli, yoz quruq va issiq,
yog'insiz. Qishda m o'tadil dengiz havosi hukmron
bo'lgani uchun yom g'ir yog'adi; b) subtropik kontinental
(quruq) iqlimga, subtropik mintaqaning o'rta qismlari
kiradi (M esopotamiya pasttekisligi, Eron tog'ligi,
Qoraqum, Taklamakon). Yoz issiq, qish sovuq, yog'in
kam (100— 250 mm). M intaqaning sharqiy qismida Tinch
okean sohillarida subtropik musson iqlimi hosil bo'lgan.
Yog'inlar yozda ko'p yog'adi. Tog'larda baland subtropik
tog' iqlimi hosil bo'lgan (Pomir, Tibet).