janubiy m am lakatlarga yo‘l qidirilishi
natijasida turli
geografik o'lkalarning joylanishi, qirg'oqlar qiyofasi,
kontinent tabiatining asosiy qirralari to‘g ‘risida bilim-
lar to'plandi.
M aterikni o'rganishda A.R.Beruniy,
Z.M .Bobur, Marko Polo, A.Nikitin, S.Dejnev, E.Xabarov,
V.D.Poyarnovning ilmiy
asarlari ham da sayohatlari,
Buyuk Shimol ekspeditsiyasi, S.P.Krasheninnikovning
Kam chatkaga
sayohati,
P.P. Semenov-Tyan-shanskiy,
N.M .Prjevalskiyning sayohatlari katta ahamiyatga ega.
Tibet, Himolay va Indoneziya orollarining tekshirilishi
m aterikni to'la o'rganishni nihoyasiga yetkazdi.
21.1. Relyefi va foydali qazilm alari
1.
Relyefi.
Yevrosiyo
tabiatining xilm a-xilligi
uning geografik joylanishi balandligidan emas, balki
yer qobig'ining m urakkab tuzilganligidandir. Boshqa
m ateriklar asosida yagona m ustahkam platform a yotadi.
Yevrosiyoning asosida esa bir necha platform a joylashgan.
U laryoshi turlicha bo'lgan burm alanish m intaqalari bilan
bir-biriga tutashgan.
Bular Sharqiy Yevropa, Sibir, Xitoy-
Koreya va Janubiy Xitoy platform alaridir. Keyinchalik
Yevrosiyoga Gondvana quruqligining bo'laklari bo'lgan
Arabiston va Hindiston platform lari qo'shilgan. Yevro
siyo litosfera plitasining janubiy chegarasida ulkan tog'lar
ko'tarilgan va hozir ham ko'tarilm oqda. M aterikning
sharqida Tinch okean litosfera plitasi Yevrosiyo lito
sfera plitasi ostiga kirayotgan zonalarda chuqur okean
145
cho'km alari va orollar to'plam lari hosil bo'lgan. Yevro
siyo plitasining boshqa plitalar
bilan chegaralarida
seysm ik va vulqon o'lkalari joylashgan. Yevrosiyodan
ju d a katta seysmik m intaqa o'tadi. Tinch okean seysmik
m intaqasida juda ko'p zilzilalar sodir bo'lib turadi.
Yaponiya, Filippin orollari,
Janubi-Sharqiy Osiyodagi
to'plam orollar, A driatika va Egey dengizlari sohillari,
Eron va A m an tog'ida yer qim irlash tez-tez sodir bo'lib
turadi. Vulqonlar ham seysmik m intaqalarda sodir bo'ladi.
Tinch okeandagi «olovli» halqada vulqonlar ayniqsa
ko'p. M ashhur vulqonlar:
Klyuchi Sopkasi Kamchatka
yarim orolida,
Krakatau K atta Zond orollarida,
Vezuviy
A pennin yarim orolida,
Etna Sitsiliya orolida,
Gekla
Islandiya orolida joylashgan.
Yevrosiyoda relyefning ham m a shakllari tarqalgan.
Yevrosiyoning asosiy relyefini tog'lar (50%) va tekisliklar
tashkil etadi. Pasttekisliklar platform alarning chekka
bukilm alarida joylashgan (Kaspiybo'yi, M esopotamiya
va boshqalar), tekisliklar ham platform alarda ko'proq
tarqalgan (Sharqiy Yevropa, G 'arbiy Sibir, Dunay bo'yi,
Buyuk Xitoy, Turan,
Hind-Gang, Germ aniya, Polsha va
boshqalar).
Yevrosiyoda tog'lar bir necha m intaqalarni tashkil
qiladi. Alp-Himolay mintaqasi
Atlantika okeanidan
Tinch okeangacha cho'zilgan (Pireney, Alp, Apennin,
Karpat, Bolqon, Kavkaz, Pomir, Himolay tog'lari). Tinch
okean burm ali m intaqasi Kam chatkadan K atta Zond
orollarigacha cho'zilgan. Bundan tashqari, qadimgi
146
tog'lar ham bor (Ural, Tyanshan, Oltoy, Q ozog'iston,
Shotlandiya, O 'rta Yevropa tog'lari).
Tyanshan va Oltoy
tog'lari keyinchalik qaytadan ko'tarilgan.