Mo'tadil iqlim mintaqasida m aterikning juda katta
qismi joylashgan. M intaqada quyidagi iqlim turlari hosil
149
bo'lgan: a) m o'tadil dengiz iqlimi, A tlantika okeani
ta’sirida (B uyuk Britaniya, Irlandiya orollari, Fransiya,
Niderlandiya yarim oroli, Skandinaviya yarim orolining
shim oliy qismi). Qishi yum shoq, yanvarning o'rtacha
harorati 0°C dan yuqori, yozda +10° С dan +18°C gacha,
yog'in yil bo'yi yog'adi (>1000 mm). Tumanlar ko'p
bo'ladi, qor kam , tez erib ketadi; b) m o'tadil kontinental
iqlim sharqda Ural tog'igacha cho'zilgan (O 'rta va
Sharqiy Yevropa tekisliklari, Shimoliy Kavkaz, Alp,
K arpat tog'lari), yoz issiq, qish sovuq; d) kontinental
iqlimga Uraldan sharqdagi Turkiston va M arkaziy Osiyo
kiradi, qishda harorat -35,-4 5 °C gacha boradi, am m o qor
kam yog'adi, yer muzlab qoladi; e) Tinch okean sohilida
m o'tadil musson iqlimi hosil bo'lgan.
Subarktika iqlim mintaqasi. Islandiya orolidan Tinch
okeangacha bo'lgan tor hududni o'z ichiga oladi. Yozda
m o'tadil havo m assalari, qishda A rktika havo m assalari
hukm ron. Qish qattiq, yoz salqin, yog'in miqdori 250—
500 mm.
Arktika iqlim mintaqasi. Yevrosiyoning A rktikadagi
orollari va Shimoliy M uz okeani sohillari kiradi. Harorat
doimo past, yozning eng yuqori harorati +5°C dan
oshmaydi.
21.3. Ichki suvlari
M aterik ichki suvlarga boy, yirik, sersuv daryolari
ko'p. Yevrosiyo daryolari ham m a okean havzalariga va
150
ichki berk havzaga bo'linadi. Ichki havzaning maydoni
bo'yicha m aterik jahonda birinchi o'rinda turadi, chunki
uning hududida ichki botiqlar ko‘p.
Shimoliy M uz okeani havzasiga Ob, Yenisey, Lena va
boshqa daryolar suvini quyadi. Ular, asosan, qor va qisman
yom g'irdan to‘yinadi. Qishda barcha daryolar muzlab
qoladi. M uzning erishi yuqori qism idan boshlanadi,
shuning uchun quyi qism ida m uzdan to‘siqlar hosil bo'lib,
toshqinlar sodir bo'ladi.
Atlantika okeani havzasiga G'arbiy, Janubiy va
qisman Sharqiy Yevropa daryolari quyiladi: Luara,
Sena, Rola, Reyn, Odra, Viyala, Po, Dunay, Dnepr.
D aryolarning ko‘p qismi baland tog‘lardan boshlanadi.
D aryolarning m e’yori iqlim sharoitiga bog'liq. Dengiz
iqlimi hukm ron bo'lgan g ‘arbda daryolar yil bo‘yi to'lib
oqadi, muzlamaydi, asosan yomg‘irdan to‘yinadi (Sena
va boshqalar), sharqroqda qor qoplami bo‘lganligi uchun
daryolar qisqa vaqtga muzlaydi, bahorda to'lib oqadi. Eng
yirik daryolaridan Reyn Alp tog'ining baland qismlaridan
boshlanadi, shuning uchun yuqori oqimida u asosan
muzdan to'yinadi. Reyn Bodan ko'li orqali oqib o'tgani
uchun, uning m e’yori tartibga solingan. O 'rta va quyi
oqimida u tekislik daryosiga aylanadi, bu qismda, asosan,
yom g'irdan to'yinadi. Qisqa vaqt muzlaydi, ba’zi yillari
muzlamaydi, Shimoliy dengizga juda ko'p yotqiziqlar
olib keladi, shuning uchun suv sathi sal ko'tarilishi bilan
daryo juda katta maydonlarga toshib ketadi.
151
D unay - Yevropaning eng yirik daryolaridan biri,
g‘arbdan (Shvarsvald tog'idan) sharqqa qarab oqadi,
Qora dengizga quyiladi. Quyilish joyida bir necha tar-
m oqlardan iborat bo'lgan delta hosil qiladi. Yuqori qismi
A lp tog'laridan suv yig'adi, yozda sersuv, o‘rta va quyi
oqim ida tekisliklardan oqib o'tadi, bahorda to'lib oqadi.
K arpat tog'ini kesib o'tayotib tor chuqur qoyali dara
hosil qiladi, uning nomi Temir darvoza deb ataladi. O 'rta
dengizga quyiladigan daryolar qishda to'lib oqadi, yozda
suvi kam ayadi yoki qurib qoladi, Skandinaviya daryolari
qisqa, serostona, gidroenergetika resurslariga boy.
Tinch okean havzasiga quyidagi daryolar kiradi:
Yanszi, Xuanxe, Mekong. Bu daryolarning yuqori qismi
tog'dan, o 'rta va quyi qism lari tekisliklardan oqib o'tadi.
Xuanxe— Sariq daryo. Yozgi musson yog'inlari davrida
toshadi. D aryoning Sariq dengizga quyiladigan joyi 100
km ga siljigan, chunki u olib kelgan yotqiziqlar doimo
uning yo'lini to'sib qo'yadi.
Yevrosiyoning eng yirik daryosi Yanszi (5530 km)
hisoblanadi. Sharqiy Xitoy dengiziga quyiladi. Deltasi
keng va doimo o'sib boradi. Yuqori oqim ida muz va
qordan, quyi va o 'rta oqim ida asosan yom g'ir suvidan
to'yinadi. Quyi oqim ida ko'llar tufayli tartibga solingan.
M o'tadil m intaqadagi A m ur daryosi qishda muzlaydi,
yozda musson yom g'irlari davrida to'lib oqadi.
Hind okeani havzasi daryolariga: Hind, Gang, Tigr
va Frot daryolari kiradi. Gang, B rahm aputra va Hind
daryolari Himolay va Tibet tog'laridan boshlanadi. Yuqori
152
oqim ida ular tog* daryolari, H ind-Gang tekisligida oqadi.
Yozda yomg‘ir davrida suv sathi keskin ko'tariladi.
Ichki havzasi ham katta maydonni egallaydi. Ichki
oqim havzaga Volga, Amudaryo, Sirdaryo, Hi, Torim,
Ural, Emba va boshqa daryolar quyiladi.
K o 'lla ri. M aterikda dunyodagi eng yirik (Kaspiy) va
chuqur ko'llar (Baykal) joylashgan. M aterikning shimoli-
g'arbida m uzlar va tektonik harakatlar natijasida hosil
bo'lgan ko'llar ko'p. Y irik ko'llar Kaspiy, Orol, Balxash
tektonik— qoldiq hisoblanadi. Issiqko'l va Balxash
ko'llari muzlaydi.
Q adim gi va hozirgi m u zlik lar. Qadim da materik
ning shimoliy qism ini qalin muz qoplami bosgan.
M uzliklar Skandinaviya yarim orolidan va Draining qutbiy
tizm alaridan tushib kelgan, uning qalinligi ba’zi joylarda
2 km ga yetgan. M uzliklar Alp, Tyanshan tog'larining
shimoliy qism ini, Oltoy, Pomir tog'larini qoplagan.
Hozir ham m aterikning katta qismi m uzliklar bilan
qoplangan (Islandiya, Shpisbergen, Novaya Zemlya,
Frans Iosif yeri orollari va Alp, Himolay, Tyanshan,
Pomir tog'lari).
K o'p yillik m uzliklarning hosil bo'lishiga asosiy
sabab qor qoplam ining yupqaligi va haroratning 0°C dan
past ekanligidir.
|