hisoblanadi. Legirlovchi elementlar po‘lat tarkibidagi umumiy miqdoriga qarab ularni 3
sinifga bo’lish mumkin:
-kam legirlangan (0,1 dan 0,3%gacha C va 0,2dan 4,4%gacha legirlovchi
elementlar);
- o’rta legirlangan (0,35 dan 0,5%gacha C va 5dan 10%gacha legirlovchi
elementlar);
-uqori legirlangan (10% dan ko’p legirlovchi elementlar);
Bazi legirlovchi elementlarning miqdori juda kam bo‘lishi mumkin: Nb, Ti
miqdori 0,1% dan oshmaydi; V ham 0,005% dan oshmaydi.
Legirlangan po‘latlar texnika taraqqiyoti talablari natijasida paydo bo‘lgan.
Legirlash mexanik xossalarni (mustahkamlik, plastiklik, uyushqoqlik), fizik
xosssalarni
(elektrutkazuvchanlik,
magnit
xarakteristikalari,
radiatsiyaga
chidamliligi), kimyoviy xossalari (zanglamaslik) o‘zgartirish maqsadida qullaniladi.
Legirlangan po‘latlar uglerodli po‘latlarga nisbatan qimmat. Shuning uchun
ularni yana termik ishlab qullash maqsadga muvofiq.
Asosiy legirlovchi elementlarga Cr; Ni; Mn; Si; W; Mo; V; Al; Ti; Cu; B; lar
kiradi. Kupincha bitta emas, birnechta elementlar bilan birgalikda legirlanadi: Cr va
Ni ; Cr va Mn; Cr; Ni; Mo va V lar bilan.
Temirda
eriydigan
barcha
elementlar
temirning
allotropik
shakl
o‘zgarishlariga ta’sir qiladi. Ba’zi elementlar (Mn; Ni; Pt; Co; Zn) A
3
nuqtani
pasaytirib, A
4
nuqtani ko‘taradi. Ba’zi elementlar esa (Si; P; W; Mo; V; Al; Be; Sn;
Sb; Ti; Cr) A
3
ko‘tarib, A
4
pasaytiradi. Ferrit va austenit turg‘unligigi ta’sir qiladi:
a) Ni, Mn, Cu, Co lar -qismini kengaytiradi va austenit turg‘unligini erish
haroratidan uy haroratigacha turg‘unligini ta’minlaydi. Bunday po‘latlar austenit
po‘latlar deyiladi.
b) Cr, Si, V, W, Mo, Al, Ti lar esa -qismini kengaytirib, ferrit turg‘unligini
ta’minlaydi. Bu po‘latlar ferrit po‘latlar deyiladi.
Konstruktsion po‘latlarda asosiy struktura tashkil etuvchi - bu ferritdir va
metall hajmining 90% dan ko‘pini egalaydi. Shuning uchun ferrit xossalaridan po‘lat
xossalari butunlay bog‘liq.
Metalldagi temir atomlari o‘lchamlari bilan legirlovchi elementlar atomlari
o‘lchamlari o‘rtasidagi farq qancha katta bo‘lsa, kristallik panjara buzilishi
(qiyshayishi) shuncha katta bo‘ladi. Ma’lumki, buzilish−qiyshayish, nuqsonlar soni
qancha katta va ko‘p bo‘lsa, shuncha ferritning mustahkamligi va qattiqligi (
v
, NV)
shuncha ortib, plastiklik va uyushqoqlik pasayadi.
Barcha elementlar ferrit qattiqligini oshiradi. Ayniqsa, Ni, Cr ning ta’siri
kuchli va ular konstruktsion po‘latlarning
v
;NV; plastikligini va toblash