4. ε – faza – bu temirni G‘e
2
N tarkibli nitridi.
Azotlangan po‘lat yuza qatlami ε – fazali bo‘lsa, u suv va atmosfera
sharoitida zangbardosh bo‘ladi. ε va γ
1
fazali qatlamlar nisbatan yuqori qattiqlikka
ega emas (HV=450-550). Ancha – muncha qattiqlikka ega maxsus legirlangan
po‘latlarni (Sr, Mo, Al, V, Ti bilan) azotlash yo‘li bilan olinadi. Bu legirlovchi
elementlar nitrid hosil qiluvchi elementlardir.
Po‘lat 38X2MYuA po‘latini azotlanagandan so‘ng yuqori qattiqlik va
ishqalanib yeyilishga qarshilik olinadi: HV=1200.
Azotlash jarayoni ancha uzoq vaqtni talab qiladigan operatsiya. Masalan,
38X2MYuA po‘latida azotlangan qatlam qalinligi t=0,5mm olish uchun harorat 500-
520
0
S da 55 soat ushlab turish kerak.