1 Bob Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash. Materiallar turi va ularni qo‘llash sohasi




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/23
Sana10.02.2024
Hajmi0,64 Mb.
#154258
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
Material science - lecture 4

O‘ta qattiq materiallar 
O‘z nomi bilan bular boshqa materiallar qirqa olmagan hollarda ishlatiladi. 
O‘ta qattiq materiallardan yasalgan keskichlar bilan qattiq qotishmalar, rubinlar 
agatolar, yashma, fil’eralar-kiryalar va h.k. qirqiladi. Bulardan tashqari ular tog‘ 
jinslarini burg‘alashda ham ishlatiladi. Bular tez qirqish (V
qir
=100-200m/min) 
imkonini bergani uchun toza yuzalarni va aniq o‘lchamlarni olishda ko‘proq 
ishlatiladi. 
O‘ta qattiq materiallar orasida birinchi o‘rinni olmos egallaydi. Uning 
qattiqligi NV
olmos
=10000, vol’framli qattiq qotishma VK niki HV
vk
=1700, 
tezkesarniki HVtezkes=1300, ya’ni 6 va 8 martta katta. Albatta sun’iy olmoslar 
(bort, ballas, karbonod) afzalroq qo‘llaniladi. Sun’iy olmoslar grafitdan katta 
bosimda (P≈200000 atm) va yuqori haroratda olinadi. 
Olmoslar bilan keskichlar, parmalar, frezalar, qirqish tig‘lari jihozlanadi. 
Olmoslar bilan jihozlangan keskichlar bilan qirqish maxsus stanoklarda olib 
boriladi: titramaydigan, fundamentlari ham iloji boricha alohida. Chunki katta 
tezlikda qirqiladi. Aks holda olmos uqalanib ketadi. 
Olmosli qirqishda yuqori sifatli (silliq) ishlangan yuza olinadi. 9-10 va undan 
yuqori klassli yuza. 
Olmosli keskichlarni turg‘unligi yuqori 25 soatdan 200 soatgacha boradi. Bu 
avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega. Bir o‘lchamga 
moslashtirilgan holda ancha vaqt qayta naladka qilmasdan ishlash imkonini beradi. 
Xar xil keskich materiallarini o‘tmas bo‘lmasdan o‘tgan yo‘li (u charxlash 
bilan bu charxlash orasida) quyidagicha: 
1.Olmos -2500-3000km 
2.Qattiq qotishma -20km 
3.Tez kesar -8km 
Qattiq qotishma bilan alyuminiy qotishmasidan (kremniyli) yasalgan 6 ta 
detalni ishlash mumkin bo‘lsa, olmos bilan 30000 detalni ishlash mumkin. 
Olmosli keskichlar bilan rangli metallar va ularning qotishmalari, 
plastmassalar, keramika ishlanadi va bunda ishlangan yuza g‘adir-budirligi kichkina 
bo‘ladi. 
Bor nitridi BN polikristallaridan yasalgan keskichlar ancha universal. U bor 
nitridi mikrokukunlarini qizdirib bir butun qilib pishirish yo‘li bilan olinadi. Yuqori 
haroratda va bosimda olinadi. 


Bor nitridi mikrokukunlarini pishirish natijasida kub panjarali bor nitridi 
olinadi. Bularni olish jarayoniga qarab el’bor, el’bor-R, borazon deb nomlanadi. 
Kubik bor nitridi olmos bilan bir xil kristallik panjaraga ega, xossalari ham bir 
xil. Qattiqligi olmosnikidan qolishmaydi (HV=9000) Lekin, issiqqa bardoshligi 
yuqoriroq (1200ºС) va kimyoviy inert. Bu xossasi (temir bilan kimyoviy reaktsiyaga 
kirishish qobiliyati yo‘qligi) undan yasalgan keskich bilan qiyin ishlanadigan, 
toblangan, tsementitlangan po‘latlarni (HRC 60) qirqish imkonini beradi. 

Download 0,64 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 Bob Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash. Materiallar turi va ularni qo‘llash sohasi

Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish