Zanglamas korroziyabardosh po‘latlar




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/23
Sana10.02.2024
Hajmi0,64 Mb.
#154258
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
Material science - lecture 4

Zanglamas korroziyabardosh po‘latlar 
Zangbardosh-korroziyabardosh po‘latlar yuqori legirlangan po‘lat bo‘lib, 
bunda xrom miqdori Cr˃13% ko‘p bo‘lishi shart. Xrom metall sirtida 
sustlashtiruvchi himoya plyonkasini hosil bo‘lishini ta’minlaydi. 
Bu plyonkalar strukturasiga qarab klasslarga bo‘linadi. Plyonkalar, material 
yuqori haroratda qizdirilib havoda sovitilgandan so‘ng (normallashtirilgandan 
so‘ng) hosil bo‘lganlari: martensitli, martensit-ferritli, (ferrit miqdori 10% dan kam 
bo‘lmagan holda), ferritli, austenit-ferritli (ferrit miqdori 10% dan kam bo‘lmagan 
holda), austenitli, austenit-martensitli (ГОСТ 5632-72) strukturalar. 
Ferrit va austenit hosil qiluvchi elementlarni yig‘indi ta’sirini xrom 
ekvivalentlari (Cr
ekv
) va nikkel ekvivalenti (Ni
ekv
) ekvivalentlari ifodalaydi: 
Cr
ekv
=Cr+2Si+1,5Mo+5V+5,5Al+1,75Nb+1,5Ti+0,75W. 
Ni
ekv
=Ni+ 0,5Mn+30C+30N+0,3Cu. 
Simvollar legirlovchi elementlarni po‘latda massali ulushini va raqamlar 
ularni aktivlik koeffitsentini ko‘rsatadi. 
Xromli korroziyabardosh po‘latlarda uglerod miqdori iloji boricha kam 
bo‘lishi lozim, chunki qotishmaning zanglamaslik qobiliyati bir fazali strukturada 
turg‘un bo‘ladi. Uglerodning ko‘payishi karbidlar hosil bo‘lishiga olib keladi, bu esa 
strukturani bir xil emaslikka duchor qiladi. Lekin uglerod toblash samaradorligini 
ko‘p oshiradi. 
Hozirgi paytda kam uglerodli yuqori azotli korroziyabardosh po‘latlarni bir 
qancha gruppalari ishlab chiqilgan. 
Po‘latni mustahkamligini oshirish va tan narxini pasaytirish yo‘lida eng 
yaxshi legirlovchi element bu – azotdir. 
Azot zo‘r austen hosil qiluvchi va mustahkam oshiruvchi legirlovchi element. 
Azot po‘latdan uni termik ishlashda va payvandlashda chiqib ketadi. 
Suyuq po‘latda azotni suyuqlanuvchanligi xromni ancha ko‘paytiradi, 
qaysiki, karroziyabardosh po‘latlar uchun eng zarur element. 

Download 0,64 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish