Po‘latda qancha xrom ko‘p bo‘lsa shuncha yuqori haroratda ishlatsa bo‘ladi,
undan foydalanish vaqti ham uzoq bo‘ladi. Olovbardoshlik po‘latning kimyoviy
tarkibi bilan (asosan xrom miqdori bilan) aniqlanadi, strukturasiga kam bog‘liq.
Olovbardosh po‘latlarni qo‘shimcha kremniy (2-3%) va alyuminiy (1-2%)
bilan qo‘shimcha legirlash uni ishlatish haroratini ko‘taradi.
Po‘latlar 08X17T va15X25T ferritli issiqbardosh emas, shuning uchun katta
kuch qo‘yilmagan va zarbiy kuchi yo‘q detallar uchun ishlatiladi. Po‘latlar
20X23N18 va 20X25N20S2 ham olovbardosh ham issiqbardosh, shuning uchun
tufelь pechlarida, tag plitalarda, konveyerlarda ishlatiladi. Olovbardosh po‘latlardan
uchish apparatlari dvigateli detallari (700-1000ºS da ishlaydigan) yasaladi; gaz
trubinasi palatkalari, trubina disklari,trubalar va h.k.
Cr va Si bilan legirlangan olovbardosh po‘latlarni “silьxrom”;Cr va Al bilan
legirlansa “xromalь”;Cr-Al-Si bilan legirlansa “cilьxromalь”deb nomlanadi.
”Silьxromalь” larning quyundi hosil bo‘lish harorati ancha yuqori (850-950ºS).
Bular yog‘da toblanadi (1000-1050ºS); bo‘shatiladi (500-540ºS). Silьxromalь po‘lat
10X13SYu olovbardoshligi950
0
S; oltingugurtli muhitda ham ishlayveradi.
Po‘lat 36X18N25S2 yuqori texnologik xossali, olovbardoshligi 1100ºS, ancha
yuqori haroratda ham mustahkam, ya’ni issiqbardosh.