• tsementitlash
  • Bir marta toblab, past temperaturada bo‘shatish.
  • 1 Bob Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash. Materiallar turi va ularni qo‘llash sohasi




    Download 0,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/23
    Sana10.02.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #154258
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    Material science - lecture 4

     
     Po‘latni sementitlash 
    Po‘latni uglerod, azot (ikkalovini birgalikda), diffuzion to‘yintirish sanoatda 
    eng ko‘p tarqalgan kimyoviy – termik ishlash usullaridir. 
    Po‘lat yuzi uglerod va azotni oson xazm qiladi; suqilib kirish strukturali 
    (panjarali) qattiq qotishma hosil qiladi. Shu bilan birga ancha – muncha chuqurlikka 
    diffuziyalanadi. 
    Uglerod bilan diffuzion to‘yintirish jarayoniga tsementitlash deyiladi. 
    Odatda, po‘lat tsementitlangandan so‘ng toblanadi va past bo‘shatiladi. Mana shu 
    jarayonlar tugaganidan so‘ng po‘lat detal yuzasida uglerod miqdori 0.8-1%ga yetadi. 
    Strukturasi past bo‘shatilgan mayda sferoidal karbidli martensit hosil bo‘ladi: 
    yeyilishga qarshiligi yuqori bo‘ladi; yuza qattiqligi HV=750-950. Detal o‘zagida 
    uglerod 0.08-0.25% bo‘lib, qovushqoq bo‘ladi. Tsementattsiya qilinishi kerak emas 
    yuzalar galьvanik usulda mis bilan himoyalanadi, mis qalinligi t=0.02-0.05 mm 
    bo‘ladi. 
    Odatda tsementitlanadigan detallarni ustki qatlami qattiq, ishqalanib 
    yeyilishga chidamli va o‘zagi uyushqoq bo‘lishi lozim bo‘ladi: tishli g‘ildiraklar, 
    vallar, kulachoklar, chervyaklar va h.k. 


    Uglerodlovchi moddaga karbyurizator deyiladi. Bu dastlabki muhitdir. 
    Karbyurizator qattiq va gaz holatda bo‘lishi mumkin. Lekin, har ikkisida ham 
    tsementitlash jarayoni gaz fazasi orqali o‘tadi. Eng ko‘p tarqalgani qattiq 
    karbyurizatordir: bu asosan yog‘och pista ko‘miri va qo‘shimcha SO
    3
    (20-25%);
    VoSO
    3
    jarayonni jadallashtirish uchun qo‘shiladi. Ya’na SaSO
    3 ham 
    qo‘shiladi 
    (3-5%) – karbyurizatorni yopishib qolmasligi uchun. Tsementatsiya qilinadigan 
    detallar va karbyurizator qavatma-qavat po‘lat yashikka – konteynerga taxlab 
    joylashtiriladi, germetik yopilib, 910-930
    0
    S gacha qizdiriladi. Qizdirilganda pista 
    ko‘mir yashik ichidagi kislorod bilan birikib quyidagi reaktsiya ketadi: 
    2С+O
    2
    =2CO. 
    Bundan tashqari uglerod oksidi quyidagi reaktsiya bo‘yicha ham hosil 
    bo‘ladi. 
    VoСO
    3
    +С=VoO+2СO. 
    Detal yuzasida quyidagi kimyoviy jarayon o‘tadi: 2СO↔ СO
    2
    +С 
    Hosil bo‘lgan aktiv uglerod atomi austenit holatidagi yuzaga adsorbtsiyaladi; 
    qolgan SO

    ko‘mir bilan birikib, yangi SO
    portsiyasini hosil qiladi. Tsementitlash 
    uzoq davom etadigan jarayon. Qatlam qalinligiga qarab bir necha o‘n soat davom 
    etishi mumkin. 1 mm. chuqurlikdagi tsementitlangan qatlam olish uchun 8-10 soat 
    qizdirish lozim. Tsementitlangan qatlam qalinligi NRC=38-62(HV=900); o‘zaginiki 
    HRC= 25-35. 
    Gaz vositasida tsementitlashda karbyurizator sifatida suyultirilgan tabiiy gaz 
    ishlatiladi. Suyuq uglevodorodlar ham ishlatiladi: kerosin, benzol. Bular germetik 
    yopilgan pechni ichki bo‘shlig‘iga tomchi-tomchi qilib yuboriladi. Qizigach bular 
    aktiv gaz muhitini hosil qiladi. Metan bor joyda asosiy xal qiluvchi reaktsiya 
    quyidagi: 
    СN
    4
    →2N
    2+
    С 
    Kam uglerodli po‘latni sementitlangan qatlamini strukturasi 
    rasm
    6.2 da 
    ko‘rsatilgan. 


    Rasm 
    Kam uglerodli po‘latni tsementitlangandan keyingi diffuzion 
    qatlam mikrostrukturasi. 1- evtektoiddan keyingi zona; 2- evtektoidli zona; 3- 
    evtektoidgacha zona. 
    Eng ustki qatlam evtektoiddan keyingi qatlam – zonada uglerod S>0,8% ko‘p 
    bo‘ladi va strukturasi perlit va ikkilamchi tsementitdan iborat qatlamni o‘rta qismi 
    evtektoid yig‘indisidan iborat, perlitdan tashkil topgan. Chuqurlashgan sari o‘zagiga 
    qarab, uglerod miqdori kamayadi, evtektoidgacha bo‘lgan po‘lat strukturasiga 
    o‘xshaydi: o‘zakka yaqinlashgan sari perlit miqdori kamayadi. 
    Tsementitlash davrida o‘zoq vaqt qizdirib turilgani uchun yirik donali 
    struktura hosil bo‘ladi. 
    1.Bir marta toblab, past temperaturada bo‘shatish. 


    Detalning sirtqi qatlami yirik ninasimon martensitdan iborat. Bo‘shatish bilan 
    ichki kuchlanish yuqoladi. 

    Download 0,64 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 0,64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 Bob Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash. Materiallar turi va ularni qo‘llash sohasi

    Download 0,64 Mb.
    Pdf ko'rish