С – kremniy,
X – xrom,
Ц – sirkoniy,
Ю –
alyuminiy,
Ч – siyrak-er metallari.
18X2Н4В 0,18% - С 2% - X
4% - Н
1% - В
Qurilishda ishlatiladigan kam legirlangan po‘latlar
Bularda uglerod 0,1-0,25% bo‘ladi. Bu po‘latlardan fermalar, kema korpuslari
armaturalar va h.k. lar quriladi. Kam uglerodli bo‘lgani uchun yaxshi payvandlanadi.
Bular temirbeton qovurg‘alari uchun, neft
mahsulotlari va gaz quvurlari, metall
chiviqlari ham yasaladi. Lekin, mashina detallari uchun onda-sonda ishlatiladi. Bu
po‘latlar Ст.1; Ст.2; ….. ; Ст.6 deb markalanadi. Bu po‘latlarning mustahkamligi
o.g.
= 240 Mpa ga teng.
Qurilishda ishlatiladigan po‘latlarga kam legirlangan po‘latlar: 14Г2; 17ГС;
14XГС; 15XСРД (Д-Cu). Stal 15XСНД qattiq sovuqda (-60
o
С) da ham ishlaveradi,
chunki Н + Д lar sovuqda ham mo‘rtlashmaydi. Bundan tashqari bular havoda
zanglamaslik qobiliyatini ham oshiradi.
Sementitlanadigan konstruktsion po‘latlar
Dinamik kuch ostida ishlaydigan va ustki yuzalari ishqalanib yeyiladigan
detallar kam uglerodli po‘latdan (C<0,2%) yasalib, sementitlanib, so‘ngra toblanadi
va past bo‘shatiladi. Bunda sirtqi qatlamlari yetarli qattiq bo‘ladi – HRC=60 (o‘zagi
qattiqligi esa – HRC = 20-40).
Agar legirlangan po‘latlar tsementitlanib, toblansa, o‘zagi ko‘shimcha
puxtalanadi. Qancha ko‘p legirlangan bo‘lsa, shuncha ko‘p puxtalanadi.
O‘zagining puxtalanish darajasiga qarab bu po‘latlar 3 gruppaga bo‘linadi.