• Qirquvchi asboblar materiallariga qo‘yilgan talablar. Quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi
  • Materiallar
  • 1 Bob Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash. Materiallar turi va ularni qo‘llash sohasi




    Download 0,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/23
    Sana10.02.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #154258
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
    Bog'liq
    Material science - lecture 4

     ASBOBSOZLIK MATERIALLARI 
    Asbobsozlik po‘latlari deganda, ko‘pincha, qirqib ishlash asboblari po‘latlari 
    tushuniladi. Vaxolanki, bu guruhga o‘lchov asboblari va shtamplar uchun 
    ishlatiladigan po‘latlar ham kiradi. Bu po‘latlar o‘ziga xos og‘ir sharoitda ishlaydi. 
    Ayniqsa metall qirquvchi keskich materiallari katta bosim ostida, yuqori haroratda, 
    har xil tashqi muhit ta’sirida, shiddat bilan ishqalanib yeyilish sharoitida ishlaydi. 
    Tez kesar po‘latdan yasalgan tokarlik keskichini bir turg‘unlik davrida (bir charxlash 
    bilan ikkinchi charxlash orasidagi vaqt) keskich oldingi yuzasidan 8 km uzunlikdagi 
    qirindi sirpanib o‘tadi. Shtamplar bundan og‘ir sharoitda ishlaydi. 
     Qirquvchi asboblar materiallariga qo‘yilgan talablar. 
    Quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi 
    1. Etarli darajadagi yuqori qattiqlik. Bu qattiqlik ishlanayotgan material 
    qattiqligidan ancha katta bo‘lishi lozim. 
    2. Kesuvchi asbobni qirqish tig‘i mustahkam bo‘lishi kerak. Keskichni oldingi 
    yuzasiga katta bosim ta’sir qiladi, bir necha yuz kilogrammdan bir necha 
    tonnagacha. Bu bosim qirqish tig‘ini uchiga to‘g‘ri keladi. Yana qizig‘i shundaki, 
    bu bosim vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan chunki qiytim qatlami har xilligi hisobiga 
    kuch ham o‘zgarib turadi. 
    3. Ishqalanib yeyilishga katta chidamlilik. Keskich oldingi yuzasidan qirindi 
    rotorli ekskovatori tishlari kabi tirnab o‘tib yuzaga ishqalanib yeyiladi. Bular 
    hammasi yuqori harorat ostida o‘tadi. 


    4. Issiqqa bardosh bo‘lishi lozim. Qirqish jarayonida ko‘p va katta issiq 
    chiqadi. Uglerodli asbobsozlik po‘latlarni issiqqa bardoshligi 200-250ºС. Umuman 
    olganda, po‘latni issiqqa bardoshliligi deb, uni qaysi haroratgacha qizdirilganda 
    o‘zini mexanik xossalarini saqlab turish qobiliyatiga aytiladi. Tez kesar po‘latlari 
    uchun u 600ºС ga, qattiq qotishmalar uchun 800-900-1000ºС ga teng. 
    5. Keskich materiali ishlanayotgan material bilan bir-biriga yopishqoqligi iloji 
    boricha kam bo‘lishi lozim. Yopishgan hajm o‘zidan keyingi kelayotgan oqim bilan 
    o‘pirib olib ketadi-yulib oladi. 
    6. Iloji boricha keskich materialini issiqlik o‘tkazish qobiliyati yuqori bo‘lishi 
    kerak. Keskich cho‘qqisidagi issiqlik to‘planib qolsa, cho‘qqi o‘ta qizib qirqish 
    qobiliyatini yo‘qotadi. (Ariqdagi suv toshgan kabi) 
    Materiallar 
    1.Uglerodli asbobsozlik po‘latlari. 
    2.Legirlangan asbobsozlik po‘latlari. 
    3.Tezkesar po‘latlar. 
    4. Qattiq qotishmalar. 
    5.Mineralo-keramik materiallar. 
    6.Olmoslar. 
    7.Jivirlovchi-abraziv materiallar. 

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




    Download 0,64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 Bob Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash. Materiallar turi va ularni qo‘llash sohasi

    Download 0,64 Mb.
    Pdf ko'rish