Qiziydigan shtamplar po‘latlari Bu po‘latlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: olovbardoshlik, issiqbardoshlik,
chuqur toblanuvchanlik, qovushoqlik, bo‘shatish jarayonida iloji boricha kam
mo‘rtlashuvchanlik, yopishmaslik va h.k.
Nisbatan yengil sharoitda (kichik bosim) ishlaydigan shtamplar У7A, У8A,
У9A po‘latlaridan yasaladi. Og‘irroq sharoitda ishlaydigan legirlangan po‘latlar
5XНM, 5XГM, 5XНT, 5XНСВ dan yasaladi.
Qattiq qotishmalar Qattiq qotishmalar asbobsozlik materiallari turkumiga kiradi. Metallar
keramikasidan tashkil topganligi sababli metallokeramik qattiq qotishma deb
ataladi. Gali kelganda bu kompozitsion materialdir.
Qattiq qotishmalar ko‘p tarqalgan asbobsozlik materialidir. Ular kukun
metallurgiyasi asosida olinadi. Tashkil etuvchilarni maydalab kukun holiga keltirilib
aralashtiriladi. Masalan, ВK6 markali qotishma uchun WC=94% va Co=6% hajmida
har ikki tashkil etuvchi kukunlari tayyorlanadi. Olingan massani kerakli forma va
o‘lchamli qolipga (shtampga) solib bosim bilan presslanadi va lozim o‘lchamli
plastinkalar olinadi. Plastinkalar grafitli trubkali yoki yuqori chastotali vakuum
pechlariga joylashtirilib tok o‘tkaziladi. (G=1500A).
Yuqori harorat ta’sirida karbidlar (masalan WC) zarrachalari kobolьt
zarrachalari bilan birikadi yopishadi. Bu yerda kobolьt zarrachalari bog‘lovchi
vazifasini o‘taydi. Natijada o‘ta yuqori qattiq massa hosil bo‘ladi. Qattiq sinchlari
zich vol’from va titan karbidlari kristallaridan iborat bo‘lib uyushoq modda-
karbidlarni kobolьtdagi qattiq eritmasi bilan bog‘langan bo‘ladi. Qattiq qotishmalar
asosan ikki gruppadan iborat: 1-bir karbidli – vol’from karbidli - VK va 2- ikki
karbidli vol’from va titan karbidli - TK. Lekin uch va undan ko‘p karbidli qattiq
qotishmalar ham bor - TTK.
Albatta TK gruppasi VK ga nisbatan ancha qattiq issiqqa bardoshliligi yuqori.
Lekin VK guruhi mustahkamroq va zarbiy qovushqoqligi yuqoriroq.
VK gruppasi issiqqa bardoshligi 800ºS bo‘lsa, TK gruppasiniki 900-1000ºS
ga yetadi.
Eng ko‘p tarqalgan qattiq qotishmalar kimyoviy tarkibi va xossalari
quyidagicha: (ГОСТ 3882-74)