• Nikel va uning asosidagi qotishmalar
  • Dvigatel detallari
  • Reaktiv turbina detallari
  • 1 Bob Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash. Materiallar turi va ularni qo‘llash sohasi




    Download 0,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/23
    Sana10.02.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #154258
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
    Bog'liq
    Material science - lecture 4

    Issiqbardosh po‘latlar turlari 
    Perlitli, martensitli va austentli issiqbardosh po‘latlar 450-700ºС da ko‘p 
    ishlatiladi. Nikelli va kobalьtli issiqbardosh po‘latlar 700-1000ºС da 
    ishlatiladi.1000ºС dan yuqori haroratda issiqbardosh po‘lati sifatida qiyin eriydigan 
    metalla rva ularning qotishmalari ishlatiladi. 
    Nikel va uning asosidagi qotishmalar 
    Hozirgi zamon uchish apparatlari detallari materiallari og‘ir sharoitda 
    ishlaydilar, ham shu bilan birga murakkab maxsus talablarga javob berish kerak. 
    Gaz turbinli dvigatel detallari yuqori haroratda ishlaydi, kuchli mexanikaviy 
    kuchlanishda bo‘ladi, gazoviy korroziyada, vibratsiyada, kichkina tsiklli 
    charchashda bo‘linadi. 
    Bularning eng asosiysi ish haroratidir. 
    Dvigatel detallari quyidagi talablarga javob berishi kerak: katta aerodinamik 
    kuchlanishga chidash; yuqori mustahkamlik; markazdan kochma kuchga chidash; 
    koliplanuvchanlik ("formuemostь") va payvandlanuvchanlik; termik charchashga 
    qarshilik; issiqka bardoshlik 1100°S-gacha. 
    Reaktiv turbina detallariga kuyilgan talablar ham yuqoridagilar. Lekin, 
    qo‘shimcha talablar ham qo‘yiladi: gaz muhitida ham issiqqa bardoshlik; 1100°S-
    dan yuqorida ham issiqqa bardoshlik; materiallari turgun mikrostrukturaga ega 
    bo‘lishi kerak, chunki, uzoq vaqt uz xossalarini saqlab turish kerak. 
    Tovushdan tez uchadigan uchish apparatlarini yaratish uchun 1800°S-da 
    ishlaydigan materiallar kerak. 
    Hozirgi vaqtda yangi metall qotishmalar; ularni ishlab chiqarish usullari; 
    polimer; kompazitsion va keramik materiallar yaratilmokda.
    Keramik kompazitsion materillar alohida ahamiyatga ega. Ular kichkina 
    colishtirma og‘irlikka va yuqori olovbardoshlikka ega. Keramik materiallarining 
    qo‘llanilishi reaktiv dvigatellarning ishlash haroratini 1000°S-dan 1500°S-gacha 
    ko‘tarish imkonini beradi. Keramik materialarning asosiy kamchiligi - ularning 
    yuqori tannarxi va past ishonchliligidir (nadyojnostь). Chunki, unda darzlarning tez 
    tarqalishidir. Keramik materiallarning kritik nuqson o‘lchami <100 mkm, bu 
    kattaligi metall qotishmalarda 1mm-gacha yetadi. 
    Borgan sari kompazitsion materiallar ko‘p va keng qo‘llanilyapti. Gap 
    shundaki, ularning nisbiy bikirlik va nisbiy puxtaliklari, charchash puxtaligi 
    ("ustalostnaya prochnosь"), zarbiy qovushqoqligi va issiqda turgunligi an’anaviy 
    materiallarnikidan ustun turadi. Kompazitsion materiallarning qo‘llanilishi uchish 
    apparati massasini kamaytiradi, foydali yukni ko‘paytiradi, uchish tezligini va 
    uzoqligini oshiradi. 
    Kukun qotishmalarni ishlab chiqarish - bu tez rivojlanayotgan texnologiyadir. 
    Ayniqsa, disk ishlab chiqarishda. Bu usul, qo‘llanilayotgan-kuyib mexanik ishlash 


    usuliga nisbatan xom-ashyo materialini 40%-gacha tejaydi. 

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




    Download 0,64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 Bob Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash. Materiallar turi va ularni qo‘llash sohasi

    Download 0,64 Mb.
    Pdf ko'rish