|
1 Bob Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash. Materiallar turi va ularni qo‘llash sohasiBog'liq Material science - lecture 44. Xrom-volfromli po‘latlar: XВ5: tarkibi С=1,25-1,5%; Cr=0,4-0,7%;
W=4,5-5,5%; Juda qattiq. NRC=70 toblangandan so‘ng. Yuqori ishqalanib
yeyilishga chidamli-turg‘un. Bu po‘latlardan tokarlik va randalash keskichlari,
frezalar, maxsus keskichlar yasaladi.
5. Xrom-kremniyli po‘latlar: 9XС, 9X; 9XС ni kimyoviy tarkibi: С=0,9%;
Cr=1%, Si=1,4%. Kremniy po‘latni toblanishlik qobiliyatini oshiradi; ishqalanib
yeyilishga turg‘unliligini-chidamliligini, uyushqoqligini oshiradi. Metchiklar,
parmalar, plashkalar, frezalar yasaladi.
6. Yuqori xromli po‘latlar: X12; X12M. tarkibi: С=1,45-2,3%; Cr=11-13%;
Mn=0,5-0,8%; HRC=62-65% toblangandan so‘ng. Bu po‘latdan frezalar,
razvyortkalar, parmalar, protyajkalar yasaladi.
Tezkesar po‘latlar
Tezkesar po‘latdan yasalgan keskichlar kesish tezligi yuqori ,kesish
chuqurligi katta, demak yuqori haroratda ishlaydilar. Uglerodli asbobsozlik
po‘latlari 200ºС ga qiziganda uning qattiqligi tez pasayadi (keskich o‘tirib qoladi),
tezkesar po‘lati 600ºС da ham yumshamay qirqish qobiliyatini saqlab qoladi.
Shtamp po‘latlari
Metall va qotishmalarni bosim ishlashda foydalaniladigan asboblarni
(puanson, rolik, shtamp va h.k.) yasash uchun qo‘llaniladigan po‘latlarga shtamp
po‘latlari deyiladi. Metall va qotishmalarni qizdirib bosim bilan ishlaydigan
asboblar va soviqlayin-qizdirmasdan bosim bilan ishlaydigan asboblar bor. Shu
nuqtai nazardan qiziydigan, qizimaydigan shtamplar mavjud.
Qizimaydigan shtamp po‘latlari
Qattiqligi HRC=60-62 bo‘ladi. Uglerodi 1% dan kam bo‘lmagan po‘latlardan
(С10A, С11A, С12A) yasaladi. Ushbu po‘latlarning toblanish chuqurligi kichkina
bo‘lgani uchun nisbatan yengil sharoitda ishlaydigan, oddiy shaklli mayda detall
shtamplarini yasash uchun ishlatiladi. Murakkab formali, og‘ir detallar shtamplari,
qaysiki, og‘ir sharoitda ishlaydi, toblanish chuqurligi katta bo‘lgan legirlangan
po‘latlardan yasaladi.
Shtamplar po‘latlarining eng ko‘p ishlatiladigani quyidagilar: 4XС, 6XС,
4XВ2С, 6XВ2С.
Qizimaydigan bosim ostida ishlaydigan asboblarga kiryalar (fil’eralar) ham
kiradi. Kirya – fil’era ko‘zlari sim tortilishi natijasida yeyiladi va qiziydi. Shuning
uchun ular yeyilishga va issiqqa chidamli xromli legirlangan po‘latlardan yasaladi.
X12, X12M, X12Ф1, X6ВФ.
|
| |