• O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Metod
  • Maqsadlar: Talimiy
  • Rivojlantiruvchi
  • Fanga oid kompetensiyalar
  • Dars jarayoni va texnologiyasi Dars bosqichi
  • Fan: Matematika Sinf:_______________Sana: _______________________
  • Fan: Matematika Sinf:_______________Sana




    Download 0.85 Mb.
    bet2/50
    Sana01.01.2020
    Hajmi0.85 Mb.
    #7690
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50

    Fan: Matematika Sinf:_______________Sana: _______________________

    Mavzu: Ustida, ostida, chapdan o`ngda, oldin, keyin, orasida, yonida



    Texnologik xarita




    O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

    Metod: suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “To’g’risini tez top”

    Shakl: jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.

    Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.multmediya darslari

    Nazorat: Og'zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o'z-o'zini nazorat qilish.

    Baholash: O'quvchilar bilimi 5 ballik reyting tizimida baholanadi.




    Maqsadlar:

    Ta'limiy: berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi;

    Tarbiyaviy: O'quvchilarning matematikaga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularda bu fan orqali atrofdagi har birnarsani qadrlash, unga mehr bilan yondoshish hamda darsda ahillik, birodarlik bilan ishlash kabi xislatlarni tarbiyalash.

    Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

    Tayanch kompetensiyalar:

    Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.



    Fanga oid kompetensiyalar:

    O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;



    Dars jarayoni va texnologiyasi

    Dars bosqichi

    Bajariladigan ish mazmuni

    Metod

    Vaqt

    1-bosqich. Tashkiliy qism

    O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

    Savol-javob

    2 minut

    2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

    o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

    Suhbat

    3 minut

    3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

    Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

    Dam olish daqiqasini o'tkazish



    Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

    20 minut

    4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

    Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

    O'yin

    15 minut

    5-bosqich. Baholash

    Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




    3 minut

    6-bosqich. Uygavazifa

    Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

    Tushunti­rish

    2 minut

    Darsning maqsadi.:

    1)O`quvchilarga Ustida, ostida, chapdan o`ngda, oldin, keyin, orasida, yonida kabi tushunchalarni o`rgatish.

    2) O`quvchilarning ekologik madaniyatini oshirisjga harakat qilaish.

    3) O‘quvchilarning o`ng, chap, ustida va osida kabi tushunchalarni taqqoslashga oid malakalarini mustahkamlash.

    Dars turi: Yangi bilim beruvchi

    Dars metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish.

    Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.

    Darsning borishi:

    I.Tashkiliy qism:

    Darsning maqsadini aytish.

    II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

    Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi. Chiziq ichida yozish, nuqtalarni biriktirish, chiziqlarni to`g`ri chizishga o`rgatish, bilimlarini mustahkamlanadi..

    III.Yangi mavzu bayoni:

    So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan yoritiladi . O`quvchilar diqqati partaga qaratiladi. Parta ustida nimalar bor? (kitob, daftar, ruchka va h.z.)

    Partaning ostida nimalar bor? ( sumka, pol)

    Shu tariq amisollare bilan ustida, ostida tushunchalari yoritiladi.Keyin o`qituvchi o`quvchilardan qaysi o`ng qo`l, qaysi chap qo`l ekanligi so`raladi. O`quvchilar o`ng va chap qo`llarini ko`taradilar.

    Har bir o`quvchidan yonidagi do`stlari so`raladi. O`quvchilar o`ng tomonida kim, chap tomonida kim o`tirganini aytadilar.Oldin kim o`tirganini, keyin kim o`tirgani va ular orasida kim borligi so`raladi. O`quvchilar nomma-nom atroflarini kuzatadilar va do`stlarining nomlarini aytadilar.

    Shuningdek o`qituvchi turli xil doiralarni birin ketin taxlaydi. ( Uchburchak, to`rtburchak va goira). So`ng o`quvchilar bilan savl-javoblar o`tkaziladi.


    1. To`rtburchakdan avval qaysi shakl kelgan? ( uchburchak)

    2. To`rtburchakdan keyin qaysi shakl keladi? ( doira)

    3. Uchburchak va doiraning orasida qanday shakl keladi? ( to`rtburchak)

    O`quvchilardan rangli qalamlarini olib o`ng qo`llariga qizil, chap qo`llariga yashil rangli qalamlarini olishlarini aytadilar. O`quvchilar topshiriqlarni bajaradilar. Adashgan o`quvchilarga yana bir bor o`yin qoidasi tushuntirib beriladi.

    So`ng yuiqorida nimalarni ko`rayotganliklari so`raladi. O`quvchilar yuqoriga qaraydilar va lampani, shiftni ko`rsatadilar. Yuqorida turgan gullarni ko`rsatadilar.

    So`ng o`qituvchi suvlar doimo yuqoridan pastga qarab oqishi, samolyotlar pastdan yuqoriga ko`tarilishi haqida tushuntiriladi.

    O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.



    !IV. Mustahkamlash.

    Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 6-sahifasida ko`rsatilgan rasmlar asosida o`quvchilar kichik hikoya tuzadilar. Hikoyadagi har bir bolaga ism qoyiladi va harakatlariga qarab ularning nima qilayotganligini aytib bearadilar. Shuningdek o`quvchilarga atrof-muhitni ozoda saqlanishi, har bir o`ingohlarda arg`imchoq va shunga o`xshash narsalarga ziyon yetkazmaslik lozimligi ta`kidlanadi.

    Shuningdek o`quvchilar bilan matematika daftarida berilgan topshiriqlar bilan ham ishlar oilb boriladi.

    V. O`quvchilarni baholash.

    Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
    VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

    Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.

    Dars yakunlandi.

    “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

    5-dars

    Fan: Matematika Sinf:_______________Sana: _______________________

    Mavzu: Chapdan o`ngroqqa, o`ngdan chapga, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga



    Texnologik xarita




    O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

    Metod: suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “To’g’risini tez top”

    Shakl: jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.

    Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.multmediya darslari

    Nazorat: Og'zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o'z-o'zini nazorat qilish.

    Baholash: O'quvchilar bilimi 5 ballik reyting tizimida baholanadi.




    Maqsadlar:

    Ta'limiy: berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi;

    Tarbiyaviy: O'quvchilarning matematikaga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularda bu fan orqali atrofdagi har birnarsani qadrlash, unga mehr bilan yondoshish hamda darsda ahillik, birodarlik bilan ishlash kabi xislatlarni tarbiyalash.

    Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

    Tayanch kompetensiyalar:

    Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.



    Fanga oid kompetensiyalar:

    O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;



    Dars jarayoni va texnologiyasi

    Dars bosqichi

    Bajariladigan ish mazmuni

    Metod

    Vaqt

    1-bosqich. Tashkiliy qism

    O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

    Savol-javob

    2 minut

    2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

    o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

    Suhbat

    3 minut

    3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

    Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

    Dam olish daqiqasini o'tkazish



    Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

    20 minut

    4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

    Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

    O'yin

    15 minut

    5-bosqich. Baholash

    Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




    3 minut

    6-bosqich. Uygavazifa

    Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

    Tushunti­rish

    2 minut

    Darsning maqsadi.:

    1)O`quvchilarga chap, o`ng tomonlarni, past va yuqori kabi tushunchalarni o`rgatish.

    2) O`quvchilarning ekologik madaniyatini oshirisjga harakat qilaish.

    3) O‘quvchilarning o`ng, chap, yuqori va past kabi tushunchalarni taqqoslashga oid malakalarini mustahkamlash.

    Dars turi: Yangi bilim beruvchi

    Dars metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish.

    Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.

    Darsning borishi:

    I.Tashkiliy qism:

    Salomlashish;

    Davomatni tekshirish

    Darsning maqsadini aytish.
    II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

    Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi. Chiziq ichida yozish, nuqtalarni biriktirish, chiziqlarni to`g`ri chizishga o`rgatish, bilimlarini mustahkamlsh.

    Bu jarayon vaqtida o`quvchilarga kichik qog`ozchalar tarqatiladi. Qog`ozchalar ichiga turli xil masofa va kenglikdagi nuqtalar beriladi. O`quvchilar o`z tasavvurlariga qarab bu nuqtalarni tekis va tartib bilan biriktiradilar va turli xil rasmlar hosil qiladilar. O`quvchilar ishlari tekshiriladi va rag`batlantiriladi.


    . . . ..

    . . . . .

    . . . .


    . . . ..

    . . . . .

    . . . .

    III.Yangi mavzu bayoni:

    So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan yoritiladi . Avval o`qituvchi o`quvchilardan qaysi o`ng qo`l, qaysi chap qo`l ekanligi so`raladi. O`quvchilar o`ng va chap qo`llarini ko`taradilar.

    Har bir o`quvchidan yonidagi do`stlari so`raladi. O`quvchilar o`ng tomonida kim, chap tomonida kim o`tirganini aytadilar.

    O`quvchilardan rangli qalamlarini olib o`ng qo`llariga qizil, chap qo`llariga yashil rangli qalamlarini olishlarini aytadilar. O`quvchilar topshiriqlarni bajaradilar. Adashgan o`quvchilarga yana bir bor o`yin qoidasi tushuntirib beriladi.

    So`ng yuiqorida nimalarni ko`rayotganliklari so`raladi. O`quvchilar yuqoriga qaraydilar va lampani, shiftni ko`rsatadilar. Yuqorida turgan gullarni ko`rsatadilar.

    Pastda nima turganligini so`raymiz. O`quvchilar pastda polni, stol va stullarning oyoqlarini ko`rayotganliklarini aytishadi.

    So`ng o`qituvchi suvlar doimo yuqoridan pastga qarab oqishi, samolyotlar pastdan yuqoriga ko`tarilishi haqida tushuntiriladi.

    O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

    Ikki bizga do`st emas,

    Uchni yomon ko`ramiz.

    To`rt bo`lsa ham mayliga,

    Beshdir bizning do`stimiz!

    IV. Mustahkamlash.

    Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 7-sahifasida ko`rsatilgan rasmlar asosida o`quvchilar kichik hikoya tuzadilar. Hikoyadagi har bir bolaga ism qoyiladi va harakatlariga qarab ularning nima qilayotganligini aytib bearadilar. Shuningdek o`quvchilarga atrof-muhitni ozoda saqlanishi, har bir o`ingohlarda arg`imchoq va shunga o`xshash narsalarga ziyon yetkazmaslik lozimligi ta`kidlanadi.

    Temur, Malik, Samad birgalikda sirpanchiq uchishmoqda. Malik va Samad yuqoridan pastga sirpanmoqda. Temur esa sirpanish uchun pastdan yuqoriga chiqmoqda.

    Muattar va Bekzod sinfdosh. Ular darsdan so`ng uylari yonidagi arg`imchoqda maza qilib uchishadi. Bekzod Muattarning o`ng tomonidagi arg`imchoqda, Muattar es aBekzodninf chap tarafidagi arg`imchoqda uchishmoqda.

    Shuningdek o`quvchilar bilan matematika daftarida berilgan topshiriqlar bilan ham ishlar oilb boriladi.

    V. O`quvchilarni baholash.

    Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.


    VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

    Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.

    Dars yakunlandi.

    “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________


    6-dars


    Fan: Matematika Sinf:_______________Sana: _______________________

    Mavzu: Ko`p, kam, shuncha, ...ta ortiq (kam)



    Texnologik xarita




    O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

    Metod: suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “To’g’risini tez top”

    Shakl: jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.

    Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.multmediya darslari

    Nazorat: Og'zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o'z-o'zini nazorat qilish.

    Baholash: O'quvchilar bilimi 5 ballik reyting tizimida baholanadi.




    Maqsadlar:

    Ta'limiy: berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi;

    Tarbiyaviy: O'quvchilarning matematikaga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularda bu fan orqali atrofdagi har birnarsani qadrlash, unga mehr bilan yondoshish hamda darsda ahillik, birodarlik bilan ishlash kabi xislatlarni tarbiyalash.

    Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

    Tayanch kompetensiyalar:

    Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.



    Fanga oid kompetensiyalar:

    O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;



    Dars jarayoni va texnologiyasi

    Dars bosqichi

    Bajariladigan ish mazmuni

    Metod

    Vaqt

    1-bosqich. Tashkiliy qism

    O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

    Savol-javob

    2 minut

    2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

    o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

    Suhbat

    3 minut

    3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

    Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

    Dam olish daqiqasini o'tkazish



    Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

    20 minut

    4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

    Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

    O'yin

    15 minut

    5-bosqich. Baholash

    Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




    3 minut

    6-bosqich. Uygavazifa

    Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

    Tushunti­rish

    2 minut

    Darsning maqsadi.:

    1)O`quvchilarga ko`p, kam, shuncha,...ta ortiq (kam) kabi tushunchalarni o`rgatish.

    2) O`quvchilarning ekologik madaniyatini oshirisjga harakat qilaish.

    3) O‘quvchilarning ko`p, kam, shuncha ,...ta ortiq (kam) kabi tushunchalarni taqqoslashga oid malakalarini mustahkamlash.

    Dars turi: Aralash

    Dars metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish.

    Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.

    Darsning borishi:

    I.Tashkiliy qism:

    Salomlashish;

    Davomatni tekshirish

    Darsning maqsamkdini aytish.

    II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

    Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi. Kataklar bo`ylab, katak ichida yozish ko`mikmalari mustahkamlanadi.

    III.Yangi mavzu bayoni:

    So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan yoritiladi . O`quvchilarga turli xil shablonlar ko`rsatiladi. Bu shablonlar miqdori jihatidan turli xil. Sabzi(2) va pomidor(4) shablonlari ko`rsatiladi . O`quvchilarga qaysi biri ko`p degan savol bilan murojaat qilinadi. O`quvchilar pomidorlar ko`pligini aytishadi.

    Shakllar uchburchak (3ta) va kvadratlar ( 5ta) ko`rsatiladi. Qaysi biri kam degan savollar beriladi. O`quvchilar uchburchaklar kamligini aytadilar.

    So`ng o`qituvchi tomonidan kitoblar (2ta) ba daftarlar (2ta) ko`rsatiladi. Qaysi biri ko`p yoki kam dehan savol bilan murojaat qilinadi. O`quvchilar kitoblar qancha bo`lsa, daftarlar ham shuncha degan javobni beradilar.

    Har bir berilgan javoblar o`qituvchi tomonidan tahlil qilinadi va mustahkamlanadi.

    So`ng guldonlardagi gullar bilan koptoklar ko`rsatiladi. O`quvchilar gullar koptoklardan 3 ta o`rtiq ekanligi amaliy tarzda ko`rsatib, tushuntirib beradilar. Ya`ni ortib qolgan gullar ko`plik ma`nosini anglatishi tushuntiriladi.

    So`ng likopchada olma va shaftolilar solingani ko`rsatiladi. Olmalar va shaftolilar soni sanaladi, taqqoslanadi. Saftolillar olmalardan 1 ta kamligi aniqlanadi. “Ta kam” tushunchasi yoritiladi.

    O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

    O`ng qo`limda 5 barmoq,

    Chap qo`limda 5 barmoq.

    Ikkalasi 10 barmoq,

    Ikkalasi do`st barmoq.

    IV. Mustahkamlash.

    Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 8-sahifasida ko`rsatilgan rasmlar asosida o`quvchilar kichik hikoya tuzadilar. Hikoyadagi har bir rasm tahlil qilinadi, izohlanadi, ko`p, kamligi,... ta ortiq, ...ta kamligi aytib o`tiladi.

    Kitoblar (5 ta), rasm daftarlar (2ta). Kitoblar rasm daftarlaridan ko`p.

    Sahnada 3 ta qiz bola, 1 ta o`g`il bola raqs namoyish etishmoqda. Og`il bolalar qiz bolalardan kam.

    Atirgullar 5 ta, gulsafsarlar 5 ta. Ikkalasi teng, yoki atirgullar qancha bo`lsa, gulsafsarlar shuncha.

    Olxo`rilar olmalardan 1 ta ortiq, sabzilar bodringdan 1 ta ko`p, bodring kartoshkadan 1 ta kam.

    Shuningdek o`quvchilar bilan matematika daftarida berilgan topshiriqlar bilan ham ishlar oilb boriladi. O`quvchilarga >, <, = belgilarining yozilishi ko`rsatiladi va yozdiriladi.

    V. O`quvchilarni baholash.

    Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

    VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

    Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.

    Dars yakunlandi.

    “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

    7-dars



    Download 0.85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




    Download 0.85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan: Matematika Sinf:_______________Sana

    Download 0.85 Mb.