Fan: Matematika Sinf:_______________Sana: _______________________
Mavzu: Narsalarning sanog`i
Texnologik xarita
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod: suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “To’g’risini tez top”
Shakl: jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.multmediya darslari
Nazorat: Og'zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o'z-o'zini nazorat qilish.
Baholash: O'quvchilar bilimi 5 ballik reyting tizimida baholanadi.
|
|
Maqsadlar:
Ta'limiy: berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi;
Tarbiyaviy: O'quvchilarning matematikaga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularda bu fan orqali atrofdagi har birnarsani qadrlash, unga mehr bilan yondoshish hamda darsda ahillik, birodarlik bilan ishlash kabi xislatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar:
O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
|
Dars jarayoni va texnologiyasi
|
Dars bosqichi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich. Tashkiliy qism
|
O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
|
Savol-javob
|
2 minut
|
2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash
|
o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.
|
Suhbat
|
3 minut
|
3-bosqich. Yangi mavzu bayoni
|
Mavzuga oid matematik amallarni bajarish
Dam olish daqiqasini o'tkazish
|
Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish
|
20 minut
|
4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash
|
O'yin
|
15 minut
|
5-bosqich. Baholash
|
Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.
|
|
3 minut
|
6-bosqich. Uygavazifa
|
Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.
|
Tushuntirish
|
2 minut
|
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga narsalar, tovushlar harakatlarini sanashga, ularning ketma-ketligini to`g`ri aniqlashga o`rgatish.
2) O`quvchilarni tabiatga ongli munosabatda bo`lishga chaqirish
3) O‘quvchilarga turmushda narsa-buyumlardan to`g`ri foydalanishda hayotiy ko`nikmalarini shakllantirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash
O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.
Bundan tashqari “Ko`zlar uxlayapti, qo`llar ishlayapti” o`yini o`ynatiladi. O`qituvchi turli xil predmaetlarni ko`rsatadi. O`quvchilar uning uzun-qisqaligi, katta-kichikligini eslab qoladilar. So`ng barchasi xaltachaga solinadi. O`quvchilar ko`zlari yumuq holda xaltachadan tanlab olingan predmetlarni aytib o`tadi.
III.Yangi mavzu bayoni:
So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi. Ekranda yoki rasmlar orqali predmetlar navbat bilan ko`rsatiladi. O`quvchilar predmetlar nomini aytadilar va sanaydilar: bitta koptok, ikkita quyon, uchta choynak, to`rtta anor, beshta nok, oltita olma, yettita jo`ja, sakkizta o`rdak, to`qqizta qo`ng`iz, o`nta kubik kabi. Ularning ketma-ketligini aniqlash uchun “Quyondan avval nima turibdi? Undan keyinchi? Jo`ja nechanchi o`rinda turibdi? ” kabi savollar beriladi. Berilgan predmetlarning rangi ham o`quvchilar bilan birgalikda savol-javob qilinadi.Shu o`rinda kop`tokdan qanday maqsadda foydalaniladi, mevalarning inson hayotidagi o`rni haqida suhbat o`tkazish maqsadga muvofiq. Quyon qanday hayvon ekanligi, jo`ja va o`rdak nimasi bilan o`xshashligi so`raladi.
O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.
Kulrang g`ozlar uchdilar,
Ko`lmakchaga qo`ndilar.
U yon-bu yon qarashib,
Yana uchib ketdilar.1,2,3...
IV. Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 12-sahifasida ko`rsatilgan geometrik shakllar o`quvchilarga tanishtiriladi.Geometrik shakllardan narsalar yasab ko`rsatiladi va ranglari aniqlanadi.
“Nima o`zgardi?” o`yini ham o`tkaziladi.
Har xil rangdagi, kattaligi har xil bo`lgan meva va shakllarning rasmi stol ustiga qo`yiladi. Dastlab o`yinni o`quvchilarning qobiliyatiga qarab o`tkazish mumkin. O`quvchi teskari qarab turadi. O`qituvchi stoldagi predmetlarning birortasini oladi yoki urgan o`rnini o`zgartiradi. O`quvchi nima o`zgarganini topishi kerak bo`ladi. O`yin shu tariqa davom ettiriladi.
So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________
11-dars
Fan: Matematika Sinf:_______________Sana: _______________________
Mavzu: 1 soni bilan tanishtirish
Texnologik xarita
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod: suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “To’g’risini tez top”
Shakl: jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.multmediya darslari
Nazorat: Og'zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o'z-o'zini nazorat qilish.
Baholash: O'quvchilar bilimi 5 ballik reyting tizimida baholanadi.
|
|
Maqsadlar:
Ta'limiy: berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi;
Tarbiyaviy: O'quvchilarning matematikaga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularda bu fan orqali atrofdagi har birnarsani qadrlash, unga mehr bilan yondoshish hamda darsda ahillik, birodarlik bilan ishlash kabi xislatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar:
O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
|
Dars jarayoni va texnologiyasi
|
Dars bosqichi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich. Tashkiliy qism
|
O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
|
Savol-javob
|
2 minut
|
2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash
|
o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.
|
Suhbat
|
3 minut
|
3-bosqich. Yangi mavzu bayoni
|
Mavzuga oid matematik amallarni bajarish
Dam olish daqiqasini o'tkazish
|
Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish
|
20 minut
|
4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash
|
O'yin
|
15 minut
|
5-bosqich. Baholash
|
Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.
|
|
3 minut
|
6-bosqich. Uygavazifa
|
Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.
|
Tushuntirish
|
2 minut
|
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga 1 raqami va 1 soni bilan tanishtirish, 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligida narsalarni sanashni o`rgatish.
2) O`quvchilarda odob-axloq madaniyatini shakllantirish, sotuvchi va oluvchi o`rtasidagi muomala madaniyatini tushuntirish, tabiatni sevishga o`rgatish.
3) O‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini, tafakkurini o`stirish, sezgilarini rivojlantirish.
Dars turi:Aralash.
Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. AKT
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash
O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.
Bundan tashqari “Xaltachada nima yashiringan?” o`yini o`ynatiladi. O`qituvchi o`quvchilarga katta yoki kichik kubiklarni, katta yoki kichik koptokchani olib ber deb murojat qiladi. O`quvchilar xaltachadan shu narsalarni qo`l ezgilari orqali topib olib beradilar.Barchasi stol ustiga qo`yiladi va taqqoslanadi, ranglari aytib o`tiladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi. Ekranda yoki rasmlar orqali o`quvchilar diqqati 13-betdagi rasmga qaratiladi.
O`yinchoqlar do`konida nimalar bor?
Siz koproq qaysi o`yinchoqni yaxshi ko`rasiz?
O`yinchoqlar do`konida kimlarni va qanday o`yinchoqlarni ko`ryapsiz?
Do`konda kim, nimalar sotib olayotgani haqida gapirib bering.
Koptoklar nechta? Ayiqlarchi?
Do`kondan yana nimalar sotib olish mumkin?
Shu o`rinda jamoat joyda o`zini tutish, muomala madaniyati, sotuvchi va xaridor haqida tushuncha berib o`tildi.
So`ng o`qituvchi tomonidan 1 soni ko`rsatiladi.
Bir degan sanoq sonman,
Sanash uchun osonman.
Bitta yurak, bitta bosh,
Bitta oy-u, bir quyosh.
Har bir predmetning rasmi ko`rsatiladi va 1 soni bilan tanishtiriladi. 1 sonining yozilishi ko`rsatiladi.
2-misol og`zaki bajariladi. O`quvchilar o`yinchoqlarning nomini va nechtadan ekanligini aytib o`tishlari kerak. ( bitta raketa, bitta aiyiqcha, bitta toychoq, bitta traktor)
O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.
IV. Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi3 misol bajariladi.Rasmga qarab o`quvchilar uy hayvonlaridan bitta sigir, bitta qo`y, bitta echki, bitta it, bitta mushuk borligini aytib beardilar. Shu o`rinda hayvonlarga yaxshi munosabatda bo`lish kerakligi. Ular ham tabiatning bir bo`lagi ekanligi aytib o`tiladi.
4-misol og`zaki. Berilgan geometrik shakllarning nomi, rangi, o`rni so`raladi.

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________
12-dars
Fan: Matematika Sinf:_______________Sana: _______________________
Mavzu: 2 soni bilan tanishtirish
Texnologik xarita
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod: suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “To’g’risini tez top”
Shakl: jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.multmediya darslari
Nazorat: Og'zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o'z-o'zini nazorat qilish.
Baholash: O'quvchilar bilimi 5 ballik reyting tizimida baholanadi.
|
|
Maqsadlar:
Ta'limiy: berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi;
Tarbiyaviy: O'quvchilarning matematikaga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularda bu fan orqali atrofdagi har birnarsani qadrlash, unga mehr bilan yondoshish hamda darsda ahillik, birodarlik bilan ishlash kabi xislatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar:
O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
|
Dars jarayoni va texnologiyasi
|
Dars bosqichi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich. Tashkiliy qism
|
O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
|
Savol-javob
|
2 minut
|
2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash
|
o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.
|
Suhbat
|
3 minut
|
3-bosqich. Yangi mavzu bayoni
|
Mavzuga oid matematik amallarni bajarish
Dam olish daqiqasini o'tkazish
|
Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish
|
20 minut
|
4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash
|
O'yin
|
15 minut
|
5-bosqich. Baholash
|
Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.
|
|
3 minut
|
6-bosqich. Uygavazifa
|
Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.
|
Tushuntirish
|
2 minut
|
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga 1 soni haqida egallagan bilimlarini boyitib borish, 2 sonini yozilishini o`rgatish.
2) Dars davomida misol-masalalarni yechish orqali o`quvchilarning ziyraklik, topqirlik, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalash.
3) O‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini, tafakkurini o`stirish, sezgilarini rivojlantirish.
Dars turi:Yangi bilim beruvchi.
Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. AKT
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash
O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.
1 soni qanday son ekanligi , uning yozilishi so`raladi. Rasmda bittadan berilgan predmetlar so`raladi. So`ng “Qarsak ” mashqi o`tkaziladi. O`qituvchi bir mrta qarsak chalganda o`quvchilar qo`llarini ko`tarmaydilar, ikki marta qarsak chalganda qo`llarini ko`taradilar. Bu mashq orqali o`quvchilarning ziyrakligi oshirilib boriladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 2 soniga oid she`r o`qib eshittiriladi:
Ikki degan nomim bor,
Ikki “bir”dan men tayyor.
Ikki qo`l, ikki oyoq,
Ikki ko`z, ikki quloq.
Ota-ona ikki jon,
Ikkisi ham mehribon.
Juft bo`ladi ikki tog`,
Meni yaxshi bil o`rtoq.
Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi. Ekranda yoki rasmlar orqali o`quvchilar diqqati qaratiladi.
Bir va ikki sonlar qatnashgan raqamlar ko`rsatiladi. O`quvchilarga ikki soni qaysi raqamdan keyin kelayotgani haqida tushuncha beriladi. Bunda ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga e`tibor qaratiladi. 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni ketma-ket sash jarayonida 2 soni 1 dan keyin kelishi tushuntiriladi.
O`quvchilar e`tibori darslikka qaratiladi. Ulardan 1-misoldagi berilgan koptok, anoq va geometrik shakllari nechtadan berilganligi so`raladi, savol-javob o`rqali 2 soni haqida bilimlar mustahkamlanadi.
2-sonining yozilishi o``quvchilarga tushuntiriladi va ko`rsatiladi.
2-misol og`zaki.
Nechta mushukni ko`ryapsiz?Ranggi qanaqa?
Kimning uyida mushuk bor? Mushuk qanday hayvon? Bitta mushuk ko`pmi? 2 ta mushuk-mi?
O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.
IV. Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi3 misol bajariladi.
To`tiqushlar nechta? (2 ta)
Bitta to`tiqushning yoniga yana bitta qush kelib qo`nsa, nechta bo`ladi?
4-misol.
Quyonlar nechta? Quyon qanday hayvon? ( bo`sh katakka qalam bilan 2 raqami yoziladi.
Jo`jalar nechta? Rangi qanaqa?
So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. 2 raqamining yozilishi, narsalarni bo`yash va sanash orqali 2 raqamini hosil qilish va yozish tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

13-dars
|