|
1-dars. Mavzu: atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarni pog’ona va pog’onachalarda joylashuvi. Darsning maqsadi: Ta’limiy
|
bet | 202/218 | Sana | 07.05.2021 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #14382 |
V.Tashkily qism;
a)Salomlashish
b)Yo’qlama
c)Siyosiy daqiqa
VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.
8-sinf kimyo kitobida oddiy va murakkab moddalar tarkibidagi elementlarni oksidlanish darajasini aniqlash, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va ularni turlari haqida batafsil ma’lumot berilgani uchun bu kitobimizda mavzu- ni davom ettirib, reaksiya tenglamalarini yarim reaksiya usulida tenglashtirish, oksidlovchi va qaytaruvchining ekvivalent og‘irliklarini topish hamda eritma muhitini oksidlanish qaytarilish reaksiyasiga qanday ta’sir etishini ko‘rib chiqamiz.
As2S3 + HNO3 + H2O ► H3AsO4 + H2SO4 + NO
Ushbu reaksiya tenglamasini yarim reaksiya usuli bo‘yicha tenglashtirishni ko‘rib chiqamiz. Buning uchun ushbu reaksiyadagi oksidlovchi va qaytaruvchini aniqlab olamiz. Bu tenglamada oksidlovchi nitrat kislota, qaytaruvchi esa mishyak sulfid hisoblanadi. Elektron balans usuli bilan tenglashtirishda oksidlovchi tarkibidagi N+5 ioni 3 ta elektron qabul qilib, N+2 ionigacha qaytarildi deb qabul qilinar edi. As2S3 tarkibidagi As+3 ioni 2 ta elektron berib, As+5 holigacha, S-2 ioni esa 8 ta elektron berib, S+6 holatigacha oksidlandi deb Alinar edi:
As2S3 + HNO3 + H2O ► H3AsO4 + H2SO4 + NO
Ushbu elektronlarning sonlari asosida koeffitsiyentlarni aniqlab olar edik. Hisoblab topilgan, ammo eritma tarkibida haqiqatan amalda mavjud bo‘lmagat N+5, As+3, S-2 ionlarini qo‘llar edik.
Yarim reaksiya usuli bo‘yicha oksidlanish-qaytarilish jarayonida ishtirok etayotgan moddani eritmada haqiqatan ham bor bo‘lgan ionlardan foydalanib tenglashtiriladi.
Masalan, HNO3 moddasi eritmada H+ va NO3- ionlarini hosil qiladi. As2S3 esa ionlarga dissotsiyalanmaydi. Biz balans tuzayotganimizda ayni haqiqiy, eritma tarkibida bor bo‘lgan NO3- ionidan foydalanamiz. Ikkala tomondagi elektronlar sonini tenglashtirish uchun eritmada haqiqatan bor bo‘lgan suv molekulasi va vodorod ionlaridan foydalanamiz.
Avval oksidlovchining ionini (NO3-) ko‘rib chiqamiz.
NO3- ► NO
Tenglamaning chap tomonida 3 ta kislorod atomi bor. O‘ng tomonida esa
ta kislorod atomi. Tenglamadagi kislorod atomlarini tenglashtirib olish uchun, kislotali muhitda kislorod kam tomonga kerakli miqdorda kislorodni o‘zida saqlagan suv molekulasi qo‘shiladi. Ya’ni o‘ng tomonga 2 ta suv molekulasini qo‘shamiz.
NO3- ► NO + 2H2O
Endi vodorod atomlarini tenglashtiramiz. Tenglamaning chap tomonida vodorod atomlari yo‘q. O‘ng tomonida esa 4 ta vodorod atomi bor. Tenglamadagi vodorod atomlarini tenglashtirib olish uchun, kislotali muhitda vodorod kerakli miqdorda vodorodni o‘zida saqlagan vodorod ioni qo‘shi- ladi. Ya’ni chap tomonga 4 ta vodorod ioni qo‘shamiz.
NO3- + 4H+ ► NO + 2H2O
Chap tomondagi ionlar zaryadlarining arifmetik yig‘indisi +3 ga, o‘ng tomondagilarniki esa 0 ga teng. Chap tomonga 3 ta elektron qo‘shsak, ik - kala tomondagi zaryadlar teng bo‘ladi.
NO3- + 4H+ +3 e- ► NO + 2H2O
Endi qaytaruvchilik xossasiga ega bo‘lgan As2S3 ni o‘zgarishini ko‘rib chiqamiz.
As2S3 ► 2AsO4 3 + 3SO4 2
Bu yerda o‘ng tomondagi kislorod atomlari soni 20 ta bo‘lib, chap tomonda kislorod atomi yo‘q. Shuning uchun 20 ta kislorod atomini o‘zida saqlagan 20 ta suv molekulasini chap tomonga qo‘shamiz.
As2S3 + 20H20 ► 2AsO4-3 + 3SO4-2
Reaksiyani chap tomonida 40 ta vodorod atomi bo‘lib, o‘ng tomonda vodorod atomi yo‘q. Vodorod atomlarini ham tenglashtirish uchun o‘ng tomonga 40 ta vodorod ionini qo‘shamiz.
As2S3 + 20H2O ► 2AsO4 3 + 3SO4 2 + 40H+
Chap tomondagi zarrachalarni zaryadlarini arifmetik yig‘indisi 0 ga teng. O‘ng tomondagi ionlarni zaryadlarini yig‘indisi esa +28 ga teng. Ikkala tomondagi zaryadlarni tenglashtirish uchun chap tomondan 28 ta elektronni olib tashlasak, ikkala tomonda zaryadlar teng bo‘ladi.
As2S3 + 20H20 - 28 e- >- 2AsO4-3 + 3 SO4-2 + 40H+
Endi oksidlovchi va qaytaruvchilarni ionli tenglamalarini birlashtirib, ularni olgan yoki bergan elektronlari sonini tenglashtirish yo‘li bilan bu ionlarni oldiga qo‘yiladigan koeffitsiyentlarni aniqlab olamiz:
+ +3 e
NO3" + 4H ► NO + 2H2O
-28 e -3 -2 +
As2S3 + 20H2° ► 2As°4 + 3S°4 + 40H
Aniqlangan koeffitsiyentlarni tegishli tenglamalarga qo‘yib chiqamiz:
+ +3 e
28NO3" +112H *-28№ + 56H2O
-28 e +
3As2S3 + 60H2° >6 6 As°4 + SSO4 + 22HH
Endi oksidlovchi va qaytaruvchining ionli tenglamalarini birlashtirib yozib olamiz.
3As2S3 + 28N03" + 60H2° +112H+--►6As°4"3 + 9S04"2 + 120H+ + 28N0 + 56H20
Reaksiyani chap va o‘ng tomonlaridagi suv molekulalari va vodorod ionlarini qisqartirib, qisqartirilgan ionli tenglamani hosil qilamiz.
3As2S3 + 28N03" + 4H20 ► 6As°4'3 + 9S04'2 + 8H+ + 28N0
Ion va molekulalarni oldidagi koeffitsiyentlarini, molekulalarni oldiga qo‘yamiz va molekulyar tenglama tuzamiz:
3As2S3 + 28HN03 + 4H20 ► 6H3As°4 + 9H2S04 + 28N0
Natijada oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi tenglashganini ko‘rishimiz mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-dars. Mavzu: atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarni pog’ona va pog’onachalarda joylashuvi. Darsning maqsadi: Ta’limiy
|