-rasm. VI-VIII asrlarga oid Xorazmdagi Ayoz qal’a




Download 0.51 Mb.
bet4/5
Sana08.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#33788
1   2   3   4   5
Bog'liq
tarix mi
Aniq integral tadbiqlari, Independent work (2), ppt o\'zbekiston tarixi, UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN AMALIY TOPSHIRIQ, 1- mavzu media.Taqdimot, 1-taqdimot, 011. II kurs 2 semestr 011 11-Silinder va konusning yon va to’la sirti hisoblash
5-rasm. VI-VIII asrlarga oid Xorazmdagi Ayoz qal’a
Istiloning boshlanishi.
Arab manbalarida Movarounnahrni arablar istilo qilishi 650-yillarda boshlagan, degan taassurot uygʻotsa-da, aslida dastlabki harbiy harakatlar faqat oʻlja olish va oʻlpon undirishga qaratilgan edi. Dastlab arablar Marvdagi kichik harbiy boʻlinma bilan cheklanishgan, Iroqdagi voliylar har yili Movarounnahrdagi mahalliy hokimliklarni talon-taroj qilish uchun qoʻshin joʻnatib turishgan. 652-yilda Axnaf ibn Qays boshchiligidagi birinchi harbiy ekspeditsiyasi Quyi Toxaristonning birlashgan qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchrab, Marvirudga qaytib ketishadi. Ammo al-Aqra ibn Habis boshchiligidagi ikkinchi harbiy ekspeditsiya Joʻzjon hokimini magʻlub etib, Joʻzjon, Foryob, Taliqon va Balxni egallashga muvaffaq boʻladi. Arab qoʻshinlari Xorazmgacha boʻlgan hududlarni talon-taroj qiladilar. 654-yilda Soʻgʻdiyonaning Maymurgʻ shahri arablar bosqiniga uchradi. Biroq oradan koʻp oʻtmay, Karin (ehtimol, Karin-pahlaviylar sulolasi vakili) boshchiligidagi mahalliy aholi qoʻzgʻolon koʻtaradi. Natijada arablar Xuroson (hozirgi Afgʻonistonning shimoli, Eonning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistonning Amudaryogacha boʻlgan yerlari)ni tark etishadi. Xitoy manbalariga koʻra, Toxariston hokimlari Yazdigard III ning oʻgʻli Peroʻzni bir muddat rasman Fors shohi etib taxtga oʻtqazadilar. Bunga qarshi arablar hech qanday harakatni amalga oshira olmaydilar, chunki ular Birinchi fitna (656-661) bilan mashgʻul boʻlib qolishgandi. Lekin 655-658-yillarda ham talonchilik yurishlari davom etavergan. Fuqarolar urushi tugagach, Xuroson ustidan xalifalikning hukmronlik nazoratini tiklash vazifasi Abdulloh ibn Amirga yuklatildi. Ibn Amirning bu hududga ilk marotaba harbiy yurishi bilan keyingi yillarda sodir boʻlgan voqealar orasida tarixiy chalkashliklar mavjud, ammo mahalliy yozma manbalar koʻra, bu yillarda aholi arablarga qarshi isyonlar koʻtarishgan. Shuningdek, ibn Amirning oʻrinbosari Qays ibn al-Xattam tomonidan Navbahordagi buddaviylik stupasi (me’moriy inshoot) buzib tashlanadi. Faqatgina Ziyod ibn Abu Sufyon Iroq va xalifalikning sharqiy qismiga voliy etib tayinlangach, arablar Xurosonni egallash uchun toʻlaqonli yurishlarni boshlaydilar. Ziyod ibn Abu Sufyonning Xurosondagi noibi al-Hakam ibn Amr al-Gʻafriy 667-yildan 670-yilgacha, ya’ni vafotiga qadar Toxaristonga bir qator yurishlar uyushtiradi, bu yurishlar davomida arab qoʻshinlari Amudaryodan oʻtib, Chagʻoniyonga kirib boradilar. Peroʻz taxtdan agʻdarilib, Xitoyga qochib ketadi. Al-Hakamning oʻlimidan keyin hududda keng koʻlamli qoʻzgʻolonlar avj olib ketadi, ammo uning vorisi Rabi ibn Ziyod al-Horisiy Balxni egallab, Amudaryoni kechib oʻtib, Chagʻoniyonga bostirib kirishdan avval Koʻhistondagi isyonchilarni magʻlub qiladi. Arab manbalarida shu yillarning oʻzida Xorazmning bosib olinishi, arablarning gʻarb tomonda joylashgan Zam va Amulni muhofaza qilganliklari qayd etilgan. Kelajakda oʻlkada musulmonlarning oʻrni oshirish uchun 671- yilda Ziyod ibn Abu Sufyon Basra va Kufada 50 ming jangchini oilalari bilan Marvga joylashtiradi. Bu harakati tufayli Xurosondagi musulmonlarning rolini mustahkamlabgina qolmay, balki kelajakda Movarounnahrga yurish qilish uchun zarur boʻlgan kuchlarni ta’minlashga zamin yaratadi. Ziyod vafot etgach, uning ishini oʻgʻli Ubaydulloh ibn Ziyod davom ettirdi, u Xuroson noibi etib tayinlanadi va 673-yil kuzida Marvga keladi. Keyingi yil bahorida Ubaydulloh Amudaryodan kechib oʻtib, Buxoro muzofotiga kiradi, bu paytda shahzoda goʻdakligi tufayli uning nomidan onasi Buxoro malikasi Xotun (turkiycha aslzoda ayol) hukmdorlik qilayotgandi. Arablar Buxoroni egallashdan avval Poykand va Romitanni bosib oladilar. Mahalliy yozma manbalarda arablarning Buxoroni qamal qilgani, turklar esa yordamga kelganligi qayd etilsada, bu arab manbalarida uchramaydi, akisncha, ularda arablar buxoroliklar ustidan katta gʻalaba qozongani keltiriladi. Oʻlja sifatida Ubaydulloh oʻziga shaxsiy qoʻriqchisi sifatida barchasi „mohir kamonchilar“ boʻlgan 2000 nafar asirni qoʻlga kiritadi. Harbiy yurishdan soʻng Buxoroning keyingi taqdiri noaniqligicha qolgan, ammo xalifalikning markaziy hokimiyatini tan olib, unga oʻlpon toʻlovchi boʻlgani aniq. Ubaydullohning muvaffaqiyatlarini uning davomchilari Aslam ibn Zura va Abdurahmon ibn Ziyodlar takrorlay olmadilar. Faqat 676-yilda Said ibn Usmonning qisqa hukmronligi davrida arablar Soʻgʻdiyonaga katta harbiy yurish qiladilar. Al-Balozuriy va Narshaxiyning yozishicha, Said Kesh, Nasaf, Buxoro va turkiylarning shaharlaridan tuzilgan mahalliy harbiy ittifoq kuchlarini tor-mor etib, Buxoroni xalifalikka boʻysunishiga Xotunni majbur qiladi va shundan keyin Samarqandni qamal qiladi. Shaharni egallab, 50 nafar yosh aslzodalarni garovga oladi, keyinchalik ularni Madinada qatl ettiradi. Yoʻl-yoʻlakay Termiz egallab, Xuttalon hokimini ham taslim qiladi. Arablarning Shosh va Xorazmga Amudaryo orqali dastlabki hujumlari Ikkinchi fitna (683-692) davrida Xurosonda boshlangan oʻzaro qabilaviy urushlar sababli toʻxtab qoladi. Keyingi Xuroson noiblari, jumladan al-Muhallab ibn Abu Sufra Movarounnahrni egallab olishga urinadi, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Mahalliy hokimlar oʻz navbatida arablar oʻrtasidagi ixtilofdan foydalanib, 689-yilda Termizni egallab olgan arab qochqini Muso ibn Abdulloh ibn Xozim yordamida arablarni oʻlkadan quvib chiqarishga erishadilar. Biroq Movarounnahrdagi mahalliy hokimlar arablar istilosiga qarshi kurashda toʻliq birlasha olmadilar, bundan esa 705-yildan soʻng Qutayba ibn Muslim oʻrinli foydalanadi.

Download 0.51 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. VI-VIII asrlarga oid Xorazmdagi Ayoz qal’a

Download 0.51 Mb.