• O’rta Osiyoning istilogacha bo’lgan davri, istiloning boshlanishi va istilo qilinishi Oʻrta Osiyoning arablar tomonidan istilo qilinishi
  • 4-rasm. VIII asrdagi O’rta Osiyo xaritasi Istilogacha bo’lgan davrdagi voqealar.
  • -rasm. Musulmonlar Suriyadagi qal’aga bostirib kirishadi. O’rta asr rasmlari




    Download 0.51 Mb.
    bet3/5
    Sana08.12.2022
    Hajmi0.51 Mb.
    #33788
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    tarix mi
    Aniq integral tadbiqlari, Independent work (2), ppt o\'zbekiston tarixi, UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN AMALIY TOPSHIRIQ, 1- mavzu media.Taqdimot, 1-taqdimot, 011. II kurs 2 semestr 011 11-Silinder va konusning yon va to’la sirti hisoblash
    3-rasm. Musulmonlar Suriyadagi qal’aga bostirib kirishadi. O’rta asr rasmlari

    VIII asr boshlarida arablar Gibraltar bo’g’ozidan o’tib, Ispaniyaga qo’ndi. Arablarning kichik bir qo’shini Visigot shohining qo’shinini mag’lub etdi. Qattiq qarshilikka qaramay, Visigot shaharlari birin-ketin qulab tushdi. 718 yilga kelib, butun Ispaniya, mamlakat shimolidagi kichik hududdan tashqari, arablar qo’liga o’tdi.



    O’rta Osiyoning istilogacha bo’lgan davri, istiloning boshlanishi va istilo qilinishi
    Oʻrta Osiyoning arablar tomonidan istilo qilinishi-Arab xalifaligining Oʻrta Osiyoda (VII-VIII asrlar) islom dinini yoyish, Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi (hozirgi Turkmaniston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston) yerlarni bosib olish maqsadida olib borgan harbiy h
    arakatlari.
    4-rasm. VIII asrdagi O’rta Osiyo xaritasi


    Istilogacha bo’lgan davrdagi voqealar.
    Arablar 642-yilgi Nahavand jangida gʻalabaga erishishi tufayli Seyiston va Xuroson egallanib, Sosoniylar saltanati toʻliq zabt etiladi. Ushbu jangdan qariyb 10 yil oʻtib, arablar Oʻrta Osiyoga yetib kelishdi. Xurosonning markazi Marv shahri 651-yilda Basra hokimi Abdulloh ibn Amir tomonidan egallanadi va natijada xalifalik chegaralari Amudaryo daryosigacha choʻziladi. Amudaryo daryosi shimolida joylashgan hududlar arablar tomonidan „Movaro un-nahr“ („daryoning narigi tomoni“) deb atalgan. Hudud arablar oldin bosib olgan yerlardan farq qilardi, Movarounnahr (Xurosondan sharqda Amudaryodan janubda Hindukush togʻlarigacha boʻlgan Tohariston yerlarini, hamda Amudaryodan shimoldada joylashgan Shimoliy Tohariston va Sugʻd yerlarini oʻz ichiga olgan) unumdor yerlarga ega boʻlgan vodiylari va vohalari, ularning xilma-xil landshaftlari bilan ajralib turar edi, bu joylarda oʻtroq va koʻchmanchi hayot tarzida turli xalqlar yashagan. Movarounnahrda ma’muriy boshqaruv Forsning markazlashgan boshqaruvi kabi boʻlmagan boʻlib, oʻlka ko’plab kichik mustaqil mahalliy hokimliklarga bo’lingan edi.
    Movarounnahr geografik, siyosiy va ijtimoiy jihatdan 4 ta hududga boʻlingan: Toxariston (Baqtriya) Amudaryoning yuqori oqimida, shimolda Hisor togʻlari, sharq va janubda Hindukush togʻlari bilan oʻralgan; Soʻgʻd yoki Soʻgʻdiyona, oʻrta Amudaryoning sharqida va Zarafshon daryosi atrofida; Xorazm yoki Xorasmiya, Amudaryoning quyi oqimidan to Orol dengiziga qadar; shimolda Hisor togʻlaridan to Sirdaryo daryosi boʻyigacha, jumladan, Yettisuv va Fargʻona vodiysini oʻz ichiga olgan hududga. Hozirgi kundagidek aholi ikki tilda muloqot qiladigan guruhga mansub edi: VII asrda oʻtroqlashishga moyil boʻlgan eron tillarida soʻzlashuvchi xalqlar va oʻsha davrda asosan koʻchmanchi boʻlgan turkiy xalqlar. Movarounnahr tarixida Markaziy Osiyodan koʻchmanchi xalqlarning bosqinlari tez-tez sodir boʻlgan. Miloddan avvalgi II asrda yuechjilar (toxarlar) Yunon-Baqtriya podsholigini tor-mor etib, Kushon podsholigini tuzdilar, ularning hukmronligida buddaviylik bu hududga kirib keldi. V asr boshlarida kushonlar oʻrniga eftaliylar bilan hokimiyat tepasiga kelishadi, ularning hukmronligi VI asr oʻrtalarigacha, ya’ni Turk xoqonligi vujudga kelganga qadar davom etgan. Xoqonlik ikki qismga boʻlingandan soʻng Gʻarbiy turk xoqonligi Movarounnahrning turli mahalliy hokimliklari ustidan hukmronligini saqlab qolgan, baʼzan hatto Balxgacha bosqinchilik yurishlarini ham olib borishgan. 650-yillarda Gʻarbiy turk xoqonligi qulagandan soʻng Qunduz shahri hokimi xoqonlikka daʼvo qilib, mustaqil hukmdorga aylanadi. Xoqonlar Toxaristonning boshqa hokimliklari ustidan rasman hukmronlikni saqlab qolishgan boʻlsada, biroq kelib chiqishi turkiy boʻlgan koʻpchilik mahalliy hokimlar amalda mustaqil edi. Amudaryodan shimolda, Yuqori Toxaristonda eng muhim hokimliklar Badaxshon, Xuttalon, Qubodiyon va Chagʻoniyon edi. Amudaryoning janubida, Quyi Toxaristonda, markaziy shahar hisoblangan qadimiy Balx shahri joylashgan bo’lib, u Toxaristonning eng muhim aholi manzilgohi va uning diniy markazi hisoblangan, bundan tashqari, Balx shahrida joylashgan Navbahor buddaviylik stupasi juda mashhur boʻlib, koʻplab ziyoratchilarni oʻziga jalb qilgan. Yana Joʻzjon, Bodgʻis, Hirot va Bomiyon ham muhim hokimliklar edi. Hisor tizmasidan shimoli-gʻarbda Zarafshon daryosi boʻyida Soʻgʻdiyona oʻlkasi joylashgan. Bu qadimiy oʻlka oʻz madaniyati, tili va an’analariga ega boʻlgan boʻlib, arxeologik topilmalar va yozma manbalar orqali yaxshi oʻrganilgan. Soʻgʻdiyona ham bir qancha mayda hokimliklarga boʻlingan, biroq ikkita asosiy hokimlik – Buxoro va Samarqand qolgan hokimliklar ustidan hukmron edi. Soʻgʻdlar „Buyuk Ipak yoʻli“da asosiy savdogarlar hisoblangan. Xitoy yilnomalarida mahalliy hokimlarning aksariyati bir hukmron xonadonga mansubligi, bu xonadon boshligʻi Samarqand hokimi esa turk xoqonlari bilan oilvaiy rishta bogʻlaganligi qayd etilgan. Mahalliy hokimlarning koʻpchiligi forscha shoh unvoniga, ayrimlari esa turkiy unvonlarga ham ega boʻlishgan, Samarqand hokimi ular orasida alohida oʻringa ega boʻlgani uchun ixshid unvoniga sazovor boʻlgan (Fargʻona hokimi ham „ixshid“ deb yuritilgan). Soʻgʻdiyonaning shimoli-sharqida 160 kmga yaqin hududni egallagan, yer unumdorligi boʻyicha Sirdaryo atrofidagi yerlardan ancha past boʻlgan Mirzachoʻl tekisligi joylashgandi. U shimoli-gʻarbda Shosh (hozirgi Toshkent), sharqda Fargʻona bilan chegaradosh edi. Soʻgʻdiyonaning gʻarbida esa, choʻl markazida Xorazm joylashgan. Unda oʻtroq hayot tarzi kechiruvchi aholi istiqomat qilgan. Ushbu hududning III asr oxiri va arablar istilosining boshlarigacha boʻlgan davr tarixi yetarlicha arxeologik va yozma manbalar yoʻqligi tufayli aniq emas. At-Tabariyning ma’lumotiga koʻra, bu hudud Ardashir I (224-242) davrida sosoniylar tomonidan bosib olinib, sosoniylar davlatiga ma’lum darajada qaram qilingan. Qadimgi tangalar oʻrganilishi va XI arsda yashagan olim al-Beruniyning yilnomlari orqali Xorazmni IV asr boshidan Afrigʻiylar sulolasi boshqarganligi aniq. Xuddi shuningdek, Xorazmning VI—VII asrlarda turkiylar hukmronligi ostida boʻlgan-boʻlmaganli ham noaniq.


    Download 0.51 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0.51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Musulmonlar Suriyadagi qal’aga bostirib kirishadi. O’rta asr rasmlari

    Download 0.51 Mb.