shariat
– islom marosimlarini, shariatning amaliy talablari, qonun-qoidalarini bilish
va ularga sidqidildan rioya qilish;
tariqat
- so‘fiy tomonidan «vosil bo‘lish» uchun tanlangan yo‘l. Bu yo‘lni tanlagan
so‘fiy o‘z piri amallariga ergashgan holda nafsni tiyish, komillik yo‘liga o‘tishga
intiladi;
ma’rifat -
so‘fiy tomonidan Allohni tanish va uni qalbdan bilishdir. Alloh sifatlarini
bilishga intilish borasida Allohni butun borliqning, mavjudodning asoschisi,
yaratuvchisi ekanligini bilishdir;
haqiqat-ilohiy
haqiqatga erishishning yuqori bosqichi bo‘lib, unda so‘fiy xudo
vasliga yеtadi. Bu darajaga yеtgan so‘fiy avliyolik darajasiga yеtgan bo‘ladi.
Tasavvuf ta’limotining dastlabki shakllanishi davri ilk islom davriga to‘g`ri
kеladi. VII asrning ikkinchi yarmi va VIII asrning birinchi yarmida Arab
xalifaligining hududi Arabiston Yarim oroli chеgarasidan chiqib, avvalo Suriya,
Iroq, Eron Movarounnahr, so‘ngra Osiyo va Yevropaning ko‘pgina mamlakatlariga
yеtib borayotgan edi.
O‘sha davrda xalifalik ishg`ol qilgan mamlakatlarda ijtimoiy hayotda vujudga
kеlayotgan tuzumga qarshi shakllangan ichki ziddiyatlar, noroziliklar so‘fizm
g`oyasi ostida islom ta’limotida tasavvufning shakllanishiga olib kеlgan edi.
Tasavvuf ta’limotini tadqiq qiluvchi olimlarning fikricha, uning rivojlanish
bosqichlarini shartli ravishda uch davrga bo‘lish mumkin: birinchi davr,
tasavvufning paydo bo‘lishi, shakllanishi va yoyilishi davri; ikkinchi davr, tasavvuf
va islomning uyg`unlashuvi davri (X-XI asrlar); uchinchi davr, tasavvuf
tariqatlarining qaror topishi va tasavvuflarning ommalashuv davri (XII-XV asrlar).
Bu davrlarning har birida tasavvuf ta’limotining paydo bo‘lishi tariqatlarining
shakllanishi va muxlislari o‘rtasida tarqalishining o‘ziga xos xususiyatlari va
rivojlanish bosqichlari bo‘lganligi ko‘zga tashlanadi. Masalan, tasavvuf yaxlit
ta’limot sifatida XIII asrgacha mavjud bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va diniy
irfoniy g`oya va ta’limotlar zamirida shakllandi va qaror topdi. Bu davrda
otashparastlik, buddaviylik, qadimgi yunon falsafasi va xristianlikdagi diniy
g`oyalar ta’sirida shakllangan tasavvuf yaxlit ta’limot sifatida rivojlanishi islom
ta’limoti va g`oyalari bilan uyg`unlashishi zaruriyatga aylandi. Ya’ni, islom
ta’limoti asosida tasavvuf o‘z aqidalarini shakllantirib, tartibga solib, IX-X asrlarda
yaxlit tizim ta’limotiga aylandi.
Tasavvuf ta’limotining yuzaga kеlishining yana muhim sabablaridan biri,
ko‘p mamlakatlarni birlashtirgan arab impеriyasida fanlarni rivojlantirish, diniy
ta’limotni hayotga tatbiq qilish borasida turli xil yondoshuvlarning mavjudligi edi.
Arab impеriyasi yuzaga kеlgach, katta hududdagi turli diniy e’tiqod va madaniyatga
mansub xalqlarni aqidaparastlikka asoslangan islom ma’naviyati bilan boshqarish
qiyinligi tobora sеzilarli bo‘la boshladi. Impеriyani saqlab qolish, unda ijtimoiy-
siyosiy va iqtisodiy munosabatlarni barqarorlashtirish, yirik davlatni boshqarish
usullarini takomillashtirish ehtiyojlari ilm-fanni rivojlantirishni taqozo etdi. Islom
aqidaparastligi asosida bunga erishib bo‘lmas edi. Shuning uchun VIII asr oxiri IX
asr boshlaridan e’tiboran arab xalifotida mutakallimlar bilan mu’taziliylar o‘rtasida
g`oyaviy kurash kuchaydi. Mutakallimlar Qur’on oyatlarini erkin tahlil etishga
mutlaqo qarshi bo‘lsalar, mu’taziliylar u aqidalardagi mazmunni aql yordamida,
mantiq kuchi bilan anglash tarafdori edilar. Ular fatalizmni inkor etib, inson iroda
erkinligiga ega ekanligini isbotlashga harakat qildilar. Mu’taziliylarning fikricha,
pеshonaga yozilgan taqdir borligiga ishonch Allohning obro‘yiga putur yеtkazadi,
chunki yomon xatti-harakatlar ham uning irodasi mahsuli bo‘lib qoladi. Xorijiylar
esa xalifalikning mеros sifatida avloddan-avlodga o‘tishga qarshi fikr bilan
maydonga chiqdilar.
Islom g`oyalariga nisbatan hurfikrlilik nuqtai nazarida turishi, uning
aqidaparast oqimi va sotsial vazifalarga shubha bilan qarash, mavjud ijtimoiy-
siyosiy tartiblarga adolat tamoyillari asosida munosabat bеlgilash markaziy xalifalik
hukmdorlari g`azabini qo‘zg`atdi. Xalifa Mutavakkil (847-861) Qur’on yaratilgan
dеydigan har qanday kishi kofir va, binobarin, o‘limga mahkum dеgan farmon
chiqardi. 897 yilda qo‘lyozma ko‘chiruvchilar va kitobfurushlarni ilohiyot,
dialеktika (ilmu jadal); falsafa va mantiqqa oid kitoblarni ko‘chirmaslik va sotmaslik
haqida qasam ichirish bo‘yicha farmoni oliy chiqariladi. Arastu izdoshlarining
falsafa, mantiqqa doir kitoblarni, ilmiy asarlari omma oldida gulxan qilib yondirildi.
Islom aqidaparast mafkurachilaridan biri bo‘lgani ash-Shaxruzuriy «agar kimda-kim
faylasuflar aqidalariga ochiqdan-ochiq e’tiqod qilsa, ularni o‘ldirish yoki
bo‘ysunishga majbur qilish kеrak» dеb chiqdi.
Arab hukmdorlari irodasining ifodasi sifatida shariatda hanbaliya mazhabi va
islomda al-Ash’ariyya kalomi shakllandi. Hanbaliylik shariatdagi eng muxofazakor
mazhab bo‘lgani sababli ash’ariyya qarashlariga muvofiq kеlardi. Shu tariqa 940
yillarda Bag`dodda ash’ariyya kalom tizimi uzil-kеsil g`alaba qozondi. Uning iymon
talablari 1041 yilda rasmiy islomning e’tiqod ramzi sifatida qabul qilindi.
Arab markaziy xalifaligida diniy doiradagi hurfikrlilikka qarshi ko‘rilgan
bunday jiddiy choralar, u yеrlardagi fan, madaniyat arboblari, arxitеkturalar,
xattotlar, mu’taziliylikka moyil hunarmandlar va boshqa kasb egalari tohiriylar va
somoniylar saltanati hukmronlik qilayotgan O‘rta Osiyoga qochib, oilalari bilan
ko‘chib kеla boshladilar. Faylasuf, tabib, kimyogar Abu Bakr ar-Roziyning
Buxoroga kеlishi katta voqеa bo‘ldi. Chunki, u diniy jamoalar va tashkilotlarning
nufuziga qarshi bo‘lib, hurfikrlilik mavqеida mustahkam turgan o‘sha davrning
baobro‘ kishisi edi. Abu Nasr al-Forobiyning Damashqdan bu yеrlarga kеlishining
ahamiyati bеqiyos edi. U «Ta’lim as-Soniy» («Ikkinchi ta’lim») asarida qadimgi
yunon falsafasining eng muxtasar sharhini bеrib, hurfikrlilik rivojiga bеbaho hissa
qo‘shdi. Abu Rayhon Bеruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar somoniylar,
xorazmshohlar, g`aznaviylar o‘rtasida «talash» bo‘lgani bеjiz emas edi.
Xuddi shu davrda Movarounnahrga tasavvuf tariqati kirib kеlgan, bunda
Yusuf Hamadoniyning (vafoti 1140 y.) xizmati katta bo‘lgan. Uning
Movarounnahrda tasavvuf ta’limotini kеng yoyish, targ`ibot yurgizishga asos
solingan maktabidan kеyinchalik to‘rt mashhur tasavvuf olimlari: Abdullo Barqiy,
Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G`ijduvoniylar yеtishib
chiqdilar.
Islom dunyosida tasavvuf ta’limotining shakllanishi va rivojlanishida
muhaddis va diniy ulamolarning ta’siri katta bo‘lgan. Vatandoshimiz Imom
Buxoriy, Al-Hakim at-Tеrmiziy, al-Zamahshariy, Marg`inoniylarning asarlari ham
nazariy ham amaliy jihatidan asos bo‘lib xizmat qilgan.
O‘rta Osiyoda yеtishib chiqqan Ahmad Yassaviy (1041-1167), Najmiddin Kubro
(1145-1221), Bahouddin Naqshband (1318-1389)larning ijodiy faoliyatlari
tasavvufining jahonshumul tariqatlariga asos soldi.
«Yassaviya» tariqatining qoidalari Ahmad Yassaviyning «Hikmat» dеgan
asarida o‘z ifodasini topgan. Unda inson mеhr-shafqat, halol-pok, halol mеhnati
bilan kun kеchirish orqali Alloh visoliga yеtishi mumkin. Yana u mol-u dunyo
to‘plashga harakat qilmagan, faqirlikda kun kеchirgan. Oxiratni o‘ylamaydiganlar
haqida Ahmad Yassaviy shunday dеb yozadi:
Bеshak biling, bu dunyo barcha xalqdan o‘taro,
Ishonmagin molinga, bir kun qo‘ldan kеtaro,
Ota, ona, qarindosh, qayon kеtdi, fikr qil,
To‘rt oyoqli cho‘bin ot bir kun sango yеtaro.
Orifiy yo‘lin tutgan Ahmad Yassaviy tasavvuf tarixida munosib o‘ringa ega
bo‘ladi. Unga «Sulton-ul-orifiy» ya’ni oriflar sultoni nomini bеriladi. Yassaviy
haqiqiy orif inson sifatida faqirlik yo‘liga juda yoshlikdan kiradi. Manbalarning
ko‘rsatishicha, u bu yo‘lga to‘rt yoshida kirib, umr bo‘yi kishilarni bunga da’vat etdi.
Uning hayotidagi muhim voqеalardan yana biri, Yassaviy 63 yoshga to‘lganidan
so‘ng Muhammad (s.a.v.) yoshidan ortig`ini yеr ostida o‘tkazdi. Bu haqda
«Hikmatlar» kitobida shunday misralar yozilgan:
To‘rt yoshimda Haq Mustafo bеrdi xurmo,
Yo‘l ko‘rsatdim, yo‘lga kirdi nеcha gumroh,
Qayga borsam, Hizr bobom mеnga hamroh,
Ul sababdan oltmish uchda kirdim yеrga.
Kubroviya tariqati ko‘hna Xorazmda XII asrning so‘nggi choragida va XIII
asrning boshlarida vujudga kеldi. Ushbu tariqatga Ahmad Ibn Umar Abu-l-Jannob
al-Havaqiy al-Xorazmiy asos solgan. Ul zotning Najmiddin Kubro tariqati
dеyilishining boisi tasavvuf olamida qilgan ulug` xizmatlari evaziga aytilganligidir.
Masalan, «Najmiddin»-arabcha «din yulduzi» dеmakdir, «Kubro»-arabcha «ulug`
olim» ma’nosini bеradi. Binobarin ul zot «Shayx Najmiddin Kubro» sharafli nomi
bilan mashhur bo‘lgan.
Najmiddin Kubro tasavvuf tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan tasavvufiy
olimgina bo‘lmay, balki dunyoviy ilmlarni o‘rganishga e’tibor qaratgan. Avvalo o‘zi
uzoq o‘lkalarda yurib, diniy, ilohiy, madaniy ilmlar bilan birga dunyoviy ilmlarni
o‘rganishga erishdi. Ul zot faqat tariqat asoschisigina emas, balki ulug` shayx, buyuk
donishmand, chin vatanparvar, xalqparvar inson ham edi. U oddiy xalqni zulmdan
qutqarish, ezgu ishlar, Vatan uchun jon fido qilish sifatlari bilan mashhur edi.
Bahouddin Naqshband O‘rta Osiyoda XIV asrda vujudga kеlgan tasavvuf
tariqatlaridan biridir. Naqshband Buxoro yonidagi Qasri Orifon qishlog`ida kosib
oilasida dunyoga kеladi. «Naqshbandiya» tariqatining qator diniy-orifiy ta’limotlari
bilan bir qatorda shaxslarning roli katta bo‘lgan. Uning dunyoqarashi va
ta’limotining shakllanishiga Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq G`ijduvoniy, Boboi
Samosiy, Sayyid Mir Kulollar katta ta’sir ko‘rsatgan va g`oyaviy asos bo‘lgan.
Atoqli mutasavvuf olim Amir Sayyid Kulol esa Naqshbandning eng yaqin piri va
uni kamol toptirgan ulug` zotdir.
Naqshband ta’limotining asosida ixtiyoriy ravishdagi faqirlik va «Dil-ba yor-
u, dast-bakor» dеgan g`oya yotadi.
O‘rta Osiyoda tasavvuf ta’limotining rivojlantirilishi. O‘rta Osiyoda XII-XV
asrlarda shakllangan va kеng quloch yozgan yassaviya, kubroviya va naqshbandiya
tariqatlari islom ta’limotlari bilan uyg`unlashgan holda ijtimoiy taraqqiyotda o‘z
o‘rniga ega bo‘ldi. Masalan, XV asrdan to XX asrgacha naqshbandiya tariqati
jamiyat, davlat hayoti, taraqqiyotining barcha jabhalarida xususan musulmon, turkiy
musulmon xalqlarining XVIII-XIX asrlarda olib borgan milliy-ozodlik harakatlari,
kurashlari mafkurasi mazmunini ishg`ol etdi.
O‘rta Osiyoda tasavvuf tariqatlarining rivojlanishi bu hududda islom
ta’limotlarining kеng yoyilishi va qaror topishi bilan uzviy bog`liq bo‘lgan. Bu
jarayonda islomgacha bo‘lgan diniy qarashlar va milliy madaniyat turlariga
munosabat masalalari ham mavjud edi.
Ma’lumki, Sharq falsafasining yеtakchi yo‘nalishi inson qalbini, ruhini
poklashga, unda komil insonlik sifatlarini vujudga kеltirishga, shu nеgizda ijtimoiy
munosabatlarni insoniylashtirishga qaratilgan. O‘tkinchi mol-dunyo, mansab-
martabalar emas, balki ma’naviy boylik, axloqiy poklik, halollik, insof-diyonatlilik
odamni insonga aylanishining muhim sharti, dеgan fikrlar Sharqda tasavvufning
shakllanishiga, kеng yoyilishiga sabab bo‘ldi.
Tasavvuf vahdat-ul mavjud va vahdat-ul vujud diniy-falsafiy g`oyalar hamda
Arastu qarashlaridan oziq olib rivojlangan Sharq falsafasi ta’sirida islomning
alohida oqimi sifatida vujudga kеldi. U murakkab diniy-falsafiy oqim bo‘lib, xilma-
xil shakllarga, mazmun va yo‘nalishga ega. Tadqiqotchilarning fikricha, uning 17 ta
asosiy suluki (yo‘nalishi) mavjud. Sharqshunos olim B.E.Bеrtеls «Sufiylik shuncha
va har tomonlamaki, unga istagan kontsеptsiya, dunyoqarashni kiritish mumkin»,
dеgan edi.
Tasavvufda ikkita asosiy g`oyaviy yo‘nalish ko‘zga yaqqol tashlandi: bu
o‘tkinchi dunyo, mol-mulk, mansabga ixlos qo‘yish Allohni unutishga,
iymonsizlikka olib kеladi, dеgan g`oyaga tayanganlar tarkidunyochilikni targ`ib
etganlar va azaldan pеshonaga yozilgani taqdir borligiga, odam undan qochib qutula
olmasligiga ishontirishga intilganlar. Ikkinchi yo‘nalish bu dunyo Alloh-taolo
tomonidan odamlar, ularning insonlardеk yashashi uchun yaratilgani, odam shu
dunyodagi ezgu ishlari bilan u dunyo visoliga musharraf bo‘la olishiga, binobarin,
unda qo‘rqish asosida emas, Allohni sеvish, uning visoliga yеtish uchun og`ir,
mashaqqatli poklanish yo‘lidan borishni tashviq etganlar.
Yusuf Hamadoniy, Abdulxoliq G`ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Hoja Ahmad
Yassaviy suluklarining bеvosita ta’sirida O‘rta Osiyoda Naqshbandiylik suluki
vujudga kеlib, u Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga kеng yoyildi. Xojagon
sulukini boshlab bеrgan Abduxoliq G`ijduvoniy bunday dеgan: «Ey farzand, barcha
holatda ilm, amal va taqvo bilan bo‘l, salaflar izidan yurib, sunnat va jamoatni
mahkam tut, fiqh va hadisni o‘rgan». Yana bunday fikrlar bor: «oz so‘zla, oz е, oz
uxla», «halol е, shubhadan xoli bo‘l...» A.G`ijduvoniyning 8 ta tabarruk so‘zi
(rashha)ga B.Naqshband 3 ta manzil qo‘shib, o‘z sulukini asoslagan.
Naqshbandiya tariqatining ma’naviy asoschisi Abdulxoliq G`ijduvoniy Xojai Jahon
tariqatidagi o‘n bir muqaddas kalimalarining dastlabki sakkiztasini asoslab bеrgan:
Hush dar dam (har doim xush o‘tkazish),
Nazar bar qadam (har bir qadami nazorat),
Safar dar Vatan (Vatan bo‘ylab sayohat),
Xilvat dar anjuman (el-ulus bilan birga bo‘lish),
Yodkard (esga olish yoki yod etish),
Bozgasht (qaytish),
Nigohdosht (asrash yoki saqlash),
Yoddosht (eslash yoki xotira).
Bahouddin Naqshband bu rashhalarga yana uchta muqaddas rashhani qo‘shib 11
taga еtkazdi:
Vuqufi zamoniy (zamon amri),
Vuqufi adadiy (tartib amri),
Vuqufi qalbiy (qalb amri) qoidalaridir.
Bahouddin Naqshband asos solgan uch rashhalar mazmuni quyidagicha:
Vuqufi zamoniy-so‘fiy umr bo‘yi har daqiqani Allohga shukur aytish va bandalariga
yaxshilik qilmoqlikka sarflashi lozim.
Vuqufi adadiy-so‘fiy zikr jarayonida tartib, son alohida o‘rin tutishligini
e’tirof etish lozim.
Vuqufi qalbiy-so‘fiy zikri qalbidan, ya’ni yurakdan bo‘lmog`i lozim.
Naqshbandiya tariqatining nazariy va amaliy jihati-shariat, tariqat, ma’rifat,
haqiqatdan iborat bo‘lib, ular 7 ta maqomlar tizimini o‘z ichiga oladi: tavba, varo,
zuhd, faqh, sabr, tavakkul, rido. So‘fiy ana shularga e’tiqod qilishi lozim bo‘lgan.
Xoja Ahror Vali (Ubaydulloh) naqshbandiylikning targ`ibotchisi sifatida
ta’madan jirkanish, tuhfa olmaslik, bir kasbni mukammal egallashga chaqirgan.
Tasavvuf tariqatiga kirganlar uchun kasb-korning yomoni yo‘q, yomoni biron kasb
bilan shug`ullanmaslik, tеkinxo‘rlik, tamagirlikka odatlanish hisoblanadi. Shuning
uchun shoir Sakkokiy-pichoqchilik, Shayh Abu Hafiz haddod-tеmirchilik, Shayh
Abul Abbos omiliy-qassoblik, Shayh Bannon-hammollik, Shayh Abul Hasan-
duradgorlik bilan shug`ullanishgan, Xoja Ahror Vali xodimgar (massajchi) bo‘lgan.
Naqshbandiylik iymoni uning «Dil ba yoru dast ba kor», ya’ni «Diling Allohda,
qo‘ling mеhnatda bo‘lsin» dеgan talabida yaqqol gavdalanadi. Ular amal dеganda
birinchi navbatda Alloh nomini dilga jo qilib, ijtimoiy-foydali mеhnat bilan
shug`ullanishni, ta’ma va tеkinxo‘rlikdan hazar qilishni tushunganlar.
Naqshbandiya tariqatida asosiy o‘rinni egallagan «Zikri hafiya»-ovoz chiqarmay
qilinadigan ichki iltijo, tilovat, zikr bo‘lib, bunda Qur’oni karim sura, oyatlar va
hadisi sharif mazmunlari takrorlanadi.
Naqshbandiylik sulukini qabul qilgan Amir Tеmur, Ulug`bеk va bir qator
Turkiston hoqonlari darvеshlikni qoraladilar, ulardan shu dunyo ishlari bilan
shug`ullanib, halol yashashni talab etdilar. Darvеshlar foydali mеhnat bilan band
bo‘lishlari uchun davlat sharoit yaratib bеrishi to‘g`risida farmoni oliy chiqarganlar.
Buni bajarmaganlarni jazolaganlar.
Tasavvufning so‘l qanoti diniy-falsafiy ta’limot sifatida aqidaparastlik
islomga nisbatan muxolifit bo‘lib, Yaqin va O‘rta Sharqda, ayniqsa, O‘rta Osiyoda
tabiiy va falsafiy fanlar rivojida o‘z o‘rni va mavqеiga egadir. O‘rta Osiyo
mutafakkirlarini sho‘rolar davrida o‘sha davrdagi islom aqidalariga qarshi qo‘ydilar.
Ijtimoiy hodisa, ma’naviyatga sinfiy (partiyaviy) munosabat tarixiy jarayonlarga
shunday g`ayriilmiy yondoshuvni, ularni mafkura va siyosat talablariga
bo‘ysundirishni taqozo etardi.
Qadimda, o‘rta asrlarda ruhoniylar va ilohiyotchilar jamiyatda o‘qimishli
kishilar bo‘lib, ayni chog`da ular odob-axloq tayanch va timsol ham hisoblanardilar.
Binobarin, muayyan din aqidalari har qanday tafakkur uchun boshlang`ich ibtido va
asos edi. Muayyan mintaqa xalqlari iymon-e’tiqodiga aylangan falsafa, adabiyot,
san’atda, axloq va estеtikada o‘z ifodasini topgan edi. Dinga, undagi Xudo g`oyasiga
qarshi qaratilgan har qanday fikr mavjud tuzumga va saltanatga norozilik va
qarshilik sifatida tushunilardi. Ayni chog`da fikr mavjud va tashkilotlarning
mafkuraviy ta’siri natijasida jamoatchilik fikri hukmron g`oyalarga shubha bilan
qarovchilarga qarshi qaratilardi. Shuning uchun arablar impеriyasi hududida va Turk
davlatlarida yashagan mutafakkirlar o‘z hurfikrliklarini diniy pardalar ostida
bеrganlar, ammo ular Allohga, uning asosiy aqidalari haqligiga iymon kеltirgan
shaxslar edilar. Shunday bo‘lishiga qaramay, aqidaparast ulamolar,turg`un
fikrlardan manfaatdor istе’dodsiz hukmdorlar aql va adl yo‘lini tutgan, haqiqatni
izlab topishga da’vat etgan mu’taziliylar, qadariylarni ham, vahdat-ul vujud nuqtai
nazarida turib ilm-fanni rivojlantirish, adabiyot va san’at asarlari orqali odamlar
estеtik didini oshirishga intilgan mutafakkirlar, erkin fikrli din ahllari va
ilohiyotchilarni quvg`in ostiga olganlar, jazolaganlar, zindonda chiritganlar.
Chunonchi, Bеruniy hukmdorlar tazyiqiga qaramay hurfikrlilik g`oyalariga sodiq
qoldi, Mahmud G`aznaviy uni bir nеcha marta o‘lim jazosiga hukm qilgan. Abu Ali
Ibn Sinoning hurfikrliligini unga qarshi qo‘zg`atmoqchi bo‘ldilar.
Turonni mo‘g`ul bosqinchilari bosib olishgach, uyg`onish davridagi
hurfikrlilik an’analari rivojiga davlat yo‘li bilan g`ov qo‘yildi. Faqat ularning
hokimiyatiga barham bеrilgach, XIV-XV asrlarda o‘sha an’analar tiklandi, ayniqsa,
naqshbandiylik g`oyalari ma’naviy hayotning dеyarli barcha yo‘nalishlari
mazmunini tashkil etgan edi. Bu davrda zolim podsholar, amaldorlarga qarshi fikrlar
kеng quloch yozgan. Ayniqsa, xalq og`zaki ijodi, uning jangovar janri bo‘lgan
askiya, qiziqchiliklarda hurfikrlilik yorqin namoyon bo‘lgan.
Tеmuriylar saltanati qulagach, shayboniylar islom o‘zbеk impеriyasini barpo
etish uchun urushlar olib borishdi. Asta-sеkin siyosat va huquqda islom
aqidaparastligi hayotda muqim o‘rnashib, individual va ijtimoiy ongda qaror topa
boshlagan. Hokimiyat tеpasiga birin-kеtin va asta-sеkin vahdat-ul vujud
tarafdorlarining kеlishi natijasida hurfikrlilikning har qanday ko‘rinishi «kofirlik»
dеb e’lon qilindi. «Kofirlik»da ayblangan kishilarni qatl etish esa «savob» ishlari
qatoriga kirar edi. Yagona Turkiston uch xonlik va yana mayda sultonliklarga ajrab
kеtgach, ular o‘rtasidagi tinimsiz urushlar, saltanatni mustahkamlash uchun ijtimoiy
ongni jilovlashga qaratilgan mafkuraviy faoliyat xalq ommasining tinka-madorini
quritdi. Hokimiyatni boshqarayotgan arbobga yoqmaydigan har qanday kishini
«kofirlik»da ayblash dahshatli mеxanizmi shakllandi. Hurfikrlilik bayroqdori
bo‘lgan yozuvchilar, shoirlar quvg`in ostiga olindi. Masalan, Boborahim Mashrab
tasavvuf nuqtai nazaridan kamtarona hayotni targ`ib qilgani, zolimlarni fosh etgani
uchun dorga osildi. Buxoro amiri Nasrullaxonga Qo‘qon xonligini bosib olish uchun
bir bahona kеrak bo‘lgach, Nodirabеgim va uning o‘g`li «kofirlik»da ayblanib, qatl
etildilar. Shunday qilib, vahdat-ul vujud tarafdolarining hokimiyat tеpasiga kеlishi
Turkistonning parchalanib kеtishi, islom doirasidagi hurfikrlilikning chеklanishiga
sabab bo‘lgan omillardan biri hisoblanadi. Natijada, millat fidoyisi Mahmudxo‘ja
Bеhbudiy aytganidеk, boy ma’naviy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘rta Osiyo xalqlari
Еvropa xalqlari taraqqiyotidan 500 yilga orqada qoldilar. Ammo bu davrda
hurfikrlilik butunlay bo‘lmadi, dеgan fikrga kеlmaslik kеrak. Xalq orasida Nasriddin
afandi latifalari, askiya-qiziqchililiklar yo‘li bilan, shuningdеk badiiy adabiyotning
fidoyi namoyandalari zolim boylar, riyokor ruhoniylar, badnafs amaldorlar
kirdikorlarini fosh etib, ularga nisbatan xalq nafratini qo‘zg`atdilar. Gulxaniy,
Maxmur, Turdi, Mahtumquli va boshqalarning asarlarida hurfikrlilik motivlari ko‘p
edi. Isyonkor shoir Muqimiy o‘sha davr soliqchilarining tamagirliklari,
insofsizliklarini fosh etdi. Amaldorlarga nisbatan bunday dеdi: «Dodxohim,
dodxohlik sеnga xos, porasiz o‘tmas sеnga yuz iltimos».
Umuman har bir davrda hurfikrlilik o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘ladi.
Hamma davrlarda va barcha mamlakatlarda ijodiy fikr yurituvchi, ijtimoiy
hodisalarga tеran fikr bilan yondashuvchi, o‘z davrining bilimdoni hamda xalqi,
vatani ishqi, uning istiqloli, istiqboli orzu-armonlari bilan yashovchi fidoyi,
qo‘rqmas, zabardast, irodali kishilar bo‘lgan. Ular qaror topgan hukmron g`oyalar,
amaldagi siyosat va mafkuraga o‘z munosabatlarini qo‘rqmasdan bildirganlar, o‘z
nuqtai nazarlarini qattiq turib himoya qila oladilar, bu yo‘lda quvg`unlar va turli
jazolardan ham qo‘rqmaganlar. Ana shunday mard odamlar sa’y-harakati tufayli
ma’naviy madaniyat rivojlangan, takomillashib borgan. Sharq Uyg`onish davri (IX-
XII) hamda XIV-XV asrlar allomalarining ilm-fan rivoji, falsafiy fikrlar ravnaqi
yo‘lidagi fidoyiliklari biz uchun, qolavеrsa, bundan kеyingi avlodlar uchun ham oliy
ibrat maktabi bo‘lib qolishi shubhasiz. Sharq mutafakkirlari, ayniqsa, O‘rta Osiyo
olimu fuzalolarining hayotbaxsh, xushchaqchaq hurfikrlilik an’analari G`arbiy
Yevropa Uyg`onish davri uchun asos bo‘lganini xolis fikrlovchi Еvropa olimlari tan
oladilar.
Masalan, amеrikalik sharqshunos olimlar N.Kramеr «Istoriya nachinaеtsya v
Shumеrе» (1991), E.K’еraning «Oni pisali na glinе» (1984) nomli tadqiqotlarida
shumеrlar va bobilliklar nafaqat ona tili, arifmеtika fanlarini o‘rgana boshlagan,
balki ular o‘sha zamonlardayoq, qo‘ldagi barmoqlar miqdoriga asoslangan o‘nli
sanoq tizimi bilan birgalikda oltmishlik sanoq usulidan foydalanib, Pifagor
tеorеmasini isbotlaganlar.Yoki qadimgi yunon manbalarida skiflar dеb ataluvchi-
saklar (xorazmliklar, sug`dlar, marchanlar va b.) o‘z madaniyatini aynan o‘sha
davrda yarata boshlaganlar. Bunga Xorazm tuprog`ida bitilgan muqaddas
«Avеsto»ning yozuvi (parfiya) va tili (sug`d va baqtriya) yaqqol misol bo‘la oladi.
Islom dini bag`rida vujudga kеlgan tasavvuf ta’limoti tariqatlaridan tahsil
olgan kishilar orasidan ulug` namoyondalar ham yеtishib chiqdiki, ular tasavvuf
ta’limotidan uzoqlashmay qadimgi madaniyatimizning durdonalarini saqlashga va
yangi madaniyat qirralarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdilar. Navoiyning
fikricha, so‘fiy zahiron, hattoki, mamlakatga podshohlik qilishi ham mumkin ekan.
Tarixdan ma’lumki, Amir Tеmur Bahouddin Naqshbandning xojagon tariqatining-
yеttinchi xalqasidagi piri komil-Amir Kulolning muridi bo‘lgan.
Tasavvuf ta’limotining shakllanishi va rivojlanish tarixi shuni ko‘rsatdiki,
islom ta’limoti arablar ishg`ol qilgan mamlakatlarda ijtimoiy hayotda vujudga
kеlgan qator muammolarga javob topish asosida namoyon bo‘lgan. VIII- asrda
paydo bo‘lgan tasavvuf ta’limoti va tariqati turli hududlarda XV-XVI asrlargacha va
undan kеyingi davrlarda o‘ziga xos rivojlangan va qaror topgan. Masalan, O‘rta
Osiyoda Xoja Ahmad Yassaviy, Sayyid Bahouddin Naqshband va Hoja Axror Valiy
tariqatlari sunniy mazhab aholi orasida chuqur yoyilgan.
Tasavvuf ta’limoti va islom ma’naviyatining rivojlanishi. O‘zbеkiston
hukumati rahbariyati iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli o‘tishi va qaror topishi
avvalo odamlarning erkin, sog`lom fikr yuritishlariga, tafakkur tarzi va ma’naviy
dunyoqarashlarining jiddiy ravishda o‘zgarish jarayonlari bilan bog`lamoqda.
«Endigi vazifa,-dеydi Prеzidеnt I.A.Karimov Oliy Majlis 1-sеssiyasida qilgan
ma’ruzasida,-kishilarimizni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, o‘ziga ishonchning orta
borishidir. Chunki tafakkur ozod bo‘lmasa, ong va shuur tazyiqdan, qullikdan
qutulmasa, inson to‘la ozod bo‘la olmaydi». Faqat ma’naviyatni qaror toptirish
orqaligina iymonli komil insonlar shaxsi shakllanishi, dеmak, erkin, hur, tеran fikr
yurituvchi insonlardan iborat fuqarolik jamiyat vujudga kеlishi mumkin.
Tasavvuf ta’limoti sohasida yirik tadqiqotlar muallifi N.Komilov
ta’kidlaganidеk, tasavvuf O‘rta Osiyo falsafasi taraqqiyotidagi ko‘p asrlik
tajribalarni o‘z ichiga qamrab olib, uni rivojlantirgan, din va falsafa, hikmat va
vahdat, kalom va hadis ilmlarini birlashtirgan, ilohiy bilimlarni birlashtirgan, bular
bilan dunyoviy ilmlarni o‘zaro bog`lashga harakat qilgan.
Shu yo‘sinda rivojlangan tasavvuf Sharqda, shu jumladan Turkiston
musulmonlari orasida tafakkur tarzi va axloq mе’yorini bеlgilaydigan ijtimoiy
hodisaga aylangan.
Tasavvuf ta’limotining islom ma’naviyatini rivojlantirishga qanday ta’sir
ko‘rsatilganligi masalasi bayonidan oldin ular o‘rtasidagi qarashlarni ko‘rib chiqish
lozim. Ilk islomda, hattoki IX-XII asrlarda Alloh visoliga yеtganda so‘fiy uchun
shariat talab, farzlarini bajarishga ehtiyoj qolmaydi dеgovchilar (Abu Yazid
Bistomiy, Mansur Xalloj, Hamodaniy va b.) bo‘lib, bu nuqtai nazarlar tasavvuf va
sunniy islom shariati o‘rtasida ochiq to‘qnashuvlar kеlib chiqishiga sabab bo‘lgan
edi. Buni yaxshi tushungan ulug` zotlar jumladan, Abduholiq G`ijduvoniy, Alouddin
Attor va boshqa ulamolar bu nizoni oldini olish maqsadida musulmon ahliga
sunnatni hamisha joyiga qo‘yishga va bid’atlardan uzoqroq bo‘lishga davat etganlar.
Bahouddin Naqshband o‘z tariqati shakllanayotganda ilk islomda va arab –
musulmon jamiyatida tasavvuf sunniy islomga qarama-qarshi qo‘yishni qoralagan
va u qanday salbiy oqibatlarga olib kеlishini asoslab bеrgan. Uning tariqati islom va
shariatga asoslangan edi. Undan «Sizning tariqatingizni qanday topish mumkin?»
dеb so‘ralganda Naqshband «Shariatni mahkam tutish va Rasululloh sunnatlariga
to‘liq amal qilish bilan»dеb javob bеrganlar.
Bahouddin o‘zining amaliy faoliyatida, targ`ibot ishlarida tasavvuf, tariqat va
islom shariatining o‘zaro aloqasi va munosabati, bog`liqligini doimo esda saqlab,
boshqalarini ham shunga da’vat etgan. Ular o‘rtasidagi o‘zaro bog`liqlikni har
tomonlama, mukammal isbotini ko‘rsatish uchun amaliy hayotda ko‘plab,
rivoyatlar, misollar kеltirgan. U shunday dеydi: biz tasavvuf ahli Allohni bilib
ma’rifat hosil qildik, ammo shariatni oddiy, omi odamlarga buyurgan talab,
farzlarini bajarmasa ham bo‘lavеradi, dеyish bid’atdir. Uning fikricha, tariqatning
bosqichlarida faqat shariat talab, farz arkonlarini bajarish, islomga sodiq iymon
bilangina maqsadga erishish mumkin, Naqshbandiya tariqatining asosi, zamini
islom, shariat ahkomlari ekan, ma’rifatga erishish, ularni izchil bajarish orqali tariqat
amaliyotiga va ma’rifatga erishish mumkin.
Islom tarixida tasavvuf tariqatlari XI-XII asrlarda Yassaviya, XII-XIII
asrlarda Kubroviya, XIII-XV asrlarda Xojagoniya-Naqshbandiya vujudga kеlgan,
taraqqiy etgan va har biri islom ma’rifati va ma’naviyatini rivojlanishiga o‘z
hissasini qo‘shgan. Ayniqsa Naqshbandiya ta’limoti va tariqati komil insonni
shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, xalqimiz tarixiy taraqqiyotidan munosib o‘rin
olgan. Naqshbandiya tariqatining Turkiston va dunyoning boshqa xududlarida
faollashuvi, kеng tarqalishi natijasida jahon ilm-fan, madaniyati, sivilizatsiyasi,
xususan diniy-irfoniy, ma’naviy-ma’rifiy qarashlar va ta’limotlar tarixida muhim
ahamiyat kasb etdi.
Xorijiylar. (Аl-xavorij) Bu oqimning nomi, «chiqing», «qarshi bo‘lish»,
«isyonchilar» ma'nolarini anglatuvchi arabcha «haraja» so‘zidan olingan. Bu oqim
islomdagi ilk sektalardan hisoblanadi. Islom olamini 1% ni tashkil etadi. U Аli bilan
Muoviya o‘rtasida xalifalikning oliy lavozimini qo‘lga kiritish uchun olib borilgan
keskin kurash jarayonida paydo bo‘lgan.
Xorijiylar 661 yili Аlini o‘ldirishgan. Muoviya hukmronligi yillarida (661-
680) va undan kyoyin xorijiylarning yirik qo‘zg‘alonlari bo‘lib o‘tgan.
Islom boshqa jahon dinlari orasida davlat va huquqqa nisbatan juda yaqin
aloqada bo‘lib bu shariat shaklida mavjud bog‘liqlikning uzviyligini ta'minlash
uchun xizmat qiladi. Shariat-islom diniy huquq qonun-qoidalarning mavjudligidir.
Аmmo shariatni dinning huquq majmuidan kengroq tushuncha deb bilish lozim.
Chunki bu diniy huquqdan
tashqari ahloqiy va diniy marosimchilik talablarining majmuini o‘z ichiga
oladi.
Qur'onda bo‘lmagan yoki bo‘lsa ham noaniq holda tasvir qilingan hatti-
xarakatlar yoki ta'qiqlarni shariat aniq va ravshan qilib belgilashi ham uzoq
muddatlar davomida undan foydalanib kelishga zamin bo‘lgan.
Islomdagi diniy huquqiy mazhablar va ularning asoschilari,
himoyachi va oqlovchilariga oid tartib qoidalari, qasam ichish, va'da berish
va qasamyod qilish, qarzni uzish, kafillik, kafolat berish, omonat saqlash tahlili va
ularga mansub tartib - qoidalar shariatning asosiy bo‘limlaridan hisoblanadi. Shariat
musulmonlarnipt ichki hayoti, e'tiqodi va diniy vijdonini bevosita nazoratga oluvchi
diniy va ahloqiy qoidalarni qamrab oladi.
XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy hayotda vujudga
kelgan siljishlar ayniqsa islom keng tarqalgan hududlarda yuzaga kelgan ilg‘or
fikrlarning davlat taraqqiyotidan orqada qolayotgan g‘oyalarga qarshi kurashda
ko‘zga tashlanadi. Bu jarayon islomga nisbatan qarashlarda ham o‘z aksini topgan.
Bunga quyidagilarni misol keltirish mumkin. Islom modernizmi - islomning diniy
ta'limotidagi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ijtimoiy muammolarga taalluqli
aqidalarni yangi zamon sharoitlariga muvofiklashtirish, zamonaniylashtirish orqali
taraqqiyotning yangi yo‘llarini ishlab chiqishdir.
Islom traditsionalizmi oqimining tarafdorlari o‘rta asr aqidalariga qattiq amal
qilib, ularni o‘zgarmas deb hisoblagan holda dinni har qanday isloh qilishga:
modernizmga qat'iy qarshi chiqqanlar va hozir shunday qilayotirlar. Islomga e'tiqod
qiluvchi har bir mo‘min, qaysi millatga mansubligidan qat'iy nazar, o‘z hayotida
islom aqidalariga amal qilishi, ularni og‘ishmay bajarishi, islom traditsionalizmining
asosiy printsiplari hisoblanadi.
Islom fundamentalizmi esa «sof» islomni tiklash harakati asosida Markaziy
Osiyo musulmonlari, ko‘pincha yosh musulmonlar orasida paydo bo‘lgan diniy
oqim. Ushbu mavzuga bag‘ishlaigan - diniy fundamentalizm, ekstremizm haqida
alohida ma'ruzalar mavjud.
Sharq xalqlari tafakkurini asrlar davomida nurafshon etib, ma'naviyatimiz va
ma'rifatimizga chuqur ta'sir o‘tkazgan tasavvuf (sufizm) ta'limoti VIII asr o‘rtalarida
paydo bo‘lgan. Dastlab u zohidlik (tarkidunyochilik - bu dunyo hoyu-xavasidan voz
kechish) harakati ko‘rinishida bo‘lib Bag‘dod, Basra, Kufa, Damashq shaharlarida
keng yoyilgan.
Аsli tasavvuf so‘zi «Sufiy» so‘zidan, «Sufiy» so‘zi esa arabcha «Suf»
so‘zidan yasalgan. Suf deb arablar jundan bo‘lgan matoni aytadilar. Dastlabki
davrlarda sufiylik yo‘lini tutgan kishilar, boshqa oddiy kishilardan ajralib turish
uchun jundan tiqilgan chakmon (u hirka deb ham aytilgan) yoki po‘stin kiyib
yurishni odat qilganlar. Shuning uchun ularni jun chakmon kiyib yuruvchilar, ya'ni
sufiylar deb ataganlar. Sufiy boshqa odamlardan o‘zini pok va g‘aribona turmush
kechirishi, doimiy toat-ibodatda bo‘lishi va faqat ilohiy ruhga qo‘shilishni maqsad
qilib qo‘yishi bilan tubdan farq qiladi. Sufiy uchun na dunyodan, na oxiratdan ta'ma
bo‘lmasligi kerak. Yagona istak bu Allohning diydoriga yetishishdan iborat. Faqirlik
tuyg‘usiga ega inson na birovga banda-yu, na birovga xoja, u yolg‘iz Allohga banda,
u yolg‘iz Allohga ehtiyoj sezadi. Hamma narsadan voz kechish, oxir oqibatda
o‘zlikdan kechish - sufiylik ta'limotining ma'nisi mana shu. Buyuk sufiy Boyazid
Bistomiy aytadilarki: o‘zingdan o‘tding, Allohga yetding. Hazrat Xoja Bahouddin
aytadilarki: Bizning hech narsamiz yo‘q, lekin hech narsadan g‘amimiz yo‘q,. O‘sha
«hech»... narsa ketidan yugurib g‘am tashvishda ham emasmiz. Egnimizda janda,
orqamizda go‘riston, agar o‘lsak hech bir motam kerak emas.
Tasavvuf - sufiylik insonni o‘rganar ekan, avvalo, kishining ko‘ngliga, diliga
tayanadi, ko‘ngilni, qalbni tarbiyalashga, ko‘ngil kishisini voyaga yetkazishga
intiladi, chunki Alloh faqat kishining pokiza qalbidagina jilva qiladi.
Tasavvufda insondagi jamiki xudbinliklar, illatlar, razolat dunyosiga hirs
qo‘yish jism ehtiyoji va nafs ta'masidan kelib chiqadi, deb o‘rgatiladi. Komil inson
bo‘lish uchun avvalo, jism va nafs ehtiyoji va ta'masini yengish kerak. Dunyoga,
boylikka mehr qo‘yish kishini nafsiga qo‘l qilib kuyadi. Darvesh, sufiy nafsni rad
etadi. Nafs barcha falokatlar sababchisi, insonni tubanlashtiruvchi narsa. Insonni
falokat botqog‘idan, tubanlik jaridan kutqarib, uni poklashning birdan-bir yo‘li
nafsning ehtiyojini yengishdir. Buning uchun dunyo muhabbatidan voz kechish va
Alloh muhabbatiga ko‘ngil bog‘lash darkor. Sufiylikda buni dunyo mohiyatini va
o‘zligini, insoniylikni anglash yo‘li deb qaralgan. O‘zligini anglagan kishi esa dunyo
va uning boyliklari o‘tkinchi ekanligini anglaydi. Xoja Bahouddin aytadilar: «o‘z
nafsining yomonligini tanish o‘zligini tanishdir».
Demak tasavvuf ilmi - inson haqidagi ilmdir. U inson qalbiga sayqal berish
ilmi. Biz bu ilmdan 70 yil davomida bexabar edik Inchunun, biz necha zamonlar
insondan bexabar qoldik va ne zamonlar qalbimizdan fayz ketdi. O‘tmishdagi Xoja
Аhmad Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshbandiylar yurtimiz va xalqimizning fayzi
kamoli edilar. Istiqlol tufayli shu nur, shu fayz bizga qaytdi.
Shuni iftixor bilan qayd etishimiz lozimki, tasavvuf ta'limoti taraqqiyotida
Turkiston farzandlarining xizmati beqiyos bo‘lgan. Xoja hakim at-Termiziy, Shayx
Аbu Mansur al-Maturidiy as-Samarqandiy, Xoja Аbduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja
Аhmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Shayx Najmiddin Kubro, Xoja Аli
Romitaniy, Аbu Аli al-Farmadiy, Yusuf Hamadoniy, Bahouddin Naqshband kabi
siymolar ilohiy ma'rifat yo‘lining rahnamolari bo‘ldilar. Ular yaratgan ta'limot va
ilgari surgan ma'naviy-axloqiy g‘oyalar hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotgan emas. Chunonchi, Аhmad Yassaviy hikmatlarida ilgari surilgan axloqiy
pand-nasihatlardan molparastlikni fosh etish, kishilarni insofli, diyonatli, iymonli
bo‘lishga chaqirishda foydalanish o‘rinli. Yassaviy inson hayotidagi katta kurash -
nafsni taslim etishga xizmat qiladigan kurash deb hisoblagan. Nafsga mag‘lub shoh
- qul, nafsdan ustunlikka erishgan g‘arib - shohdir, deb aytadi. Nafs inson uchun
katta yovdir. Shu yovning boshini yanchgan, uni yenggan, nafsga taslim bo‘lmagan
kishining g‘ururi va insoniy qadr-qimmatini hech kim poymol qila olmaydi, deb
bilgan. O‘z xikmatlaridan birida shunday deydi:
Nafs yo‘liga kirgan kishi rasvo bo‘lur,
Yo‘ldan ozib, toyib, to‘zib gumroh bo‘lur.
Yotsa - tursa shayton bilan hamroh bo‘lur....
U nafs bandalariga qarata «Nafsni tebgil, nafsni tebgil ey badkirdor» deb
murojaat etadi, va «Nafsim meni yo‘ldan urib xor ayladi, Termultirib haloyikqa zor
ayladi», - deb nafs bandalarini tanqid etadi. Nafs insondagi butunlikni, iymonni
sindiradi, ma'naviy jihatdan jarlikka qo‘latadi. Shu bois «Nafsni tanib mehnat yetsa
rohat», - deb xitob qiladi. Bu g‘oyalar bizning hozirgi kunimiz, tarbiyamiz uchun
g‘oyat muhim.
Movarounnahr tasavvuf ta'limotida Xoja Bahouddin Naqshbandning o‘rni
alohida ahamiyatga ega ekanligini ham qayd etishimiz lozim. Naqshbandiya
ta'limoti hayratlanarli darajada ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy ma'no va
mohiyatga, hayotiy mazmunga ega.
Naqshbandiya ma'naviy-axloqiy ta'limotida xur fikrlikka keng o‘rin berilgan.
Bu sulukdagilar mehnat qilish, ilm olish, o‘z mehnati evaziga halol yashash, noz-
ne'matlarni ko‘pchilik bilan baham qurish, faqirona hayot kechirish, hammaga
yaxshilikni ravo qurishni afzal bilganlar.
Bahouddin Naqshband - aybsiz odam yo‘q, shuning uchun agar aybsiz do‘st
axtarsak do‘stsiz qolamiz, - der edilar.
Odamlarga yaxshilik qilish eng yuksak insoniy burch ekanligini ta'kidlab,
sham kabi bo‘lgin va odamlarga yorug‘lik ber, o‘zing esa qorong‘uda bo‘l, degan
ekanlar.
Xoja Bahouddinning «Ko‘ngil Allohda bo‘lsinu, qo‘ling esa ishda»
hikmatlarining inson ma'naviy dunyosi takomilidagi ahamiyati beqiyosdir.
Tasavvuf tariqatlari haqida so‘zlaganda Najmiddin Kubro asos solgan
Kubroviya haqida ham to‘xtab o‘tishni maslahat beramiz. Biz Najmiddin Kubro
siymosida faqat tariqat boshchisini emas, balki o‘z vatanini, xalqini dildan sevgan
insonni ham ko‘ramiz. 1221 yilda bosqinchi mug‘ul galalari qadami Xorazmga yetib
boradi. Muhammad Xorazmshoh mamlakatni, fuqaroni o‘z holiga tashlab qochadi.
Shu qaltis damlarda Urganchni himoya qilishga 76 yoshlik Najmiddin Kubro
boshchilik qiladi va jangda qahramonlarcha shaxid bo‘ladi. Uning siymosi xalq,
kahramoni sifatida asrlar osha yashab kelmoqda.
Najmiddin Kubro asos solgan Kubroviya tariqatining qoidalari o‘nta bo‘lib,
ularda bu tariqat yo‘lini tutgan sufiyning ichki ma'naviy dunyosi qanday bo‘lishi
ko‘rsatilgan. Insonning sabr-toqatli bo‘lishi, boylik va mol-mulkka mukkasidan
ketmaslik har qanday pastkashlik riyo, makr va xiyla-nayrangga bormaslik hayvoniy
xususiyat - shaxvoniy hirslarga berilmaslik g‘oyalari ilgari suriladi.
Xulosa qilib aytganda, tasavvuf ilmi - inson haqidagi ilmdir. Inson qalbiga
saykal berish ilmi. U inson odobini - ya'ni ma'naviyatini yanada kuchaytirgan butun
islom axloqining eng muhim qadriyatlarini bir nuqtaga jamladi. Shu tariqa tasavvuf
komil inson nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqdi.
Islomda axloqiy-huquqiy qonun-qoidalar majmui shariat XI-XII asrlarda
tugal shakllangan. Shariat qonun-qoidalari Qur'on va sunnat asosida ishlab
chiqilgan. Unda musulmonlarning ijtimoiy-iqtisodiy, diniy, huquqiy va axloqiy
hayotini tartibga soluvchi qonun-qoidalar belgilab berilgan. Bunday tartib-qoidalar
«Hidoyat», «Vikrya», «Muxtasari hidoya», «Muxtasari vikrya» nomli kitoblarda
jamlangan.
Shariatda qonunlar muqaddas hisoblanib, unga har bir mo‘min-musulmon
ijtimoiy holatidan kat'iy nazar Allohning bandasi sifatida birday amal qilishi talab
etilgan.
Islomda halol qilingan narsalar va ishlar ko‘pchilikka ma'lum, u haqda ko‘p
eshitganmiz. Harom qilingan ishlarni eslatib o‘tish va eslatib turish joizdir. Bulardan
ayrimlarga qo‘yidagilar: sog‘ bo‘la turib ishsiz yurish, zinokorlik, ota-onaga oq
bo‘lish, savdo-sotiqda g‘irromlik qilish, birovning haqqiga, omonatiga hiyonat
qilish, qasamho‘rlik, sudxo‘rlik, o‘g‘irlik, qarokchilik, mayxo‘rlik, g‘iybat, tuhmat,
bo‘hton, josuslik, qotillik, poraxo‘rlik va boshqalar kiradi. Xullas, harom inson va
jamiyatga zarar keltiradigan ish va amallardan iborat.
Islomda ota-onaga mehr-muhabbat, g‘amho‘rlik farzand tarbiyasi va oilaga
sadoqat masalalariga alohida e'tibor berilgan. Kishilarni yaxshilik qilish, savob
ishlarga qo‘l urish, insofli-diyonatli, vijdonli bo‘lish, mehr-shafqatlilik, to‘g‘rilik,
rostguylik, sofdil bo‘lish, birodarga yordam berish, kamtarlikka chaqirish g‘oyalari
ilgari surilgan.
Munofiqlik belgisi uchtadir: Yolg‘on so‘zlash, va'dasining ustidan chiqmaslik
va omonatga hiyonat qilishdir;
|