8-MАVZU. O‘ZBEKISTONDА VIJDON ERKINLIGI
Reja:
1.
Vijdon erkinligi tushunchasi. O‘zbekistonda
vijdon erkinligining
qonunan kafolatlanishi.
2.
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy konfessiya va tashkilotlar.
3.
Missionerlik va prozelitizm xavfining bartaraf etilishi.
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda muhim va
murakkab masala bo‘lib kеlgan. Chunki uning zamirida shaxsning huquqi,
dеmokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy
va axlohiy tushunchalar yotadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning
sog’lom va barkamolligiga bеvosita ta'sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun ham bu
masalaning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va bajaradigan vazifalari hayot muhimdir.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib, barcha halharo hujjat va
shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya
va qonunlarida vijdon
erkinligi o‘z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan inson huquqlari umumiy
dеklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega.
Bu huquq o‘z dini yoki e'tiqodini o‘zgartirish erkinligini, o‘z dini yoki e'tiqodiga
o‘zicha, shuningdеk boshhalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda
va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish
erkinligini o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari bu masala yana bir murakkab hodisani - turli dunyoqarash,
e'tiqodda bo‘lgan kishilar o‘rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat
o‘rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta'minlanishini ham nazarda tutadi.
Odamlar doim turli dunyoqarash va e'tiqod bilan yashaganlar va yashaydilar.
har kimning o‘z ichki dunyosi, o‘z e'tiqodi bo‘ladi.
Vijdon erkinligi qandaydir
bir mavhum tushuncha emas, u albatta ma'lum
ijtimoiy vaziyatda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun uni konkrеt tarixiy, ijtimoiy
sharoitsiz, ob'yеktiv va sub'yеktiv omillarsiz tasavvur hilish qiyin. Bundan tashqari
«vijdon erkinligi» tushunchasini ilmiy talqin qilishda milliy, mafkuraviy va madaniy
omillarni ham albatta nazarda tutish kеrak.
Vijdon erkinligi tabiiy huquq va erkinliklar sirasiga kiruvchi, har bir shaxsning
ajralmas huquqlaridan biridir. Shaxsning tabiiy huquqlari davlatning insonga bergan
«tuhfasi» emas, balki insonning munosib turmush va
hayot tarzini tanlash bilan
bog‘liq real imkoniyati hisoblanadi.
Shu bilan birga, tabiiy huquqlar jumlasiga kiruvchi erkinliklarni qonun
chiqaruvchi o‘zi xohlaganda qisqartirishi yoki cheklashga ham haqli emas. Chunki
bu huquqlar insonlarga tabiatan (Xudo tomonidan) berilgan in’om sanaladi. Vijdon
erkinligi ham xuddi shunday.
Vijdon erkinligi insonning asosiy erkinliklaridan bo‘lsa-da, qonunda o‘z
ifodasini topib, muhofaza ostiga olingandagina chin ma’noda
huquq darajasiga
ko‘tariladi. Aks holda shaxsning qalb kechinmalarini ifodalovchi bu huquq haqiqiy
ma’nosini yo‘qotadi.
Bu erkinlik deyarli barcha davlatlarning konstitutsiya va qonunlarida,
shuningdek, qator xalqaro hujjatlarda huquqiy jihatdan himoyaga olingan.
Atama sifatida «vijdon» so‘zi ko‘p ma’noni anglatadi. Bu atama turli soha va
ijtimoiy qatlamga mansub insonlar tomonidan turlicha qo‘llaniladi. A.Madvaliyev
tahriri ostida nashr etilgan «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da «vijdon» so‘ziga
quyidagicha ta’rif berilgan:
«Vijdon» (
arab.
ehtiros, his-tuyg‘u, insof, diyonat) kishining o‘z xatti-harakati,
qilmishi, yurish-turishi uchun odamlar, jamoatchilik oldidagi mas’uliyat hissi,
insoniylikning asosiy belgilaridan biri; diyonat, insof», deya izoh berilgan. Bundan
ko‘rinib turibdiki, vijdon so‘zining birinchi ma’nosi insoning o‘z xatti-harakatilari
uchun o‘zgalar oldidagi mas’uliyat hissi hisoblanar ekan.
Aslida olib qaraganda «vijdon» so‘zi ko‘p ma’noli bo‘lgani bois uning huquq
atamaShunosligida ishlatilishi unchalik ham ijobiy hol emas. Chunki «Normativ-
huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonun talablariga ko‘ra
qonun hujjatlarida
foydalaniladigan tushuncha va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etishi
lozim. Shuningdek, qonunda eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va
iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qo‘llanilishi mumkin emas.
Lekin bu atama endi qonunchiligimizga kirib bo‘ldi. Uni foydalanishdan chiqarib,
yangi so‘z ixtiro qilgandan ko‘ra, atamaning mazmun-mohiyatini keng ommaga
tushuntirish, izohlab berish maqsadga muvofiq.
Shunday ekan, vijdon erkinligining birinchi ma’nosi aynan shaxsning e’tiqodi
bilan bog‘liq huquqi sifatida qabul qilgan holda shu mazmunni yoritishga harakat
qilamiz.
Bu qoidaga ko‘ra «vijdon erkinligi» degan tushunchaning mazmun-mohiyati
Shaxsning xohlagan dinga e’tiqod qilishi bilan birga, hech qanday dinga e’tiqod
qilmaslik ixtiyorini ham qamrab oladi. Bu modda so‘ngida «diniy
qarashlarni
majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi», degan muhim qoida asosida, har bir inson
haqli bo‘lgan huquqning buzilmasligi uchun qonuniy zamin tayyorlangan. Buning
zamirida vijdon erkinligiga nisbatan har qanday tahdidni bartaraf etish istagi yotadi.
Shunday qilib, Konstitutsiyamizdagi norma asosida vijdon erkinligi uch jihatni
anglatadigan huquqiy kategoriya sifatida namoyon bo‘ladi: