1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/52
Sana19.06.2024
Hajmi1,35 Mb.
#264388
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   52
Bog'liq
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

-
 
Shaxsning o‘z dini yoki e’tiqodiga ega bo‘lish;
-
 
Shaxsning o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish; 
-
 
ta’limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusm hamda marosimlarni 
ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish; 
-
 
o‘z dini yoki e’tiqodiga yakka o‘zi, shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish.
Bundan tashqari, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 
19-moddasida ham vijdon erkinligiga ayni shu mazmunda izoh berilgan.
Shu o‘rinda bir masalaga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Vijdon 
erkinligi shaxsning o‘z dini va e’tiqodini o‘zgartirish huquqini kafolatlashi aniq. 
Lekin bunday o‘zgartirish boshqa shaxsning ta’sirida bo‘lmasligi shart. Aks holda, 
bu qonunchiligimizda taqiqlangan missionerlikning bir ko‘rinishiga aylanib qolishi 
mumkin.
Mustaqillik, yangilanish jarayoni hamma sohalar kabi vijdon erkinligi, davlat 
va din, dinga ishonuvchilar va ishonmaydiganlar o‘rtasidagi munosabatlar sohasini 
ham o‘z ichiga oldi. Binobarin, O‘zbekiston Rеspublikasi qonunchiligida asrlar osha 
haror topgan vijdon erkinligiga yuksak va samimiy hurmat ifodalangan. 1992 yilda 


qabul qilingan O‘zbekiston Rеspublikasining Konstitutsiyasining 31-moddasida har 
bir fuqaro uchun vijdon erkinligi huquqi kafolatlanadi. 
Shuni mamnuniyat bilan qayd etish lozimki, kеyingi yillarda davlat bilan 
diniy tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda juda katta o‘zgarishlar sodir 
bo‘lmoqda. Dinning jamiyatdagi o‘rni yanada tiklanmoqda. Diniy uyushma va 
tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishlariga imkoniyat yaratilmoqda. Qator tarixiy 
obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o‘tkazildi, yangi masjidlar ochilmoqda. Diniy 
tashkilotlarning halqaro aloqalari kun sayin kеngayib bormoqda. 
O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligining konstitutsion ta'minlanishi 
fuqarolarda din va diniy qadriyatlarga nisbatan adolatli va xolisona munosabatni 
belgilash imkoniyatini yaratdi. 
Yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun 
Respublikamiz Konstitutsiyasi tamoyillariga asoslanib, vijdon erkinligini amalga 
oshirishning oqilona demokratik yechimini topdi. Qonun fuqarolarning har qanday 
dinga e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan 
huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta'minlamoqda. 
Vijdon erkinligi fuqarolarning u yoki bu dinga e'tiqod qilish yoki hech qanday 
dinga e'tiqod qilmaslik huquqidir. Vijdon erkinligi inson huquqlari masalasining eng 
muhim kirralaridan biridir. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
1948 yilda qabul qilingan «Inson huquqlari Deklaratsiyasi»da bu masalaga alohida 
e'tibor berilgan. Xususan, Deklaratsiyaning 18-moddasida bunday deb yozib 
qo‘yilgan: «Har bir inson vijdon va din erkinligi huquqiga egadir». 
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ham inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro 
me'yorlarni tan olgan va mazkur masala xususida xalqaro xamjamiyat qabul qilgan 
xujjatlarga qo‘shilgan. Shuning uchun ham davlatimizning Аsosiy Qonuni- 
Konstitutsiyamizning 31-moddasida quyidagi satrlar bitilgan: «Hamma uchun 
vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hoxlagan diniga e'tiqod qilish yoki hech 
qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huqukiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga 
yo‘l qo‘yilmaydi». 


Demak, bir kishi boshqasiga, sen u dinga, sen bu dinga e'tiqod qilasan yoki 
sening biror dinga e'tiqod qilishga haqqing yo‘q, sen bedinsan, deb ayta olmaydi va 
u yoki bu aqidaga bo‘ysunishga majbur eta olmaydi. Dindor kishini ikkinchi shaxs, 
«Diniy e'tiqodingizdan qayting», deb majbur qila olmaydi. Dinga ishonish yoki 
ishonmaslik, dindor yoki daxriy (dinsiz) bo‘lish har kimning shaxsiy ishidir. 
Vijdon erkinligi deyilganda, ayni paytda fuqarolarning dinga munosabatidan 
qat'i nazar, ularning teng huquqliligi, barcha dinlarning qonun oldida tengligi, dinga 
e'tiqod qilish yoki qilmaslikka nisbatan hech qanday majburiyatning yo‘qligi, diniy 
tashkilotlar (masjid, cherkov, sinagoga va h.k.) uchun majburiy yig‘imlar 
to‘plashning ta'qiqlanganligi, diniy e'tiqod tufayli o‘zaro adovat va nafrat 
ko‘zg‘atishning taqiqlanishi kabi masalalar ham tushuniladi.
Аyni paytda, shu narsani alohida ta'kidlash zarurki, dinga e'tiqod qilish 
erkinligi faqat milliy xavfsizlik va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, 
salomatligi, ahloqi, huquqi va erkinligini ta'minlash uchun zaruriyat tug‘ilgandagina 
cheklanishi mumkin. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, vijdon erkinligi shaxsning konstitutsiyaviy 
tabiiy huquqi bo‘lib, davlat bu erkinlikni huquqiy kafolatlash va amalda ta’minlash 
tadbirlarini ro‘yobga chiqarish bilan bir qatorda, uni poymol etishga nisbatan har 
qanday tahdidning oldini olishga ham intiladi. Qonun ustuvorligi eng oliy mezon 
bo‘lgan fuqarolik jamiyatining har bir a’zosi ushbu qonuniy talabga to‘g‘ri 
munosabatda bo‘lib, uning hayotga tatbiq etilishiga hissa qo‘shishi lozim. Chunki 
eng muhim konstitutsiyaviy huquqlardan bo‘lgan vijdon erkinligi huquqining 
amalda ro‘yobga chiqarilishi fuqarolik jamiyatining ma’naviy-madaniy 
rivojlanganlik darajasining ham muhim ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. 
Binobarin, vijdon erkinligi demokratiyaning tarkibiy qismi hamdir. 
Vijdon erkinligining kafotlatlari nimalardan iborat? 
Bu kafolatlar ko‘p qirralidir. Ular O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunida ta'riflab berilgan. Bular: 
- avvalo, dinlarning va diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilganligi; 
- barcha fuqarolar uchun maorif va madaniyat eshiklarining ochiqligi; 


- maktabning dindan va diniy tashkilotlardan ajratilganligi; 
- ta'lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo‘l 
qo‘yilmasligi; 
- dindorlarning diniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan muayyan 
sharoitlarning yaratib berilganligi. 
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni. 1991 yilda, milliy mustaqillikka erishish arafasidayoq, 
O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotini demokratiyalash jarayoni boshlandi. Bu 
jarayon ayni paytda, kun tartibiga din, diniy tashkilotlar va dindorlarga ham 
munosabatni o‘zgartirish masalasini qo‘ydi. 
Bu masalalarda Respublikamizda jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. 
Biroq, dindan o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanishga urinish, dinni yagona 
xukmron mafkuraga aylantirishga harakat qiluvchilar ham yo‘q emas edi. Аna 
shunday sharoitda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» qonun qabul 
qilish hayotiy zaruratga aylandi. Bu qonun mutlaqo yangi sharoitda dinning, diniy 
tashkilotlarning jamiyatdagi o‘rnini, davlat va din munosabati tamoyillarini belgilab 
berishi lozim edi.
1991 yil 14 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi ana shunday 
qonunni qabul qildi. 
1998 yil 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida 
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning 23 moddadan iborat 
yangi tahriri qabul qilindi. Qonunning 3-moddasi «Vijdon erkinligi huquqi» deb 
nomlangan. Bu moddada quyidagi qoidalar yozilgan: 
«Fuqaro o‘zining dinga, dinga e'tiqod qilishga yoki e'tiqod etmaslikka, ibodat 
qilishda diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka 
nisbatan o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga 
yo‘l qo‘yilmaydi». Bu ayni vaqtida belgilangan hayotiy qoidadir. 
Bu qoidani buzganlik uchun fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
Kodeksining 145-moddasiga ko‘ra, eng kam ish haqining 75 barobaridan 100


barobariga miqdorda jarima solish yoki 6 oygacha qamoq, yoxud 3 yildan 5 yilgacha 
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qonunning 4-moddasi «Fuqarolarning dinga munosabatidan qat'iy nazar teng 
huquqliligi» deb nomlangan. 
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari dinga munosabatidan qat'i 
nazar, qonun oldida tengdirlar. 
Qonun talabiga ko‘ra, rasmiy hujjatlarda (masalan, fuqaro pasportida) 
fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolarning dinga 
munosabatiga qarab huquqlari cheklanmaydi yoki ularga hech qanday imtiyozlar 
berilmaydi. Shuningdek, bir-biriga nisbatan dushmanlik va adovat ko‘zg‘atish, 
diniy yoki daxriylik xis-tuyg‘ulari uchun haqoratlash ta'qiqlanadi. Bundan tashqari, 
mazkur moddada hech kim diniy e'tiqodini ro‘kach qilib qonunda belgilangan 
majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi mumkin emasligi ham qayd etilgan. 
Qonunning «Ta'lim tizimi va din» deb atalgan 7-moddasida quyidagilar yozib 
quyilgan: «O‘zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi dindan ajratilgan. Ta'lim 
tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi». 
Bu qoidani quyidagicha tushunish kerak: 
Respublikamizda davlat o‘quv yurtlarida diniy ta'lim berilmaydi, ya'ni 
maktabgacha ta'lim, umumiy ta'lim, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari o‘quv 
rejalariga din dars sifatida kiritilmaydi. Chunki, bu o‘quv yurtlari dunyoviy bilimlar 
beruvchi maskanlardir. 
Lekin, fuqarolar mutlaqo diniy ta'lim olish huquqiga ega emas, degan ma'no 
kelib chiqmaydi. O‘zbekiston fuqarolari diniy ta'lim olishlari mumkin. Biroq, bunda 
albatta, qonunda belgilangan tartibga amal qilish shart. Xo‘sh, bu qonunning 
tartiblari nimalardan iborat? 
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra voyaga 
yetmagan bolalarni ularning ota-oanlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar 
roziligisiz diniy tashkilotga jalb etish, diniy bilim berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta'lim olish uchun fuqarolarga umumiy 
majburiy o‘rta ta'limdan keyin ruxsat etiladi. Bu diniy o‘quv yurtlari albatta davlat 


ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi lozim. Diniy o‘quv yurtlarida ta'lim beruvchilar albatta, 
diniy ta'lim olgan bo‘lishlari hamda diniy ta'lim berishga qonunda belgilangan 
tartibda ruxsat olgan bo‘lishlari lozim. Bu belgilangan qoidalardan boshqa 
shakllarda diniy ta'lim berish qonun yo‘li bilan man etiladi.
Belgilangan tartiblarning buzilishi qonunga muvofiq javobgarlikka 
tortilishgacha olib keladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 
145-moddasiga ko‘ra voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, 
shuningdek, ularni ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar 
ixtiyoriga zid tarzda diniy bilim berganlar eng kam ish haqining 50 barobaridan 75 
barobarigacha miqdorda jarima solinishiga yoki 2 yildan 3 yilgacha ahloq tuzatish 
ishlari, yohud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Istiqlol yillarida din sohasida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. O‘zbekistonda 
turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z 
e'tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va 
millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy 
mushtarak an'analarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, 1995 
yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida “Bir samo ostida” shiori ostida xalqaro 
musulmon-xristian konferentsiyasi o‘tkazilishi, 1996 yilning noyabrida Rus 
pravoslav cherkovi Toshkent va Markaziy Osiyo yeparxiyasining 125 yilligi 
tantanalari o‘tkazilishi fikrimizning isbotidir. 
2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda 16 konfessiyaga 
(Islom, Rus pravoslav cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemis-lyuteran cherkovi, 
Аrman-apostol cherkovi, To‘liq injil xristianlari, Yevangelь-xristian baptistlar 
cherkovi, Novoapostol cherkovi, Yettinchi kun adventistlari, “Golos bojiy”, Iegovo 
shohidlari, Koreys protestant cherkovlari, Yahudiylik, Bahoiylik, Krishnani anglash 
jamiyati, Buddaviylik) mansub 2224 ta diniy tashkilot rasman faoliyat olib boradi. 
Jumladan, 2037 ta masjid, 2 ta markaz, Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta maxsus 
islom bilim yurti, shuningdek, jami 175 ta noislomiy diniy tashkilot, jumladan
Pravoslav va Protestant seminariyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. 


Dunyoviy davlat tushunchasi. Dunyoviy davlat – bu, din davlatdan ajratilgan 
davlat. Binobarin, din dunyoviy davlat ishiga, siyosatiga aralashmaydi. Аyni paytda, 
davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o‘zining hech qanday vazifasini bajarishni 
yuklamaydi. Ularning davlat qonunlariga zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmaydi. 
Dunyoviy davlat – bu, o‘z fuqarolari uchun vijdon erkinligini e'lon qiladigan 
davlat. Bunday davlatning fuqarolari dinga munosabatidan qat'i nazar qonun oldida 
teng bo‘ladilar. Fuqarolarning dinga qanday munosabatda bo‘lishiga qarab, ular 
huquqlarining biron bir tarzda cheklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, har bir 
fuqaroga diniy e'tiqodini ro‘kach qilib, davlat qonunida unga nisbatan belgilab 
qo‘yilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. 
Dunyoviy davlat – bu, biror dinga imtiyoz berilmasligini, barcha diniy 
tashkilotlarning qonun oldida tengligini e'lon qilgan va uni amalda ham 
ta'minlaydigan davlatdir. 
Dunyoviy davlat dinning davtlatga, amaldagi qonunlariga qarshi targ‘ibotiga 
yo‘l qo‘ymaydi, diniy qarama-qarshiliklar, toqatsizliklarning yuzaga kelishiga 
ruxsat bermaydi. 
Dunyoviy davlat – bu, o‘z ta'lim tizimini dindan ajratgan, o‘quv dasturlari 
diniy fanlardan holi bo‘lgan hamda ta'lim mazmuniga din singdirilmaydigan 
davlatdir. 
Аyni paytda, dunyoviy davlat – o‘z fuqarolariga qonunlarda belgilangan 
tartibda diniy ta'lim olishni ham kafotlatlaydigan davlatdir. Dunyoviy davlatda diniy 
tashkilotlarning faoliyati davlat hisobidan mablag‘ bilan ta'minlaydi. 
Shuni alohida ta'kidlash zarurki, dunyoviy davlatda din davlatdan ajratilsa-
da, jamiyatdan ajratilmaydi. Binobarin, davlat Konstitutsiyasida va qonunlari 
asosida uning amal qilish tartiblari belgilab beriladi.
O‘zbekistonda davlat va din munosabati. O‘zbekiston – dunyoviy davlat. 
Demak, dunyoviy davlatda amal qiladigan davlat va din munosabati tamoyillari 
O‘zbekistonda ham amal qiladi. 
Аyni paytda, Respublikamizda davlat va din munosabati masalasida o‘ziga 
xos jihatlar ham mavjud. 


O‘zbekistonda ma'naviy hayotning asosini fan yoki din, falsafa yoki ilohiyot 
tashkil etadimi, degan muammo bugungi kunda ham nazariy, ham amaliy
ahamiyatga molik. Bu muammoni to‘g‘ri hal etish O‘zbekistonning kelgusi 
taraqqiyoti uchun favqulodda muhimdir. 
O‘zbekiston Konstitutsiyasining umumiy ruhi va respublika rahbariyatining 
fikrlariga ko‘ra ma'naviyatning asosi fan bo‘lib qolishi kerak. Dinga esa jamiyatning 
ma'naviy-ahloqiy jihatdan poklanishining bir vositasi sifatida qarash to‘g‘ri bo‘ladi. 
Shunday qilinganda, birinchidan, vijdon erkinligi to‘g‘risidagi Konstitutsion 
Qonun amalga oshishi uchun kafolat yuzaga keladi; 
Ikkinchidan, bir dinning boshqa din, bir e'tiqodning boshqa e'tiqodga nisbatan 
imtiyozli bo‘lishining oldi olinadi; 
Uchinchidan, din ma'naviy madaniyatda o‘ziga munosib o‘rin egallaydi; 
To‘rtinchidan, biron-bir dinning siyosiylashmay, sofligi saqlanadi; 
Beshinchidan, yoshlarning dindorlikni diniy mutaassiblikdan farqlashga 
aqllari yetadiki, bu o‘z-o‘zidan diniy partiyalar tuzish behuda, zararli ish ekanligini
ayon qiladi. 
O‘zbekiston davlati o‘z fuqarolarining diniy e'tiqodlarini hurmat qiladi. Аyni 
paytda, dindorlar va diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
qonunlarida belgilab qo‘yilgan quyidagi talablarga ham rioya etishi lozim: 
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish; 
- dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borish, millatlararo 
adovat uyg‘otish va fuqarolararo totuvlikni buzish vositasi sifatida foydalanmaslik; 
- diniy tashkilotlarning davlat ro‘yxatidan o‘tishi; 
- diniy o‘quv yurtlarida diniy fanlarni o‘qitayotgan shaxslarning diniy 
ta'lim olgan bo‘lishlari va diniy tashkilot rahbariyati ruxsati bilangina o‘qitish 
ishlarini olib borishlari; 
- dindorlardan majburiy pul yig‘imi yig‘maslik va to‘lovlar undirmaslik; 
- taqiqlangan g‘oyalarni, adabiyotlarni, kino, foto va video mahsulotlarni 
tarqatmaslik va ishlab chiqarmaslik. 
O‘zbekiston davlatida yana quyidagilar man etilgan: 


- diniy mohiyatdagi siyosiy partiya va jamoat harakatlarni tuzish. Bu haqda 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida aniq ifoda qilingan. 
Аyni paytda, Respublikamizda chet davlatlarda tuzilgan diniy partiyalarning 
bo‘limlari tuzilishi ham ta'qiqlanadi: 
- terrorchilik, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, 
shuningdek, boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, 
sektalarning faoliyat ko‘rsatishi; 
- dindorlar va diniy tashkilotlarning davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlariga tazyiq o‘tkazishi; 
- yashirin diniy faoliyat bilan shug‘ullanish; 
- davlat ro‘yxatidan o‘tmagan diniy tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi; 
- diniy tashkilotlar xizmatchilarining O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentligiga nomzodining ro‘yxati olinishi; 
- diniy tashkilotlar xizmatchilarining xokimiyat vakillik organlari 
deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinishi. 
Qonunning yuqorida qayd etilgan qoidalariga amal qilmagan fuqarolar jinoiy 
javobgarlikka tortiladilar. Diniy tashkilotlar faoliyati esa tugatiladi. 
Davlat va diniy tashkilotlar qonunga og‘ishmay amal qilsalar, jamiyatda 
siyosiy barqarorlik mustahkam bo‘ladi va fuqarolar totuvliligi to‘la qaror topadi. 
Konstitutsiyadan: 
«O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga 
ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va 
ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar qonun oldida tengdirlar»
(18-modda)
«Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga 
e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy 
qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi». 
(31-modda)
«Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib 
qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning 


konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, 
irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘ligi va ma'naviyatiga tajovuz 
qiluvchi, shuningdek xarbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi 
siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati 
ta'qiqlanadi». 
(57-modda)
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonundan: 
3-modda. Vijdon erkinligi – fuqarolarning har qanday dinga e'tiqod qilish yoki 
hech qanday dinga e'tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan Konstitutsiyaviy 
huquqidir. 
Fuqaro o‘zining dinga, e'tiqod qilishga yoki e'tiqod etmaslikka, ibodat 
qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, 
diniy ta'lim olishga o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda 
majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek 
ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid 
tarzda dinga o‘qitishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Dinga e'tiqod qilish yoki o‘zga e'tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va 
jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, ahloqi, huquqi va 
erkinliklarini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin. 
5-modda. O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir 
dinga yoki diniy e'tiqodga boshqalarga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar 
belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat turli dinlarga e'tiqod qiluvchi va ularga e'tiqod qilmaydigan fuqarolar, 
har xil e'tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va xurmat 
o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy va o‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga 
munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar 
o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan hatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi.
Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-
quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan 


hatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati 
man etiladi.
1998 yilda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» 
gi qonuning 5-moddasiga ko‘ra: «Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va 
totuvlikni qo‘llab quvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga 
kiritishga qaratilgan hatti-xarakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa xar qanday 
missionerlik faoliyati man etiladi» deb belgilab qo‘yilgan. 
Inson va fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishlarida diniy 
tashkilotlarning muhim o‘rni bor. Davlat bilan din o‘rtasidagi munosabatlarda 
sub’ekt sifatida bir tomondan e’tiqod qiluvchilar, ya’ni fuqarolar, ikkinchi tomondan 
davlat va uchinchi tomondan diniy tashkilotlar qatnashadi.
O‘zbekiston dunyoviy xarakterdagi davlat va diniy tashkilotlar davlatdan 
ajratilgan bo‘lishiga qaramay, ularni jamiyatdan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Shu sababli davlat diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatini qo‘llab quvvatlaydi, 
jamiyatning ma’naviy qadriyatlarini tiklanishi va rivojlanishida diniy tashkilotlar 
ko‘magiga tayanadi, ya’ni O‘zbekistonda din davlatdan ajratilgan bo‘lsada, 
jamiyatning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. 
Bugungi kunda din bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi 
fuqarolar va davlatning o‘rni va ahamiyati birmuncha oydin bo‘lsa-da, diniy 
tashkilotlar haqida, ularning maqomi va vazifalari, faoliyati haqida ma’lumotga ega 
bo‘lish vijdon erkinligi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarning yanada ortishiga xizmat 
qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‘g‘risida»gi Qonunining 8-moddasi diniy tashkilotlarga bag‘ishlangan bo‘lib, 
unda aytilishicha, «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, 
ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan 
ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, Cherkovlar, 
sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar deb e’tirof etiladi».
Diniy tashkilotga berilgan bu kabi ta’rif boshqa davlatlar qonunchiligida ham 
uchraydi. Jumladan, Armaniston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy 


tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunida «Diniy tashkilot – bu fuqarolarning dinga 
e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish 
maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (Cherkovlar, diniy jamiyatlar, 
eparxiyalar, monastirlar, diniy kongregatsiyalar, diniy o‘quv yurtlari, nashriyotlar) 
dir» deya ta’rif berilgan. 
Rossiya Federatsiyasining «Vijdon erkinligi va diniy birlashmalar 
to‘g‘risida»gi federal Qonunining 8-moddasi 1-bandida: «Rossiya Federatsiyasi 
fuqarolari, Rossiya Federatsiyasi hududida doimiy va qonuniy asoslarda istiqomat 
qiladigan boshqa shaxslarning dinga birgalikda e’tiqod qilish va tarqatish 
maqsadlarida tuzilgan va yuridik shaxs sifatida qonun bilan belgilangan tartibda 
ro‘yxatdan o‘tgan ko‘ngilli birlashmalari», diniy tashkilot deb e’tirof etiladi.
Demak, diniy tashkilot tushunchasiga berilgan ta’riflar o‘rtasida mushtarak 
jihatlar mavjud. Umuman olib qaraganda diniy tashkilot inson va fuqarolarning 
vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishlariga ko‘maklashuvchi notijorat ko‘ngilli 
tashkilot hisoblanadi.
Mamlakatimizda faoliyat yuritadigan barcha diniy tashkilotlar O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonuniga va amaldagi 
boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi. 
O‘zbekiston Respublikasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi 
yangi tahrirdagi qonuniga asosan diniy tashkilotlar faoliyati fuqarolarning 

Download 1,35 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   52




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja

Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish