1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/52
Sana19.06.2024
Hajmi1,35 Mb.
#264388
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
Bog'liq
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

markaziy boshqaruv organlari
tuzilishi mumkin. 
Markaziy boshqaruv organi Respublikaning kamida sakkizta hududiy 
tuzilmasida (viloyat, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi) faoliyat 
ko‘rsatayotgan, tegishli konfessiyalarning diniy tashkilotlari vakillari ta’sis 
yig‘ilishi tomonidan tuziladi. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, Markaziy boshqaruv organining asosiy vazifasi 
o‘z konfessiyasiga tegishli bir nechta diniy tashkilotlarning faoliyatini, dinga e’tiqod 
qilish, ibodat qilish, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish, diniy 


ta’lim berish, dinni targ‘ib etish borasidagi maqsad va vazifalarini, harakat 
dasturlarini muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borishdan iborat.
Respublikamizda davlat organlari bilan diniy tashkilotlarning o‘zaro 
munosabatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish vazifasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita zimmasiga yuklangan. 
Qo‘mita har bir shaxsning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi, 
fuqarolarning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar tengligini ta’minlash, 
shuningdek diniy tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish 
sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi 
hisoblanadi. U mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi 
va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal 
qilishda yagona siyosatni amalga oshiradi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Adliya organlaridan rasman ro‘yxatdan o‘tgan 
16 ta diniy konfessiya (Islom, Rus pravoslav Cherkovi, Rim-katolik Cherkovi, 
Nemis-lyuteran Cherkovi, Arman-apostol Cherkovi, To‘liq injil xristianlari, 
Evangel-xristian baptistlar Cherkovi, Novoapostol Cherkovi, Ettinchi kun 
adventistlari, «Golos bojiy», Iegovo shohidlari, Koreys protestant Cherkovlari, 
Yahudiylik, Bahoiylik, Krishnani anglash jamiyati, Buddaviylik) faoliyat olib 
bormoqda. Ularning jamiyat hayotida birdek ishtirok etishlari uchun zarur 
imkoniyatlar yaratib berilgan.
Diniy tashkilotlarni vijdon erkinligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyatini 
hisobga olib davlat tomonidan ularga bir qator imtiyozlar ham belgilangan. 
Jumladan, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning 16-
moddasida diniy tashkilotlar muayyan miqdorda davlat mulkidan foydalanishlari 
mumkin ekani ko‘rsatilgan. Shunga ko‘ra, diniy tashkilotlar o‘z ehtiyojlari uchun 
davlat organlari tomonidan shartnoma asosida beriladigan binolar va mol-mulkdan 
foydalanishga haqlidir. Bu esa tegishli hokimiyat organlari ruxsati bilan amalga 
oshiriladi.


Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Madaniy meros ob’ektlarini 
muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining muvofiq tarixiy 
va madaniy yodgorliklar ob’ektlari va buyumlar diniy tashkilotlarga tekin 
foydalanish shartnomasi shartlarida berib qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining «Din sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy, 
ta’lim ishlarini va faoliyatni takomillashtirishda ijtimoiy ko‘mak va imtiyozlar 
berish to‘g‘risida»gi Qarorini bir so‘z bilan diniy tashkilotlarga nisbatan 
belgilangan sanatsiya deb atash mumkin. Chunki, bu Qaror diniy tashkilotlarga 
kommunal xizmatlar uchun olinadigan to‘lovlarni yuridik shaxs sifatida emas, balki 
jismoniy shaxslardan olinadigan miqdorda to‘lash huquqini berdi.
Kommunal xizmat to‘lovlaridagi farq tufayli yuzaga kelgan tushumlar va 
ziyoratgohlardan tushadigan xayriya mablag‘larini O‘zbekiston musulmonlari 
idorasi tizimidagi masjidlarni ta’mirlash, diniy ta’lim muassasalarining o‘quv va 
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘qituvchi-mudarris va imom-xatiblarning 
mehnatini rag‘batlantirish ishlariga sarflash belgilab qo‘yildi. 
Diniy tashkilotlarga hukumat darajasida bu kabi ijtimoiy yordamlarning 
berilishini ham davlatning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy konfessiyalarni 
rivojlanishiga qaratilgan chora-tadbirlarining amaliy ifodasi sifatida baholash 
mumkin. 
Shunday qilib, O‘zbekistonda barcha shaxslarning vijdon va e’tiqod erkinligi 
huquqini ta’minlashga xizmat qiluvchi diniy tashkilotlarning hech bir to‘siqlarsiz, 
qonunda belgilangan tartib va asoslarda faoliyat olib borishlari uchun tegishli 
huquqiy asos va tashkiliy shakllar ta’minlangan. Bu holat davlatimizning dunyoviy 
demokratik davlat sifatida rivojlanayotgani hamda diniy bag‘rikenglik tamoyillariga 
sodiq ekanini ko‘rsatadi. 

Download 1,35 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja

Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish