partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo‘poruvchilik
faoliyatini ifodalaydi. U og‘ir jinoyatlardan bo‘lib, uzoq davom etgan jarayonlarning
hosilasi hisoblanadi
.
Umuman olganda terrorizm siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy jinoiy
maqsadlarda aholini qo‘rqitish hamda davlat, hokimiyat va boshqaruv organlariga
ruhiy tazyiq o‘tkazishga qaratilgan zo‘ravonliklar sodir etishda u yoki bu dinni,
mazhabni o‘ziga niqob qilib oladi. Qo‘rqitish va dahshatga solish orqali o‘z hukmini
o‘tkazishga urinish terrorchilikka xosdir. U iqtisodiy, siyosiy, diniy, g‘oyaviy, irqiy,
milliy, gruppaviy, individual shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ta'qib,
zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik va qotillik terrorchilikning har qanday ko‘rinishi uchun
umumiy xususiyat bo‘lib, gumanizm, demokratiya, adolat tamoyillariga ziddir.
Shuning uchun terrorizm qanday “bayroq” ostida amalga oshirilmasin, mohiyatan
insoniyatga, taraqqiyotga, ezgulikka qarshi jinoyatdir».
Iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlovchi va moddiy boyliklarni o‘zlashtirishni
maqsad qilib olgan terrorchilik keng tarqalgan. Unda raqiblarini yoki ularning
yaqinlarini jismoniy yo‘qotish, o‘g‘irlab ketish, zo‘ravonlik, tajovuz bilan qo‘rqitib,
o‘z hukmini o‘tkazishga urinish, boyliklarini o‘zlashtirib olish yo‘llaridan
foydalaniladi. Keyingi yillarda intellektual va ommaviy axborot sohalarida
terrorchilik elementlaridan foydalanilmoqda. Muayyan mafkuraviy poligonlarning
muttasil tarqatayotgan axborotlaridagi yovuz va zararli g‘oyalar oqimi, teleekranlar
orqali doimiy namoyish etiladigan jangari filmlar, bolalarga mo‘ljallangan,
buzg‘unchi g‘oyalar asosida ishlangan o‘yinlar, kompyuter tarmoqlari dasturlarini
ishdan chiqaradigan “viruslar”ni tarqatish bunga misol bo‘la oladi. O‘zlarining
yovuz niyatlariga erishish uchun hokimiyatni qo‘lga kiritishni ko‘zlovchi
kuchlarning zo‘ravonligi va qo‘poruvchiligi siyosiy terrorga misol bo‘ladi. Siyosiy
terrorizm nafaqat jinoyatchi guruhlar, hatto ba'zi reaktsion agressiv ruhdagi rasmiy
siyosiy doiralar va kuchlar tomonidan uyushtirilishi va qo‘llanishi ham mumkin.
Ekstremizm mazmuniga ko‘ra - diniy va dunyoviy, namoyon bo‘lishiga ko‘ra-
hududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga bo‘linadi. Ekstremistik qarashlar juda
chuqur ildizlarga ega bo‘lib, hech qachon chegara bilmagan, din, millat, hududni tan
olmagan. Dunyoviy ekstremizmning siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy ko‘rinishlari
mavjud bo‘lgani holda, diniy ekstremizm barcha dinlar doirasida rivojlangan. Diniy
ekstremistik ruhdagi qarashlarni katoliklar, protestantlar, provoslavlar orasida ham
uchratish mumkin. Bunday holat sobiq sho‘rolardan qolgan makonda ham kuzatildi.
Diniy ekstremizm islom olamida ham keng tarqalgan. Diniy ekstremistlar
qaerda faoliyat ko‘rsatmasin, asosiy maqsadi islom davlatini barpo qilish bo‘lib, bu
maqsadga o‘zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to‘qnashuvlar orqali, ya'ni qon to‘kish va
zo‘rlik bilan erishishni ko‘zlaydilar.
Bu esa, mustaqillikka ham, jamiyat taraqqiyotiga ham katta g‘ov bo‘ladi.
Ekstremistik guruhlarning yagona maqsadi hokimiyatni qo‘lga olish bo‘lib, bu
yo‘lda ular eng jirkanch usullardan foydalanadilar.
Ma'lumki diniy ekstremizm oxir oqibatda diniy fundamentalizga olib boradi.
Bunday holat dunyoning barcha dinlarida kuzatilgan. Hozirgi kunda dunyo afkor
ommasining diqqat marazida turgan harakat islom fundamentalizi bo‘lib, bu
mohiyatiga ko‘ra – Qur'on va hadislarni so‘zma-so‘z talqin etuvchi, ilk islomga
qaytishga qaratilgan o‘z aqidalarini keng targ‘ib qiluvchi, diniy konservativ ruhdagi
yo‘nalishga nisbatan ishlatiladigan atama. Аslida «fundamentalizm» so‘zi 20-asr
boshida amerikalik protestantlarning bir guruhiga berilgan nom bo‘lsa-da, oxirgi
paytlarda jahon matbuotlarida mutaasib islom jangarilarini fundamentalistlar deb
atash odat tusiga kirdi. Islom fundamentalizmi turli-tuman yo‘nalish va kayfiyatdagi
guruhlarni o‘z ichiga oladi. ularning ba'zilari siyosiy jabhada, inqilobiy va hatto
terroristik usullar bilan qonuniy hokimiyatga qarshi kurashda o‘zlarini namoyon
etsalar, boshqalari targ‘ibot-tashviqot ishlari, diniy ta'lim, turli jamoat tashkilotlari,
maktab, universitet, ommaviy axborot vositalariga kirib borish, ayniqsa, foydalanish
oson bo‘lgan audio-video kassetalarni tarqatish bilan shug‘ullanadi. Islom
fundamentalizmi uchun umumiy bo‘lgan g‘oyalar - go‘yoki dinsiz yoki «sof
islomdan chekingan» davlat rahbarlarini jismonan yo‘q qilish, va nihoyat, ularning
ta'biri bilan aytganda, islomda «shirk» (butparastlik)ka barham berishdir.
Diniy ekstremizm tarafdorlarining xususiyatlaridan biri boshqalarga nisbatan
o‘ta radikal kayfiyatda bo‘lishdir. Hozirgi kunda radikalizmning o‘ng, so‘l va
mo‘'tadil ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, o‘ng radikalizm hayotni zudlik bilan qayta
qurish, bunda eskini butunlay yo‘qotish, faqat yangiga tayanish lozim deb hisoblasa,
so‘l radikalizm jamiyat taraqqiyotida eskiga, oldingi davrlarga qaytish,
yangiliklardan ko‘ra aqidalarga tayanish zarur degan qarashni ilgari suradi. Mo‘'tadil
radikalizm ko‘proq reformistik g‘oyalar tarafdori bo‘lganidan, jamiyat hayotida
pishib yetilgan muammolarni hal qilishda ishni paysalga solmaslik lozim degan
tamoyilga tayanadi. Аfsuski, radikalizm ko‘proq mo‘'tadil holda emas, balki o‘ng va
so‘l shakllarda uchraydi.
Fundamentalistlarning ta'biriga ko‘ra, diniy qonunlarga asoslanmagan har
qanday jamiyat, g‘ayritabiiygina emas, balki Olloxga qarshi qilingan jinoyat hamdir.
Bu ham "hokimiylik" tamoyillari bilan asoslanadi. Shuni ham ta'kidlash joizki,
ushbu (yoki unga o‘xshash boshqa bir) atama islomda keng tarqalmagan. Biror-bir
musulmon muallifi tarafidan uning qo‘llanishi esa, hech bo‘lmaganda, uning islom
fundamentalizmi nazariy asoslariga xayrixoxligi, moyilligini anglatadi. hattoki
"Musulmon birodarlar" ham bu tushunchaga bir xil munosabatda bo‘lmaydilar.
"Hokimiylik"ning
mohiyati
shundan
iboratki,
Alloh
tomonidan
yaratilganlardan hech kim o‘z qonunlarini joriy qilishi, o‘rnatishi mumkin emas.
Chunki ularni faqatgina Allohning o‘zi joriy qiladi, o‘rnatadi. Boshqacharoq qilib
aytganda, odamlar qonun chiqaruvchi emas, balki ijro hokimiyatigagina egadirlar.
"Hokimiylik"ni e'tirof etish bir qator oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bu tamoyil
teokratiyadan tashqari, siyosiy hokimiyatning har qanday shaklini, diktaturani ham,
demokratiyani xdm birday inkor etadi. Mamlakat hukumati xuddi xalqi kabi qonun
chiqarish hokimiyatidan mahrumdirlar. qonun tizimi ulargacha joriy qilib bo‘lingan
va u abadiydir. Shariatdan boshqa har qanday qonun kuchga ega emas. Ularga
bo‘ysunish esa - gunoxdir. Yuqoridagalardan ma'lum bo‘ladiki, sharoitga zvd
bo‘lgan qonunlar va hodisalarni joriy etuvchi hukumat Allohga xos bo‘lgan sifat -
"huquqni" o‘zlashtirib olgan hisoblanadi. Demak, ular "g‘ayridin" bo‘lib,
musulmonlarga rahbarlik qilish huquqiga ega emaslar.
Ushbu g‘oya o‘zining ko‘rinishlarida ko‘plab islomiy (bunda noqonuniylikni
yodda tutish kerak) tashkilotlar faoliyatining asosini tashkil etadi. U yoki bu
ko‘rinishdagi teokratik boshqaruv shaklini o‘rnatish; shariat qonunlariga asoslangan
huquqiy tizimni kiritish; davlat qurilishining dunyoviy shakllarini faol ravshtsda rad
etish talablari ham shundan kelib chiqadi.
Shuni
ham
ta'kidlash
joizki,
ilmiy
va
publitsistik
adabiyotda
"fundamentalizm", "qayta yaralish" deb nomlanayotgan oqimlarni islomda "as-
Salafiyya" tushunchasi bilan izoxlaydilar.
Salafiy (arabcha - ajdodlar) deganda islom tarixining turli davrlarida ilk
musulmonlik jamiyati turmush tarzi va e'tiqodi, "taqvodor ota-bobolar" ("as-salaf
as-salihin") hayotidan namuna olishga chaqiruvchi ulamolar tushuniladi. Ular
islomning ilk davridan keyin kiritilgan barcha yangiliklarni bid'a, yo‘l qo‘yish
mumkin bo‘lmagan holat sifatida baholaganlar. Bunga qur'onni ramziy-majoziy
talqin qilish usullaridan terrorni keng qo‘llovchilar hisoblanmish "Islom
demokratlari", "Ekstremistlar" kabi uch g‘oyaviy yo‘nalishi farqlanadi.
Ekstremizm tarfdorlari keskin choralarga moyil, maqsadga erishish usullari,
jumladan, zo‘ravonlik usulini belgilovchi mazmuni va hajmiga ko‘ra juda
asoslangan bo‘lib, ularni keng miqyosda amalga oshirishga kodir maxsus "jangovar"
guruxlarning mavjudligi bilan ifodalanadi. Аslida transformatsiyalashuv uchun bir
qancha istiqbollari bo‘lgan har qanday diniy-ekstremistik guruh (tashkilot) ham
terrorchilik tashkiloti deb tasviflanavermaydi.
Terror – lotin tilidan olingan bo‘lib, qo‘rquv, dahshat degan ma'noni
anglatadi. Terrorizm – aholini qo‘rqitish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv
organlariga tazyiq o‘tkazish orqali jinoiy, siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy
maqsadlarni ko‘zlash jarayonidir.
Terrorizm olamida 3 ta asosiy ko‘rinish bor:
1.
Terrorchilik harakatlarining jangarilik yo‘li (qurol ishlatish yo‘li).
2.
Jinoiy yo‘li.
3.
Ijtimoiy-siyosiy yo‘llar bilan amalga oshirishdir.
Terrorizm so‘zi birinchi marta 1793-94 yillarda Frantsiya inqilobi davrida
istifoga kiritilgan edi. Hozirgi ma'nosidan farq qilgan holda u paytda ushbu atama
ko‘proq ijobiy ma'no kasb etgan. Terror tizimi yoki rejimi respublikaning ta'sirchan
vositasi bo‘lib, hukumatning inqilobga qarshi dahshat solishga qaratilgan sa'y-
harakatlarini jamlashga yo‘naltirilgan edi.
XIX asrning ikkinchi yarmi boshida industrial rivojlanish bilan bog‘liq ulkan
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrda yangi mafkuraviy oqimlar
paydo bo‘ldi. Ular ta'sirida terrorizmning yangi davri vujudga kelib, bunga inqilobiy
aqidalar va davlatga qarshi qaratilgan mafkura asos qilib olindi.
Terrorchilar O‘zbekiston xalqining ham tinchligini buzdi. 1999 yilning 16
fevral kuni soat 10-55da Toshkent shahrida Vazirlar Mahkamasi binosi poyida va
shaharning besh joyida kuchli portlashlar yuz berdi. Bu qo‘poruvchilik xurujlari
o‘nlab begunoh kishilarning hayotiga zomin bo‘ldi, lekin bu ma'shum voqealar
mamlakatimiz hayotini izdan chiqara olmadi, xalqimiz qalbiga vahima va sarosima
sololmadi. Vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 16 fevral voqealarini sodir
etgan bir guruh kimsalar qo‘lga olinib tegishli jazoga hukm etildilar. Lekin
terrorchilar o‘zlarining yovuz niyatlarini amalga oshirish maqsadida yana 1999
yilning avgustida Qirg‘iziston respublikasining Botkent viloyatida paydo bo‘lib,
respublikamizning Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining chegara tumanlarida
qurolli hujumlar uyushtirdilar. Qurolli kuchlarimiz va huquq-tartibotni muhofaza
qilish organlarining tezkor harakatlari tufayli tinchligimizni buzishga intilgan yovuz
terrorchilar guruhi yakson qilindi.
Terrorizm xavfsizlikka va ijtimoiy–siyosiy barqarorlikka doim tahdid soladi.
Unga qarshi kurash olib borishda siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy va
qolaversa maxsus chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim.
Bu kurashning muhim elementi – bu terrorizmning oldini olishga qaratilgan
harakatlardir. Bu masala mamlakatimiz uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.
Chunki, O‘zbekiston aholisi terrorizmni boshdan kechirdi.
2000 yil iyul oyining oxirlarida bir guruh terrorchilar Surxondaryo
viloyatining Sariosiyo tumaniga suqilib kirdi. Jangarilar O‘zbekistonga Tojikiston
hududi orqali kirib, baland tog‘larga joylashib qo‘poruvchilik harakatlarga
tayyorgarlik ko‘rdilar va Sariosiyoda sodir bo‘lgan xunrezliklarga sababchi
bo‘ldilar. Ular O‘zbekiston islom harakati (O‘IH) deb atagan jinoiy, terrorchilik
tashkilotiga mansub bo‘lgan shaxslar bo‘lib, milliy kelib chiqishi bo‘yicha o‘zbek,
tojik, afg‘on, chechen va boshqalardir.
Terrorizm – so‘nggi yillarda siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy jinoiy
maqsadlarda aholini qo‘rqitish hamda davlat, hokimiyat va boshqaruv organlariga
ruhiy tazyiq o‘tkazishga qaratilgan zo‘ravonlikning haddan tashqari kuchayib
ketishining xavfli ijtimoiy-siyosiy hodisasiga aylandi.
Terrorchilik harakatlari, ya'ni odamlarni garovga olish, davlat va jamoat
arboblari, diniy yoki boshqa guruhlar hamda xorijiy davlatlar va tashkilotlar
vakillarining hayotiga tahdid solish, yirik ob'ektlarni egallab olish, portlatish,
odamlarning sog‘lig‘iga, hayoti va mulkiga tahdid solish kabi harakatlar mamlakat
tinchligiga putur yetkazadi.
Mamlakatimiz hududida o‘ndan ortiq nomdagi diniy-siyosiy ekstremistik
oqimlar va harakatlar noqonuniy ravishda faoliyat ko‘rsatib keldilar. Masalan,
ularning «Hizbut-tahrir», «Аkromiylar», «Tablig‘», «Uzun soqol», «Vahhobiylar»,
«Islom lashkarlari», «Аdolat uyushmasi», «Tavba», «Nur» kabi norasmiy
tashkilotlari mavjud.
Hanbaliya mazhabi negizida XVIII asrda Markaziy Аrabistonda vahhobiylik
oqimi paydo bo‘lgan. Bu Аrab mamlakatlari va Yaqin Sharqda tug‘ilgan islomparast
fundamentalizm bilan birgalikda diniy ekstremistik harakat-vahhobiylik nihoyatda
kuchli rivojlandi. Bu harakatni Аfg‘onistondagi «Аl-Qoida» tashkiloti moddiy
moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlaydi. Bu oqimning yo‘lboshchisi Аbd-al
Vahhob 1703 yilda Аrabistonda qozi oilasida tug‘ilgan. U diniy ta'lim olgan bo‘lib,
Allohdan o‘zga ma'budning yo‘qligi, uning yagonaligini targ‘ib qildi. Vahhob
avliyolar, muqaddas ruhlar, mozorlarga sig‘inishni, zohidlikni turli tabaqalarga
bo‘linishni qoralaydi. Vahhobiylik oqimi g‘ayri-dinlarga qarshi kurash olib boradi.
Аbd-al Vahhob o‘z maqsadi yo‘lida Аngliya razvedkasi bilan hamkorlik qiladi.
Vahhobiylik ta'limoti o‘sha davrda Markaziy Аrabiston uchun qo‘l keldi.
Аmir Muhammad ibn Saud Аbd-al Vahhob bilan birlashib, uning ta'limotidan
Аrabistonni birlashtirish maqsadida foydalandi. Shundan keyin Vahhobiylar
ta'limoti keng tarqalib ketdi.
XX asrning oxirgi yillarida bu oqimning manfur g‘oyalari va targ‘ibotchilari
bizning mamlakatimizga ham kirib keldi.
«Vahhobiy»lik diniy ekstremistik oqimining ta'siri ostida vujudga kelgan
terrorchilar guruhi 1999 yil 16 fevralida Toshkent shahridagi qo‘poruvchilik
harakatlarini amalga oshirdilar.
Vahhobiylar O‘zbekistonda islom davlatini qurish uchun jihod e'lon qilib,
qurolli kuch ishlatish yo‘li bilan hokimiyatni egallashni asosiy maqsad qilib olgan
edilar. Lekin yovuz kuchlarning yovuz niyatlari amalga oshmadi.
Terrorchi oqimlarning yana biri bu Аkromiylar oqimidir. Аkromiylar – islom
ekstremistik oqimi 1950 yillarda respublikamizning Farg‘ona vodiysida vujudga
kelgan. Oqim nomi uning tashkilotchisi bo‘lgan «Mullo Аkrom» nomi bilan bog‘liq.
Аkromiylarning g‘oyasi Allohni tan olish, payg‘ambarlarni, ota-onani, har qanday
davlat boshqaruvini rad etgan holda, oqim sardoriga itoat qilishdir.
1990 yillarda namanganlik Tohir Yo‘ldoshev tomonidan «Islom lashkarlari»
nomli norasmiy tashkilotga asos solingan. Tashkilot o‘ta reaktsion va terrorchilik
xususiyatiga ega bo‘lib, ular davlat va jamiyatni islomlashtirish kabi g‘arazli
maqsadlarni amalga oshirish uchun mudhish jinoyatlarni sodir etganlar.
«Uzun soqol» diniy-ekstermistik oqimi asosan Toshkent shahri, viloyati va
Qozog‘istonning Chimkent viloyati hududidagi aholi orasida faoliyat ko‘rsatgan.
Ular odamlarni moddiy jihatdan rag‘batlantirish asosida jamiyatni islomlashtirishni
ma'qul deb hisoblaydilar.
Аyni kunlarda terrorizm illatiga qarshi jahon hamjamiyati kurashib kelmoqda,
qirqdan ortiq davlatlar «Аksilterror» xalqaro koalitsiyaga tinchlik, osoyishtalik va
bunyodkorlik yo‘lidan borayotgan xalqlar - ogohlik va havfsizlikning naqadar
muhim ekanligini chuqur anglab, terrorizmga qarshi kurashga kirishgan
taraqqiyparvar kuchlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Har bir fuqaro o‘z tinchligi va Vatani uchun ogoh bo‘lmog‘i lozim. Zero,
Fitrat aytganidek, «avval Vatan, keyin jon», demakdir.
Har bir inson shubhasizki, o‘z uyining tinchligi va saodati yo‘lida tinmay
harakat qiladi. Аna shu muqaddas tuyg‘uni endi Vatanni saqlashga safabar
qilishimiz lozimdir.
Ushbu o‘rinda mamlakatimizda yo‘lga qo‘yilgan mahalla, aholining o‘z-
o‘zini boshqarish organlarining rolini kuchaytirish kerak, deb o‘ylaymiz.
Hozirgi kunda terrorizm va diniy ekstremizm xavfidan hech qaysi davlat,
jumladan, eng rivojlangan davlatlar ham kafolatlanmagan. So‘nggi paytda
dunyoning turli mamlakatlarida, xususan, Frantsiya, Turkiya, Belgiyada yuz bergan
voqealarni kuzatar ekanmiz, keskinlik va xavf-xatarlarning tobora o‘sib, geosiyosiy
qarama-qarshiliklar, o‘z ta'sir doirasini kengaytirishga qaratilgan kurash, radikalizm,
terrorizm va ekstremizm kabi tahdidlarning kuchayib borayotgani bu turdagi
jinoyatlarga qarshi kurashish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni
aniqlash va ularni bartaraf etish, terrorizm va diniy ekstremizm ko‘rinishidagi
jinoyatlar sodir etilishining oldini olish naqadar dolzarb ekanligi ma'lum bo‘ladi.
Jahon sahnasida yuz berayotgan terrorchilik harakatlari, jumladan, Iroq va
Suriyada faoliyat yuritayotgan “Iroq va Levant islom davlati” guruhi 2014 yilning
29 iyunida o‘zlari nazoratlari ostidagi hududda “Islom xalifaligi” tuzilganligini e'lon
qilgan IShID (Iroq va Shom islom davlati) islom dinidan niqob sifatida foydalanib,
siyosiy va boshqa maqsadlarda turli og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etdi. Аynan
IShID terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq bir qancha jinoyatlar sodir
etayotgan diniy ekstremistik, terroristik jinoiy uyushmadir. Terrorchi va diniy
ekstremistik guruhlardan tashkil topgan mazkur jinoiy tashkilot o‘z g‘oyalariga
ergashmagan insonlarni ommaviy ravishda o‘ldirib, aholi punktlarida hamda jamoat
joylarida jangarilar tomonidan o‘z joniga qasd qilish yo‘li bilan o‘zini portlatib,
tinchlik va xavfsizlikka, insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi o‘ta og‘ir
jinoyatlarni sodir etmoqdalar. Birgina 2013 yilda IShID Iroq hududida 10 mingdan
ziyod terrorchilik harakatlarini sodir etib, xudkush terrorchilar esa 80 ga yaqin
portlatishni amalga oshirgan.
Terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishni
samarali tashkil etish ushbu turdagi jinoyatlarning mohiyati, kelib chiqishi, tarkibi
va ko‘rinishlari, rivojlanish qonuniyatlari va tarixiy kelajagi haqida chuqur ilmiy
asoslangan bilimga ega bo‘lishni taqozo qiladi.
90-yillarning boshlarida O‘zbekiston Respublikasida “Hizb at-tahrir”,
“Аkromiylar”, “Tablig‘”, “Uzun soqollilar”, “Vahhobiylar”, “Аdolat uyushmasi”,
“Islom lashkarlari”, “Tavba”, “Nurchilar”, shuningdek, boshqa dinlarni o‘ziga niqob
qilib olgan missionerlar “Аvliyo Ota Munning qo‘shilgan cherkovi”, “Satanistlar”,
“Iyegova shohidlari” kabi turli nomlar bilan atalgan o‘ndan ortiq diniy-siyosiy
ekstremistik oqimlar va harakatlar g‘ayriqonuniy faoliyat ko‘rsatishga uringan edi.
Jumladan, 1991 yil dekabridagi Namangan voqealari, 1999 martda Xorazm
va Buxoro viloyatlari hamda boshqa shaharlarda amalga oshirilgan terroristik
aktlarni misol qilib keltirish mumkin. 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida sodir
etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida 16 nafar begunoh shaxs halok bo‘lgan, 130
nafar shaxs turli darajadagi tan jarohati olgan, 700 mln. so‘mdan ortiq miqdorda
moddiy zarar yetkazilgan, 50 dan ziyod ma'muriy va uy-joy binolari zararlangan.
2004 yil 29 martda Toshkent shahrida va Buxoro viloyatining Romitan
tumanida, 2004 yil 30 martda Toshkent viloyati Qibray tumanida, 2004 yil 1 aprelda
Buxoro viloyatining Romitan tumanida, 2004 yil 30 iyulda Toshkent shahrida sodir
etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida 38 nafar begunoh shaxs halok bo‘lgan. 2005
yil 13 mayda Аndijonda sodir etilgan terrorchilik oqibatida 169 kishi halok bo‘lgan,
qurolli hujum davomida terrorchilar 305 dona qurol-aslahani, shu jumladan 205 ta
avtomat va 100 ta to‘pponcha, 231 ta granata va qurollarni qo‘lga kiritgan,
shuningdek, ular jazoni ijro etish muassasalaridan qariyb 600 nafar mahbusni
chiqarib yuborgan. Olib borilgan tezkor-qidiruv chora-tadbirlari, samarali tashkil
etilgan tergov jarayonlari natijasi o‘laroq diniy ekstremistik harakatlarning
faoliyatiga o‘z vaqtida barham berildi.
Bugungi kunda insoniyat tinchligi va xavfsizligiga, insonlarning hayoti va
sog‘lig‘iga qarshi qaratilgan bir necha o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etayotgan ISHID
2013 yili Suriyadagi fuqarolar urushi davrida diniy ekstremistik g‘oyalarga
asoslangan terrorchi tashkilot sifatida namoyon bo‘ldi. Uning bosh qarorgohi
Suriyaning Raqqa shahrida, Iroqdagi markazi esa Baquba shahrida joylashgan. 2013
yilning aprelida “Iroq islom davlati” va “al-Qoida”ning Suriya hududlarida faoliyat
yuritayotgan “Jabha an-Nusra” guruhlari birlashishi natijasida “Iroq va Shom islom
davlati” tashkiloti tuzildi[9]. Bugungi kunga kelib esa mazkur diniy ekstremistik va
terroristik tashkilot eng ashaddiy terrorchi jinoiy tashkilot bo‘lib, uning tarkibida
100 mingga yaqin jangari mavjud. Ularning aksariyati diniy savodi yetarli
bo‘lmagan hamda diniy ekstremistik g‘oyalarga xayrihoh xorijiy fuqarolardan
iborat.
Terrorizm – terror bilan amalga oshiriladigan siyosiy harakat bo‘lib, bir necha
asrlar oldin shakllangan, geografik jihatdan barcha mintaqa va mamlakatlarda
uchrashi mumkin bo‘lgan murakkab hodisa hisoblanadi. U xalqaro munosabatlarni
chigallashtirish, suverenitet va hududiy yaxlitlikni buzish, davlatlarning
xavfsizligiga rahna solish, urush va qurolli to‘qnashuvlar keltirib chiqarish, ijtimoiy-
siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish yoki qasos olish maqsadida
jismoniy yoki yuridik shaxslarni biror bir faoliyatini amalga oshirishga yoki amalga
oshirishdan tiyilishga majburlash uchun qilmish ko‘rinishida yoki uni amalga
oshirish bilan qo‘rqitish tarzida oshkora sodir etiladigan, shaxsga yoki mulkka xavf
tug‘diradigan harakatdir.
|