organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib,
qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z faoliyatini olib borishi mumkin.
Respublikamizning «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risdagi»
Qonuni va «O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish tartibi to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasi qarori
asosida diniy tashkilot
tuzish uchun to‘rtta muhim shartga amal qilish kerak. Unga ko‘ra diniy tashkilot
tuzish uchun tashabbuskorlar:
-18 yoshga to‘lgan bo‘lishlari lozim. Bu holat deyarli barcha davlatlarning
qonunchiligida mustahkamlangan qoida bo‘lib, shaxs 18 yoshga to‘lgach o‘z xatti-
harakatining mazmun-mohiyatini to‘liq anglab etadi va sudda da’vogar va javobgar
bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi.
-O‘zbekistonda muqim yashayotgan bo‘lishlari lozim.
Diniy tashkilotda
o‘tkaziladigan ibodat va rasm-rusmlar asosan shu hududda muqim yashovchi
insonlarga mo‘ljallanadi. Bundan tashqari xorijda yashovchi insonning boshqa
mamlakatda tashkil etiladigan diniy tashkilotni tuzishdan ko‘zlangan maqsadi har
doim ham ezgu bo‘lavermaydi. Bunga yaqin o‘tmishimizda ayrim diniy ekstremistik
oqimlar tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlar misolida ham ko‘rish
mumkin.
-O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lishlari kerak.
-Bu esa, mamlakatimizdagi diniy tashkilotlar shaxsning millati, dinidan qat’i
nazar faqat O‘zbekiston xalqi tomonidan tuzilishi mumkin ekanini anglatadi. Lekin
diniy tashkilotga a’zo bo‘lishda shaxsning biror davlatning fuqarosi bo‘lish-
bo‘lmasligining unchalik ahamiyati yo‘q. Chunki, diniy tashkilotga a’zo bo‘lish
vijdon erkinligining tarkibiy qismi bo‘lib, har bir shaxs bu huquqdan foydalanishga
haqlidir.
-Son jihatdan 100 nafardan kam bo‘lmasliklari shart qilinadi.
-Respublikamizning dastlabki tahrirdagi «Vijdon
erkinligi va diniy
tashkilotlar to‘g‘risdagi» Qonunining 13-moddasida diniy tashkilot kamida o‘n
kishidan iborat o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolar tashabbusi bilan tuzilishi qayd
etilgan edi. Diniy tashkilotlar jamoat birlashmalaridan ayrim jihatlarda farq qiladi
va mas’uliyati ham kattaroq. Shu bilan birga qonunchilikda belgilangan qoidalar
jamiyat rivoji va zamon talabi bilan o‘zgarishi muqarrar.
Dunyo davlatlarining vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi
qonunchiligiga e’tibor
qaratilsa, diniy tashkilot tuzish uchun zarur bo‘lgan
tashabbuskorlarga qo‘yilgan minimal miqdor turlicha ekanini ko‘rish mumkin.
Jumladan, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘istonda 10 nafar, Polsha, Litvada 15,
Latviyada 25, Vengriyada 100, Armaniston va Qirg‘izistonda 200, Chexiyada 300,
Turkmanistonda 500 nafardan iborat fuqarolar tashabbusi bilangina diniy tashkilot
tuziladi. Bu esa, diniy tashkilot tuzish borasidagi qoidalar har bir davlatning o‘z
shart-sharoitidan kelib chiqqan holda belgilanishini ko‘rsatadi.
Diniy tashkilot tuzilib, ustav (nizom)i qabul qilingach, u
bir oylik muddatda
Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
«O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
to‘g‘risida»gi Qaror asosida diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tish uchun tegishli
hujjatlarni adliya organlariga taqdim etadilar. Taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar
tuzilgan diniy tashkilotning qonuniyligini o‘rganishga xizmat qiladi.
Adliya organlari bir oylik muddatda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizani
ko‘rib chiqadi va tashkilot ustavini ro‘yxatdan o‘tkazish, ro‘yxatdan o‘tkazishni rad
etish yoki arizani inobatsiz qoldirish haqidagi qarorni qabul qiladi.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risdagi» Qonunga ko‘ra ro‘yxatdan
o‘tgan va tegishli konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlarning
faoliyatini
muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borish uchun ularning O‘zbekiston bo‘yicha yagona