nozik tuyg‘usi dindan foydalanishga urinmoqda. Ayniqsa, 1999 yilning 16 fevralida
Toshkent shahrida terroristlar tomonidan uyushtirilgan
portlashlardan keyin
terrorizm muammosi O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayotga tahdid soluvchi
asosiy xavf-xatarlardan biriga aylandi.
Mustaqil davlatimiz qonunchiligida terrorizmga
qarshi kurashning asosiy
tamoyillari (qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlari
ustuvorligi, jazoning muqarrarligi) bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z
ifodasini topgan bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardir:
1.
O‘zbekiston Respublikasining «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi
qonuni (2000 yil 15 dekabr);
2.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (1994 yil 22 sentyabr);
3.
O‘zbekiston Respublikasining «Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodeksi va
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida»gi Qonuni (2001 yil 29 avgust);