1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/52
Sana19.06.2024
Hajmi1,35 Mb.
#264388
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

Kibbermakon va din. 
XXI asr axborot asri deb e’tirof etilayotgani bejiz 
emas. Insoniyat tarixida ma’lumotning muhimlik darajasi bu kabi yuqori 
cho‘qqilarni zabt еtmagan edi. Insonlarni yangi bilimlarni egallashga qiziqishi 
tobora ortib borayotgan globallashuv jarayonida ijtimoiy ongni zaharlashga 
qaratilgan tajovuzlar, mamlakatning axborot boshqaruvini izdan chiqarishga 
urinishlar tobora ortib bormoqda. Bunda yoshlarning axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli 
mafkuraviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, «ommaviy 
madaniyat» va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday jarayonlarni amalga oshirishda esa 
kibermakon qulay muhit manbaiga aylanib ulgurgan. 
Kibermakon dunyo kompyuter tarmoqlarining «virtual» umumiy majmui. 
Ushbu atama 1984 yilda Uilyam Gibsonning «Neyromant» («Neuromancer») 
romanida qo‘llanilgan, hozir esa global axborot makonini ifodalash uchun 
ishlatiladi. Telefon suhbatlari, «chatlar», turli onlayn bahslar, kompyuter aloqasi 
kibermakonda amalga oshirilmoqda. Virtual voqelikka kirib borishning zamonaviy 
vositalari sifatida quyidagilarni aytish mumkin: internetga chiqish imkoniyati 
mavjud mobil telefonlar; onlayn pultli o‘yinlar; video qurilmalar; tarmoqdan 
tashqarida foydalanish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotlar. Bu kabi vositalar 
kibermakondan erkin foydalanish imkonini yaratish bilan bir vaqtda, mazkur 
makondagi xavf-xatarlarning ko‘z ilg‘amas darajada Yuqoriligini anglatadi. 
Qayd etish lozimki, kibermakonda diniy jarayonlar ko‘rinishlari quyidagi 
shakllarda namoyon bo‘ladi: muloqot, ma’lumot, ta’lim, tajriba, amaliyot, 
missionerlik, marketing, shifo va boshqalar. 


Internet imkoniyatlari insonlarning muloqotga kirishish va muayyan 
maqsaddagi fikrlar almashinuvidagi ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lana olish imkonini 
beradi. Dastlab tashkil etilgan jamoalar orasida Vikkanlar va neomajusiylar kabi 
noan’anaviy internet guruhlar bo‘lgan. Xaydi Kempbell tomonidan xristian 
jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, insonlar onlayn 
jamoalarga muloqotga kirishish maqsadida a’zo bo‘ladilar. Bir qator olimlar virtual 
muloqotning xarakteriga bog‘liq muhim masalalarni ko‘targanlar. Uni shunchaki 
«ijtimoiy hayotning illyuziyasi» yoki «offlayn» dunyoda jamoalarning 
yaxshilanishiga olib keluvchi vosita sifatida e’tirof etganlar. 
Etakchi diniy tashkilotlar ham hozirgi kunda a’zolar va a’zo bo‘lmaganlar 
orasida 
kompyuterlashtirilgan 
ma’lumot olishga ehtiyojning ortganini 
ta’kidlamoqda. Diniy ma’lumotlarni tarqatishda elektron diniy ma’lumot 
tarqatuvchi «bloggerlar» yoki «bloglar» kompyuterlashtirilgan muloqotning muhim 
jihati hisoblanadi. Jadal suratlarda «podkastlar», veb-saytdan MR3 pleer, «i-
Pod»larga yuklanayotgan audiodasturlar, xususan, ma’ruzalar ommalashmoqda. 
Avvallari tanqis, keng tarqalmagan muqaddas matnlar va undan keyingi 
o‘rinlarda turuvchi ma’lumotlar endilikda omma e’tiboridagina emas, balki istalgan 
kishi uchun veb saytlardan yuklab, ta’lim
 
olish imkoniyati mavjud.
Internetning «liminal makon»i ma’naviy yoki diniy tajribaga (absorbsiya, 
asketlik, eskapizm, yagonalik, muloqot) yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. 
Hozirgi kunda ofisda faoliyat yurituvchilar hayot tarziga monand 10 daqiqali 
ma’naviy mashqlar tajriba orttirishga imkon beradi. Zamonaviy sufiylar internet 
orqali bunday aloqalar vositasida murshid va murid o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar 
yaxshilanayotganini e’tirof etadilar. Internet-radio kabi yangi texnologik 
imkoniyatlar yordamida tinglovchilarni «psixonavigatsion sayohatga» chorlaydilar. 
Kompyuter-media vositalari diniy amaliyotga chuqur singib ketishi natijasida 
kibermakon muhim rituallar maydoniga hamda muayyan dinga targ‘ib qilish manbai 
va vositasiga aylangan. Bundan tashqari jamiyatdan uzoqlashgan ma’lum bir yoshlar 
va ayollarni kiber-ma’naviyat rasmiy ibodatxonalardan ko‘ra ko‘proq o‘ziga jalb 
etadi. Amaliy so‘rovlar esa mazkur jarayonlar kelajakda yoshlarni qamrab olishini 


ko‘rsatgan. Ammo ba’zilar internet jonli, ta’sirchan ma’ruza bilan bellasha 
olmasligini ta’kidlaydi. Shuningdek, onlayn-jamoalar tez suratlar bilan 
o‘zgarayotgan dunyoda «to‘g‘ri yo‘l»da bo‘lishning amaliyoti qanday bo‘lishiga oid 
savol va mulohazalarni muhokama qiluvchi muhim «maydon»ga aylandi. 
Umumiy olganda kibermakon vaqt va makon chegarasini bosib o‘tish 
imkoniyatini kengaytiradi. Bu esa o‘z navbatida moliyaviy qiyinchiligi yoki 
jismoniy kamchiligi mavjud bo‘lgan ma’lum diniy amallarni amalga oshirish 
imkoniyatini oshiradi.
Muqaddas matnlarning marketingi internet orqali katta biznesga aylandi. 
Diniy va ma’naviy ehtiyojga mos keladigan barcha narsani sotib olish mumkin. 
Diniy taniShuv saytlarida esa qalban mos insonni topish oddiy bosqichlarda amalga 
oshiriladi. 
Kompyuter media vositalarida kasalliklarga davo va muammolarga yechim 
topish keng rivojlanmoqda. Guru, evangelistlar, maslahatchi ekstrasenslarga duoli 
so‘rov yuborish y Internet fan-texnika taraqqiyoti natijasi, madaniyat 
evolyusiyasining hosilasi hisoblanadi. Hozirgi kuna hayotini internetsiz tasavvur 
qilish juda mushkul. Ayniqsa, yoshlar hayotida global tarmoqning o‘rni tobora oshib 
bormoqda. Internet dunyoning turli nuqtalarida yashovchi odamlarning o‘zaro 
muloqotini hamda axborot almashinuvini mukammal darajada osonlashtirdi. 
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha internetdan eng ko‘p 
foydalanuvchilar aynan 21 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hisoblanar ekan. 
 
O‘zbekistonda ham Internet tizimi rivojlanib, undan foydalanuvchilar safi 
jadal sur’atlar bilan kengayib bormoqda. So‘nggi o‘n yilda global tarmoqdan 
foydalanuvchilar o‘n barobarga oshgan. Tarmoq orqali axborot izlash, qabul qilish, 
uzatishning juda qulay va ommabopligi undan foydalanuvchilar sonining tobora 
ortib borishini ta’minlamoqda. Mamlakatimizda 2007 yilda internetdan 
foydalanuvchilar soni (mobil internet foydalanuvchilari bilan qo‘shib hisoblaganda) 
bir millionni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yil yakunida bu ko‘rsatkich o‘n ikki 
milliondan oshdi.


Internet yoshlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta’sir 
ko‘rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning rivoji yoshlarga g‘oyaviy ta’sir 
o‘tkazishning miqyosi va ko‘lamining keskin darajada o‘sishiga olib keldi.
Globallashuvning ijobiy va salbiy tomonlari bo‘lgani kabi, internet tarmog‘i 
ham Shunday xususiyatlarga ega ekanini unutmaslik zarur. Albatta, global tarmoq – 
ulkan resurs. Biroq, bu resursdan kim va qanday maqsadlarda foydalanishi ham juda 
jiddiy masalalar sirasiga kiradi. Xususan, ma’lumotlarda keltirilishicha, bugungi 
kunga kelib, internet tarmog‘ida ma’naviy-axloqiy tubanlikni targ‘ib etuvchi 
sahifalarning soni bir necha yuz millionni tashkil etgan. 
Ushbu fakt va raqamlar internet sanoati rivojlanib borayotgan davrda 
kishilarning axborotlarga nisbatan juda ehtiyotkorlik, ogohlik va ziyraklik bilan 
munosabatda bo‘lishlarini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, kishilarimizda, 
ayniqsa, yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish bugungi kunning 
muhim vazifalaridan hisoblanadi.
Aynan shu taraqqiyot vositasidan ustamona foydalanib, qalblarni zabt etishda 
diniy omilning roli yuqori shuning uchun ham turli diniy-ekstremistik va terrorchi 
uyushmalar o‘z g‘oyalarini targ‘ib qilishda internetni eng samarali vosita sifatida 
qo‘llamoqda.
Bunda diniy-ekstremistik oqimlar o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun 
zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan keng foydalanish, internet orqali turli 
tillarda targ‘ibot olib borish va puxta ishlangan strategiya asosida virtual jamoatlar 
tuzish asosiy vazifaga aylangan. Masalan, bugungi kunda bir necha yirik terrorchi 
tashkilotlar o‘z saflariga faol tarzda ijtimoiy tarmoqlar orqali asosan 17-35 yosh 
oralig‘ida bo‘lgan kishilarni yollamoqda. Bunda psixologik ta’sir samaradorligini 
yanada oshirish maqsadida ijtimoiy tarmoq a’zolarining sahifalari, qo‘yilayotgan 
rasmlar, sharh va izohlar hamda olib borilayotgan suhbat mavzularini puxta 
o‘rganadi va Shu asosda «nishon»ga olingan shaxsga mavzuga oid materiallar 
internetning Facebook, Odnoklassniki, 
Vkontakte
, Telegram, Twitter, WhatsApp 
kabi keng auditoriyaga ega bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar orqali (yozma xabar, matn, 


fotosurat, stiker rasmlar, audio-video rolik) jo‘natiladi va o‘zaro aloqa yo‘lga 
qo‘yiladi.
Yoshlar orasida mutaassiblikka yo‘g‘irilgan bunday forumlarning tobora 
ommalashuvi hamda ularda turli ko‘rinishdagi buzg‘unchi «fatvo»larning berib 
borilishi muammoning naqadar jiddiy ekanini namoyon etadi. Chunki dunyo 
aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi. Yoshlar katta kuch hisoblanadi. 
Ularning endi shakllanib kelayotgan ongiga nimani singdirilsa, o‘sha toshga 
o‘yilgan naqshdek muhrlanadi. Shuning uchun ham radikal oqimlar aynan yoshlarni 
tuzog‘iga ilintirishga harakat qiladi. Ulardagi ishonuvchanlik, kuch-g‘ayrat, 
qiziqqonlik ularning maqsadini amalga oshirishda qo‘l keladi. 
Shuning bilan birga, bugungi kunda aksariyat yoshlarning qo‘lida internetga 
ulangan zamonaviy uyali aloqa vositalari mavjud. Bu hol ularning yuqorida sanab 
o‘tilgan turli xil ijtimoiy tarmoqlarga bevosita ulanish, do‘stlari va tanishlari bilan 
uzluksiz muloqot qilish imkonini beradi. Ayni paytda, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 
O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olinayotgan dastur ichida «WhatsApp», «Telegram» 
tarmoqlari etakchi o‘rinni egallaydi. Ilm-fanning yutug‘i bo‘lmish bu yangiliklar 
insonlarning uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilayotgani shubhasiz. Shu bilan 
birga, bu kashfiyotlar dunyo yangiliklaridan bir zumda voqif bo‘lish va 
ma’lumotlarni oson tarqatish imkonini ham beradi. Biroq, mazkur tarmoqlarda 
millatlar va dinlar o‘rtasida adovatni keltirib chiqaruvchi, nizoli vaziyatlarga sabab 
bo‘luvchi, shuningdek, insonlar orasida vahima uyg‘otishga qaratilgan ig‘vo, fitna-
fasod xabarlarning keng tarqatilayotgani ko‘pchilikni tashvishga solishi tabiiy. 
Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida urfga aylangan mazkur muloqot tizimidan diniy-
ekstremistik oqim a’zolari ham unumli foydalanmoqda. Chunki internet orqali aloqa 
bog‘lashning osonligi, foydalanuvchilar sonining ko‘pligi, aloqaning anonimligi, 
tashqaridan boshqarish va tahrir qilish cheklanganligi, axborotlar qisqa muddatda 
keng makonda tez tarqalishi, faoliyat sarf-xarajatlarining bir necha barobar kamligi 
terrorchi guruhlar uchun o‘z tarafdorlari sonini ko‘paytirishning qulay jihatlaridan 
biri hisoblanadi. 


Ming afsuski, bunday manfur kuchlar asosan ilm va ma’rifatdan yiroq, sof 
diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmagan kishilarni, asosan yoshlarni jalb 
etishga intilib, ijtimoiy tarmoqlar orqali «jihod», «takfir», «shahidlik», «hijrat» 
tushunchalarini noto‘g‘ri talqin etgan holda o‘z Vatanlarini tark etishga urinmoqda. 
Shuningdek, ayrim kimsalar tomonidan maqsadli ravishda islom mohiyatiga zid 
bo‘lgan turli xil asossiz axborotlar, manbasi aniq bo‘lmagan diniy tusdagi xabarlar 
yoki kishilarni vahimaga soluvchi foto va videolavhalar keng targ‘ib etilmoqda. 
Bunda ba’zi yoshlarning axborot vositalari orqali tarqatilayotgan milliy va diniy 
qadriyatlarimizga zid bo‘lgan xabarlar, aniq manbasi ko‘rsatilmagan, asossiz 
axborot va ma’lumotlarga ishonib qolishayotgani, mulohaza qilmasdan ko‘r-ko‘rona 
qabul qilayotgani undan ham keskin oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.
Bugun axborot iste’mol qilinadigan tovarga aylangan ekan, har bir inson 
o‘zida uni iste’mol qilish madaniyatini tarbiyalashi lozim. Yoshlar shaxsiy 
xarakterdagi axborot himoyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, o‘zi 
foydalanayotgan salbiy axborotlardan himoyalana olishi zarur.
Axborot iste’moli madaniyati, eng umumiy ma’noda, axborot oqimidan inson 
manfaatlari, kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni 
qabul qilish, saralash, tushunish va talqin etishga xizmat qiladigan bilimlar, qobiliyat 
va malaka tizimini anglatadi.
Inson o‘zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun u yoki bu axborotni 
eshitar ekan, hech bo‘lmaganda «Bu axborotni kim uzatayapti?», «Nima uchun 
uzatayapti?» va «Qanday maqsadda uzatayapti?» degan savollarni o‘z-o‘ziga 
berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak.
Shundagina turli g‘oyalar ta’siriga tushib qolish, taqdim etilayotgan 
ma’lumotlarga ko‘r-ko‘rona ergashishning oldi olinadi. Shakllangan axborot 
iste’moli madaniyati milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga zid bo‘lgan xabar, 
ma’lumotlarga nisbatan o‘ziga xos qalqon rolini o‘taydi, shaxs dunyoqarashi va 
xulqidagi sobitlikni ta’minlashga xizmat qiladi. 
Yosh avlodda bu jihatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo‘lishi 
lozimki, ular vertual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uning 


taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin. Axborot iste’moli 
madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi
chunki ularda bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet 
shakllanadi.
«Kimki axborotga ega bo‘lsa, u, dunyoga egalik qiladi», degan fikr bugungi 
kunda barcha tomonidan e’tirof etilgan. Shunday ekan, bugungi kunda yoshlarda 
axborot olami imkoniyatlaridan oqilona foydalanish malakasini shakllantirish 
hayotiy-amaliy ahamiyatga ega. 
Shu o‘rinda «Internetdagi tahdidlardan himoya» kitobi muallifi yoshlarning 
turli oqimlarning ta’siriga tushib qolmasliklari uchun internetdan foydalanishda 
quyidagi zaruriy ko‘rsatmalarga ahamiyat berishni tavsiya etadi: 

Download 1,35 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja

Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish