Yoshlarni turli xildagi yot g‘oyalardan asrashda quyidagilarga alohida e’tibor
qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Birinchidan,
jamoatchilik fikrini chalg‘itayotgan, vayronkor axborotlar
tashqaridan kelayotganini nazarda tutib, muntazam ularga qarshi turish. Befarqlik
va sukut saqlash kayfiyatiga barham berish.
Ikkinchidan,
har qanday hujumkor va buzg‘unchi g‘oyaga qarshi o‘z vaqtida,
mo‘ljalni aniq olib munosabat bildirish
va bunda ehtirosga berilmaslik, ortiqcha
shov-shuvlarga yo‘l qo‘ymasdan vazminlik va bosiqlik, ayni paytda, uddaburonlik
bilan kuchlik ta’sir o‘tkazish usullarini qo‘llash.
Turli guruhar millatni yo‘q qilish, ildizini qirqib tashlash maqsadida axborot
tizimidan foydalanishga zo‘r bermoqda. Mana shu jarayonda yoshlar o‘zining aqliy
salohiyatini ishga solib, o‘zini o‘zi himoya qilish va har qanday tajovuzlarga qarshi
tura olish iqtidorini shakllantirishi lozim.
Oxirgi paytlarda internet tarmoqlarida har xil asossiz axborotlar, yoshlar
ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan uydirma ma’lumotlar juda ko‘p tarqatilmoqdaki,
bularning ta’sirida yoshlar orasida bir-biriga nisbatan
keskin adovatlar avj olishi
kuzatilmoqda.
Unutmaslik lozimki, axborot xurujlari – biron shaxsga, muayyan tashkilot
yoki davlatga qarshi yo‘naltirilgan g‘oyaviy ta’sir hisoblanadi. Uning asl maqsadi
o‘sha Shaxs, tashkilot va davlatning tinchligini buzish hamda qora niyatiga etishdir.
Yoshlarning barchasi internet tarmog‘idan faqat ilm yo‘lida foydalanmoqda
desak, yanglishamiz. Afsuski, internetdan noto‘g‘ri, buzg‘unchilik va behayolikka
doir ma’lumotlarni olishda ham foydalanmoqda. Bu kabi noxush holatlardan so‘ng
yoshlar kelajakda qahri qattiq, mehrsiz, hayosiz bo‘lib etishmaydi,
deb hech kim
kafolat berolmaydi.
Ma’lumki, ko‘plab sayt va tarmoqlar katta mablag‘lar evaziga filtirlab
qo‘yilgan va bu holatni ko‘p davlatlarda kuzatish mumkin. Albatta, ta’qiqlar yoki
filtr vositalari orqali odamlarni internet olamidagi turli kuchlarning xatarli
tahdidlaridan himoya qilish juda qiyin.
Shunday ekan, dunyoning turli mintaqa va hududlarida ro‘y berayotgan
ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ziddiyatli to‘qnashuvlarga teran qarash hissini oshirish,
har qanday ko‘rinishdagi tahdidlarga qarshi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon
talablari
asosida tashkil etish, ayniqsa bu borada kelajagimiz hisoblangan yosh
avlodni, bir so‘z bilan aytganda har birimiz uchun muqaddas bo‘lgan oilamizni din
niqobi ostidagi yot g‘oyalar ta’siridan asrash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni
safarbar etish, bunda «fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi
ma’rifat bilan kurashish» har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
oki diniy va amaliy muammolarga javob topish mumkin. Bunga ko‘pchilikni
murojaatning anonimligi va kuchli diniy yetakchining ishtiroki jalb etadi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan jarayonlar internet bugungi kundalik turmushimizga
qay darajada chuqur singib borganini namoyon qilmoqda.
Tobora kuchayib
borayotgan globallaShuv jarayonida ma’lumotning mazmuni va strategiyasini tahlil
qilish muhim. Chunki, bunday xurujlar yoshlarning ma’naviy-axloqiy, psixologik
dunyoqarashini, siyosiy nuqtai-nazari va e’tiqodini maqsadli ravishda o‘zgartirishga
qaratilganligi hech kimga sir emas. Axborot xurujlari va kiber tahdidlardan
himoyalanish, o‘z navbatida, ularga qarshi kurashish uchun har bir kishi hushyor va
ogoh bo‘lishi, axborotni tahlil qila bilishi lozimligini davrning o‘zi talab etadi.
Axborotlar oqimidan foydalanish bo‘yicha yoshlarda sog‘lom immunitetni hosil
qilish, ijobiy tomonlarini o‘rgatish bilan birga, salbiy oqibatlaridan xabardor etish
muhim.