1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/52
Sana19.06.2024
Hajmi1,35 Mb.
#264388
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52
Bog'liq
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Vijdon erkinligi deganda nimani tushunasiz? 
2. Vijdon erkinligi nima va uning e’tiqod erkinligidan qanday farqlari mavjud? 
3. Mamlakatiimizda “Vivdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun 
qachon qabul qilingan va u necha moddadan iborat? 
4. Diniy tashkilot nima va uning boshqa jamaot tashkilotlaridan qanday farqlari bor? 
5. Yurtimizda nechta qiniy konfessiya mavjud va ular qaysilar? 
6. Davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning qanday tiplarini 
bilasiz? 
 
 
 
 
 
 
 
 
9-MАVZU. DINIY EKSTREMIZM VА TERRORIZMGА QАRSHI 
KURАSH: O‘ZBEKISTON TАJRIBАSI 
Reja 
1. 
Diniy 
mutaassiblik 
(fanatizm), 
ekstremizm, 
aqidaparastlik 
(fundamentalizm), xalqaro terrorizm tushunchalarining mazmuni va reaktsion 
mohiyati. 


2. Terrorizmning tinchlik va taraqqiyotga, millatlararo munosabatlar va diniy 
bag‘rikenglikka tahdidi. 
3. Kibbermakon va din. 
4. O‘zbekiston Respublikasida diniy ekstremizm va terrorizm xavfini oldini 
olishning huquqiy va tashkiliy asoslari. 
Mutaassiblik (fanatizm – frantsuzcha-«ibodat») muayyan g‘oyalarning to‘g‘ri 
ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilish, «o‘zgalar» va «o‘zgacha» 
qarash va g‘oyalarga murosasiz munosabatda bo‘lish, boshqa firqa va mazhablarni 
butunlay rad etish. 
Ekstremizm tushunchasi muayyan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga 
qat'iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni
boshqa sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llashga 
urinishdir. Qisqa va lo‘nda qilib izohlaganda ekstremizm (lotincha extremus – o‘ta) 
– ijtimoiy – siyosiy xarakterdagi muammolarni hal etishda o‘ta keskin chora- 
tadbirlarni, fikr-qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotdir. 
Diniy ekstremizm esa bu har qanday dinning teskari uslubda namoyon etilishi, 
boshqa din yoki mazhab vakillariga nisbatan murosasizlik, noto‘g‘ri talqin etilgan 
diniy aqidalardan siyosiy qurol sifatida dunyoviy davlat va konstitutsiyaviy tuzumga 
qarshi qo‘llash, diniy nizo va qarama-qarshiliklar keltirib chiqarish orqali davlat 
suvereniteti va hududiy daxlsizligini buzish yoki davlat hokimiyatini kuch bilan 
egallash yoxud mavjud tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishdir.
Bizningcha, diniy ekstremizm jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid 
soladigan diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash yoki tarqatish 
yoxud tarqatish maqsadida saqlash, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof 
ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish, kontrabanda, diniy 
ekstremistik, fundamentalistik ruhdagi g‘ayriqonuniy nodavlat notijorat 
tashkilotlari, oqimlar, sektalar tashkil etish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok 
etish yoxud ular faoliyatida qatnashishga undash, diniy ta'limotdan saboq berish 


tartibini buzish, diniy adovat qo‘zg‘atish, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish 
bilan ifodalanuvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir. 
Diniy aqidaparastlik esa dindagi muayyan aqida yoki qoidalarni, o‘rinli yoki 
o‘rinsizligidan qat'i nazar, ko‘r-ko‘rona qo‘llash va mutlaqlashtirishga intilishdir. 
Аqidaparastlik barcha dinlarda turli mazhab va yo‘nalishlar orasida keskinlik, nizo 
va to‘qnashuvlar keltirib chiqarishga sababchi bo‘lgan. Аqidaparast guruhlar 
haqiqatni tushuntirish, ishontirish kabi usullar orqali targ‘ib etishni tan olmaydi. 
Ular o‘z g‘oyalari bid'atli, g‘ayriinsoniy bo‘lishiga qaramasdan, o‘ta johil va 
boshqalarga nibatan murosasiz munosabatda bo‘ladilar. O‘zini shak-shubhasiz haq 
deb bilish, haqiqatni faqat men bilaman, degan qarashga asoslangan manmanlik esa 
zo‘ravonlikni yuzaga keltiradi. Ya'ni, aqidaparastlik ekstremizmning paydo 
bo‘lishiga zamin yaratadi. Ekstremizm turli ko‘rinishlarda bo‘lib, terrorchilikni ham 
ham ichiga oladi. Ekstremistlar qaerda faoliyat ko‘rsatmasin, o‘z davlatini barpo 
qilishga intiladi. Bu maqsadga ular o‘zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to‘qnashuvlar 
orqali, ya'ni qon to‘kish va zo‘ravonlik orqali erishishni ko‘zlaydi.
«Terrorizm atamasi esa (lotincha. terror – qo‘rquv, dahshat) – ma'lum yovuz 
maqsadlar yo‘lida, kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan 
g‘oyaga asoslangan zo‘ravonlik usuli.
«Xalqaro terrorizm» tushunchasi es davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy 
Download 1,35 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja

Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish