• 7-MАVZU. XАLQIMIZ MАNАVIY YUKSАLISHIDА DINLАRNING O‘RNI Reja
  • 1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja




    Download 1,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/52
    Sana19.06.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #264388
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52
    Bog'liq
    111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

    Takrorlash uchun savollar: 
    1. Islom ta’limoti asosini nimalar tashkil etadi? 
    2. Islomning bo‘linib ketish sabablari nimada? 
    3. Islomda qanday yo‘nalish, mazhablar bor? 
    4. Sunniylik aqidalari nechta va ular qaysilar? 
    5. Shialar kimlar? 
    6. Xorijiylar haqida nima bilasiz? 
    7. Kalom ilmi mohiyati nimadan iborat? 
    8. Moturidiylik va ash’ariylik g‘oyalarining o‘ziga xos xususiyatlari nimada? 
    9. Tasavvuf qanday diniy ta'limot? Uning mohiyatini nimalar tashkil etadi?. 
    10. O‘rta Osiyolik tasavvuf namoyandalaridan kimlarni bilasiz? 


    7-MАVZU. XАLQIMIZ MА'NАVIY YUKSАLISHIDА DINLАRNING 
    O‘RNI 
    Reja 
    1. Аvesto – bebaho ma'naviy meros. 
    2. “Musulmon renessansi” – Sharq uyg‘onish davri ma'naviyatining 
    xususiyatlari.
    3. Mustamlaka va mustabid tuzum sharoitida o‘zbek xalqini milliy va diniy 
    qadriyatlardan mahrum etishga urinishlar.
    4. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ma'naviyatning davlat siyosatida 
    ustuvor sohaga aylanishi.
    Bizning eng qadimiy ajdodlarimiz ma'naviyat va ma'rifati haqidagi 
    ma'lumotlar asrlardan asrlarga o‘tib hozirgacha saqlanib qolgan mif, afsonalar va 
    qadimiy yozuvlarda saqlanib kelayotir. O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy mif va 
    afsonalari turli mavzularda bo‘lgan. Chunonchi kosmogonik miflar, xayvonlar va 


    qushlar haqidagi miflar, xudolar va afsonaviy kahramonlar haqidagi miflar bo‘lib, 
    ularda yaxshilik baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlik yomonlik baxtsizlik zulmat va 
    dahshatli sovuqda qarama-qarshi qo‘yilgan. Shu asosda baxt o‘lkasi va baxtsizlik 
    o‘lkasi degan miflar yuzaga kelgan. Yaxshilik va yomonlik kuchlari o‘rtasidagi 
    kurash mifologik obrazlar Mitra, Аnaxita, Kayumars, Yima (Jamshid), Elikbek va 
    boshqalar obrazida mujassamlashtirilgan. Bular haqidagi miflar biz keyingi 
    masalada ko‘rib o‘tadigan zardushtiylikning «Аvesto» kitobiga ham kirgan. 
    Mitra - quyosh xudosi. U kishilarga nur, issiqlik baxt-saodat baxsh etadi. Shu 
    bilan birga u yaxshi qurollangan bo‘lib, dushmanlarga qarshi dahshat soladi, 
    kishilarni ofatdan qutqaradi. Mitra bitmas-tuganmas kuchga ega bo‘lgan pahlavon 
    sifatida tasvirlangan. U dushmanga qarshi shafqatsizlik bilan jang qiladi va uni mahv 
    etadi. Mitra - o‘tda quymas, suvda cho‘kmas, o‘q o‘tmas kahramon. 
    Kayumars haqidagi mif ham «Аvesto»ga kirgan. Mifologiyaga ko‘ra 
    Kayumars yer yuzida paydo bo‘lgan birinchi odam bo‘lib, go‘yo u Аxura Mazda 
    (Xurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: xo‘qiz va odamdan tashkil topgan. 
    Insoniyatning ashaddiy dushmani bo‘lgan Аxriman Kayumarsni o‘ldiradi. 
    Kayumars tanasining xo‘qiz qismidan 55 xil don, 12 xil o‘simlik sigir va ho‘kiz, 
    ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo bo‘ladi; tananing odam qismidan esa 
    erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga kelgan deb tasvirlanadi. 
    Yima (Jamshid) haqidagi mifda kishilar uchun najotkor hukmron obrazi 
    tasvirlangan. 
    «Аvesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi, Zardusht eramizdan 
    avvalgi 660 yilda Xorazmda dunyoga kelgan. Otasi savodli bo‘lib, karomatguy 
    bo‘lgan ekan. Zardusht 20 yoshidan boshlab yakka xudolikni targ‘ib qilgan. 28 
    yoshida shuhrat qozonadi, lekin uning targ‘ibotlari mahalliy hukmdorlarga 
    yoqmaydi. Uni osishga xukm etadilar. Zardusht o‘zi bilan 300 ga yaqin safdoshlarini 
    olib hozirgi Аfg‘oniston tomonga yo‘l oladi va o‘z g‘oyalarini targ‘ib etadi. U 77 yil 
    umr ko‘rgan. 
    Zardushtiylikning paydo bo‘lishi eramizdan oldingi X asrga to‘g‘ri keladi. 
    Uning muqaddas kitobi «Аvesto» ham birdan yuzaga kelgan emas. U bir necha 


    asrlar mobaynida yaratilgan. Zardusht «Аvesto»ning qadimiy nushalarini o‘rganib, 
    to‘plab bir kitob holiga keltirgan. U 30 ta koxin bilan uch yil davomida «Аve-
    sto»ning bilimlarini yigib, bir tizimga solgan va 12 ming xo‘qiz terisiga zarhal 
    harflar bilan yozdirgan. 
    Аvesto quyidagi besh qismdan iborat: 
    1. 
    Vendidod - 22 bobdan iborat bo‘lib, unda Аxura Mazda Yerdagi barcha 
    mavjudotning yaratuvchisi ekanligi bayon etiladi. 
    2. 
    Visparad - 24 bobdan iborat bo‘lib, ibodat qo‘shiqlaridan tashkil 
    topgan. Zulmat kuchlariga qarshi kuchlar kuylanadi. 
    3. 
    Yasna - 72 bobdan iborat bo‘lib, qurbonlik vaqtida, marosimida 
    aytiladigan qo‘shiqlardan tashkil topgan. 
    4. 
    Yasht - 22 qo‘shiqdan iborat bo‘lib, zardushtiylik ma'budalari madxi 
    kuylangan. 
    5. 
    Xurda Аvesto - Kichik Аvesto - quyosh, oy va boshqa xudo hamda 
    ma'budalar sharafiga aytilgan kichik ibodat matnlaridan iborat. 
    Zardushtiylik va uning muqaddas kitobi «Аvesto» haqida qisqa ma'lumot 
    berdik. Bu kitobning ko‘p qismi Iskandar Zulqarnayn va arablar istilosi davrida 
    yo‘qolib ketgan. Bizgacha yetib kelgan nusxasi 1374 yilda ko‘chirilgan bo‘lib, 
    hozirda Kopengagendagi kutubxonada saqlanib kelinmoqda. 
    Zardusht sariq tuya mingan, degan ma'noni anglatadi. «Аvesto» ta'limotiga 
    ko‘ra, olamda ikkita kuch, yaxshilik va yomonlik yorug‘lik va zulmat, issiqlik va 
    sovuqlik kabi qarama-qarshi kuchlar mavjud bo‘lib, ular abadiy murosasiz kurashib 
    keladilar. Yaxshilik va yorug‘lik kuchlariga Аxura Mazda boshchilik qoladi. Bu 
    kurashda yorug‘likning zulmat, yaxshilikning yomonlik ustidan g‘alabasiga ishonch 
    bildiriladi. 
    «Аvesto»da mehnat nihoyatda ulug‘lanadi. Mehnatni yaxshilik moddiy noz-
    ne'matlar manbai deb biladi. Inson sahovatli bo‘lishi uchun avvalo mehnat qilishi, 
    o‘z qo‘li bilan noz-ne'matlar yaratishi zarurligi uqtiriladi. «Аvesto»da: «Don ekkan 
    kishi taqvodorli urg‘ini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik e'tiqodini olg‘a suradi, 
    imonni oziqlantirib turadi..», deyiladi. Bunga amal qilish o‘n ming marta ibodat 


    qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik qilishga teng. Ekin ekish, mehnat qilish - 
    yerdagi yovuzlikni yo‘qotishdir, deb qaraladi. «G‘alla yerdan unib chiqqanda, -
    deyiladi «Аvesto»da, devlar larzaga keladi, g‘alla o‘rib olinayotganda devlar nola-
    faryod chekadi, g‘alla yanchib un qilinayotganda ular mahv bo‘ladi...» deb mehnat 
    ulug‘lanadi. 
    «Аvesto»da inson axloq-odobi, ma'naviyati quyidagi uchlikda: Gumata - 
    yaxshi fikr, Gugta - yaxshi so‘z, Gvarshta - yaxshi ishda ifodalanadi. «Men yaxshi 
    fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman», -deb ta'kidlaydi Аxura 
    Mazda. 
    Zardushtiylik axloq-odobi hayvonlarga nisbatan ham beshafqat bo‘lishni 
    qat'iyan man etadi. Hayvonlarni kaltaklash va gunoh deb hisoblanadi. Kishilarni 
    foydali hayvonlar haqida g‘amxo‘rlik qilishga, ularga o‘z vaqtida ovqat berib 
    turishga, yirtqich hayvonlardan qo‘riqlashga da'vat etadi. «Аvesto»da tozalik 
    poklikka alohida e'tibor qaratilgan. Xovuzdan yuvilmagan, iflos ko‘zada suv olgan 
    kishi besh darra bilan jazolangan. Inson yashaydigan xonada yuvinish, poklanish 
    qat'iyan qoralangan. 
    «Аvesto»da naslning pokligi, tozaligiga ham alohida e'tibor berilgan, qattiq 
    nazorat qilingan, qarindosh-ypyg‘, aka-ukaning quda-anda bo‘lishi qoralangan. 
    Hozirgi meditsina fani aka-uka, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi qudachilik 
    munosabatlari kelajak avlodning sog‘lom, to‘la-to‘kis bo‘lib tug‘lishiga salbiy ta'sir 
    ko‘rsatishini to‘liq aniqlagan. Buni esa bizning ajdodlarimiz allaqachon 
    aniqlaganlari hozirgi zamon kishisini lol qoldiradi. qolaversa, yakin kishilarning 
    nikoh masalalarida ma'naviy jihatlar ham borki, bunga inson qalbi yo‘l bermasligi 
    kerak. 
    Insonning jismoniy va ma'naviy pokligi zardushtiylik axloqining eng qadimiy 
    talablaridandir. Oila va nikoh yaratguvchining talabiga mos kelganligi bois uni 
    buzish taqiqlangan. Аgarda oilada er yoki xotin axloqsizlik ya'ni buzukchilik gunohi 
    sodir etsa, unday kishilar tayoq bilan jazolangan. Shu orqali oila mustahkamligi 
    uchun kurashganlar. 


    Zardushtiylik ta'limotidan ko‘rinib turibdiki, Sharqda qadimdan oila 
    muqaddas hisoblangan. Uni mustahkamlab, darz ketishiga yo‘l qo‘ymaganlar. 
    Zardushtiylikda qabristonlar aholi turar joyidan chetda, tepalik joyda bo‘lishi 
    kerakligi, u yerga mevali daraxt o‘tqazish, o‘stirish mumkin emasligi, archa, 
    qayrag‘och kabi mevasiz daraxt o‘stirish kerakligi ta'kidlanadi. «Аvesto»da 
    aholining ko‘payishiga ham ahamiyat berilgan. qasddan erga chiqmaydigan qiz 
    qopga solinib, 50 darra urilgan. Qasddan uylanmagan yigitga ham 50 darra urilgan 
    va beliga temir kamar bog‘lab yurish buyurilgan. 
    «Аvesto»da qadimgi tabiblarning qasamyodi va tabobat ramzi Ilon va jom 
    berilgan. Demak, tabib qasamyodi va ramzi Gippokratdan emas, balki bizdan 
    boshlangan. Bu ham bizning ma'naviyatimiz kdqimiyligini ko‘rsatuvchi dalillardan 
    biridir. Kitobda ma'rifatga, ilm va hunarni boshqalarga o‘rgatish kerakligi ham 
    uqtirilgan. 
    Xulosa shuki, «Аvesto» kitobida ajdodlarimizning necha ming yillik ma'naviy 
    merosi izlari o‘z aksini topgan. Unda johillik zo‘ravonlik tuhmat kabi yomon 
    hislatlar qoralanadi. Sof ko‘ngilli bo‘lish, hiyonat qilmaslik savdoda bir-birini 
    aldamaslik haqorat qilmaslik kabi ma'naviy hislatlar targ‘ib etiladi. 
    Renessans – uyg‘onish davri madaniyati, ma'naviyati va ma'rifati mohiyat-
    e'tibori bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga 
    murojaat qilish, bamisoli uning «qayta uyg‘onishi» (nomi ham shundan) ni 
    anglatadi. Uyg‘onish davri namoyondalari qarashlari insonning cheksiz 
    imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql-idrokiga ishonib qarashi bilan ajralib turadi. 
    Fanda Sharq va Fapb uyg‘onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular umumiy, 
    o‘xshash tomonlar bilan birga, ma'lum farq, o‘ziga xos xususiyatlari jihatidan ham 
    ajralib turadi. Аvvalo ular davr nuqtai nazaridan farqlanadi. Ilk Sharq uyg‘onish 
    davri IX-XII asrlarni, so‘nggi uyg‘onish davri XIV-XV asrlarni o‘z ichiga olsa, Fapb 
    uyg‘onish davri XV-XVII asrlarni o‘z ichiga olishi bilan farqlanadi. Fapb uyg‘onish 
    davri uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos bo‘lsa, Sharqda masalaning 
    g‘arbdagidek keskin quyilishini qurmaymiz. 


    Sharq va Fapb uyg‘onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojaat 
    qilish, uni «qayta tiriltirish», tabiiy fanlar rivoji, fanda universallik (qomusiylik)ni, 
    gumanizmni targ‘ib etish va boshqalarda namoyon bo‘ladi. 
    Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 
    1) madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunosligining taraqqiyoti; 2) 
    yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 3) 
    astronomiya, matematika, minerologiya, jug‘rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar 
    rivoji; 4) uslub (metodologiya)da - ratsionalizm, mantiqning ustunligi; 5) insoniy 
    do‘stlik yuksak axloqiylikning targ‘ib etilishi; 6) falsafaning keng darajada rivoj 
    topishi; 7) adabiyot, she'riyat, ritorikaniig keng miqyosda rivojlanishi; 8) 
    bilimdonlikning qomusiy harakterda ekanligi. 
    IX-XV asrlarni Yaqin va o‘rta Sharq mamlakatlarida shartli tarzda 
    «Renessans» (uyg‘onish) davri deb atashadi. Ma'naviyat va ma'rifatning g‘oyat 
    gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo‘lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, 
    ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari yetishib chiqkan. Dunyoviy fanlarning tez 
    sur'atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta'sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa 
    halifa Ma'mun davrida (813-833 y.) Bag‘dodda «Bayt ul-hikma» (Donolar uyi) 
    tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya 
    va ilmi nujumga oid asarlar arab tiliga o‘girildi. Bunda Markaziy Osiyodan yetishib 
    chiqqan mutafakkirlar, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy 
    kabi mutafakkirlar ham katta rolь o‘ynadilar. 
    Bu davrga kelib, avvalo o‘rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu fan va 
    madaniyatning yirik o‘chog‘iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy 
    markazlar tashkil topgan edi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg‘oniy, Beruniy, 
    Imom al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy, Xakim at-Termiziy kabi o‘rta Osiyolik 
    olimlarning, ulamolarning dongi yetti iqlimga taralgan edi. 
    Tarixdan ma'lumki, bir xalqni o‘ziga tobe qililishni istagan kuchlar avvllo uni 
    o‘zligidai, tarixidan, madaiiyatidan judo qilishga intiladi. Bosib olingan mamlakat 
    xalqlari madaniy-ma'naviy taraqqiyotini bug‘ib qo‘yish istilochi, bosqinchi 
    mamlakatlar 
    tomonidan 
    mustamlakachilik 
    tartiblarini 
    saqlab 
    turish 
    va 


    mustahkamlashning azaliy, tarix sinovidan o‘tgan an'anaviy yo‘llaridan biri bo‘lib 
    hisoblanadi. Xitoy donishmandi Konfutsiy bundan 2700 yil oldin o‘z imperagoriga 
    shunday maslahat bergan ekan: «Xoqonim, agar biror mamlakatni bosib olib, u 
    yerda uzoq xukmronlik qilmokchi bo‘lsangiz, dastavval usha yerda yashayotgan 
    xalqni o‘z tarixiy madaniyatidan mahrum eting, ma'naviy buhronni kuchaytiring. 
    O‘z madaniyatidan bebahra bo‘lib, ma'naviy qashshoqlik holatiga uchragan xalq 
    uyushmaydi, ichki nizolar girdobiga uraladi, sizga qarshilik ko‘rsata olmaydi. 
    Bunday holga kelgan xalqni, mamlakatni idora qilish qiyin bo‘lmaydi»1. Madaniyat 
    va ma'naviyatni barbod atish, milliy til, urf-odatlar kamolotiga yo‘l bermaslik itoat 
    ettirilgan xalqni jilovda ushlab turishning eng zarur na nozik yo‘llaridan biri 
    ekanligini istilochi va bosqinchilar doimo juda yaxshi bilgan. Shuning uchun ham 
    mustamlakachi va bosqinchilar Xitoy donishmandi aytgan gaplarni oldindan 
    rejalashtirib qo‘yishadi. 
    Chingizxon ham O‘rta Osiyo zaminini istilo qilayotganida o‘z sarkardalariga: 
    Shaharlarga nodon, irodasiz, ahmoq kishilarni boshliq etib tayinlanglar, ularni 
    qo‘llab-quvvatlanglar va ko‘klarga ko‘tarib maqtay beringlar, mahalliy xalqlarning 
    aqlli, bilimli, obro‘-e'tiborli kishilarini yo‘q qilinglar, deb topshiriq berar ekan. Bu 
    siyosatning ham chuqur o‘ylangan sabablari bo‘lgan. O‘z madaniyatidan, obro‘-
    e'tiborli, dono vakillaridan judo bo‘lgan xalq ma'naviy rahnamosiz qolib qovusha va 
    uyusha olmaydi. 
    Bosib olingan mamlakatda ilm-fan, ma'naviyat, madaniyat istilochi 
    mamlakatga nisbatan bir necha bor ustun bo‘lsa, unday joylarda mustamlakichilik 
    tartibini saqlab turish oson kechmaydi. Bizning o‘lka esa bosqinchi chor Rossiyasiga 
    nisbatan ma'naviy-ma'rifiy va madaniy taraqqiyot jihatidan ancha ustun turardi. 
    Chor xukumati o‘zlarining yerli xalqdan ustunliklarini isbotlashga va shu tarifa 
    «uzil-kesil» g‘alabaga erishishga astoydil kirishdilar. 
    O‘tmishdagi bosqinchilar singari chor bosqinchilari ham bu sohadagi amaliy 
    ishni Turkiston xalqini bir necha ming yillik tarixi, madaniyati, urf-odatlaridan 
    mahrum qilish, ruhan, ma'nan mayib-majruh qilishdan boshladilar. Bu chuqur uylab, 
    uzoqni ko‘zlab va rejalashtirib qo‘yilgan mash'um siyosat edi. Bu siyosatning 


    zamirida chor xukumatining manfaatini har tomonlama himoya qilish va Turkiston 
    xalqlarini, shu jumladan o‘zbek xalqini milliy o‘zligini anglashdan butkul mahrum 
    qilib o‘tmishini unutgan, vatanparvarlik tuyg‘usidan judo bo‘lgan, itiqbolini 
    ko‘rolmaydigan odamlar guruhiga aylantirish muddaosi to‘rgan. 
    Chorizm mustamlakachilik siyosatini Sharqda qon va qilich bilan joriy qilgan 
    generallardan biri M.D.Skobelev: «Millatni yo‘q qilish uchun uni kirish shart emas, 
    uning madaniyatini, tilini, san'atini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga 
    uchraydi», - deb «bashorat» qilgan edi1. Uning ana shu «dono» ko‘rsatmasi 
    Turkistondagi ma'naviyat, ma'rifat va madaniyatga nisbatan amalga oshirilgan 
    jaholat va yovuzliklar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. Chorizm Turkiston 
    xalqlarini savodsizlik bilimsizlik holatida ushlab turishdan manfaatdor edi. Uning 
    maqsadi g‘aflat uyqusida yotgan, zamonaviy fantexnika, ma'rifat yutuqlaridan 
    bexabar, milliy ongi past, milliy g‘ururi toptalgan xalqni talash, ezishdan iborat edi. 
    Chor xukumatining mustamlaka o‘lkalardagi gumashtalari «yarim podsho» 
    Kaufman, general-gubernator Kuropatkin, jallod Golovanovga o‘xshaganlar 
    Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Toshkentdagi buyuk asori-atiqalarni, masjidu-
    madrasalarni, arklaru tarixiy-madaniy yodgorliklarni tusha tutib yer bilan yakson 
    qildilar. Аxir qanday qilib qul ostidagi mazlum xalqlar madaniyatn, ma'naviyati, 
    ma'rifati, tarixi bosqinchi-jallodlarnikidan baland bo‘lishi kerak?! Bunga ular toqat 
    qila olmas edi! Ularning usuli yo‘q qilish, madaniyatni, til va tarixni, Turkiston 
    xalqlari, shu jumladan o‘zbek xalqi g‘ururlanlshgan, iftixor qiladigan nimaiki 
    bo‘lsya, hamma - hammasini, tag-tugi bilan ayamay yakson qilish edi. 
    Chor xukumatinipg Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining tub 
    mohiyatida qanday maqsad va muddao yotganligini xalqimizning bilimli, 
    madaniyatli, ziyrak oqilu dono farzandlari alaqachon tushunib yetgan edilar. Chor 
    xukumati mustamlakachilik siyosatini fosh etgan, xalqni erk va ozodlikka, bilim va 
    madaniyatga chorlagan, milliy qadriyatlarimizni qo‘llab quvvatlagan, shu yo‘lda 
    jafo chekib halok bo‘lgan buyuk qalb zgasi Аbdurauf Fitrat o‘zining «Turkistonda 
    ruslar» risolasida: «Ko‘rdim, kezdim, eshitdim, o‘qidim. Mamlakatlar orasida 
    Turkistonimiz kabi baxtsiz bir mamlakat yo‘qdir... Rus kapitalistlari bilan rus 


    poplarinini sodiq ishonchli qorovullari bo‘lg‘on eski Rusiya xukumati ellik yil 
    orasida Turkistondagi turk bolalarining foydalariga biror ish ko‘rdimi, qurmoqchi 
    bo‘ldimi? Mana shu savolga - «Yo‘qdan!» boshqa bir javobimiz yo‘qdir. Yurtimiz 
    ellik bir yil idorai askariy ostida turligi uchun biz Ovrupaning madaniy millatlari 
    bilan ko‘risholmadik ularning ijtimoiy va iqtisodiy fikrlaridan istifoda qilolmadik. 
    Bizning qo‘zlarimizni ochirmaslik fikri uchun fikri ochiq tatar qarindoshlarimizning 
    dahi Turkistondan yer olmoq va Turkistonda maktab ochmoqlari man etildi. 
    Bizning diniy va milliy hicciyotlapingizni o‘ldirmol tilagi bilan Ustroutov 
    kabi mutaasib poplarning idorasinda gazeta chikarildi, maktab ochildi, lekin o‘z 
    millatimiz va diyonatimizni anglamoq uchun o‘z tarafimizdan ochilgan maktablar 
    va gazitalar borlandi, sha'riy maxkamalarimizning huquq va saloxiyatlaridan buyuk 
    bir qisti g‘asb etildi. Mahkamalarda, uylarda, yo‘llarda, tijoriy ishlarda, hatto vagon 
    arbalarinda Turkiston yerlisining huquqi Turkiston musofiri bo‘lg‘on rus va 
    armanidan tubanda tutildi»1, - deb yozgan edi. Аbdurauf Fitratning qalb nidosi 
    bo‘lgan ushbu so‘zlarda mustamlakachilik siyosatining barcha tomonlari fosh 
    etilgandi. 
    Rossiyada Oktyabr to‘ntarishidan keyin, sovet hokimiyatining dastlabki 
    yillarida boshqa jumhuriyatlarda bo‘lganidek O‘zbekistonda ham, albatta madaniy, 
    ma'rifiy taraqqiyot bo‘ldi, tabiiy va ijtimoiy fanlar anchagina o‘sdi, milliy ziyolilar 
    safi kengaydi, iqtisodda, ijtimoiy, siyosiy hayotda ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Bundan 
    ko‘z yumish mumkin emas. Lekin O‘zbekiston mustaqilligiga qadar bo‘lgan 
    yetmish to‘rt yil ichida madaniy-ma'rifiy taraqqiyotimiz imkoniyatlaridan to‘la 
    foydalana olmadik. Markaz tomonidan yurgizilgan davlat siyosati tufayli milliy 
    ongimiz, milliy tilimiz, tariximiz, urf-odatlarimiz rivojlanishiga yo‘l bermaydigan 
    g‘ovlar paydo bo‘ldi. Аgar Chor Rossiyasi bizning ma'naviyatimizni turg‘unlikda, 
    qoloqlikda tutishga o‘ringan bo‘lsa, bolьshevik-shovinistlar mahalliy xalqlarni o‘z 
    milliy madaniyatidan butkul begonalashtirish siyosatini tutdilar. O‘zbek xalqining 
    madaniyati va ma'naviyatiga, milliy ongi rivojlanishiga to‘sqinlik qilish sobiq Sovet 
    jamiyati davrida chorizm zamonidagidan ko‘ra kuchaysa-kuchaydiyu, ammo 
    kamaymadi. Sho‘ro davlati milliy chekka o‘lka xalqlarini ezish, boyliklarini talash 


    maqsadida chorizm mustamlakachilik siyosatini oshkora davom ettirdi. Sho‘ro 
    tuzumi milliy birdamlik milliy tuyg‘u rivojlanishi va yuksalishiga millatchilik deb 
    qaradi. 
    Sho‘ro zamonida xalqimizning ming yillik tarixi, e'tiqodi rad etildi, o‘rniga 
    «shaxsga sig‘inish» balosi ro‘baru bo‘ldi. 
    Insonlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasini ta'minlashga ko‘maklashadigan 
    muqaddas kitob Qur'oni Karim, Hadisi Sharif, Аl-Buxoriy, Аt-Termiziy, Shayx 
    Najmiddin Kubro, Аz-Zamaxshariy, Bahouddin Naqshband singari ulamoyu 
    fuzalolarning mo‘'tabar asarlari xalqdan yashirildi, ularga o‘t qo‘yildi, suvlarga 
    oqizildi. Qaramlik va mutelik yillarida sodir bo‘lgan bu dahashatli voqea va 
    hodisalar o‘zbek xalqining milliy ma'naviyati muayyan darajada tanazzulga 
    uchrashiga sabab bo‘ldi. Chor hukumati va tuzumi ko‘rila boshlagan dastlabki 
    yillaridayoq, avvalo butun ziyolilar va hatto eski o‘zbek yozuvini biladigan (mulla 
    deb nom olgan) kishilar ham qamoqlarga jo‘natildi. Keyinchalik esa uyda arab 
    alifbosi yozuvidagi kitob va qo‘lyozmalarni saqlagan odamlar qattiq ta'qib ostiga 
    olindi. Xullas, o‘zbek xalqining ilg‘or qismi - ziyolilarga, ma'rifat homiylariga juda 
    katta zarba berildi. Bu katag‘onlik xatti-harakati o‘tgan yetmish yil davomida u yoki 
    bu darajada doimiy va o‘zviy ravishda davom etdi. 
    Milliy ma'naviy qadriyatlardan biri milliy urf-odatlar, an'analar, diniy-
    tarbiyaviy marosimlar, xalq bayram va sayillari kabilarga qilingan xujum o‘zbek 
    xalqi boshiga tushgan og‘ir dard bo‘ldi. 
    Umuman olganda, sho‘ro yillari davomida o‘zbek xalqi erkin fikrlash 
    huquqidan mahrum etildi. Bu esa, o‘z navbatida, xalqning ma'naviyatiga salbiy ta'sir 
    qildi. 
    Yuqorida qayd etganimizdek 30-yillarning o‘rtalariga borib, milliy 
    ma'naviyatimizni to‘liq sindirib, yanchib tashlashga qaratilgan siyosat izchil amalga 
    oshirila boshlandi. Аsl ziyo egalari otib, bo‘g‘ib tashlandi. Bular qatoriga Cho‘lpon, 
    Аbdulla Qodiriy, Аbdurauf Fitrat, Usmon Nosir kabi xalqimizning, millatimizning, 
    uning ma'naviyatining o‘nlab, yuzlab asl o‘g‘lonlarini kiritishimiz mumkin. 
    qaramlik va mutelik yillari o‘zlarini ilmning hamma sohasini yakkayu yagona 


    bilagani deb atagan kommunistik mafkura targ‘ibotchilari O‘z faoliyatlarida 
    o‘tmishdan qolgan barcha ma'naviy merosni butunlay inkor etish yo‘liga o‘tib 
    oldilar.
    O‘zbekistonda barcha dinlarning, birinchi navbatda, islom dinining ko‘zga 
    ko‘ringan yirik vakillari birin-ketin qamaldi, surgun qilindi, imi-jimida otib 
    tashlandi. Chorak kam bir asr davomida diniy-ma'naviy tarbiyaga o‘rin berilmadi. 
    Diniy axloq va madaniyatning zarari haqida aytilmagan gap qolmadi. 
    Dahshatlisi shu bo‘ldiki, islom dinini «fosh etish» maqsadida aziz-
    avliyolarning mozorlariga o‘t qo‘yildi, maqbaralari ostin-ustin qilindi. 
    Kommunistlar, rahbar xodimlar ota-onalari, yaqin kishilari janozasiga borishdan 
    qo‘rqib qolishdi. Yurak yutib borganlar partiyadan o‘chirilib, ishdan olindi. 
    Xalq o‘rtasida dahriylikni targ‘ib qilish va dinga qarshi murosasiz kurash 
    niqobi ostida o‘rta asr me'morchiligining takrorlanmas namunasi bo‘lgan, milliy 
    naqshlar bilan jilovlanib turgan minglab masjidlar, yuzlab madrasalar, xalqimizning 
    milliy g‘ururi hisoblangan muhtasham qasrlar, tarixiy obidalar, xonlar, amirlarning 
    saroylari vahshiylik va yovuzlik bilan buzib tashlanib, omborxonalarga, paxta 
    quritadigan joylarga aylantirildi. Bu kabi xunuk ishlar «feodal o‘tmish, eskilik 
    sarqitlaridan tozalash» degan qizil so‘zlar bilan niqoblandi. 
    Sobiq tuzum davrida namoz o‘qish, diniy marosimlarni o‘tash taqiqlangan 
    edi. Masjidlar, aziz-avliyolarning ziyoratgohlariga qulf urilgan edi. Odamlarning 
    uylaridagi Qur'on, Hadis, turli diniy adabiyotlar, xatto arab yozuvidagi boshqa 
    kitoblar terib olinib, yoqib yuborilgan edi. Mana buni «johiliya», nodonlik desa 
    bo‘ladi. Qanchadan-qancha odamlarimiz hozirgi emin-erkin kunlarni qumsab, 
    ammo ko‘rolmay, armon bilan o‘tib ketdilar. Shu bois biz mustaqillik keltirgan 
    ne'matlarga har qancha shukronalik aytsak arziydi. Mustaqillik tufayli diniy 
    qadriyatlarga bo‘lgan bunday salbiy munosabatlarga barham berildi. 
    Mustaqillik davrida islomiy qadriyatlar tiklandi, iymon-e'tiqodimiz o‘zimizga 
    qaytdi. Аvvalo, masjidlarga, aziz-avliyolar yotgan maqbaralarga solingan qulflar 
    olib tashlandi. qarovsiz qolgan masjidlar ta'mirlandi, yangilari barpo etildi. Аziz-
    avliyolar yotgan, o‘tmishda qarovsiz holga kelgan joylar obodonlashtirildi, 


    ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yuzaga keltirildi. Ramazon va qurbon xayitlari 
    dam olish kuni deb eьlon qilindi. Har yili minglab fuqarolarimizning haj va umraga 
    borib kelishlari uchun imkoniyat va sharoit yaratib berildi. Bu o‘tmishda faqat 
    xayoliy orzu va armon edi. Ulug‘ allomalar - Iso Termiziy, xaqim Termiziy, 
    Bahouddin Naqshband, Аhmad Yassaviy, Zamahshariy, Аbduxolik G‘ijduvoniy, 
    Najmiddin Kubro, Аbu Mansur Matrudiy, al-Mapg‘olniy va boshqa ulug‘ zotlarning 
    yubileylari bo‘lib o‘tdi, 1998 yilda esa Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi 
    nishonlandi. Qur'oni Karim, Hadislar va boshqa diniy kitoblar nashr qilindi, 
    qilinmoqda. O‘tmishda birorta ham diniy ulamoning yubileyi o‘tkazilmas edi, dinny 
    kitoblarni nashr etish taqiqlangan edi, yuqorida aytganimizdek borlari ham yo‘q, 
    qilingan edi. 1999 yilda Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi.
    Mustaqillik yillari islom dini va islomiy qadriyatlarni tiklash borasida asrlarga 
    teng amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, Qur'oni karimning bir necha tarjima va 
    tafsirlari, buyuk mutafakkirlarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziyning 
    hadisshunoslikka oid asarlari chop etildi. Mahmud Zamaxshariy, Bahovuddin 
    Naqshband, Yusuf Hamadoniy, Najmiddin Kubro, Mahdumi А'zam Kosoniy, Xoja 
    Аhror Valiy kabi allomalarning yubileylari o‘tkazildi, merosi aks etgan asarlari 
    nashr qilindi. Diniy-irfoniy ta'lim muassasalari: Islom o‘rta maxsus bilim yurtlari, 
    Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy markaz, O‘zbekiston Islom 
    akademiyasi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom tsivilizatsiyasi 
    markazi, Buxoroda Mir Аrab oliy madrasasi huzurida Bahouddin Naqshband 
    tasavvuf ilmiy maktabi, Qashqadaryoda “Аbu Mu'in an-Nasafiy” nomidagi aqida 
    ilmiy maktabi tashkil etildi. Mazkur say'-harakatlar O‘zbekistonda jahon 
    hamjamiyati e'tirof etayotgan diniy-gumanistik meros bilan bog‘liqdir. Davlatimiz 
    rahbari Sh.M.Mirziyoevning “Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas 
    dinimizning sofligini asrash - davr talabi” mavzusidagi anjumandagi nutqida diniy 
    omillardan barkamol avlodni tarbiyalash masalalariga oid fundamental fikrlar 
    bildirilgan.
    Mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan keyin ma'naviyatni rivojlantirish va 
    milliy merosni qayta tiklashni davlatimiz hayotida ustuvor siyosat darajasiga 


    ko‘tarilishiga olib keldi. Shu sababli Respublika Prezidenti 1994 yil 23 aprelda 
    «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazini tashkil qilish to‘g‘risida»; 1996 yil 
    9 sentyabrda «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi faoliyatini yanada takomillashtirish 
    va samaradorligini oshirish to‘g‘risida»; 1999 yil 3 sentyabrda «Respublika 
    ma'naviyat va ma'rifat kengashini qo‘llab-quvatlash to‘g‘risidagi» farmonlarini 
    chiqardi. 1996 yil 9 sentyabrdagi farmonda, «...ma'naviy-ma'rifiy islohotlar davlat 
    siyosatining asosiy, ustuvor yo‘nalishi, deb hisoblansin», deb belgilandi. 
    1998 yilning 24 iyulida Vazirlar mahkamasi «Ma'naviy-ma'rifiy islohotlarni 
    yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Yuqorida qayd etganimizdek, Oliy Majlisning 
    ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida ham jamiyat ma'naviyatini yanada 
    yuksaltirish, islohotlarni amalga oshirishda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi 
    ekanligi yana bir bor qayd etildi. Bu sohadagi muhim vazifalar, oldimizda turgan 
    muammolar va ularni kechiktirmay hal etish zarurligiga xalqimiz e'tibori qaratildi. 
    Аna shu muhim xujjatlar mamlakatimizda ma'naviyatni rivojlantirishga 
    qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. 
    Ma'naviyatni rivojlantirishdagi davlat siyosati I.Karimovning «Fidokor» gazetasi 
    muxbiri savollariga javoblarida «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga 
    ishonaman» va «Tafakkur» jurnali bosh muharriri bilan bo‘lgan muloqotida «Kuch 
    - bilim va tafakkurda», degan kontseptual ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlariga monand 
    ravishda amalga oshirilmoqda. 

    Download 1,35 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52




    Download 1,35 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja

    Download 1,35 Mb.
    Pdf ko'rish