1-mavzu: Qoʻshma gap haqida ma'lumot. Bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar. Reja




Download 80.65 Kb.
bet9/11
Sana22.10.2022
Hajmi80.65 Kb.
#27854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz
2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3, Metrologiya, 121993 (1), Lesson plan, Mustaqil ish, Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yo\'nalishida o\'quv jarayonini, 100-104, 415-419, Daily routine1, 02
Bunday qoʻshma gaplarda voqea-hodisalarning yuzaga kelish vaqti koʻrsatiladi yoki ular bir-biriga chogʻishtiriladi: Oyoq yugurigi oshga, til yugurigi boshga. (Maqol.) Koʻp soʻzning ozi yaxshi, oz soʻzning oʻzi yaxshi. (Maqol.) Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod qoladi. (Maqol.)
Bogʻlovchi vositasiz birikkan qoʻshma gaplar bir vaqtda yoki turli vaqtda yuzaga keladigan voqea-hodisani ifodalaydi. Bir vaqtda yuzaga keladigan voqeani koʻrsatadigan qoʻshma gaplarda kesimlar koʻpincha bir xil zamon shaklida boʻladi. Misollar: Oʻktam uning orqasidan ancha tikilib qoldi, koʻnglini qandaydir gʻashlik bosdi. (0.) Koʻklamning sayroqi qushlari tabiat koʻrinishlarini kuylamoqdalar, koʻm-koʻk koʻkatlar silkinib qushlarni olqishlamoqdalar. (0.)
Ba’zan bir vaqtning oʻzida yuzaga kelgan voqealarning biri boshqalaridan ajratib koʻrsatiladi: Hamma chuqur xoʻrsindi Anorxon piq-piq yigʻladi. (O.)
Ayrim hollarda fe’l kesim har xil zamon shakli da boʻladi: Buni koʻp sinaganman, sochim paxtadan oqardi. (O.)
Ketma-ket yuzaga keladigan voqea va harakatni ifodalovchi qismlarning fe’l kesimlari bir xil shaklda ham, har xil shaklda ham qoʻllanadi. Misollar: Qoʻya ber, yana bir oz sinab koʻraylik. (O.) Sizlar ovqatgacha dam olinglar, qolgan gapni keyin gaplashamiz. (A. Q.) Gulnor boshini Yoʻlchining koʻkragiga suqib yigʻladi, Yoʻlchi uni eshik oldiga olib bordi. (0.)
Ketma-ket yuzaga keladigan harakat hali bajarilmagan, endigina moʻljallangan boʻlishi mumkin: Keksa ovora boʻlmasin, oʻzimiz bora qolaylik.
Bu tipdagi qoʻshma gaplarda ketma-ketlik mazmunini aniqroq koʻrsatish uchun payt ravishlari ham qoʻllanadi. Ularning qoʻllanish holati ikki xil:

  1. Payt ravishi faqat keyingi qism tarkibida qoʻllanadi: Sarvar haqida yana ikki ogʻiz gapiray, soʻng boshqa gaplarga oʻtamiz. Bor, omon boʻl, endi men ham qaytaman.

  2. Payt ravishlari har ikki qism tarkibida keladi. Oldin boʻladigan voqeani koʻrsatish uchun qoʻllanadigan avval, oldin kabi ravishlar birinchi qism tarkibida, keyingi voqea yoki harakatni koʻrsatish uchun qoʻllanadigan soʻng, keyin, undan soʻng kabi ravishlar keyingi qism tarkibida keladi: Avval menga etib olishsin, undan keyin birga oʻqiymanda. (A. Q.) Usarjon dastlab oʻzi yoʻq vaqtda qilingan ishlar bilan tanishdi, keyin terim masalalariga koʻchildi. (0.)

Bogʻlovchi vositasiz birikkan qoʻshma gaplarning ba’zilarida chogʻishtirish ma’nosi ifodalanadi. Masalan: Doʻst achitib gapirar, dushmankuldirib. Otasi urmas qoʻngʻizni, bolasi urar toʻngʻizni. Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar. Yaxshi qand yedirar, yomon pand yedirar. Toʻgʻri til tosh yorar, egri tilbosh. (Ma- qollar.)
Bunday qoʻshma gaplardagi qismlarning fe’l kesimlari koʻpincha bir xil boʻlishi sababli, ba’zan keyingi qismda kesim qoʻllanmaydi, uning mazmuni oldingi qismdan anglashilib turadi.
Bogʻlovchi vositasiz birikkan qoʻshma gap tarkibidagi qismlar zidlik ma’nosini ifodalaganda, zidlov bogʻlovchili bogʻlangan qoʻshma gapga sinonim boʻladi. Masalan: Koʻp bolalar undan qoʻrqar, Xolmurod qoʻrqmasdi. (P. T.) Tigʻ yarasi tuzaladi, til yarasi tuzalmaydi. (Maqol.) Toshpoʻlatov javob kutdi, Akramov indamadi. (R, F.) Toʻrqovoq yorigʻidan bir qancha tariq va qush tezagi poliqiyaning shop moʻyloviga, koʻkragiga toʻkildi, u buni sezmadi. (0.)
Bunday qoʻshma gaplarda chogʻishtirish ma’nosi sezilib tursa ham, taqqoslashga nisbatan zidlik ma’nosi kuchliroq boʻladi. Zidlik ma’nosi ifodalanadigan bunday qoʻshma gaplarda qismlarning soni koʻpincha ikkidan ortmaydi. Bundan tashqari, birinchi qismning fe’l kesimi boʻlishli shaklda, ikkinchisiniki esa boʻlishsiz shaklda boʻladi.
Bogʻlovchi vositasiz birikkan qoʻshma gaplarning teng qismli turida qismlarning kesimlari toʻliq yoki toʻliqsiz holda ifodalanishi, tushib qolishi mumkin. Qesimning tushib qolishi qoʻshma gapning oxirgi qismida yuz beradi: Choʻllar boʻston boʻldi, qumloqlar gulzor. Yaxshi topib soʻzlar, yomon — qopib. (Maqol.)
Bunday qoʻshma gapda tarkibli kesimning keyingi elementi oldingi qismda tushib qolib, faqat soʻnggi qism kesimi tarkibidagina qoʻllanishi mumkin. Bunday qoʻshma gaplar koʻpincha bir vaqtda bajariladigan yoki bir vaqtda yuzaga keladigan voqea-hodisalarni ifodalaydi: Sobirning yonginasida koʻm-koʻk oʻtlar orasida sharqirab suv oqar, ariq yoqalab qator oʻsgan daraxtlar qoʻynida shamol gʻuvillar edi. (0.) Bolalar u yoqdan bu yoqqa chopar, hayqirar, yosh-yalang ashula aytib, askiya qilib, bir-birini quvlashib borar, qariyalar yoshlik chogʻlarini qoʻmsab, bir-birlariga har xil hazillar qilishar edi. (A. Q.)
Misollardan koʻrinadiki, bu qoʻshma gaplardagi qismlarning kesimlari bir xil zamon shaklida ifodalanadi.
Bogʻlovchi vositalarsiz birikkan qoʻshma gaplarning teng qismli turida qismlarning zich bogʻlanishini yana quyidagi holatlar ham ta’minlaydi:
a) predikativ qismlar uchun umumiy soʻzlar ishlatiladi. Ba’zan bunday qoʻshma gap tarkibidagi oʻrin, payt hollari, eganing aniqlovchisi, toʻldiruvchi birgina qismga oid boʻlmay, balki qoʻshma gapning har ikki qismi uchun umumiy boʻladi: Sobirning yuragi gupillaydi, oyoqlari qaltiraydi. (0.) Oʻktamning niyati xolis, qadami toza. (0.) Bir ozdan soʻng muzika chalinadi, oʻyin boshlanadi. Mevaga qorning ham toʻyadi, etaging va savating ham. (0.)
Undalmalar ham qoʻshma gapning qismlari uchun umumiy boʻlishi mumkin. Bunda qoʻshma gapdagi fikr undalma bilan ifodalangan shaxsgagina qaratiladi: Gʻamnok boʻlmang, men boraman, onajon (I.);

Download 80.65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 80.65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu: Qoʻshma gap haqida ma'lumot. Bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar. Reja

Download 80.65 Kb.