|
Amerika mahsulotlarining sifatini oshirish zarurligini anglab yetdilar. Buning uchun quyidagilami rivojlantirishga qaror qilingan
|
bet | 15/102 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #118418 |
Bog'liq Ma\'ruza 1 2Amerika mahsulotlarining sifatini oshirish zarurligini anglab yetdilar. Buning uchun quyidagilami rivojlantirishga qaror qilingan:
1) ishchilarni motivatsiyalash;
2) sifat to'garaklari;
3) statistik nazorat qilish usullari;
4) xizmatchilar va boshqaruvchilarning tafakkurini yuksaltirish;
5) sifat xarajatlarini hisobga olish;
6) sifatni oshirish dasturlari;
7) moddiy rag'batlantirish.
AQSH da 80-yillaming boshida sifatni boshqarish sifatni rejalashtirish bilan birgalikda olib borildi. Bu sifat xizmatining muhim yutug'i bo‘ldi.
Bunda ishlab chiqarishning ichki iste’molchisiga yetarli darajada e’tibor
berilmagan — firmaning ichki ehtiyojlarini hisobga olmagan holda sifatni
oshirish rejalari tuzilgan. Sifatni boshqarishning bunday jarayoni qo'shimcha
muammolarni paydo qilgan.
Sifatni oshirish va nuqsonlami aniqlash usuli sifatida korxonalarda bevosita
ish joylarida o'qitishning tashkil qilinishi 80-yillarga xos. Ta’minotchilar ham o‘zlarining xodimlarini sifatga o ‘qitishga harakat qilishgan.
O‘sha davrda AQSH da E. Demingning ≪Sifat, unumdorlik va raqobatbardoshlik
≫ va ≪Inqirozdan chiqish≫ nomli ikkita kitobi nashrdan chiqqan. Bu monografiyalardan ≪14 qoida≫ nomi bilan tanilgan Demingning falsafasi o ‘rin olgan bo‘lib, ular umumiy sifat (Total Quality) ning asosini tashkil qilgan.
AQSH da sifat muammosi teran anglay boshlangan. Amerika sanoatida
resurslar, salohiyat, qadr-qimmat va yuqori ish haqi to‘lanadigan yuqori pog‘ona rahbariyati mavjud. Ishchilar va boshqaruvchilar o ‘rtasidagi yangi munosabatlar AQSH da yangi texnik inqilobga zamin tayyorlaydi. Chunki mazkur munosabatlar yangi texnologiya, mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqishga sarflanadigan katta kapital qo‘yilmalar hamda mahsulot va ishning sifatini oshirish asosiga qurilgan.
AQSH ning mutaxassislari sifatni boshqarishga katta umidlar bildirishmoqda, chunki bu, ularning fikricha, rahbarlarning tafakkurini keskin o‘zgartirish, korporativ madaniyatni to‘liq qayta ko‘rib chiqish va Amerika mahsulotining sifatini uzluksiz oshirish yo‘llarini izlashga tashkilotning barcha pog‘onalarini doimiy safarbar qilishi kerak.
Mashhur Amerika mutaxassisi A. Feygenbaumning ta’rifiga ko‘ra, ≪sifat
— yevangelizm emas, oqilonalashtirish taklifimas va shior ham emas, u hayot tarzidir≫. Yangi tendensiyalarga AQSH ning o‘rta pog'onadagi rahbarlari ko 'proq qarshilik ko 'rsa ty ap tila r. Ularning ko'pchiligi uchun sifat yondashuviga asoslangan boshqaruv siyosati ularning nufuzi va hatto lavozimiga xavf tug'diradi. Ishlab chiqarish ishchilari esa o‘z ishlarining sifati uchun mas’uliyatni qabul qilishga tayyor.
Buyurtmachilar (iste’molchilar) ning talablarini qondirish sifat sohasidagi
inqilobning negizi hisoblanadi. Konveyerdagi har bir ishchi о zidan oldingi
ishchi mahsulotlarining iste’molchisi hisoblanadi. Shuning uchun, har bir ishchining vazifasi navbatdagi ishchini mehnat mahsuloti bilan qoniqtirishdan
iborat.
Miliy mahsulotning sifatini oshirish masalalariga qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tomonidan e’tibor davlatning iqtisodiy rivojlanishidagi yangi yo‘nalishga aylandi. Sifatni oshirish uchun umummilliy kompaniyaning asosiy vazifalaridan biri — ≪Eng avval — sifat!≫ shioriga amalda rioya qilish.
Ushbu shior ostida sifatni nazorat qilish bo'yicha Amerika jamiyati (SNAJ)
tashabbusi bilan sifat oyliklari o ‘tkaziladi. M a z k u r jamiyat 1946-yilda tashkil
topgan bo‘lib, mamlakatdagi yetakchi ilmiy-texnik jamiyatdir va hozirgi kunda 53 ming jamoaviy va shaxsiy a’zolariga ega.
AQSH Kongressi mahsulotning sifatini oshirish sohasida erishilgan alohida yutuqlar uchun Malkolm Boldridj nomli milliy mukofotni ta sis etgan. Bu mukofot har yili uchta eng yaxshi flrmaga topshiriladi. Umumjahon sifat kuni deb belgilangan noyabming ikkinchi choragida AQSH Prezidenti mukofotni taqdim qiladi.
Sifat sohasida Amerika tajribasini tahlil qilgan holda uning quyidagi
o‘ziga xos xususiyatlarini qayd qilamiz:
— matematik statistika usullari orqali mahsulot ishlab chiqarish sifatini
qattiq nazorat qilish;
— miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishlab chiqarishni rejalashtirish
jarayoniga e’tibor berish, rejalar bajarilishining ma’muriy nazorati,
— firmani boshqarishni takomillashtirish.
Mahsulotning sifatini muntazam oshirishga qaratilgan choralar AQSHning Yaponiyadan katta farqlar bilan ortda qolishini bartaraf etdi. Bu, о z navbatida, yagona, global bozorga aylanayotgan jahon bozorida raqobat kurashini kuchaytirib yubordi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Amerika mahsulotlarining sifatini oshirish zarurligini anglab yetdilar. Buning uchun quyidagilami rivojlantirishga qaror qilingan
|