Sifatni boshqarishning yapon maktabi va uning asosiy jihatlari




Download 1,19 Mb.
bet16/102
Sana14.12.2023
Hajmi1,19 Mb.
#118418
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102
Bog'liq
Ma\'ruza 1 2

4. Sifatni boshqarishning yapon maktabi va uning asosiy jihatlari.
Yaponiyaning sifatni boshqarish tajribasi ishning sifatini oshirish hech qachon tugamasligini ko‘rsatadi. 1945-yilda Yaponiya vayron bo lgan, sanoati to‘liq ishdan chiqqan edi. Shuningdek, o‘sha davrda Yaponiyaning texnikasi qoloq holatda bo‘lgan. Zamonaviy radiotexnikada katta ahamiyatga ega bo’lgan Yaponiyada ishlab chiqarilgan kuchaytirgichlar uchun kichik chastotali transformator 250 gramm og‘irlikda edi. Ayni vaqtda AQSH da bu apparatning
konstruksiyasining vazni atigi 30 gramm bo‘lgan.
Suv bilan to ‘yintirilgan Yaponiya transformatori 15 daqiqada ishdan chiqardi, Amerikaniki esa germetik qoplama bilan to‘liq o'ralgan va suv o'tkazmaydi.
Biroq 40-yillarning oxiri — 50-yillarning boshida sifatni boshqarish
bo‘yicha Amerikaning E. Deming va J. Juran kabi mashhur olimlari sabog‘ini
olgan yapon mutaxassislari bu bilimlardan Yaponiya sanoatida muvaffaqiyatli
foydalana boshladilar.
Deming davri tatbiq qilindi. U mahsulotni loyihalash, ishlab chiqarish,
sotish, tahlil qilish va sifat darajasini oshirish uchun o‘zgarishlar — PDCA
sikli ≪rejalashtirish — bajarish — tekshirish — tuzatish ta’sirlari≫ (≪plan — do
— check — action≫)ni bog‘lagan.
Texnologik jarayonni boshqarish uchun nazorat kartalari faol qo‘llanilgan. Deming nomidagi mukofot uning kitoblari, ma’ruzalari topshiriladigan mualliflik mukofoti sifatida ta ’sis qilingan. Deming oltin medali alohida shaxs yoki korxona uchun 1951-yildan boshlab berib kelinmoqda. Bularning hammasi sifatni boshqarishdan rahbariyatning quroli sifatida foydalanishni ta ’minladi. Yaponiyaning ilg'or firmalarida sifatni tizimli boshqarishning tamoyillari va kompleks yondashuvi bosqichma-bosqich tatbiq qilingan. Shunga o'xshash firmalaming tajribasi chuqur o ‘rganilmoqda, tahlil qilinyapti, ular AQSH va G ‘arbiy Yevropa davlatlaridagi holat bilan taqqoslanmoqda. Sifatni boshqarishga Yaponiyaning yondashuvi bir qator o ‘ziga xos xususiyatlarga ega, biroq qiyosiy tahlil uning nazariy qoidalari jahon tajribasi bilan umumiy xususiyatga egaligini ko‘rsatmoqda. Bu konsepsiya to'liq va to‘g‘ri tatbiq qilingan ilg'or xorijiy firmalarning sifatni boshqarish tizimlari bir-biriga o'xshash, ularni qoMlash va rivojlantirish mexanizmlarida ham
umumiylik mavjud.
Sifatni boshqarishga Yaponiya yondashuvining o‘ziga xos xususiyatlari:
1) barcha bolinmalarda mehnat jarayonlari va natijalarini doimiy takomillashtirish;
2) mahsulotning sifatini emas, balki jarayonlaming sifatini nazorat qilish;
3) nuqsonlarga yo‘l qo'yLlish ehtimolini bartaraf qilish;


Download 1,19 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102




Download 1,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sifatni boshqarishning yapon maktabi va uning asosiy jihatlari

Download 1,19 Mb.