|
-ilova. Iste’molchi hatti-harakati modeli
|
bet | 27/102 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #118418 |
Bog'liq Ma\'ruza 1 23.4.1-ilova. Iste’molchi hatti-harakati modeli
Tashqi ta’sirlar Tashqi ta’sirlar individni ta’sir sohasidan tashqarida bo’lgan kuchlar hisoblanadiki, u inson yashaydigan tashqi muhitni shakllantiradi. Demak bu kuchlar individ qanday yashashiga o’rab turgan dunѐni qanday qabul qilishiga, fikrlashiga va qaror qabul qilishiga, jumladan xarid haqida qaror qabul qilishiga ta’sir qiladi.
Madaniyat jamiyatning muxim tavsifi hisoblanadi va shu sababli u deyarli barcha nima qilaѐtganimizga ѐki bizni qanday o’ylashimizga ta’sir qiladi. Madaniyat o’rganiladi va u qandaydir statik hisoblanmaydi; vaqt davomida u odatda juda sekinlik bilan o’zgaradi. Ammo madaniyat o’zini tutish qoidalarini oddiy ketma-ketligi emas, balkim aniqrog’i u ko’plab odamlar o’ylaydigan va harakat qiladigan chegaralarni belgilaydi.
Qiymat- bu ota-onalar, oila, diniy tashkilotlar, maktab va atrof-muhitdan olinadigan madaniyatning bir qismidir. Madaniy boyliklar – bu keng qo’llab quvvatlanadigan nima ma’qul va to’g’riligini belgilaydigan ishonch hosil qilishlardir. Qiymatlar o’zi qaratilgan, boshqaga qaratilgan ѐki atrof-muhitga qaratilgan bo’ladi. O’ziga qaratilgan qiymatlar avvalo insonga tegishli bo’lib ular uning maqsadini va haѐtga bo’lgan ѐndashuvini aks ettiradi. Boshqalarga qaratilgan qiymatlar inson va guruhlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga tegishli bo’lgan jamiyat xoxishlarini aks ettiradi. Atrof-muhitga qaratilgan qiymatlar insonni iqtisodiy va tabiiy muhit bilan bo’lgan yaxshi o’zaro munosabatlari haqidagi jamiyat tasvvurlarini qamrab oladi.
Insonlarning ѐshi, jinsi, ma’lumoti, daromadi, joylashgan joyi, tarqalishi va aholi zichligi kabi statistik xarakteristikalari jamiyat demografiyasini tashkil etadi. Marketing va menejer sohasida ishlovchilar potentsial klientlarni obektiv baholash va aholining xarakteristikasi muxim o’zgarishlarini o’rganishda demografik ma’lumotlardan keng foydalanishadi.
Sotsial status – bu insonning jamiyatning boshqa a’zolariga nisbatan holati, ushbu terminologiyada ma’lumoti, kasbi va foydasi kabi o’lchab bo’ladigan demografik xarakteristikalardan tashkil topadi. Odamlarning bir xil ѐki o’xshash statusi jamiyat sinfi deb talqin qilinadi. Umuman olganda bir xil sotsial sinfga kiruvchi odamalarning nimaningdir ahamiyatliligi, haѐt stili, nimani afzal ko’rishi, xarid odatlari xam deyarli bir xil bo’ladi. Sotsial sinflar o’rtasidagi farqlarni aniqlash va tushunish kompaniyalarga har bir guruhdagi insonlarning har xil ehtiѐjarini qondirish uchun turli xil xizmatlarni ishlab chiqishga ѐrdam beradi. Masalan banklar mijozlarining moddiy holatidan kelib chiqgan holda ularga turli xil darajadagi xizmatlarni ko’rsatishadi.
Guruh-bu ikki va undan ortiq insonlarning majmuidir. Guruhlar bir xil qiziqishli insonlar, maqsad, muhimligi ѐki ishonchligi. Guruhlar o’zlarining qiziqishlari, maqsad, va boshqalar nuqtai nazaridan bir-biri bilan axborot almashinishadi ѐki umumiy maqsad sari birlashishi orqali shakllanadi. Insonlarning iste’mol qaroriga ta’sir ko’rsatuvchi gurular referant guruhlar deb ataladi. Oila, do’stlar guruhi, formal sotsial gruhlar referant guruhlarga misol bo’la oladi. Kompaniyalar o’z tovar va xizmatlarini sotib olishni jalb etish uchun reklama qilishda ma’lum bir guruhning me’ѐri va qiymatiga mos bo’lgan talablar asosida taklif etadi.
Ikki va undan ko’p insonlardan tashkil topgan uy xo’jaligi, bir tomondan referant guruhi hisoblansada boshqa tomondan – iste’mol birligi sifatida qaraladi. Uy xo’jaliklariga ko’rsatiladaigan xizmatlar; telefon, kabelli televedenie, elektr energiya, obonlashtirish, xavfsizlik, politsiya va ѐng’in xavfsizligi hisoblanadi, shuning uchun xam ushbu xizmatlarni taklif etishda eng muxim jihatari axolining xarakteristikasidan ko’ra demografik uy xo’jaliklarni inobatga olish muxim hisoblanadi.
|
| |