• 6.A.Maslouning ehtiyojlar piramidasi
  • Turlari Ehtiyojlarni qondirish usullari




    Download 1,19 Mb.
    bet79/102
    Sana14.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #118418
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102
    Bog'liq
    Ma\'ruza 1 2

    Turlari

    Ehtiyojlarni qondirish usullari

    1

    Sotsial Ehtiyojlar

    xodimlarga shunday ish beringki, ular bir-biri bilan aloqada
    bo’lish imkoni bo’lsin;
    ish joylarida birdamlik ruhi, mushtaraklik tuyg’usini yarating;
    qo’l ostidagilar bilan davriy kengashlarni o’tkazib turing;
    noformal guruhlarni "tinchitishga harakat qilmang, (agar uning korxona mavqeiga ta‘siri bo’lmasa);
    • xodimlarga korxona doirasidan tashqarida ham sotsial faollik qilishga imkon bering.

    2

    Hurmatga bo’lgan ehtiyoj

    Qo’l ostidagilarga mazmunliroq ishni taklif qiling
    xodimlar yutuqlarini yuqori baholang va rag’batlantiring;
    xodimlarni maqsadini aniqlashga qaror qabul qilishga taklif eting;
    qo’l ostidagilarga vakolat va huquq bering;
    • qo’l ostidagilarni amal pillapoyalari sari ko’taring.

    3

    O’zligini isbotlashga bo’lgan ehtiyojlar

    qo’l ostidagilarning o’z imkoniyatlaridan to’liq foydalanishi
    uchun ularning o’qishiga sharoit yaratib bering
    qo’l ostidagilarga murakkab va muhim ish bering, toki ular butun vujudini berib ishlashsin;
    • qo’l ostidagilarning tashabbusini rivojlantiring va rag’batlantiring.

    Bu ehtiyojlarni hech qachon to’la-to’kis qondirish imkoniyati bo’lmaydi. Shu sababli, ehtiyojlarga asoslangan motivatsiya jarayoni cheksizdir.




    6.A.Maslouning ehtiyojlar piramidasi

    Amerikalik ruhshunos Abraham Maslou XX sarning 40-yillarida o’zining ehtiyojlar ustunligi nazariyasini yaratib, kishilar o’z motivlari jarayonida ehtiyoj va qiziqishning turiga tayanadilar deydi. Uning ehtiyojlar ierarxiyasi qo’yidagi ko’rinishga ega.


    Uning ehtiyojlar ierarxiyasi qo’yidagi ko’rinishga ega.

    Birinchi o’rindagi ehtiyojlar — bu bazis ehtiyojlar, ya‘ni, yashashni ta‘minlash uchun zarur bo’lgan ehtiyojlar. A.Maslouning fikricha, inson, eng avvalo ana shu bazis ehtiyojlarini qondirish uchun ishlaydi. Bazis ehtiyojlar, ya‘ni oziq-ovqatga, kiyim- kechakka, uy-joyga, uyquga bo’lgan ehtiyoj qondirilsa, boshqa darajadagi ehtiyojlar ham asta-sekin ahamiyat kasb etib boradi.
    Masalan, xavfsizlikka, ya‘ni tinchlik, tartib, himoyaga bo’lgan ehtiyoj ham birlamchi bosqichdagi ehtiyojning yangi darajasidagi zaruriyatdir. Biron ijtimoiy guruhda bo’lish, boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji ierarxiyaning uchinchi bo’g’iniga kiradi. Bu guruhdagi ehtiyojlarni sotsial ehtiyojlar deb ham yuritiladi.
    Hurmatga bo’lgan ehtiyoj ehtiyojlar piramidasining to’rtinchi bo’g’inini tashkil kiladi. Bu ehtiyojlar kishining boshqalar tomonidan tan olinishiga bo’lgan ehtiyoj, ya‘ni mavqe, nufuz, shon-shuhrat, muvaffaqiyat, diqqat-e‘tibor. O’zligini isbotlash ehtiyoji, ya‘ni Maslou ierarxiyasidagi eng yuqori daraja yashirin imkoniyatlarning haqiqatga aylanishi, nimaga erishish mumkin bo’lsa, shunga erishish. Bu ehtiyojlar shaxsning o’sishida o’z aksini topadi.
    Birlamchi ehtiyojlar qondirilgach, boshqa zaruriyatlar kishilarni yuqori darajadagi ehtiyojlarga qarab harakat qilishga majbur qiladi. Xo’sh, bu ehtiyojlarni qondirish uchun rahbar qanday usul va yondashuvlarni qo’llashi kerak.



    Download 1,19 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turlari Ehtiyojlarni qondirish usullari

    Download 1,19 Mb.