|
1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
|
bet | 81/102 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #118418 |
Bog'liq Ma\'ruza 1 2Tabaqalashtirish xodimlarning turli qatlamlari va guruxla-rini rag’batlantirishga yakkama-yakka yondashuvni anglatadi. Ma’lumki, yaxshi ta’minlangan va kam ta’minlangan xodimlarga yondashuvlar jiddiy ravishda farqlanishi lozim. Shuningdek, tajribali va yosh xodimlarga yondashuvlar ham turlicha bo’lishi darkor.
Egiluvchanlik va tezkorlik rag’batlari jamiyatda va jamoada ro’y berayotgan o’zgarishlarga muvofiq ravishda, muntazam ravishda qayta ko’rib chiqishni bildiradi.
Hammaboplilik. Xodimlar har bir rag’bat turiga da’vogarlik qilish imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak. Rag’batlantirish shartlari demokratik va hamma uchun tushunarli bo’lishi lozim.
Salmoqlilik. Amaliyot rag’batlarning ta’sir kuchiga ega bo’lgan muayyan darajasi mavjudligidan dalolat beradi. Bu daraja turli mamlakatlar va turli jamoalarda turlicha bo’ladi. Ba’zi xodimlar uchun 5000 so’m miqdoridagi mukofot ham salmoqli, boshqalar uchun esa 50 ming so’mlik rag’bat ham yetarli bo’lmasligi mumkin. Rag’batning quyi darajasini belgilashda ana shu xususiyatni hisobga olish kerak bo’ladi.
Bosqichma-bosqichlilik. Moddiy rag’batlar mikdori muttasil ko’payib borishini amaliyotda hisobga olish kerak. Bir marotaba katta miqdorda mukofot berish, xodimlarda navbatdagi rag’batlan-tirish mikdori o’sha katta mukofotdan kam bo’lmasligiga umid uyg’otadi. Ana shu umid oqdanmasa, xodimlarning qiziqishi pasayishiga sabab bo’ladi.
Ish haqiga xos funktsiyalarning asosiylari quyidagilardan iboratdir:
yaratuvchanlik — ishchi quchini yaratish imkoniyatini ta’minlash;
maqomli — tegishli kasb va malakaga ega ishchi kuchini yaratishni ta’minlash;
muvofiqlashtiruvchi — ishchi kuchiga talab va taklifning muvofiqlashtirib (narx, daromad, foyda orqali) borish;
rag’batlantiruvchi — ishlab chiqarishni rivojlantirishdan manfaatdorlikni ta’minlash;
ishlab chiqarish — ulush — foydaga sheriklik orqali ishchi kuchining sifati, miqdori va natijasini kuchaytirish.
Mehnatga haqto’lashni tashkil etishda quyidagilardan foyda-laniladi:
Tarif stavkalari.
Ishchilarga talablar va ishlar xususiyatlari bayon etilgan tarif-malaka spravochniklari.
Tarif setkasi.
Ish haqining eng kam miqdori (qonunda belgilab qo’yil-gan).
Mintaqaviy koeffitsientlar.
Tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor (O’zbekiston Respub-likasi Konstitutsiyasi 39- moddasiga muvofiq tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor rasman belgilab quyiladi)1
Ish haqini indeksatsiya qilish qoidalari.
Xodimga ish haqini to’lash qoidasi.
Mehnatga to’lanadigan haqni xodimlar o’rtasida taqsimlash qoidalari.
Tungi vaqtdagi ish uchun ustamalar.
Og’ir mehnat sharoiti uchun ish haqiga ustamalar.
Bayram va dam olish kunlaridagi ish uchun ustamalar.
Ish vaqtidan tashqari ish uchun ustamalar.
Me’yoriy ish vaqtidan ortiqcha ish uchun ustamalar.
Ta’til vaqti uchun haq to’lash qoidalari.
Ta’lim vaqti uchun haq to’lash qoidalari.
Kasallik vaqti uchun haqto’lash qoidalari.
Mehnat qobiliyatini yo’qotganda kompensatsiyani hisoblab chiqish qoidalari.
Mukofot to’lash qoidalari hamda mukofot beriladigan faoliyat turlari.
Xodimlarning korxona tomonidan qoplanadigan xarajatlari.
Foydaga sheriklik qoidalari.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
|