|
-MAVZU. YO‘L XO‘JALIGI KORXONALARINING AYLANMA KAPITALLARI
|
bet | 19/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #113510 |
Bog'liq 30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 29-MAVZU. YO‘L XO‘JALIGI KORXONALARINING AYLANMA KAPITALLARI
Reja:
1.Yo‘l xo‘jaligida aylanma mablag‘lar va kapitalning iqtisodiy hususiyatlari va vazifalari.
2. Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish va rejalashtirish.
3. Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari.
Yo‘l xo‘jaligida aylanma mablag‘lar va kapitalning iqtisodiy hususiyatlari va vazifalari
Aylanma mablag‘lar iqtisodiy kategoriya sifatida kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydilar va ikki xil - ishlab chiqarish aylanma fondlari va muomala fondlari ko‘rinishida bo‘ladi. Ishlab chiqarishning aylanma fondlari bitta ishlab chiqarish siklida ishtirok etib, o‘zining buyum ko‘rinishini o‘zgartiradi va o‘z qiymatlarini tayyorlagan mahsulot qiymatiga to‘liq o‘tkazadi.
Muomala mablag‘lari (hisob-kitoblardagi mablag‘lar, kassadagi va schetlardagi pul mablag‘lari) to‘xtovsiz ravishda doimo aylanma fondlarning tovar ko‘rinishidagi pul ko‘rinishiga, pul ko‘rinishidagi tovar ko‘rinishiga aylanib turishlarini, ya’ni qayta ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydilar.
Aylanma mablag‘lar harakati hisobi butun tarmoqlar va alohida korxonalar bo‘yicha olib boriladi. Aylanma mablag‘larni quyidagi elementlar bo‘yicha taqsimlanishini ko‘zda tutadi: tovar-material boyliklar, jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar, pul mablag‘lari, debitorlar, boshqa aylanma mablag‘lar.
O‘z navbatida, tovar-material boyliklar ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari, tayyor mahsulot, tovarlar va hokazolardan tashkil topadi.
Aylanma mablag‘larning doimiy ravishda ishlab chiqarish sferasidan muomala sferasiga, so‘ngra yana ishlab chiqarish sferasiga o‘tib turishi, mablag‘larning aylanishi, deb nomlanadigan iqtisodiy jarayonni harakterlaydi. Aylanish tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, yo‘l xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonini normal kechishligi uchun shunchalik kamroq mablag‘ kerak bo‘ladi.
|
| |