|
Aylanma mablag‘larni ishlab chiqarish jarayonida me’yorlashtirish
|
bet | 22/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #113510 |
Bog'liq 30 03 услубий қўлланма Йўл хўжалиги иқтисодиёти 2Aylanma mablag‘larni ishlab chiqarish jarayonida me’yorlashtirish. Ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan aylanma mablag‘lar tarkibining eng ko‘p qismini tugallanmagan ishlab chiqarishdagi mablag‘lar tashkil etadi. Ularning miqdori bajarilgan ishlar uchun qabul qilingan to‘lovlar tizimiga bog‘liq.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha aylanma mablag‘larni me’yorlashtirishda hisob-kitoblar ob’ektlar bo‘yicha alohida-alohida amalga oshiriladi, ya’ni barcha ishlar tugagandan so‘ng to‘lovlar amalga oshiriladigan, tugallangan bosqichlar uchun oraliq to‘lovlarsiz to‘lov amalga oshiriladigan va reja bo‘yicha bajarilgan ishlar hajmi uchun har oyda to‘lovlar amalga oshiriladigan ob’ektlar bo‘yicha va hokazo.
Tugallanmagan ishlab chiqarish uchun aylanma mablag‘larning normativi, qurilish-montaj ishlariga bo‘ladigan o‘rtacha bir kunlik xarajat miqdoriga, mablag‘larning tugallanmagan ishlab chiqarish jarayonida bo‘lish vaqtiga va xarajatlarning o‘sib borish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Bajarilgan ishlar uchun (reja bo‘yicha) har oyda muntazam ravishda to‘lovlar amalga oshirilib tursa, tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash uchun aylanma mablag‘lar normativi, korxonaning o‘z kuchi bilan bajariladigan yillik ish hajmining 10 foiz miqdorida belgilanadi. Barcha ishlar tugatilgandan so‘ng yoki ma’lum bir tugatilgan bosqich uchun to‘lovlar amalga oshiriladigan ob’ektlar bo‘yicha, tugallanmagan ishlab chiqarishga aylanma mablag‘lar normativi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
bu yerda,
X - smeta bo‘yicha o‘rtacha bir kunlik ishlab chiqarish xarajatlari miqdori, so‘m
V - mablag‘larning tugallanmagan ishlab chiqarishda bo‘lish vaqti, kun; k-xarajatlarning tugallanmagan ishlab chiqarishda o‘sib borish koeffitsienti; o-ob’ektdagi ishlarning rejadagi tannarxining ularning smeta qiymatiga nisbati.
Xarajatlarning o‘sib borish koeffitsienti tugallanmgan ishlab chiqarish o‘rtacha hajmini butun ishlab chiqarish sikli davri uchun ob’ektning qiymatiga bo‘lib topiladi. Xarajatlar bir maromda ortib boradigan holatlarda tugallanmagan ishlab chiqarish sxemasini, ishlab chiqarish siklining boshlanishi va tugallanishiga ob’ekt qiymatiga bo‘lib aniqlanadi va u 0,5 ga teng bo‘ladi.
Xarajatlar bir maromda ortib bormaydigan holatlarda, qurilishning boshlanish davrida qanchalik ko‘p mablag‘ sarflangan bo‘lsa, koeffitsientning qiymati ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Har bitta konkret holat uchun tugallanmagan ishlab chiqarish ishlarining bajarilishi bo‘yicha tuzilgan kalendar reja va xarajatlarning etanlar taqsimlanish ma’lumotlari asosida hisoblab chiqilishi kerak.
Kelgusi davr xarajatlari uchun aylanma mablag‘lar normativi oxirgi 2-3 yilda shakllangan qurilish-montaj ishlari hajmidagi bu mablag‘larning egallagan miqdori asosida yoki hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanadi.
Muomala sferasidagi aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish. Muomala sferasidagi aylanma mablag‘larning miqdori bajarilgan ishlar uchun schetlar bo‘yicha buyurtmachilarning qarzlari pul mablag‘lari, vaqtinchalik boshqa tashkilotlarda bo‘lgan mablag‘lar (debitorlar) har qaysi elementlar bo‘yicha alohida-alohida aniqlanadi. Masalan, bajarilgan ishlar uchun buyurtmachilar bilan hisoblashishi uchun aylanma mablag‘larning reja bo‘yicha miqdorini hisob-kitob opreatsiyalarini rasmiylashtirish va o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan davriylik va vaqt, korxonaning o‘z kuchi bilan bajariladigan o‘rtacha bir kunlik ish hajmi, ya’ni rejalashtirilgan tannarx bo‘yicha yillik ish hajmini 365 ga nisbati, asoslanib hisoblab chiqarish mumkin.
Doimiy kamaymaydigan pul mablag‘lari qoldig‘ining rejadagi miqdori yo‘l tashkilotini buyurtmachilarga ishlarni topshirish, schetlarni yozish va ularni to‘lov uchun taqdim etish vaqtlari davrida pul mablag‘lari bilan ta’min etilishi uchun belgilanadi. Bunda bajarilgan ishlarni buyurtmachilarga topshirish, qabul qilish, hisob-kitob hujjatlarning pudratchi va moliyalashtiruvchi tashkilot banklari o‘rtasidagi pochta aloqalariga zarur bo‘ladigan vaqtlar hisobga olinadi.
Yo‘l tashkiloti bo‘yicha aylanma mablag‘lar normativi, aylanma mablag‘larning barcha elementlari bo‘yicha hisoblab chiqilgan normativlar yig‘indisiga teng bo‘ladi. Yo‘l tashkiloti ixtiyorida bo‘lgan aylanma mablag‘larni umumiy harakterlash uchun, aylanma mablag‘larning (korxonaga qarashli bo‘lgan) umumiy me’yoriy foizlarda hisoblab chiqiladi, buning uchun aylanma mablag‘lar umumiy me’yorini rejalashtirilayotgan yilda smeta qiymati bo‘yicha korxonaning o‘z kuchi bilan bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmiga bo‘linadi.
|
| |